Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlari fakulteti


Afrika materigining yer yuzasi tuzilishi va relyefi



Download 50,4 Kb.
bet4/6
Sana15.05.2022
Hajmi50,4 Kb.
#603861
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy

Afrika materigining yer yuzasi tuzilishi va relyefi

Afrikaning shimoli-g’arbiy va janubiy tog’li chekka qismlarini istisno qilganda, materikning deyarli butun territoriyasi yagona platformadan-Gondvana qadimgi materigi (superplatformasi) tarkibiga kirgan Afrika platformasidan iboratdir. Gondvana butun arxey va proterozoy eralari davomida tarkib topgan. Paleozoy erasining boshlariga kelganda, Baykal tektonik epoxasi tugagandan so’ng Gondvana Yer sharidagi eng katta yaxlit quruqlik bo’lib qolgan. Afrika platformasining bundan keningi taraqqiyoti Gondvananing parchalanib ketishi va dastlab yaxlit Afrika-Arabiston platformasining ajralib chiqishi, so’ngra uning Afrika platformasi va Arabiston platformasiga ajralib ketishi bilan bog’liqdir. Usha davrlardayoq Afrika platformasining hozirgi shimoliy chegarasi Tetis okeanining geosinklinal zonasi bilan belgilangan.


Paleozoy erasining oxirlarida Gondvana parchalana bosh lagan va hozirgi materiklarning qiyofalari tarkib topa boshlagan. Lekin o’shanga qadaroq platformaning asosiy struktura elementlari (massivlar va sineklizalar) aniq ko’rina boshlagan va Afrika-Arabiston platformasining shimoliy va janubiy qismlari taraqqiyotida tafovutlar vujudga kela boshlagan. Uning kichikroq shimoliy qismi paleozoy erasining boshlaridan asosan dengiz cho’kindilari, mezozoy erasida esa quruqlik cho’kindilari to’planadigan o’lka hisoblangan (Sahroi Kabir plitasi). Kattaroq janubiy va sharqiy qismi butun postroterezoy tarixi davomida aksari ko’tarila boshlagan. Bu qismlar orasidagi chegarani turli avtorlar turli joylardan o’tkazadilar. Bu chegara taxminan Kamerun bilan Qizil dengizning shimoliy qismi orasidan o’tadi.
Afrikaning shimoliy qismida paleozoy erasining birinchi yarmida dengiz ayniqsa katta maydonni egallagan. Karbon davrining o’rtalaridan boshlab dengiz chekina boshlaydi va arid sharrit boshlanib, qizil rangdagi cho’kindilar to’plana boradi. Karbon davrida O’rta dengiz geosinklinal oblastida tog’ paydo bo’la boshlagan. Sahroi Kabir sineklizalarining cho’kindi qatlamlari burmalana boshlaydi. Afrikaning janubiy qismida bu davrda ko’tarilma harakat ustun turgan. Kap zonasidagina cho’kish va cho’kindi jinslar to’planishi ro’y bergan va qalin Kap kontinental formatsiyasi tarkib topgan.
Paleozoy oxirlarida butun platforma boshdan-oyoq ko’tarila borgan va muzliklar paydo bo’lgan. Muzlik va muzlik suvlari yotqiziqlari qalinligi ba’zi joylarda 300 m gacha yetadigan Dveyk seriyasini hosil qilgan. Bunday jinslar kontinentning janubiy yarmidagi bukilmalarnikarru, Kalaxari va Kongo botiqlarini to’ldirgan. Bu jinslar ustiga qalin karru kontinental formatsiyalari to’plana borgan. Asosiy muzlik markazlari qadimgi massivlarda Kongo sineklizasidan sharqda, shuningdek Nubiya-Arabiston qalqonida bo’lgan.
Karru formatsiyasi butun trias davri davomida vujudga kelgan. Ayni vaqtda janubda Kap fbrmatsiyasi jinslari burmalangan va ko’tarilgan hamda Kap tog’ sistemasi paydo bo’lgan. Yuqori trias va yura boshlarida tektonik harakat kuchaygan. Bu zarakat Afrika janubida, sharqida va shimoli-g’arbida kuchli vulkanizm bilan tugagan.
Yura davri davomida va bo’r davrining boshlarida Afrikaning katta qismi ko’tarilgan. Botiqlarda kontinental yotqiziqlar to’plangan va granitlar hamda karbonatitlar yer po’stiga kirib kelib, kimberlit trubalarini vujudga keltirgan. Afrikaning hozirgi konturlari (shakli) xuddi ana shu davrda vujudga kelgan. Bu esa dastlab Hind okeani oblastida, so’ngra Atlantika okeani oblastida yer po’stining cho’kishi va yorilishi (razlom) hamda u okean atrofidagi bukilmalarning vujudga kelishi bilan bog’liq edi. Shimolda Tetis okeani oralig’ida tslatforma atrofidagi (perikraton) bukilma vujudga kelgan. Bo’r davrining ikkinchi yarmida va eotsenda Sahroi Kabir plitasida yana transgressiyalar bo’lgan, oqibatda O’rta dengiz Gvineya qo’ltig’i bilan qo’shilgan. Dengiz, shuningdek, Nubiya-Arabiston qo’ltig’ining chekkalarigacha yetib borgan hamda materikda va Madagaskar orolida Hind okeani sohilining keng polosasini ishg’ol qilgan.
Bu davrdagi dengiz hosilalari orasida karbonatli terrigen cho’kindilar ko’pchilikni tashkil qilgan. Materikning ichki rayonlarida bo’r davri oxirida ko’tarilishlar ro’y bergan va vulkan faoliyati kuchaygan.
Bo’r davrining ikkinchi yarmida va kaynozoy erasi boshlarida Afrika uchun sernam va issiq tropik iqlimi xarakterli bo’lgan. Bu esa daraxtlardan iborat boy tropik florasi hamda umurtqali hayvonlardan iborat tropik faunasining tarqalishiga imkon bergan. Quruqlik yuzasida qizil rangli gidromorf nurash po’stlari paydo bo’lgan. Materikning markaziy rayonlaridagina emas, balki shimoliy va janubiy rayonlarida ham xuddi shunday sharoit vujudga kelgan. Afrika bilan Madagaskar, Avstraliya o’rtasida bo’lgan va bo’r davridayoq uzilib qolgan aloqalar, so’ngra Janubiy Amerika bilan bo’lgan va kaynozoy boshlariga kelgandagina uzil-kesil uzilgan aloqalar, shuningdek, Yevrosiyo bilan deyarli butun kaynozoy davomida Arabiston orqali bo’lib turgan aloqalar materik organik dunyosi turlarining tarkib topishiga ta’sir ko’rsatgan. Lekin, boshqa quruqlik uchastkalarining ta’siri floraning tarkib topishiga ayniqsa kuchli ta’sir ko’rsatgan. Afrika faunasi paleogendan to hozirgi davrgacha ko’p jihatdan o’ziga xosdir.
Eotsen oxirida va oligotsen boshlarida deyarli butun Afrikada ayniqsa uning janubiy va sharqiy qismlarida tektonik harakat kuchli bo’lgan. Buni materik taraqqiyoti bosqichidagi hozirgi tabiiy sharoitning vujudga kelishida eng muhim va so’nggi davrning boshlanishi deyish mumkin. Intensiv ko’tarilishlar, vulkanizm, eotsen oxiri va oligotsen boshlarida raz-lomlarning paydo bo’lishi bu materik uchun neotektonik bosqichning boshlanishi hisoblanishi mumkin. Ayni vaqtda shu bilan birgalikda tropikdan tashqari rayonlarda iqlim asta-sekin quruqlasha borgan, tropik organik dunyo ekvatorga chekina boshlagan, gidrofitlar kamayib, quruqlikni yaxshi ko’radigan o’simliklar va hayvonlar ko’paya boshlagan. Qizil rangli gidromorf nurash po’stlari o’rnini karbonatli nurash po’stlari egallay boshlagan.
Tektonik aktivlik paroksizmlari o’rnini nisbatan tinch davrlar olgan. Bunday davrlarda yer yuzasi tekislangan, botiqlarga cho’kindilar to’lgan va materik chekkalariga dengizlar bosib kelgan. Afrika platformasida, ko’tarilishlar va tektonik aktivlik fazalari O’rta dengiz geosinklinal oblastidagi va Yevrosiyoning boshqa qismlaridagi xuddi shunday fazalar bilan bir vaqtda ro’y bergan.
Efiopiya, Madagaskar, Tibesti va boshqa rayonlardagi keng gumbazsimon ko’tarilmalar bo’ylab hosil bo’lgan yoriqlardan bazal’tlar oqib chiqqan bir davrda, neotektonik faoliyatning boshlanish fazasidan so’ng tektoniy: protsesslar miotsen davrining ikkinchi yarmida namoyon bo’lgan. Platformada tektonik aktivlashishning ana shu fazasi Al’p mintqasidagi bosh tog’ hosil qilish protsessining boshlanishiga to’g’ri kelgan. Ana shu davrda Atlas tog’lari sistemasi paydo bo’lgan va platformaga qo’shilib ketgan. Ana shu faza davrida Qizil dengiz, Suvaysh va Adan qo’ltiqlari grabenlari vujudga kelgan, Eritreya va Sharqiy Afrika g’arbiy rift zonasi paydo bo’lgan, bular yonida vertikaliga hisoblaganda 2 kilometrgacha farq qiladigan gorst polosalari ko’tarilgan, nordon va ishqorli lavalar oqib chiqqan, juda katta vulkanlar vujudga kelgan.
O’rta pliotsenda Qizil dengiz grabeni uzil-kesil tarkib topgan va razlomlar sharqiy zonasi vuludga kelgan. Axaggar, Tibesti, Kamerun massivlarida va boshqalarda ko’tarilishlar ro’y bergan. Tog’larning ko’tarilishi bilan bir qatorda yirik botiqlar chuqurlashgan va hozirgi ko’llardan ancha katta bo’lgam ko’llar paydo bo’lgan. Ayni vaqtda Atlantika va Tinch okeanlari botiqlari cho’kkan.
Yirik ichki botiqlarga suv to’lishi va okean cho’kishi bilan bir qatorda daryo eroziyasi kuchaygan, daryolar yorlarni chuqur yorib kirgan va katta sharsharalar paydo bo’lgan. Ayniqsa qurg’oqchil rayonlarda suvning ko’payishi iqlimning umuman ser-nam bo’la borishi bilan bog’liq bo’lib, Yevrosiyoni yoppasiga muz qoplashi davrining boshlanishiga to’g’ri keladi. Afrika tog’larida katta muzliklar paydo bo’lgan, qor chizig’i esa taxminan 3000 m da bo’lgan. Keyinchalik antropogen davrning butun birinchi yarmida Afrikada nisbatan sernam davrlar bilan quruq davrlar almashinib turgan. Bu esa muzlik davrlari va muzliklariro davrlar bilay bog’liq edi. Pleystotsen oxirlarida okeanlar sathining umuman ko’tarila borishi munosabati bilan daryolarning quyilish joylarini suv bosadi, lagunalar va estuariylar paydo bo’ladi. Ekvatorial rayonlarning iqlim sharoitida jiddiy o’zgarishlar ro’y bermadi.
Pleystotsen davri davomida tektonik harakat va vulkanlar otilishi susayib qolgan. Bunday jarayonlar Afrika platformasining sharqiy qismidagina hozirgacha saqlanib qolgan. Ba’zi vulkanlarning otilishi va tez-tez zilzila bo’lib turishi ana shundan darak beradi. Muzlik davridan keningi vaqtlarda Afrika territoriyasida hozirgi zamon iqlim sharoiti tarkib topgan. Lekin materikning shimoliy va janubiy qismlarida o’tgan davrlarga nisbatan iqlim-ancha quruq. Afrika yer yuzasi tuzilishiningxarakterli xususiyatlari uning taraqqiyot xususiyatlari bilan bog’liqdir. Materikning katta qismi Afrika platformasidan iborat. Bu platforma rel’efi tekis bo’lib, unda perm’karbop va trias davrlarida iaydo bo’lgan tekisliklardan tortib, neogen va hatto antropogen davrlarida paydo bo’lgan tekisliklargacha keng tarqalgan. Bularda palaxsali tog’ massivlari va vulkan tog’lari unda-bunda ko’tarilib turadi.
Platformaning hozirgi asosiy struktura elementlari paleozoy boshlarida vujudga kelgan. Shimoliy, Sahroi Kabir-Arabiston qismi uchun plitalar va sineklizalar xarakterli bo’lib, bularning ustini paleozoy va fanerozoy cho’kindi jinslar qatlami qoplab yotadi (Sahroi Kabir plitasi, Taudenni, Malinigeriya, Chad sineklizalari va boshqalar), bular orasida esa arxey-proterozoy fundamentining bir oz ko’tarilib qolgan qismlari joylashgan (Axaggar, Regibat Leonliberiya massivlari va boshqalar).
Platformaning Kamerun-Qizil dengiz shimoliy uchi chizi-g’idan janubi-sharqdagi qismi ko’proq ko’tarila borgan va ayniqsa sharqiy qismida tektonik harakat kuchli bo’lgan. Janubiy subkontinentning ichki qismlarinigina sineklizalar band qilgan, ularning o’qi 20- meridian bo’ylab o’tadi. Eng shimolda joylashgan va ekvator yaqinidagi eng yirik (Zair) kotlovina o’rnini janubda kichikroq Okovango va boshqa kotlovinalar egallagan. SHarq va janubda Qizil dengiz rifti ajratib turgan Nubiya-Arabiston qalqoni, Mozambik proterozoy burmali mintaqasi va boshqalar yirik ko’tarilmalardir.
Shimol va janubda platformani burmali zonalar o’rab turadi. Bular janubda paleozoy Kap oblasti, shimolda esa O’rta dengiz bo’yi mintaqasining bir qismi hisoblangan Atlas burmali zonasidir.
Quyidagilar Afrikadagi tekislik-platforma morfostruktura rel’eflarning asosiy tiplaridir: arxey va proterozoy zamini ustidan tekisliklar va yassi tog’liklar. Ularning balandligi Afrika shimolida odatda 500 metrdan oshmaydi va kamdan-kam hollardagina 1000 metrga yetadi. Salgina pasti-baland kristalli maydonlarda eng mustahkam va yemirilmaydigan jinslardan tuzilgan qoldiq tog’lar va kryajlar ko’arilib turadi. Rel’efning bunday tipi qadimgi sineklizalarni ajratib turgan kam aktiv massivlarda tarkalgan. Qadimgi sineklizalarning atroflarida va materikning chekkalarida (masalan, Kongo yoki Kalaxari sineklizalari) cho’kindi jins qoplami tarqalgan rayonlar uchun xarakterli bo’lgan qatqat tekisliklar va qirlar, ular gorizontal yoki qiya shaklida joylashgan, yoyinki zinapoyalar hosil qilgan. Bunday rayonlar mezozoyda va kaynozoyning birinchi yarmida cho’kkan. Bunday rel’ef tipi fundament (zamin) ning yer ostidan turtib chiqqan qismlarida yoki yirik ko’tarilmalardagi qadimgi bukilmalarda ham uchraydi. Qat-qat tekisliklar va qirlar yosh bo’lib, eroziya natijasida kam parchalangan va qadimgilari esa eroziya natijasida chuqur o’yilib ketgan, yuzasi neogen va antropogen dengiz yoki kontinental cho’kindilaridan tarkib topgan akkumulyativ tekisliklar. Bunday tekisliklar qadimgi sineklizalarning markaziy qismlarini ishg’ol qilgan yoki materikning keyinchalik transgressiyalarga uchragan chekka qismlarida joylashgan.
Tog’ rel’efi Afrika platformasining tektonik harakat kuchli bo’lgan qismlarida ham, materikning shimol va janubidagi yosh burmali zonalar uchun ham xarakterlidir.
Platformada mezokaynozoy ko’tarilmalari va neotektonik ko’tarilmalar natijasida paydo bo’lgan va yoshargan epiplat-forma tog’lari va tog’liklari uchraydi. ‘unday ko’tarilmalarda yer yoriqlari va vulkanizm hodisasini ko’rish mumkin. Bunday tog’lar asosan Afrikaning sharqiy chekkasi uchun, uning kesib o’tgan rift zonalari uchun xarakterlidir. Lekin tog’ rel’efining ayrim uchastkalari tekislik-platforma oblastlarida ham uchraydi. Bu esa tektonik harakat aktivlashgan massivlar bilan bog’liqdir. (Arxaggar, Tibesti, Drakon tog’lari va boshqalar.) Quyidagilar qaytadan paydo bo’lgan tog’larning morfostruktura tiplaridir: fundament (zamin) yer yuzasiga chiqib qolgan oblastlarda paydo bo’lgan palaxsali tog’lar va tog’liklar.
Cho’kindi jinslar va vulkan qoplamalari tarqalgan oblastlardagi supasimon tog’lar; yoriqlar sistemalarida uchraydigan vulkan tog’lari va vulkan platolari; rift zonalarining yosh bukilmalarida va tublarida uchraydigan akkumulyativ tekisliklar.
Kap tog’lari qaytadan ko’tarilgan tog’larning juda kam uchraydigan tipiga kiradi. Bu tog’larda hozirgi rel’efda uchraydigan burmali struktura yaqqol ko’rinib turadi.
Gertsin strukturalari Atlas tog’lari oblastiga kiradi. Bu strukturalar mezokaynozoy harakatlari bilan shu qadar qayta o’zgarganki, ularni O’rta dengizbo’yi burmali zonasining bir qismi deb qaraydilar. Ana shu qadimiy strukturalar Atlas tog’lari oblestining o’rta va janubiy qismlarini ishg’ol etadi.
Holbuki, bu oblastlarning shimoliy tog’ zanjirlari aksari miotsen oxirlarida-pliotsen boshlarida paydo bo’lgan tog’lardir. Bu oblast’ doirasida morfostrukturalarning quyidagi tiplari uchraydi: burmali va burmali-palaxsali o’rtacha balandlikdagi va baland tog’lar, vulkan tog’lari platfrrmaning keyin qo’shilgan qismlaridagi palaxeali massivlar, tekislanib ketgan hamda paleozoy strukturalarining cho’kindi jinslari bilan qoplangan tog’lariro platolar, tog’oldi bukilmalari hamda tog’lar orasidagi bukilmalarning akkumulyativ tekisliklari.
Afrika materigida xilma-xil foydali qazilmalar uchraydi, ular asosan platforma hamda platforma va burmali mintaqalar orasidagi chegara zonalarda uchraydi.
Platformaning eng qadimgi yadrosida Sharqiy va Janubiy Afrikada temir rudasi, xromit, oltin va uran rudalarining juda katta zapaslari bor. Yuqori proterozoy strukturalarida, xususan Sharqiy Afrikadagi Zair respublikasi territoriyasida mis, qalay, qo’rg’oshin va boshqa rangli metall rudalari konlari bor.
Platforma burmali fundamentining turli rayonlarida mezozoy davridagi kimberlit trubalarida tub olmos konlari paydo bo’lgan. Janubiy va Sharqiy Afrikaning olmos konlari ayniqsa mashhur. Xuddi shu davrda paydo bo’lgan intruziv granit jismlari chegaralarida nodir metallarning konlari paydo bo’lgan.
Platformadagi qadimgi kristalli jinslarning nurashi
natijasida hosil bo’lgan va platforma ustidagi qatlamlarda uchraydigan cho’kindi foydali qazilmalarning konlari ham katta. G’arbiy va Sharqiy Afrikadagi boksit konlari qadimgi kristalli jinslarning nurashidan hosil bo’lgan. Yaqindagina topilgan hamda hozirning o’zidayoq ishga solingan-Sahroi Kabir plitasidagi, Jazoir, Liviya va Misr territoriyasidagi Yirik neft’ va gaz konlari cho’kindi jinslar orasida uchraydi.
Janubiy Afrikadagi laguna-kontinental karru formatsiyasi qatlamlarida toshko’mirning katta zapaslari topilgan.
Atlas burmali oblastining sinklinal zonalarida neft’ va fosforit konlari topilgan.



Download 50,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish