25-MA’RUZA
YORDAMCHI SO`Z TURKUMLARI
Reja:
1. Ko’makchi haqida ma'lumot
ko’makchilarning qo’llanishi va ma'nolari
ko’makchilar va kеlishiklar
2. Bog`lovchi
teng bog`lovchilar
ergashtiruvchi bog`lovchilar
bog`lovchi vazifasini bajaruvchi so`zlar
3. Yuklama
yuklamalarning turlari
yuklamalarning yozilishi
Yordamchi so`z turkumlari mustaqil so`z turkumlaridan farqlanadi. Ular lug`aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o`zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas.
Mustaqil lug`aviy ma’noga ega bo`lmay, gap bo`laklari va gaplarni o`zaro bog`lash, xilma-xil munosabatlarni ko`rsatish yoki ularga qandaydir qo`shimcha ma’no qo`shishga xizmat qiladigan so`z turkumlari yordamchi so`z turkumlari deyiladi. Yordamchi so`z turkumlariga bog`lovchi, ko`makchi va yuklama kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |