2-o‘quv to‘shiriq
FSMU texnologiyasi
Jadvalni to‘ldiring
1-guruh
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda o’quv
jarayonini baxs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya
talabalarni o’z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga
o’tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish
madaniyatini o’rgatadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini
aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni
bayon etishga yordam beradi.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
Savol
Ma’naviy
xurujlarning
asosiy
ko‘rinishlari?
(F) Fikringizni bayon eting
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi
dalil keltiring
(U) Fikringizni umumlashtiring
2-guruh
Savol
Ma’naviy xurujlarga qarshi kurashda
ta’lim tizimi oldidagi vazifalar?
(F) Fikringizni bayon eting
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi
dalil keltiring
(U) Fikringizni umumlashtiring
8-ilova
XULOSA
Umumlashtiruvchi savollar:
1.
Globallashuv nima?
2.
Ma’naviy xuruj nima?
3.
Ommaviy madaniyat nima?
4.
Globallashuvni ta’min etuvchi vositalar?
5.
Mafkuraviy globallashuv nima?
6.
Ma’naviy globallashuv nima?
Prezident I.Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida
ma’naviy tahdidlarning oldini olish va ularni yosh avlod ongiga singdirishning uch
tabarruk makoniga alohida e’tibor qaratadi: ularning birinchisi – oila, ikkinchisi –
mahalla, uchinchisi – ta’lim-tarbiya tizimi. Agar shu uch makonda ma’naviy muhit
ko‘ngildagidek bo‘lsa, hamma ish ko‘ngildagidek bo‘ladi, agar ular tanazzulga
qarab ketsa, butun jamiyat halokatga yuz tutadi.
XXI asrga kelib millatlarning o‘zligini anglash jarayoning o‘sishi yangi
pog‘onaga ko‘tarilib borishi bilan birga unga qarshi bo‘layotgan yangi diniy oqimlar
va siyosiy kuchlarning vujudga kelishi va ularning milliy taraqqiyotiga ochiqdan-
ochiq kurash olib borishning kuchayotganligini ko‘rish mumkin. Bu oqimlar va
kuchlarning manbalari hamda xomiylari xorijiy mamlakatlarda bo‘lsa ham, ular juda
ustalik va uddaburonlik bilan mamlakatlarning ichidan o‘zlariga hamtovoqlar izlab
topmoqdalar. Hamda ularning ishtirokida mamlakatlarining ichida barqarorlik
vaziyatlarini yuzaga keltirmoqdalar. Buning oqibatida bugunoq insonlar javo
chekmoqdalar va milliy birlikning zaiflashuvi jarayonlari yuzaga kelmoqda.
Ayniqsa, ularning mustaxkam hayotiy tajriba va ko‘nikmaga ega bo‘lmagan
yoshlarni bu jarayonga keng jalb qilib, ular ongi va qalbini egallashga qaratilgan
faoliyatlarining avj olayotganligi milliy taraqqiyotga katta xavf solmoqda.
Shunday ekan keyingi tahlillarda, ta’lim –tarbiya tizimida ushbu vazifalar
yechimiga doir quyidagi taklif va xulosalarni berish mumkin.
Birinchidan ma’naviy yuksalishga erishish – bu bir yillik yoki besh-o‘n yillik
ish emas, balki xalq, millat o‘z milliy ma’naviyatini yillar, asrlar davomida
yuksaltirib, boyitib borishiga e’tibor qaratadi.
Ikkinchidan, yoshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta’minlash bu
davlat buyurtmasidir. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish
metodikasi fanining predmeti fanning yuzaga kelishi, ma’naiy tarbiyaning
yoshlarga ta’siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta’limni
insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning, ahamiyati, ma’naviyat,
ma’rifat, mafkura tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
tashkil etish metodikasi va yangi texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini
o‘rganishdan iboratdir.
Uchinchidan, ma’naviyatli insoniyat o‘tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi
va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning
sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar,
zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX
asrdan XXI asrga meros bo‘lib o‘tdi. Ustiga-ustak, ayrim kuchlarning urinishlari
natijasi o‘laroq, xavf-xatarlar ro‘yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi.
Demografik inqiroz, demokratiya eksporti, ma’naviy qashshoqlashuv, axborot
urushlari, g‘arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar shundoq ham
bezovta dunyoning tashvishlarini ko‘paytirdi. Odamzodning mavjud illatlarga
qarshi kurashi qaysidir jihatdan afsonalarda tasvirlanadigan ko‘p boshli ajdar bilan
olishuvni eslatadi. Ajdarning bitta boshi tanasidan judo qilinishi zahoti, shu joydan
ikki-uchta bosh o‘sib chiqishi bu mahluq bilan kurashish naqadar mashaqqatli
ekanini ko‘rsatadi.
Davlatlar mustqilligini kemiruvchi xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni
tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik insoniyat boshiga yana ko‘plab kulfatlar
solishi muqarrar. Shu bois, bugungi kunda suverenitetimizga tahdid solayotgan
bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g‘oyalarni
fosh etish birlamchi vazifaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |