Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti «tabiyot fanlari» fakulteti


Bitiruv malakaviy ish tuzilishi va hajmi



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/42
Sana07.06.2021
Hajmi1,16 Mb.
#65937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
ozbekiston sanoati mavzusini oqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishozbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi fani misolida

Bitiruv malakaviy ish tuzilishi va hajmi: Kirish, 3 bob, 8 paragraf, xulosa, 

foydalanilgan  adabiyotlar  ro‟yxati,  mavzuga  oid  atamalardan  o‟zbekcha-

inglizcha lug‟at va o‟zbek-rus-inglizcha annotatsiyalardan iborat    



 

 



I bob. O‟zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiya ta‟limi tizimida 

yangi pedagogik  texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati . 

1.1 O‟zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi fanini o‟qitishda pedagogik 

texnologiyalarni o‟quv jarayoniga tadbiq etishning zaruriyati, maqsadi va 

vazifasi. 

О„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq о„n tо„rtinchi 

sessiyasida Prezident I.A.Karimov kadrlar va ularning kasb malakasi tо„g„risida 

gapirib  shunday  degan  edi:  “Biz  oldimizga  qanday  vazifa  qо„ymaylik,  qanday 

muammoni yechish zaruriyati tug„ilmasin, gap oxir oqibat, baribir kadrlarga va 

yana  kadrlarga  borib  taqaladi.  Mubolag„asiz  aytish  mumkinki,  bizning 

kelajagimiz,  mamlakatimizning  kelajagi,  о„rnimizga  kimlar  kelishiga    yoki 

boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog„liq ” [4]  

 Demak,  kelajak  bugungi  maktab  partasiga  о„tirgan  voqealikni  serqirra 

sirlarini  bilishga  intilayotgan  yoshlar  qо„lida  ekan,  avvalo,  ular  i‟stedodini 

aniqlash, qobilyat iqtidorini rivojlantirish, intellektual zakovati, ma‟naviy aqliy 

salohiyatini  yuksaltirish  dolzarb  masala  bо„lib  xisoblanadi.    Bu  vazifani  xal 

qilish  uchun  yoshlarni  hayotga,  mehnatga  tayyorlashning  yangi  texnologiyasi, 

metod,  usul,  vositalardan  foydalanish  lozim  bо„ladi.    Qolaversa  yangilangan 

ta‟lim  tizimi,  mazmuni  uchun  eski  qolipdagi  metod,  usullarini  qо„llash, 

mantiqsiz hisoblash, xuddi odamning barcha kiyimlarini yangilashu, oyog„idagi 

poyafzalini  yirtiq  holda  qoldirganday  bо„ladi.  Bugungi  kunda  ta‟lim  sifatini 

oshirish  о„quvchilarning  mustaqil  ijodiy  tafakkurini  о„stirish,  pedagogik 

jarayonda  innovatsion  texnologiyalardan  keng  va  samarali  foydalanishnigina 

emas,  balki,  mazkur  jarayonni  rejalashtiruvchisi,  amalga  oshiruvchisi  va 

boshqaruvchisi  bо„lgan  о„qituvchining  kasbiy  saviyasi,  kasbiy  tayyorgarligini 

shakllantirish  masalasiga  chuqurroq  yondashuvni  talab  etadi.  Shu  sababli 

mustaqillik  sharoitida  ta‟lim-tarbiya,  malakali  mutaxassilar  tayyorlash, 



 

shuningdek,  pedagog  mutaxassislar  tayyorlash  tizimiga  qо„yilayotgan 



talablarning  soni  har  qachongidan  ortib  bormoqda.  Bugungi  pedagog 

mutaxassislar  tayyorlash  tizimiga  zamonaviy  yondoshuvni  shakllantirish, 

bо„lajak mutaxassis shaxsidagi  ijodkorlik, tadqiqotchilik, mustaqillik va bilish 

faolligi  kо„nikmalarini  rivojlantirish  oliy  ta‟lim  muassasalarida  о„qitiladigan  

umumkasbiy  fanlarning  muhim  vazifalaridan  sanaladi.  Bugungi  kunda  ta‟lim 

tarbiya  jarayonini  pedagogik  texnologiyalar  asosida  qurish,  ta‟lim 

islohotlarining  maktab  oldiga  qо„ygan  muhim  vazifalaridan  biridir.  Ta‟lim 

tarbiya  jarayoniga  pedagogik  texnologiyani  tadbiq  etish  uchun,  avvalo 

о„qituvchi  pedagogik  texnologiya  tushunchasining  mohiyatini  bilishi  va  uning 

shakllarini  mukammal  о„zlashtirgan  bо„lishi  lozim.[7]  Masalan:  о„qituchi  

mahoratiga  qо„yiladigan  talablar  kasbiy  layoqat,  psixologik-pedagogik 

tayyorgarlik,  о„quvchilarni  mustaqil  fikrlashga  о„rgatish  mahorati,  о„quv 

adabiyotlari  turlarini  bilish,  yangi  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini 

egallaganlik,  internetning  global  tarmog„i  bilan  ishlash  bо„yicha  amaliy 

kо„nikmalar,  predmetlararo  aloqalardan  foydalanish  mahorati  va  hakoza. 

Mamlakatimiz  talim  sohasida  rо„y  berayotgan  tub  burilishlar  har  bir  talim 

muassasida  didaktik  soxasini  jonlantirishni  talab  etadi,  yangilikni  joriy  etish 

yо„li esa har doim murakkab va uzoq[8]. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, 

pedogogik  texnologiyalar  yaqin  yillar  ichida  didaktik  yangilikka  kirishishning 

asosiy 


manbai 

bо„lib  qoladi



Ta`lim-tarbiya 

jarayonida 

pedagogik 

texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo`llash uchun geografiya o`qituvchilari maxsus 

metodik  bilim  va  ko`nikmalarni  egallashlari,  pedagogik  amaliyotda  zarur 

bo`ladigan  metodik  tayyorgarlikka  ega  bo`lishlari  lozim[12]  Pedagogik 

texnologiya  atamaiga  shu  muammo  bo`yicha  izlangan  har  bir    olim  o`z  nuqtai 

nazaridan  kelib  chiqqan  holda  ta`rif  bergan.  Hali  bu  tushunchaga  to`liq  va 

yagona  ta`rif  qabul  qilinmagan.  Ushbu  ta`riflarning  ichida  eng  maqsadga 

muvofig‟i  YUNESKO tomonidan berilgan ta`rif sanaladi. 

Pedagogik  texnologiya–o`qitish  shakllarini  optimallashtirish  maqsadida 

o`qitish  va  bilimlarni  o`zlashtirish  jarayonida  inson  salohiyati  va  texnik 



 

resurslarni qo`llash, ularning o`zaro ta`sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli 



metodlar  majmuasidir.  Bu  yerda  inson  salohiyati  deyilganda  o`qituvchining 

pedagogik  va o`quvchilarning  bilish  faoliyati, texnik  resurslar  deganda o`qitish 

metodlari  va  vositalari  nazarda  tutilmoqda.  Pedagogik  texnologiya-shunday 

bо„limlar  sohasiki,  ular  yordamida  3-ming  yillikda  davlatimiz  ta‟lim  sohasida 

tub  burilishlar  yuz  beradi,  о„qituvchi  faoliyati  yangilanadi,  o‟quvchilarda 

xurfikrlik,  bilimga  chanqoqlik,  vatanga  mehr-muhabbat,  insonparvarlik 

tuyg„ulari  tizimli  ravishda  shakllantiriladi[21].  Bundan  tashqari  pedagogik 

texnologiya–ta`lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o`qitish va 

bilimlarni  o`zlashtirish  jarayonida  o`qituvchining  pedagogik  va  o`quvchining 

o`quv-bilish  faoliyatini  uyg‟un  ravishda  tashkil  etish,  mazkur  faoliyatni 

faollashtirish  maqsadida,  samarali  o`qitish  metodlari,  vositalari  va  shakllarini 

qo`llash,  ularning  o`zaro  ta`sirini  aniqlashga  imkon  beradigan  tizimlar 

majmuasidir. Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud: 

1. Umumiy  metodik  daraja.  Umumiy  pedagogik  (umumdidaktik, 

umumtarbiyaviy)  darajada  pedagogik  texnologiyaning  umumiy  qonuniyatlari, 

kontseptual asoslari, o`qituvchi va o`quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va 

boshqarishning o`ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi. 

2. Xususiy  metodik  darajada  muayyan  bir  o`quv  fani,  kursni  o`qitish 

jarayonining  maqsadi  va  vazifalarini  amalga  oshirish  maqsadida  ta`lim 

mazmunini o`quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan o`qitish metodlari, 

vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi. 

3. Lokal‟ (modul) darajada ta`lim-tarbiya jarayonining ma`lum bir qismida 

mazkur  qismning  xususiy  didaktik  va  tarbiyaviy  maqsadini  hal  etishga 

qaratilgan texnologiya tushuniladi. 

Pedagogik  texnologiyalarning  yuqorida  qayd  etilgan  uchta  darajasi  bir-

birini  to`ldiradi  va  taqozo  etadi[21].  Hamkorlik–o`qituvchi  va  o‟quvchilarning 

o`quv-bilish  faoliyatini  takomillashtirish,  ularni  ma`naviy,  axloqiy,  intellektual 

jihatdan  rivojlantirish,  bu  jarayonni  bir-biriga  uyg‟unlashtirish,  faoliyatning 

natijasi 

va 


borishini 

hamjihatlikda 

tahlil 

qilish 


imkonini 

beradi. 



 

Demokratlashtirilgan 



jarayonni 

insonparvarlashtirish 

o`quv-tarbiyaviy 

jarayonining  maqsadini  amalga  oshirish,  tahsil  oluvchilarning  o`quv-bilish  va 

ma`naviy  ehtiyojlarini  qondirish,  o`quv  mehnatining  xarakteri  va  mazmunini 

o`zgartiradi  va  shaxsning  uyg‟unlikda  rivojlanishiga  qulay  psixologik  muhit 

yaratadi.  O`qitish  jarayonini  demokratlashtirishning  tub  mohiyati  o`quvchilar-

ning  o`quv-bilish  faoliyatini  tashkil  etishda  ularga  tanlash  imkoniyati 

berilishidir[21].  

Geografiya  o`qituvchisi  o`quvchilarning  bilish  faoliyatini  tashkil  etishda 

o`quvchilarning  xoxishiga  ko`ra  individual  tarzda,  juftlikda  yoki  kichik 

guruhlarda  tashkil  etishi  lozim.  Shuningdek,  uy  vazifalari  ham  hamma  uchun 

yagona va majburiy bo`lmasdan bir necha variantda tayyorlanishi va o`quvchilar 

o`z  xoxishiga  ko`ra  tanlashlari  mumkin[12].  Hozir  ta‟lim-tarbiya    sohasida 

rivojlanib 

borayotgan 

yo‟nalishlardan 

biri–zamonaviy 

pedagogik 

texnologiyalarni  o‟quv  jarayonida  qo‟llash  bo‟lib,  uni  amalga  oshirish  dolzarb 

vazifalardandir[13].  Ma‟lumki,  ta‟lim-tarbiya  jarayoni  katta  avlod  tamonidan 

o‟z bilim va tajribalarini o‟sib kelayotgan avlodga o‟rgatishdan iborat bo‟lib, bu 

jarayonda  asosan,  inson  hayoti  uchun  zarur  axborotlarni  avloddan-avlodga 

uzatish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiya ta‟lim-tarbiya jarayoni sifatida 

ishtirokchilarning faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard 

maqsadi  barkamol  insonni  shakllantirish  va  rivojlantirish  bo‟lib,  asosan 

quyidagilardan tarkib topadi: 

-  ta‟lim-tarbiya berish;

 

-  axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;



 

-  mustaqil  fikrlashga o‟rgatish;

 

-  bilim, ko‟nikma, malakalarni o‟rgatish va o‟zlashtirilishiga erishish;



 

-  turli metodlarni qo‟llash va takomillashtirish;

 

-  ta‟lim-tarbiya  jarayonida  insonparvarlik,  halqparvarlik,  mafkuraviy 



tamoyillarga asoslanish;

 

-  o‟quvchining  tayyorgarlik  darajasini,  fiziologik,  yosh  xususiyatlarini, 



gigiyenik talablarni hisobga olish. 

 



 

Pedagogik texnologiya o‟quv jarayoni(ya‟ni o‟qituvchining, o‟quvchining 



faoliyati  bilan),  uning  tarkibi,  vositalari,  usullari  va  shakllari  bilan  eng  ko‟p 

darajada  bog‟langan.  Hammamizga  ma‟lumki,  inson  hamma  sohada  biror 

maqsadga  erishish  uchun,  o‟ziga  ma‟qul  bo‟lgan  yo‟l,  usul,  vositalardan 

foydalanib,  zarur  faoliyatni  amalga  oshiradi.  Demak,  avval  maqsad  paydo 

bo‟lsa, keyin shunga muvofiq, mavjud imkoniyatlarga suyangan holdagi faoliyat 

kelib  chiqadi.  Ushbu  sxemada  pedagogik  texnologiyaning  asosiy  tarkibiy 

qismlari aks etgan. 

 

 



 

  V.P.Bespalko  ta‟kidlaganidek:  «Pedagogik  texnologiya-bu  о„qituvchi 

maxoratiga  bog„liq  bо„lmagan  holda,  pedagogik  muvaffaqiyatni  kafolatlay 

oladigan, о„quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodadash-loyihalashdir». 

Tarixiy  pedagogik  texnologiya  elementlariga  nazar  tashlaydigan  bo‟lsak, 

maktab  va  madrasalarda  suqrotona  savol-javob  usulidan  keng  foydalanish 

asosida о„quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda gо„zal nutq tarkib 

toptirilgan.  Suqrotona  savol-javob  usuli  hozirgacha  eng  samarali  ta‟lim 

usullaridan  biri  sifatida  qо„llaniladi.  Bunda  о„quvchi  chuqur  mantiqiy 

fikrlashga,  ziyraklikka,  aniq  va  tо„g„ri  sо„zlashga,  nutqning  mantiqiyligi  va 




10 

 

ravonligiga  xamda  tanqidiy,  ijodiy  fikrlashga  о„rgatilgan.  Masalan,  suqrotona 



suxbatlar  deganda  о„qituvchining  о„quvchini  mustaqil  va  faol  fikrlash 

jarayoniga  olib  kirishi  hamda  uning  fikrlashidagi  notо„g„ri  jihatlarni  ziyraklik 

bilan  aniqlagan  xolda  ularni  tuzatish  yo‟liga  olib  chiqishdan  iborat  usullar 

nazarda  tutiladi.  Bunday  suhbat  bosqichlarini  quyidagicha  soddalashtirib 

ifodalash mumkin: 

1. Savol-javoblar orqali о„quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini 

umumiy tarzda aniqlash; 

2.О„rganilayotgan 

mavzuning 

mazmunini 

о„quvchi 

motivlariga 

muvofiqlashtirish.  Bu  asosan  о„quvchining  qiziqish  va  qobiliyatlariga  mos 

bо„lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi; 

3.  О„quvchini  faol  muloqotga  olib  kirish.  Bunda  asosan,  rag„batlantirish 

usullaridan foydalaniladi; 

4.  О„qituvchi  о„zini  bilmaydigan  odamdek,  о„quvchidek,  tutib,  savollar 

berib boradi; 

5. О„quvchining tо„g„ri fikrlarini rag„batlantirish orqali uni yanada erkin va 

chuqurroq fikrlashga, sо„zlashga jalb qilish; 

6.  О„quvchining xato fikrlarini aniqlab borish; 

7. О„quvchining xato fikrlariga nisbatan tо„g„ri fikrni о„qituvchi tomonidan 

yaqqol  mantiqiy  asoslangan  shaklda  bayon  qilish  yoki  tushuntirish  orqali 

о„quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va о„quvchini о„z xatolarini о„zi 

tuzatishiga  yo‟naltiriladi.  Bundan  kо„rinib  turibdiki,  ushbu  usul  yuqori  natija 

berishi  shubxasiz  bо„lib,  ammo  buning  jiddiy  shartlari  ham  mavjud.  Bular 

о„qituvchining  keng  bilimga  va  ijodiy  fikrlash  qobiliyatiga,  yuqori  muloqot 

madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo‟lishi kabilardan iborat[20]. 

  Ta‟lim  jarayonida  bilim  oluvchining  faolligi  tamoyili  pedagogikada  eng 

muhim tamoyillaridan bо„lib kelgan. Uning mohiyati о„rganilayotgan predmetni 

talabalar tomonidan maqsadli va faol qabul qilinishi, anglanishi, qayta ishlanishi 

va qо„llanilishidir.   




11 

 

Ta‟lim  olishning  faolligi  o‟quvchilardagi  yuqori   



motivatsiya, 

ular 


tomonidan 

yangi 


bilim 

va 


kо„nikmalarni  о„zlashtirish  ehtiyoj  sifatida    qabul 

qilinishi,  ta‟lim  jarayoni  natijalari  samarali  bо„lishi 

bilan  sifatlanadi.  Faollik  o‟quvchilarning  barcha  faoliyat  shakllarida  mavjud–

о„zgartirish  faoliyati,  bilish  faoliyati,  muloqot  va  boshqalar.  О„z  faoliyati 

natijasida    atrofdagi  olamda  va  insonning  о„zida  ma‟lum  о„zgarishlar  sodir 

bо„ladi[19]. 

  Ma‟lumki,  o‟quvchilar  geograiya  fani  doirasida  о„rganilayotgan  mavzuga 

bir  hilda  yondashmaydilar.  Bunga  ularning  munosabatini  qaysi  kо„rsatkichlar 

orqali aniqlash mumkin?  

 Oquvchilarning    darsga  bо„lgan  munosabati  aynan  bilim  olishdagi  faollik, 

bilan sifatlanadi. Bu faollik o‟quvchini о„rganish predmetiga “kirib borishining” 

intensivligi va mustahkamligini belgilab beradi.  

Faollik tuzilmasi quyidagi tarkibiy qismlar orqali ifodalanadi: 

    ta‟limiy vazifalarni bajarishga bо„lgan tayyorlik;  

   mustaqil faoliyat olib borishga intilish; 

   bajarilayotgan harakatlarni anglanganligi; 

   faollik predmetiga yо„naltirilgan diqqatning mustahkamligi; 

   о„z bilim darajasini yanada oshirishga bо„lgan intilish. 

 O‟quvchi ma‟lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini 

belgilab, unda  kо„proq boshqarilayotgan obyekt  rolini ijro etadi. Bu darajadagi 

faoliyat “obyekt faoliyati” deb nomlanadi.  

 Yuqori  darajada  faollik  ta‟lim  oluvchi  faoliyatining  birlamchi  sababi, 

manbasi  ro‟lini  о„ynab,  ijodiy,  о„zgartiruvchi  sifatga  ega.  Bunda  faoliyatni 

amalga oshiruvchi o‟quvchi  subyektdir va faoliyatda uning irodasi ishtirok etadi 

(“subyekt faoliyati”). Bunday faoliyat quyidagi jihatlar bilan farqlanadi:  

  faoliyat  amalga  oshirilayotgan  vaqtda  subyektning  ichki  sifat  va 

holatining о„ziga hosligi - maqsadlash, rejalashtirish, natijani oldindan kо„rishga 



12 

 

bо„lgan  ichki  motivatsiyaning  mavjudligi(vaziyatdan  kelib  chiqib,  biror  fakt 



ta‟sirida amalga oshiriladigan birinchi daraja faolligidan farqli); 

  ixtiyoriyligi,  ya‟ni  bu  faoliyat  subyektning  о„z  maqsadi  va  irodasiga 

aoslanadi; 

  vaziyatdan  yuqoriligi,  ya‟ni  oldindan  belgilangan  maqsadlar  doirasidan 

chiqib ketishi (faoliyatning kengayishi); 

  mustaqillikka  intilish,  kо„zlangan  maqsadga  erishish  yо„lida  izchil  va 

mustaqil faoliyat olib borishi. 

 

Subyekt  faoliyati  jarayonida  o‟quvchining  individualigi,  mehnatga 



layoqati,  ijodkorligi,  tashabbuskorligi,  raqobatbardoshligi  va  boshqa  jihatlari 

namoyon  bо„ladi.    Har  bir  pedagogik  texnologiya  o‟quvchilar  faoliyatini 

faollashtiruvchi  va  intensivlashtiruvchi  vositalarga  ega.  Quyidagi  vaziyatlar 

ta‟lim mashg„ulotida eng yuqori faollashtiruvchi samara beradi: 

-  hodisa va jarayonlarni mustaqil tushuntirib berish; 

-  о„z nuqtai nazarini  isbotlash; 

-  munozara va bahslarda ishtirok etish; 

-  о„z guruhdoshlariga yoki о„qituvchiga savol berish; 

-  boshqa o‟quvchilar javobiga taqriz berish va javobini baholash;; 

-  о„zlashtirishi past bо„lgan guruhdoshlariga materialni tushuntirish; 

-  о„z kuchini inobatga olgan holda о„ziga mos vazifa tanlash; 

-  bir muammoning bir necha yechimlarini izlab topish; 

-  о„z harakatlari natijasini tekshirish, ularni (harakatlarni) tahlil qilish; 

-  о„zida  shakllantirilgan  bilim  kо„nikmalarni  qо„llab,  vazifalarni  yechish.        

Geografiya  ta‟limi  jarayonida  turli  xildagi  pedagogik  texnologiyalardan 

foydalanish  bugungi  kun  talabidir.  Shuning  uchun,  ta‟lim  jarayoniga 

pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida keltirilgan dolzarb muammolarni 

ijobiy  hal  etishga  xizmat  qilishi  darkor.  Pedagogik  texnologiyani  ta‟lim 

jarayoniga  tatbiq  etilishi,  o‟quvchilarda  dars  jarayonining  ta‟sirchanligi  va 

amaliy kо„nikmaga ega bо„lishligini kafolatlaydi. 

 



13 

 


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish