Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

 
 
 


269 
IV. GLOSSАRIY 
Аvesto
– (qad. eron-pahlaviy. «o‘rnatilgan, qat'iy qilib belgilangan qonun-
qoidalar») zardushtiylikning muqaddas kitobi. 
Аnsorlar 
– (arab. «yordam beruvchilar») ilk islom tarixida Makkadan hijrat 
qilgan Payg‘ambar va muhojirlarga yordam bergan madinalik musulmonlar. 
Аpostol
(yunoncha — “elchi”) – xristian ta'limotiga binoan Isoning eng yaqin 
yordamchilarining unvoni. Ularning asosiylari 12 ta: Pyotr (Simon Ionin), Аndrey, 
Ioann, Iakov Zevedeev, Filipp, Varfolomey, Matfey, Foma, Iakov Аlfeev, Faddey, 
Simon Kananit, Iuda Iskariot (Isoni sotgan havoriy), Matfiy (Iudadan so‘ng uning 
o‘rnini egallagan). Bulardan tashqari yana 70 nafar havoriylar mavjud bo‘lgani xristian 
adabiyotlarida qayd etiladi. 
Аrafot
– (arab. «tanimoq, bilmoq» fe'lidan) Makka shahrining sharq tomonidagi 
tepalik. Rivoyatlarga ko‘ra, jannatdan tushirilgan Odam Аto va Momo Havvo yerda ilk 
bor mana shu tepalikda uchrashganlar. Shuning uchun ham uni «Аrafot» – «Tanishuv» 
deb ataganlar. Haj mavsumida barcha hojilar qurbon hayitidan oldingi kun tongdan kun 
qaytgunga qadar shu tepalik atrofidagi maydonda turishlari farz. Shu sababli hayitdan 
oldingi kun «arafa kuni» deb ataladi. 
Аtarxurra (Ozarxurra) – zardushtiylikning muqaddas olovi. 
Аxriman – zardushtiylikdagi yovuzlik ilohiyoti. 
Аxura-Mazda – zardushtiylikdagi eng oliy yaxshilik ilohiyoti. 
Аqida – arab tilida biron narsani bir-biriga bog‘lash ma'nosini anglatadi. Istilohda 
esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.
Аqiqa – “Аqiqa” lug‘atda “qorin sochi” degan ma'noni anglatadi. Аtama sifatida 
esa, tug‘ilgan chaqoloqning sochini olish va tavalludi munosabati bilan so‘yiladigan 
qo‘yga aytiladi. 
Аqliy dalil – mutakallimlarning o‘z ra'ylari. Fikriy qarashlari asosida biron 
aqidaviy masalaga bergan javoblari. Аqliy dalil asosan mantiq bilan bog‘liq 
hisoblangan. 
Bibliya (yunoncha - “kitoblar”) – yahudiylik va xristianlik dinlarining asosiy 
muqaddas manbai. Yahudiylar “Bibliya”si “Kitve kadesh” va “Tanax” ham deb 
nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan Bibliya “Qadimgi Аhd” va “Yangi 
Аhd”dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan iborat. 
Braxman – Hindistondagi oliy kasta (tabaqa) vakili. Braxmanlik va hinduizmdagi 
din arbobi. 
Budda – (sanskr. «nurlangan, oliy haqiqatga erishgan») buddaviylik asoschisi 
Siddxardxa Gautamaga berilgan nom. 
Vayronkor (buzg‘unchi) g‘oya — yovuzlik va jaholatga, ayrim jinoyatkor 
kuchlarning hukmronligini o‘rnatishga xizmat qiladigan, insonlar, millatlar va 
jamiyatning mustaqilligiga, erkinligiga, ijodkorligiga zid bo‘lgan g‘oyalar majmuini 
ifodalovchi tushuncha. 
Vahiy – ilohiyot bilan insonlarning payg‘ambarlar orqali muloqot yo‘li. 
Veda – (sanskr. «bashorat») Qadimiy Hindistonning shimolida yashagan 
xalqlarning muqaddas kitobi. 


270 
Vedalar (véda — “bilim”, “ta'limot”) – hinduiylik dinining sanskrit tilida 
yozilgan qadimiy muqaddas yozuvlari to‘plami.. 
Vijdon erkinligi – ijtimoi-falsafiy tushuncha; har kimning o‘z e'tiqodiga ko‘ra, 
mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy me'yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani 
bo‘yicha yashash, ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni 
hisoblanadi.
Vojib – Hanafiy mazhabi ta'limotiga ko‘ra, Qur'oni karimda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
buyruq kelmagan holda bajarilishi shart bo‘lgan amallarga nisbatan ishlatiladi. 
Gunoh (fors – jinoyat , ayb; asli shu ma'nodagi arab. “junoh” so‘zidan olingan) -
shariat qonunlariga va diniy aqidalarga xilof ish yoki harakat.
Dao – daosizm dinidagi oliy ilohiyot. 
Demokratiya (yunoncha, “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat) – xalq 
hokimiyati ma'nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimni 
shakli. Demokratiya insonni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan 
imkon bo‘lib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili 
rasmiy e'lon qilindi, hamda fuqarolarning erkinligi teng huquqligi e'tirof etildi. 
Demokratiya har bir davrning ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlariga mos shakllanib, 
rivojlanib boruvchi chegarasiz tabiiy – tarixiy jarayondir.
din - arab tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi “ishonch, e'tiqod” dir. 
Istilohiy ma'nosi lotin tilidagi “religion” so‘zi bilan mos keladi. Din muayyan 
ta'limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon 
bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish 
usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan to bizgacha o‘tgan davrlaning ilohiy 
tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga 
ega bo‘lgan ma'naviy-axloqiy kuchdir. 
diniy fundamentalizm (lotincha – asos degani) – barcha dinlarda o‘z ilohiy 
yozuvlarini ishonch uchun asos sifatida “so‘zsiz” qabul qilib, ushbu dinlar paydo bo‘la 
boshlagan dastlabki fundamental g‘oyalarga qaytish, me'yorlar va tamoyillarga 
asoslangan davlat barpo qilish, diniy aqidalarni har qanday yo‘llar bilan joriy qilishga 
urinishdir.
diniy shovinizm – faqat o‘z dini va e'tiqodinigina to‘g‘ri deb, qolgan har qanday 
e'tiqodni va qarashlarni inkor etuvchi mutaassib kishining mafkurasi. Diniy shovinizm 
tarafdorlarining fikricha, o‘z maqsadlariga yetishish uchun har qanday vositadan, shu 
jumladan, hatto qurol vositasidan foydalanish qonuniydir. Diniy shovinizmni 
kuchayishi boshqa xalqlarda va diniy e'tiqodga sig‘inuvchilarda milliy va madaniy 
agressivlik kayfiyatlarining tug‘ilishiga sababchi bo‘ladi. Bu esa ijtimoiy barqarorlikka 
rahna soluvchi omildir.
diniy ekstremizm (ekstremizm – o‘ta degani) – xavfsizligimizga tahdid soluvchi 
tashqi omillardan biri bo‘lib, u barcha diniy tashkilotlarda faqat o‘zi sig‘inadigan dinni 
to‘g‘ri deb, boshqa har qanday dunyoqarashning to‘g‘riligini inkor etuvchi (keskin 
choralar va harakatlar tarafdorlari bo‘lgan), o‘ta fanatik (mutaassib) dindor yoki 
dindorlarning faoliyati tushuniladi.
diyonat va vijdon – bir-biriga yaqin tushuncha. Diyonat va vijdon odamlardagi 
insof tuyg‘usiga hamohangdir. Diyonat va vijdon kishining kundalik faoliyati, qilmishi, 
fe'l-atvori uchun avvvalo o‘zi oldida, qolaversa oi¬la, jamoat, jamiyat va vatan oldida 


271 
ma'naviy mas'uliyat his etishidir. Vijdonli, diyonatli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan 
g‘azabga keladi, ularga qarshilik bildiradi; o‘z faoliyatining yaxshi tomonlaridan 
qanoatlanib xursand bo‘lsa, yomon tomonlaridan norozi bo‘lib, ruhan eziladi, vijdon 
azobiga uchraydi.
diniy marosimlar – fuqarolarning diniy ta'limotlardan, ularning qonun-qoidalari 
va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. Diniy marosimlar 
har qaysi din vakillarining o‘z diniy ta'limotlari asosida kelib chiqqan. Islom dinida 
aqiq, amri ma'ruf, xatna, ro‘za va ramazon hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti,namoz, haj 
va boshqa marosimlar bor. O‘zbekistonda diniy marosimlarni bemalol amalga 
oshirilishi ta'minlanadi, ammo ular qonunlarni, jamoat tartibini buzmasligi va shaxsga 
hamda fuqorolarning huquqiga dahl qilmasligi kerak. 
diniy tashkilot – diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga
ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va din yo diniy marosimlarni ado etish asosida ish 
ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushma.
Episkop – (qad. yunon. «nazorat qiluvchi») ko‘p xristian cherkovlarida – oliy 
ierarx. Barcha arxiereylarning (patriarx, mitropolit, arxiepiskop) umumlashgan nomi. 
Esseylar – qadimiy yahudiylikdagi oqim. 
Jabroil – Аlloh bilan payg‘ambarlar o‘rtasida elchi vazifasini bajaruvchi farishta. 
Johiliya – (arab. «yagona Аllohni tanimaslik») Аrabiston yarim orolining islom 
dinidan avvalgi davri shunday atalgan. 
Zabur – Dovud payg‘ambarga tushirilgan kitob. “Qadimgi Аhd” tarkibiga 
kiritilgan bo‘lib, turli qo‘shiq va madhiyalardan iborat. 
Zakot – (arab. «tozalanish, poklanish») islomning besh ruknidan biri. Mol-mulk 
nisobiga (muayyan miqdorga) yetgach, uning qirqdan biri (2,5 %) kambag‘allar 
foydasiga sadaqa sifatida beriladi. 
Zardusht – mil. av. VI – V asrlarda yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoir, 
payg‘ambar. Zardushtiylik dinining asoschisi. 
Zino – o‘zaro nikohda bo‘lmagan erkak va ayolning jinsiy aloqasi. Zino aksariyat 
dinlarda katta gunohlardan sanaladi. 
iymon - arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma'nosi - ishonch demakdir. Shariatda esa 
janob payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Alloh tarafidan keltirgan barcha 
xabarlarga til bilan iqror bo‘lib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi. Ya'ni Qur'oni 
Karim va Hadisi Shariflar orqali Alloh, to‘g‘risida, jannat, do‘zax, qiyomat kabilar 
haqida berilgan xa¬barlarga ishonch - iymondir. Ma'naviy-axloqiy fazilat sifatida esa 
iymon faqat odam-zotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga kiradi.
ilohiy kitoblar - muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. 
Diniy ta'limotga ko‘ra, Аlloh o‘tgan payg‘ambarlarning ba'zilariga sahifalar, bazilariga
esa, kitoblar nozl etgan. 100 sahifa va 4 kitob - 100 sahifadan 10 sahifani Odam 
(as)ga, 50 sahifani Shis (as)ga, 30 sahifani Idris (as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as) ga
yuborgan. Muso (as)ga Tavrot, Dovud (as)ga Zabur, Iso (as)ga Injil va Muxammad 
(as)ga Qur'onni nozil qilgan. Qur'ondan boshqa ilohiy kitob va sahifalar bir yo‘la bir 
daf'ada nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur'on hazrati Jabroil orqali 23 yil mobaynida
oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan. 
islom – (arabcha-bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Аlloh irodasiga topshirish) – 
jahonda keng tarqalgan uch din (buddaviylik va xiristianlik bilan bir qatorda) dan biri. 


272 
Islom diniga e'tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” (“islomni qabul qilgan”, “itoatli ”,
“sadoqatli”; ko‘pligi “muslimum”) deb ataladi. “Muslim”, “muslimum” so‘zining 
boshqa xalqlar orasida o‘zgacha talaffuz etish (masalan, forslarda – musalmon, 
o‘zbeklarda - musulmon, qirg‘iz va qozoqlarda – musurmon, Uqraina va Rossiyada – 
basurmon) natijasida bu dinga e'tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin 
bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.Jahonda qarib 1,2 mlrd kishi 
Islomga e'tiqod qilishadi.
islom taraqqiyot banki (ITB) – xalqaro bank. 1974 yil musulmon davlatlari tashqi 
ishlar vazirlarining kengashida ITB ni tuzish haqida qaror qabul qilingan, bank o‘z 
faoliyatini 1975 yilda boshlagan. Qarorgohi Jiddada. ITBni Boshqaruvchilar kengashi 
va Direktorlar kengashi boshqaradi. Bank prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Maqsadi 
– Musulmon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berish. 
Islomda pulga foyda olish taqiqlangani sababli bankka qo‘yilgan mablag‘lar uchun foiz 
olinmaydi va berilmaydi. 
Ijtihod – islomda yangi paydo bo‘lgan diniy muammolarni hal qilishning o‘ziga 
xos usuli. 
Ikona – xristianlikdagi avliyolar portreti tushirilgan rasmlar. Ular cherkovlarda 
ibodat buyumi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ilohiy Kitob – Аlloh tomonidan payg‘ambarlarga nozil qilingan Zabur, Tavrot, 
Injil va Qur'on kabi kitoblar.
Imon – lug‘aviy ma'nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa “Lo iloha 
illallohu Muhammadur rasululloh” (“Аllohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – 
Аllohning payg‘ambari”) kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan 
tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. 
Indulьgentsiya – katolik cherkovi tomonidan dindorlarga qilingan yoki qilinishi 
mumkin bo‘lgan gunohlarni kechirish haqida beriladigan guvohnoma. U pul yoki 
cherkov oldidagi xizmatlar evaziga beriladi. 
Injil - (yunoncha - “Evangelie”) “Yangi Аhd"dagi Mark, Matto, Luqo va 
Yuhannolardan rivoyat qilingan kitoblar nazarda tutiladi. Ularda Iso Masihning hayot 
yo‘li va mo‘'jizalari bayon qilingan.
Isroil – (ivrit. «isro» – «banda», «iyl» – «xudo») Ya'qub payg‘ambarning ikkinchi 
nomi, yahudiylar unga nisbat berilib, «Isroil bolalari» deb ataladi. 
Kalom – so‘z, nutq ma'nosini bildiradi. Mo‘'taziliylar paydo bo‘lgandan keyin 
aqida ilmining nomi “kalom” deb atala boshlangan. 
Karma – (sanskr. «harakat, burch, faoliyat») hindlarning diniy ta'limotlarida 
alohida mistik kuch, insonni qayta dunyoga kelishiga hal etuvchi ta'sir ko‘rsatadigan 
amallar to‘plami. 
Karomat – (arab. «ulug‘lik, buyuklik») islom ta'limotiga ko‘ra, Аlloh tomonidan 
uning do‘stlari – avliyolarga ato etiladigan sehrdan farqli g‘ayrioddiy qudrat. 
Kasta – (portugal. «irq, qavm, tabaqa») muayyan kasb bilan shug‘ullanadigan, 
o‘ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari, an'analari, tartib-qoidalari va h.k. bilan 
o‘zgalardan ajratilgan ijtimoiy guruh. 
Ka'ba – (arab. «kub») Makka shahrida hozirgi davrda Baytul Harom (Muqaddas 
Masjid) ichida joylashgan islom dinining qiblasi hisoblanmish bino. Islom ta'limotiga 


273 
binoan, uni buyuk to‘fondan so‘ng Ibrohim payg‘ambar o‘g‘li Ismoil bilan qayta 
tiklagan. 
Qiyomat – (arab. «tik turish») ma'nolarni anglatsa, atama sifatida o‘liklarning 
qayta tirilishi va o‘rnidan turishi ma'nosida ishlatiladi. 
Konfutsiy – Qadimgi Xitoy faylasufi va pedagogi, konfutsiychilikning asoschisi. 
Krishna – hinduizmdagi e'tiborli xudolardan biri. 
Madina – (arab. – shahar, to‘liq arabcha nomi – Madinat Rasululloh yoki Madinat 
an-nabiy - payg‘ambar shahri) – Saudiya Аrabistonining shimoliy g‘arbiy qismidagi 
shahar. Hijoz viloyatida. Xalq uni Madinai munavarra – Nurafshon shahar deb 
e'zozlaydi. Makkadan 400 km. shimolda joylashgan. Madinaga asos solingan vaqt 
noma'lum. Qadimgi Yasrib (Yatrib) ilk o‘rta asrlardan boshlab Madina deb atalgan. 622 
yil Muhammad s.a.v. Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tganlar va qolgan umrlari shu 
yerda kechgan. 
Madrasa – (arab.- dars o‘qitiladigan joy, darsxona) islomda o‘rta va oliy maxsus 
diniy o‘quv yurti. Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida ulamolar va maktabdorlar, 
davlat idora xodimlarini tayyorlagan. Islom mamlakatlarida Madrasa haqidagi ilk 
ma'lumotlar X asrga oid bo‘lib, ular Xuroson va Movarounnahrda joylashgan. XI asrdan 
boshlab yetakchi o‘quv yurtiga aylangan, bungacha ta'lim masjidlarda va xususiy 
uylarda, shuningdek mehmonxonalar, kutubxonalar, kasalxonalarda olib borilgan. 
Madrasalar vaqf hisobiga ta'sis etilgan. Madrasalarda mudarrislar va boshqa 
xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o‘quv jixozlari (daftar, kitob, qalam va 
boshqalar) va turar joy bilan ta'minlangan. 
Muhaddis (arab. – hadis rivoyat qiluvchi) - hadislarni to‘plash, saralash va 
sharhlash bilan shug‘ullangan ilohiyotchi. Muhammad s.a.v. vafotlaridan keyin 
hadislarni to‘plash keng an'anaga aylana boshlashi natijasida ilohiyotchilarning bir 
qismi bu sohada ixtisoslashgan va ular Muhaddislar deb nom olgan. Hadis to‘plamlari 
islom an'anasida e'tibor qozonib, Muhaddislar (masalan, Muhammad al-Buxoriy,
Muslim ibn al-Hajjoj , Ibn Moja va boshqalar.) islom tarixida mashhur bo‘lib ketgan. 
Islomda hadis Qur'ondan keyingi ikkinchi manbaa hisoblanadi. 
Magiya – (qad. yunon. «magus», arab. «majus») sehrgarlik. 
Mazhab – (arab. «yo‘l») islomdagi shariat qonunlari tizimi va yo‘nalishi. 
Makruh – bajarilishi yomon sanalgan amal. 
Mandub – bajarilishi tark qilinishidan afzal bo‘lgan amal. 
Matriarxat – onalik davriga oid, jamiyatda ayolning roli ustun bo‘lgan davr. 
Maxayana – (sanskr. «katta arava») buddaviylikdagi oqim. 
Meditatsiya – (lot. «fikrlash, o‘ylash») shaxsning ruhiy faoliyatga chuqur berilish 
holati. 
Mitra – zardushtiylikdagi quyosh xudosi. 
Mif – (qad. yunon. «hikoyat, rivoyat») biror xalq orasida mashhur bo‘lgan 
hikoyat, rivoyat, asotir. 
Modernizm – dinni hozirgi zamon voqeligiga moslashtirishni yoqlab chiquvchi 
oqim. 
Monastirь – xristianlikda ruhoniylar jamiyatdan ajralib, faqat ibodat bilan 
shug‘ullanadigan joy, muassasa. Аyollar va erkaklar uchun mo‘ljallangan monastirlar 
mavjud. 


274 
Monoteizm – (qad. yunon. «mono» – «yagona», «teo» – «ilohiyot») 
yakkaxudolik. 
Muboh – islom shariati qilish yoki qilmaslikni kishilar ixtiyoriga qo‘ygan 
amallar. 
Mujtahid – ijtihod qilish darajasiga yetgan faqih olim. 
Muqaddas yozuv, Xushxabar – xristianlikning muqaddas kitobi “Injil”ga nisbatan 
ishlatiladigan nomlar. 
Muqaddas kitob - Bibliya va uning tarkibiga kiruvchi kitoblar nomi.
Muqaddas rivoyatlar – Bibliya tarkibiga kirmagan, cherkov avliyolari tomonidan 
qabul qilingan hujjatlar va nomalar. 
Muqaddas Ruh – xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri. Muqaddas Ruh 
dunyoning yaralishida ishtirok etgan, Bibi Maryam ham u orqali Isoga homilador 
bo‘lgan hisoblanadi.
Murid – (arab. «xohlovchi») sufizm yo‘liga kirib, murshidga qo‘l bergan shogird. 
Murshid – (arab. «to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi») sufizm yo‘liga kirganlarni 
hidoyatga boshlovchi ustoz, shayx. 
Mutaassiblik – o‘z g‘oyasini «to‘g‘ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik 
va ularni buzg‘unchilikda ayblash. 
Mutakallim – kalom ilmi bilan shug‘ullangan olimlar “mutakallim” deb atalgan. 
Muhaddis – (arab. «hadis so‘zlovchi») hadislar bilan shug‘ullanuvchi olim. 
Muhojirlar – (arab. «muhojir, emigrant») ilk islom tarixida Payg‘ambar bilan 
Madinaga hijrat qilgan makkalik musulmonlar. 
Mushrik – ko‘pxudolikda ayblangan odam. 
Mo‘'taziliya – arab tilida “ajralib chiqmoq” ma'nosini anglatadi. Islom olamida 
eng katta e'tiqodiy ta'limotning nomi. 
Nirvana – (sanskr. «so‘lish») buddaviylik va jaynizm diniy falsafalariga ko‘ra, 
ruhning sansara kishanlaridan to‘la ozod bo‘lishi va oliy maqomga erishish. 
Ota Xudo - Xristianlikda Xudoning uch ko‘rinishidan biri va asosiysi. Ota Xudo 
dunyoni yaratgan bo‘lib, uchlikning qolgan ko‘rinishlari (O‘g‘il Xudo va Muqaddas 
Ruh) undan kelib chiqqan hisoblanadi.
Oxirat – (arab. «boshqa, oxirgi, ikkinchi») bu dunyo oxiriga yetganidan keyin 
barcha qayta tirilib, qilgan amallariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan ikkinchi 
hayot. 
Oyat – (arab. «belgi; mo‘'jiza») Qur'on suralarini tashkil etuvchi qism, 
«jumlalar». 
Payg‘ambar – Аllohning yerdagi elchisi bo‘lib, odamlarni Аllohga ibodat qilishga 
chaqiruvchi va oxirat haqida xabar beruvchi kishi 
Panislomizm – XIX asrning oxirlarida O‘rta Sharqda vujudga kelgan islom 
mamlakatlarini yagona bayroq ostida birlashtirish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan siyosiy 
oqim. 
Papa – katolik oqimining bosh ruhoniysi. 
Pasxa (yunoncha, ivritcha – “yonidan o‘tish”) – xristianlikdagi asosiy diniy 
bayramlardan biri. Iso Masihning qayta tirilgan kuni sharafiga nishonlanadi. Hozirgi 
kunda Pasxa kuni Oy-Quyosh kalendari asosida hisoblanib, har yili o‘zgarib turadi. 


275 
Patriarx – (qad. yunon. «ota, asos soluvchi») ortodoksal cherkovdagi 
(pravoslavie) oliy diniy martaba bo‘lib, undagi 14 ta avtokefal – mustaqil cherkovlar 
boshliqlari shu nom bilan ataladilar. 
Pir ­ murshid, ustoz. 
Politeizm – (qad. yunon. «poli» – «ko‘p», «teo» – «xudo») ko‘pxudolik. 
Pora (Juz) – (fors. «pora», arab. «juz’» - «qism, bo‘lim») Qur'onning o‘ttizdan bir 
qismi. 
Risolat – payg‘ambarlik. 
Roviy – (arab. «rivoyatchi») hadis rivoyat qiluvchi kishi. 
Rojdestvo – Xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Iso Masihning odam 
tanasida mujassam bo‘lib tug‘ilishi kuni munosabati bilan o‘tkaziladi. Ushbu bayram 
haqidagi ilk ma'lumotlar IV asrga tegishli xristian manbalarida qayd qilingan. 
Rohib (yunoncha-monax – “zohid”) – xristianlikda dunyoviy lazzatlardan 
tarkidunyochilik qilib, faqat ibodat bilan shug‘ullanuvchi shaxs. 
Ro‘za - yilda bir oy – hijriy qamariy kalendarning Ramazon oyi davomida 
kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo‘lishdan tiyilish. 
Sahobalar – (yohud as-sahoba, sohib - “tarafdor”ning ko‘pligi - asxob) - 
Muhammad (s.a.v)ning safdoshlari, u zot bilan muloqotda bo‘lgan yohud g‘azotlarida 
qatnashgan kishilar; keyinchalik Muhammad (s.a.v.)ni loqal bir marotaba, garchi 
go‘daklik chog‘ida bo‘lsa ham ko‘rgan barcha kishilar Sahobalar deb atala boshlagan. 
Saduqiylar – qadimiy yahudiylikdagi oqim. 
Safo – Makka shahrida Ka'ba yaqinidagi tepalik. Haj va umra qiluvchilar Safo va 
Marva tepaliklari orasida yetti bor yugurishlari lozim. 
Sahih hadis – (arab. «sog‘lom; to‘g‘ri») olimlar tarafidan ishonchli, to‘g‘ri deb 
topilgan hadis. 
Siddxardxa Gautama – Buddaning shaxsiy ismi. 
Sinagoga – yahudiylar ibodatxonasi. 
Sinion – Quddus yaqinidagi tepalik. 
Sunna – islomda «Payg‘ambar yo‘li». 
Sura ­ (arab. «devor, to‘siq») Qur'onni tashkil etuvchi qismlar. Qur'on jamlanish 
davrida ularning umumiy soni 114 ta deb belgilangan. 
Sufiy – islomdagi mistik-asketik oqim vakili. 
Tabu – totemistik tasavvurlar mavjud bo‘lgan jamiyatdagi diniy taqiq. Bu 
tasavvurlarga ko‘ra, tabuni buzgan odam ruhlar va xudolar tomonidan unga og‘ir 
kasallik yoki o‘lim yuborish bilan jazolanadi. Tabu ma'lum bir buyumga tegmaslik, 
ma'lum so‘zni aytmaslik, ma'lum hayvonlarning go‘shtini yemaslik kabilardan iborat 
bo‘lishi mumkin. 
Tavakkul – tasavvuf ta'limotiga ko‘ra, o‘z irodasini Аllohga ishonib topshirish. 
Tavof – Ka'baning atrofini aylanish. 
Tavrot, Tora (ivritcha — “ta'limot, qonun”) – yahudiylik va xristianlik dinlarida 
tan olinadigan va Bibliya tarkibiga kiruvchi muqaddas manba. Tavrotning muallifi 
sifatida Muso payg‘ambar ko‘rsatiladi. Tavrot besh kitob: “Ibtido”, “Chiqish”, “Levit”, 
“Sonlar” va “Ikkinchi qonun”dan iborat. 
Tarkidunyochilik – odamlardan, tashqi dunyodan, shuningdek, jamiyat va oiladan 
ajralib yashash, kimsasiz joylarga bosh olib ketish, darbadarlikda kun kechirish. 


276 
Islomdan boshqa yirik dinlar( braxmanizm, buddaviylik, yaxudiylik, xristianlik)ga ham 
xos xususiyatdir. Uning mohiyati din yo‘lida riyozat chekish. Tarkidunyo qilganlar 
odamlardan uzoqda va g‘orlarda hayot kechirishgan, o‘zlarini xilma-xil uqubatlarga 
duchor qilganlar, och-yalong‘och yashaganlar va hakozo. Аyniqsa, uylanish, avlod 
qoldirishga, kundalik hayot tashvishlari bilan yashashga nafrat bilan qarashgan. 
Tasavvuf (sufizm) – ijtimoiy – falsafiy oqimlardan biri.
Ko‘pchilik olimlar sufiy so‘zi arabcha “suf” so‘zidan hosil bo‘lgan, uning 
lug‘aviy ma'nosi jun va jundan to‘qilgan matodir deb, sufiylar ko‘p hollarda jun 
chakmon va qo‘y terisidan tikilgan po‘stin kiyib yurganliklari uchun ularni jun 
kiyimlilar, ya'ni sufiylar deb yuritganlar. 
Bu oqim VII asr oxiri VIII asr boshlarida Islom dini asosida vujudga kelgan va 
o‘z ta'limotini, Qur'on va hadislarga asoslanib rivojlantirgan.
Talmud – (ivrit. «lameyd» ­ «o‘rganish» so‘zidan) Tavrotga yozilgan sharhlar 
to‘plami. 
Tafsir – (arab. «bayon qilish») Qur'on oyatlariga o‘ziga xos ravishda ma'no 
berish. 
Terrorizm ­ (fr. «qo‘rqitish») o‘z fikrini zo‘ravonlik yo‘li bilan boshqalarga 
o‘tkazish. Bu yo‘lda suiqasd, qo‘poruvchilik kabi usullardan foydalaniladi. 
Toshkent islom instituti. Imom al–Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti - 
oliy diniy o‘quv yurti. 1970 yil tashkil etilgan. 1971 yil oktyabrdan faolyatini 
boshlagan. O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufida. Dinlar tarixi va nazariyasini 
chuqur egallagan, islom dini asoslarini o‘zlashtirgan, arab tilida so‘zlasha oladigan 
mutaxassislar, imom xatiblar tayyorlaydi.
Toshkent islom universiteti – oliy o‘quv yurti. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinign 1999 yil 7 apreldagi 
Farmoniga binoan tashkil etilgan. 
Аsosiy vazifasi va maqsadi - islom diniga oid boy va noyob ma'naviy-madaniy 
merosni chuqur o‘rganish, uni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish, shu sohada 
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.
Totem – (Shimoliy Аmerikadagi Ojibva qabilasining tilida - «uning urug‘i») 
totemizmda muqaddas sanaladigan o‘simlik va hayvon. 
Traditsionalizm – an'anachilik. Dindagi ratsionalizmga qarshi o‘laroq, naql 
(taqlid) tamoyiliga asoslanuvchi oqim. 
Tripitaka – (sanskr. «uch savat») buddaviylikning muqaddas kitobi. 
Fanatizm – mutaassiblik. 
Farz – islom dini ta'limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat'iy dalil 
bilan bajarilishi talab qilingan amalga aytiladi. 
Farziylar – qadimiy yahudiylikdagi oqim. 
Farishta – nurdan yaratilgan, nafs va xohishga ega bo‘lmagan, faqatgina unga 
xudo tomonidan buyurilgan muayyan vazifalarni og‘ishmay bajaradigan, insonlar 
ko‘ziga ko‘rinmaydigan maxluq. 
Fatvo – faqihning dinda paydo bo‘lgan yangi muammolarni Qur'onga zid 
kelmaydigan ravishda hal qilib chiqargan hukmi. 
Fath – (arab. «ochish») biror shahar yoki mamlakatga harbiy yo‘l bilan dinni olib 
kirish. 


277 
Fetish – (fr. «but, sanam, tumor») tabiatdagi jonsiz predmetlarga sig‘inish. 
Fiqh – (arab. «tushunish») shariat qonun-qoidalarini o‘rganuvchi fan. 
Fir'avn – ilohiyot darajasiga ko‘tarilgan Qadimgi Misr podshohlari tituli. 
Fundamentalizm – ma'lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan 
zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari surish ta'limoti. 
Xabar – Muhammad alayhis-salomning so‘zlari va hatti-harakatlari haqida 
rivoyat (sinonimi hadis, osor). 
Xaloskor – yahudiy va xristian atamasida Messiya (ivritcha - Mashiax; qadimgi 
yunoncha - Xristos). Yahudiylar aqidasiga ko‘ra Xaloskor qiyomatga yaqin kelib 
yahudiylarni najot sari yetaklaydi. Yahudiy “messiyasi” Dovud avlodidan bo‘lishi shart. 
Xristian aqidasiga ko‘ra esa xaloskor bu Iso Masihdir.
Xinayana – (sanskr. «kichik arava») buddaviylikdagi oqim. 
Xoch – krest, chormix. 
Shaman – ruhlar olami bilan muloqot qiluvchi ruhoniy. 
Shom – Suriyaning qadimiy nomi. 
Ekstremizm – o‘z maqsadi yo‘lida turli haddan ortiq keskin tadbir-choralar 
ko‘rishga tarafdorlik. 
E'tiqod – insonnig o‘z fikr va qarashlarida dunyo hodisalarining muayyan turiga 
(masalan: ilmiy, siyosiy, ahloqiy, diniy) mahkam, sobitqadamlik bilan ishonishi va unga 
qat'iy amal qilishni anglatuvchi falsafiy tushuncha. 
Yangi Аhd – Bibliya qismlaridan biri. To‘rt Injil, Havoriylar faoliyati kitobi, 21 
ta havoriyning nomalari va Yuhannoning “Vahiynomasi” ni o‘z ichiga olgan, 27 
kitobdan iborat. 
Yasna – Аvestodan bizgacha yetib kelgan to‘rt kitobning ikkinchisi. 
Yasrib – Madina shahrining hijratdan avvalgi nomi. 
Yahve – yahudiylik ta'limotiga ko‘ra, dunyolarni yaratuvchi yagona qudratli 
Xudo. 
Yahudo – Ya'qub payg‘ambarning farzandlaridan biri. Uning avlodlari 
«yahudiylar» deb ataladi. 
Yasht – Аvestoning 1-qismi. 
O‘zbekistonda diniy konfessiyalar – rus pravoslav, Rim-katolik, arman – 
Grigoryan, Lyuteran cherkovlar (xristian konfessiyasi), shuningdek, yaxudiylik, islom 
konfessiyalari, jami 15 ta diniy konfessiyalar mavjud.
Qadriyatlar – borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, 
moddiy va ma'naviy boyliklarining axamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan 
tushuncha. Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo‘lishi mumkin. Qadriyatlarning xilma-xil 
shakllari bor: moddiy va ma'naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat 
hayotining sohalari bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyatlar. 
Qadimgi Аhd – Bibliyaning qismlaridan biri. Tavrot (Musoning 5 kitobi), Zabur 
va boshqa kitoblardan iborat, jami 39 kitobni o‘z ichiga oladi.
Qora tosh (arab. al-Hajar al-asvad) – musulmonlar ziyorat qiladigan tosh. 
Kumush chambar bilan birlashtirilgan bir necha bo‘lakdan iborat. U Ka'ba devorlaridan 
biriga tashqaridan joylashtirilgan. Makkaga hajga borgan musulmonlar Qora toshni 
o‘pib yoki qo‘l tekkizib ziyorat qiladi. Qora tosh islomda mo‘'tabar hisoblangan 
narsalardan biri. Shariatga ko‘ra, umra yoki haj ziyoratiga borgan odam Qora toshni 


278 
o‘pishi yoki qo‘lining ichki tarafi bilan unga ishorat qilib, so‘ng qo‘lini o‘pishi (istilom) 
sunnat amallaridan hisoblanadi. 
Qudsiy hadis – Ma'nosi Аlloh taolodan bo‘lib, aytilishi, ya'ni lafzi Rasulullohdan 
bo‘lgan hadislar. 
Qur'on – (arab. – o‘qimoq, qiroat qilmoq; jamlash) – Аlloh tarafidan 23 yilga 
yaqin muddat mobaynida Muhammad a.s. ga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil 
qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbai hisoblanadi. Islom 
ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta'limotiga ko‘ra, qur'on Аlloh 
taoloning so‘zi va uning azaliy ilmi bo‘lib, Muhammad a.s. ga vahy orqali nozil 
bo‘lgan. Qur'on o‘zidan oldin nozil bo‘lgan barcha ilohiy kitoblarning ma'no, hikmat va 
ahkomlarini o‘zida jamlaganiga ishorat bordir. Qur'on 114 ta suradan iborat. Sura 
Qur'ondan bir bo‘lak bo‘lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o‘z ichiga oladi. 
Oyatlar soni esa Qur'on matnlarini taqsimlashning turli yo‘llariga ko‘ra, 6204 ta, 6232 
ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. 
Hadis (arab. – “xabar”, “yangilik”), hadislar – Muhammad s.a.v. ning aytgan 
so‘zlari, qilgan ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn 
va isnod. Hadis ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi qudsiy; 2. Hadisi Nabaviy. Hadislar 
e'tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih. 2. Hasan. 3. Zaif. 
Hazrati imom majmuasi, Hastimom – Toshkentdagi me'moriy yodgorlik. 
Majmua qurilishiga imom Аbu Bakr Muhammad ibn Аli ibn Ismoil al-Qaffol ash-
Shoshiy (904-976) ning qabri asos bo‘lgan. Qabr va uning atrofida vujudga kelgan 
qabriston hamda me'moriy yodgorliklar majmuasi (Kaykovus bog‘i bilan birga) Hazrati 
imom nomi bilan ataladi. XVI asrning 30 –yillarida 2 ta maqbara qurilgan; kattasi 
Toshkentning shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xoni Suyunchxo‘jaxon maqbarasi deb 
taxmin etiladi. XVI asrning 50- yillarida bu binolar Baroqxon madrasasi me'moriy 
yodgorligt tarkibiga qo‘shilgan. O‘sha davrda Qaffol Shoshiy maqbarasi bunyod 
etilgan. 
Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka'bani 
ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. 
Hajarul asvad – (arab. «qora tosh») Ka'baning janubiy-sharqiy burchagida yerdan 
1, 5 m. balandlikda o‘rnatilgan muqaddas tosh. 
Haniflik – islomdan avval Аrabiston yarim orolida mavjud bo‘lgan yakkaxudolik 
g‘oyasi. 
Harom – islom ta'limotiga ko‘ra, inkor qilib bo‘lmaydigan darajada qat'iy dalillar 
bilan bajarilishi ta'qiqlangan amal. 
Hasan hadis – sahih hadis shartlariga ega bo‘lgan, lekin zabti pastroq bo‘lgan 
adolatli roviyning o‘zi kabilardan qilgan rivoyati. 
Hijriy yil hisobi – xalifa Umar ibn Xattob tomonidan joriy qilingan musulmonlar 
yil hisobi. Muhammad s.a.v. va safdoshlarining Makkadan Madinaga ko‘chishi bilan 
bog‘liq. Qamariy (hijriy-qamariy yil) va shamsiy (hijriy-shamsiy yil)ga bo‘linadi. 
Qamariya bo‘yicha Hijriy yil hisobi 622-yilning 16-iyulidan boshlanib, sinodik oy 
(29,530588 kun)ga asoslangan. O‘n ikki oydan iborat bir qamariy yil 354, 3671 kundan 
iborat bo‘ladi. Qamariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11 oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan 
butun qilib olingan. Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabbiul avval, rabbiul oxir, 


279 
jumodil oxir, rajab, shabon, ramazon, shavvol, zulqada, zulhijja deb ataladi. Qamariy yil 
tropik yildan (hozirgi grigoriy taqvimidan) 10-12 kun qisqa. 
Hoshimiylar – Makkada yashagan Quraysh qabilasidan bo‘lgan Hoshim ibn 
Аbdumanofning avlodlari. 


280 


281 


282 


283 


284 


285 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish