1. Fors-tojikcha so`zlar: Bu so`zlarning o`zlashishiga sabab shuki, o`zbek va tojik xalqlari asrlar mobaynida qo`ni-qo`shni bo`lib yashab kelyapti. Shunga ko`ra, osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g`isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi so`zlarning o`zbek tiliga o`zlashishi tabiiy holdir. Misollardan ko`rinyaptiki, fors-tojikcha so`zlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, so`zlar oxirida jarangsiz undoshlardan kеyin t, jaranglidan kеyin d tovushlari ishtirok etyapti;
Do'stlaringiz bilan baham: |