Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Vijdon erkinligi deganda nimani tushunasiz? 
2. Vijdon erkinligi nima va uning e’tiqod erkinligidan qanday farqlari mavjud? 
3. Mamlakatiimizda “Vivdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun qachon 
qabul qilingan va u necha moddadan iborat? 
4. Diniy tashkilot nima va uning boshqa jamaot tashkilotlaridan qanday farqlari bor? 
5. Yurtimizda nechta qiniy konfessiya mavjud va ular qaysilar? 
6. Davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning qanday tiplarini bilasiz? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


133 
9-MАVZU. DINIY EKSTREMIZM VА TERRORIZMGА QАRSHI 
KURАSH: O‘ZBEKISTON TАJRIBАSI 
 
Reja 
1. Diniy mutaassiblik (fanatizm), ekstremizm, aqidaparastlik (fundamentalizm), 
xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaktsion mohiyati. 
2. Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy 
bag‘rikenglikka tahdidi. 
3. Kibbermakon va din. 
4. O‘zbekiston Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini 
olishning huquqiy va tashkiliy asoslari. 
Mutaassiblik (fanatizm – frantsuzcha-«ibodat») muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri 
ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, «o‘zgalar» va «o‘zgacha» qarash va 
g‘oyalarga murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad 
etish. 
Ekstremizm tushunchasi muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga 
qat'iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa 
sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinishdir. 
Qisqa va lo‘nda qilib izohlaganda ekstremizm (lotincha extremus – o‘ta) – ijtimoiy – 
siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishda o‘ta keskin chora- tadbirlarni, fikr-
qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyotdir. 
Diniy ekstremizm esa bu har qanday dinning teskari uslubda namoyon etilishi, 
boshqa din yoki mazhab vakillariga nisbatan murosasizlik, noto‘g‘ri talqin etilgan diniy 
aqidalardan siyosiy qurol sifatida dunyoviy davlat va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi 
qo‘llash, diniy nizo va qarama-qarshiliklar keltirib chiqarish orqali davlat suvereniteti 
va hududiy daxlsizligini buzish yoki davlat hokimiyatini kuch bilan egallash yoxud 
mavjud tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishdir.
Bizningcha, diniy ekstremizm jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid 
soladigan diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash yoki tarqatish yoxud 
tarqatish maqsadida saqlash, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda 
tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish, kontrabanda, diniy ekstremistik, 
fundamentalistik ruhdagi g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, 
sektalar tashkil etish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish yoxud ular faoliyatida 
qatnashishga undash, diniy ta'limotdan saboq berish tartibini buzish, diniy adovat 
qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish bilan ifodalanuvchi ijtimoiy xavfli 
qilmishlardir. 
Diniy aqidaparastlik esa dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o‘rinli yoki 
o‘rinsizligidan qat'i nazar, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va mutlaqlashtirishga intilishdir. 
Аqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo‘nalishlar orasida keskinlik, nizo va 
to‘qnashuvlar keltirib chiqarishga sababchi bo‘lgan. Аqidaparast guruhlar haqiqatni 
tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali targ‘ib etishni tan olmaydi. Ular o‘z 
g‘oyalari bid'atli, g‘ayriinsoniy bo‘lishiga qaramasdan, o‘ta johil va boshqalarga nibatan 
murosasiz munosabatda bo‘ladilar. O‘zini shak-shubhasiz haq deb bilish, haqiqatni 
faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik esa zo‘ravonlikni yuzaga 


134 
keltiradi. Ya'ni, aqidaparastlik ekstremizmning paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. 
Ekstremizm turli ko‘rinishlarda bo‘lib, terrorchilikni ham hamz ichiga oladi. 
Ekstremistlar qaerda faoliyat ko‘rsatmasin, o‘z davlatini barpo qilishga intiladi. Bu 
maqsadga ular o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya'ni qon to‘kish 
va zo‘ravonlik orqali erishishni ko‘zlaydi.
«Terrorizm atamasi esa (lotincha. terror – qo‘rquv, dahshat) – ma'lum yovuz 
maqsadlar yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan 
g‘oyaga asoslangan zo‘ravonlik usuli.
«Xalqaro terrorizm» tushunchasi es davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya 
va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini 
ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi 
hisoblanadi

 
Umuman olganda terrorizm siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda 
aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq 
o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonliklar sodir etishda u yoki bu dinni, mazhabni o‘ziga 
niqob qilib oladi. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish 
terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, gruppaviy, 
individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta'qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va 
qotillik terrorchilikning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, 
gumanizm, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. Shuning uchun terrorizm qanday 
“bayroq” ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka 
qarshi jinoyatdir».
Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlovchi va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad 
qilib olgan terrorchilik keng tarqalgan. Unda raqiblarini yoki ularning yaqinlarini 
jismoniy yo‘qotish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan qo‘rqitib, o‘z hukmini 
o‘tkazishga urinish, boyliklarini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan foydalaniladi. Keyingi 
yillarda intellektual va ommaviy axborot sohalarida terrorchilik elementlaridan 
foydalanilmoqda. Muayyan mafkuraviy poligonlarning muttasil tarqatayotgan 
axborotlaridagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar orqali doimiy namoyish 
etiladigan jangari filьmlar, bolalarga mo‘ljallangan, buzg‘unchi g‘oyalar asosida 
ishlangan o‘yinlar, kompьyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan “viruslar”ni 
tarqatish bunga misol bo‘la oladi. O‘zlarining yovuz niyatlariga erishish uchun 
hokimiyatni qo‘lga kiritishni ko‘zlovchi kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi 
siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba'zi 
reaktsion agressiv ruhdagi rasmiy siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi 
va qo‘llanishi ham mumkin.
Ekstremizm mazmuniga ko‘ra - diniy va dunyoviy, namoyon bo‘lishiga ko‘ra-
hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo‘linadi. Ekstremistik qarashlar juda chuqur 
ildizlarga ega bo‘lib, hech qachon chegara bilmagan, din, millat, hududni tan olmagan. 
Dunyoviy ekstremizmning siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lgani 
holda, diniy ekstremizm barcha dinlar doirasida rivojlangan. Diniy ekstremistik ruhdagi 
qarashlarni katoliklar, protestantlar, provoslavlar orasida ham uchratish mumkin. 
Bunday holat sobiq sho‘rolardan qolgan makonda ham kuzatildi.
Diniy ekstremizm islom olamida ham keng tarqalgan. Diniy ekstremistlar qaerda 
faoliyat ko‘rsatmasin, asosiy maqsadi islom davlatini barpo qilish bo‘lib, bu maqsadga 


135 
o‘zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to‘qnashuvlar orqali, ya'ni qon to‘kish va zo‘rlik bilan 
erishishni ko‘zlaydilar. 
Bu esa, mustaqillikka ham, jamiyat taraqqiyotiga ham katta g‘ov bo‘ladi. 
Ekstremistik guruhlarning yagona maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish bo‘lib, bu yo‘lda 
ular eng jirkanch usullardan foydalanadilar.
Ma'lumki diniy ekstremizm oxir oqibatda diniy fundamentalizga olib boradi. 
Bunday holat dunyoning barcha dinlarida kuzatilgan. Hozirgi kunda dunyo afkor 
ommasining diqqat marazida turgan harakat islom fundamentalizi bo‘lib, bu mohiyatiga 
ko‘ra – Qur'on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan 
o‘z aqidalarini keng targ‘ib qiluvchi, diniy konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan 
ishlatiladigan atama. Аslida «fundamentalizm» so‘zi 20-asr boshida amerikalik 
protestantlarning bir guruhiga berilgan nom bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda jahon 
matbuotlarida mutaasib islom jangarilarini fundamentalistlar deb atash odat tusiga kirdi. 
Islom fundamentalizmi turli-tuman yo‘nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o‘z ichiga 
oladi. ularning ba'zilari siyosiy jabhada, inqilobiy va hatto terroristik usullar bilan 
qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o‘zlarini namoyon etsalar, boshqalari targ‘ibot-
tashviqot ishlari, diniy ta'lim, turli jamoat tashkilotlari, maktab, universitet, ommaviy 
axborot vositalariga kirib borish, ayniqsa, foydalanish oson bo‘lgan audio-video 
kassetalarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Islom fundamentalizmi uchun umumiy 
bo‘lgan g‘oyalar - go‘yoki dinsiz yoki «sof islomdan chekingan» davlat rahbarlarini 
jismonan yo‘q qilish, va nihoyat, ularning ta'biri bilan aytganda, islomda «shirk» 
(butparastlik)ka barham berishdir.
Diniy ekstremizm tarafdorlarining xususiyatlaridan biri boshqalarga nisbatan o‘ta 
radikal kayfiyatda bo‘lishdir. Hozirgi kunda radikalizmning o‘ng, so‘l va mo‘'tadil 
ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, o‘ng radikalizm hayotni zudlik bilan qayta qurish, bunda 
eskini butunlay yo‘qotish, faqat yangiga tayanish lozim deb hisoblasa, so‘l radikalizm 
jamiyat taraqqiyotida eskiga, oldingi davrlarga qaytish, yangiliklardan ko‘ra aqidalarga 
tayanish zarur degan qarashni ilgari suradi. Mo‘'tadil radikalizm ko‘proq reformistik 
g‘oyalar tarafdori bo‘lganidan, jamiyat hayotida pishib yetilgan muammolarni hal 
qilishda ishni paysalga solmaslik lozim degan tamoyilga tayanadi. Аfsuski, radikalizm 
ko‘proq mo‘'tadil holda emas, balki o‘ng va so‘l shakllarda uchraydi. 
Fundamentalistlarning ta'biriga ko‘ra, diniy qonunlarga asoslanmagan har qanday 
jamiyat, g‘ayritabiiygina emas, balki Olloxga qarshi qilingan jinoyat hamdir. Bu ham 
"hokimiylik" tamoyillari bilan asoslanadi. Shuni ham ta'kidlash joizki, ushbu (yoki unga 
o‘xshash boshqa bir) atama islomda keng tarqalmagan. Biror-bir musulmon muallifi 
tarafidan uning qo‘llanishi esa, hech bo‘lmaganda, uning islom fundamentalizmi 
nazariy asoslariga xayrixoxligi, moyilligini anglatadi. hattoki "Musulmon birodarlar" 
ham bu tushunchaga bir xil munosabatda bo‘lmaydilar. 
"Hokimiylik"ning mohiyati shundan iboratki, Alloh tomonidan yaratilganlardan 
hech kim o‘z qonunlarini joriy qilishi, o‘rnatishi mumkin emas. Chunki ularni faqatgina 
Allohning o‘zi joriy qiladi, o‘rnatadi. Boshqacharoq qilib aytganda, odamlar qonun 
chiqaruvchi emas, balki ijro hokimiyatigagina egadirlar. "Hokimiylik"ni e'tirof etish bir 
qator oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bu tamoyil teokratiyadan tashqari, siyosiy 
hokimiyatning har qanday shaklini, diktaturani ham, demokratiyani xdm birday inkor 
etadi. Mamlakat hukumati xuddi xalqi kabi qonun chiqarish hokimiyatidan 


136 
mahrumdirlar. qonun tizimi ulargacha joriy qilib bo‘lingan va u abadiydir. Shariatdan 
boshqa har qanday qonun kuchga ega emas. Ularga bo‘ysunish esa - gunoxdir. 
Yuqoridagalardan ma'lum bo‘ladiki, sharoitga zvd bo‘lgan qonunlar va hodisalarni joriy 
etuvchi hukumat Allohga xos bo‘lgan sifat - "huquqni" o‘zlashtirib olgan hisoblanadi. 
Demak, ular "g‘ayridin" bo‘lib, musulmonlarga rahbarlik qilish huquqiga ega emaslar. 
Ushbu g‘oya o‘zining ko‘rinishlarida ko‘plab islomiy (bunda noqonuniylikni 
yodda tutish kerak) tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi. U yoki bu 
ko‘rinishdagi teokratik boshqaruv shaklini o‘rnatish; shariat qonunlariga asoslangan 
huquqiy tizimni kiritish; davlat qurilishining dunyoviy shakllarini faol ravshtsda rad 
etish talablari ham shundan kelib chiqadi. 
Shuni ham ta'kidlash joizki, ilmiy va publitsistik adabiyotda "fundamentalizm", 
"qayta yaralish" deb nomlanayotgan oqimlarni islomda "as-Salafiyya" tushunchasi bilan 
izoxlaydilar. 
Salafiy (arabcha - ajdodlar) deganda islom tarixining turli davrlarida ilk 
musulmonlik jamiyati turmush tarzi va e'tiqodi, "taqvodor ota-bbobolar" ("as-salaf as-
salihin") hayotidan namuna olishga chaqiruvchi ulamolar tushuniladi. Ular islomning 
ilk davridan keyin kiritilgan barcha yangiliklarni bid'a, yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagan 
holat sifatida baholaganlar. Bunga qur'onni ramziy-majoziy talqin qilish usullaridan 
terrorni keng qo‘llovchilar hisoblanmish "Islom demokratlari", "Ekstremistlar" kabi uch 
g‘oyaviy yo‘nalishi farqlanadi. 
Ekstremizm tarfdorlari keskin choralarga moyil, maqsadga erishish usullari, 
jumladan, zo‘ravonlik usulini belgilovchi mazmuni va hajmiga ko‘ra juda asoslangan 
bo‘lib, ularni keng miqyosda amalga oshirishga kodir maxsus "jangovar" guruxlarning 
mavjudligi bilan ifodalanadi. Аslida transformatsiyalashuv uchun bir qancha istiqbollari 
bo‘lgan har qanday diniy-ekstremistik guruh (tashkilot) ham terrorchilik tashkiloti deb 
tasviflanavermaydi. 
Terror – lotin tilidan olingan bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma'noni anglatadi. 
Terrorizm – aholini qo‘rqitish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq 
o‘tkazish orqali jinoiy, siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy maqsadlarni ko‘zlash jarayonidir. 
Terrorizm olamida 3 ta asosiy ko‘rinish bor: 
1. 
Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo‘li (qurol ishlatish yo‘li). 
2. 
Jinoiy yo‘li. 
3. 
Ijtimoiy-siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirishdir. 
Terrorizm so‘zi birinchi marta 1793-94 yillarda Frantsiya inqilobi davrida istifoga 
kiritilgan edi. Hozirgi ma'nosidan farq qilgan holda u paytda ushbu atama ko‘proq 
ijobiy ma'no kasb etgan. Terror tizimi yoki rejimi respublikaning ta'sirchan vositasi 
bo‘lib, hukumatning inqilobga qarshi dahshat solishga qaratilgan sa'y-harakatlarini 
jamlashga yo‘naltirilgan edi. 
XIX asrning ikkinchi yarmi boshida industrial rivojlanish bilan bog‘liq ulkan 
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda yangi mafkuraviy oqimlar paydo 
bo‘ldi. Ular ta'sirida terrorizmning yangi davri vujudga kelib, bunga inqilobiy aqidalar 
va davlatga qarshi qaratilgan mafkura asos qilib olindi. 
Terrorchilar O‘zbekiston xalqining ham tinchligini buzdi. 1999 yilning 16 fevralь 
kuni soat 10-55da Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi binosi poyida va shaharning 
besh joyida kuchli portlashlar yuz berdi. Bu qo‘poruvchilik xurujlari o‘nlab begunoh 


137 
kishilarning hayotiga zomin bo‘ldi, lekin bu ma'shum voqealar mamlakatimiz hayotini 
izdan chiqara olmadi, xalqimiz qalbiga vahima va sarosima sololmadi. Vaqtida 
ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 16 fevralь voqealarini sodir etgan bir guruh kimsalar 
qo‘lga olinib tegishli jazoga hukm etildilar. Lekin terrorchilar o‘zlarining yovuz 
niyatlarini amalga oshirish maqsadida yana 1999 yilning avgustida Qirg‘iziston 
respublikasining Botkent viloyatida paydo bo‘lib, respublikamizning Surxondaryo va 
Toshkent viloyatlarining chegara tumanlarida qurolli hujumlar uyushtirdilar. Qurolli 
kuchlarimiz va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining tezkor harakatlari tufayli 
tinchligimizni buzishga intilgan yovuz terrorchilar guruhi yakson qilindi. 
Terrorizm xavfsizlikka va ijtimoiy–siyosiy barqarorlikka doim tahdid soladi. 
Unga qarshi kurash olib borishda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va qolaversa 
maxsus chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim. 
Bu kurashning muhim elementi – bu terrorizmning oldini olishga qaratilgan 
harakatlardir. Bu masala mamlakatimiz uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, 
O‘zbekiston aholisi terrorizmni boshdan kechirdi. 
2000 yil iyul oyining oxirlarida bir guruh terrorchilar Surxondaryo viloyatining 
Sariosiyo tumaniga suqilib kirdi. Jangarilar O‘zbekistonga Tojikiston hududi orqali 
kirib, baland tog‘larga joylashib qo‘poruvchilik harakatlarga tayyorgarlik ko‘rdilar va 
Sariosiyoda sodir bo‘lgan xunrezliklarga sababchi bo‘ldilar. Ular O‘zbekiston islom 
harakati (O‘IH) deb atagan jinoiy, terrorchilik tashkilotiga mansub bo‘lgan shaxslar 
bo‘lib, milliy kelib chiqishi bo‘yicha o‘zbek, tojik, afg‘on, chechen va boshqalardir. 
Terrorizm – so‘nggi yillarda siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda 
aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq 
o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonlikning haddan tashqari kuchayib ketishining xavfli 
ijtimoiy-siyosiy hodisasiga aylandi. 
Terrorchilik harakatlari, ya'ni odamlarni garovga olish, davlat va jamoat 
arboblari, diniy yoki boshqa guruhlar hamda xorijiy davlatlar va tashkilotlar 
vakillarining hayotiga tahdid solish, yirik ob'ektlarni egallab olish, portlatish, 
odamlarning sog‘lig‘iga, hayoti va mulkiga tahdid solish kabi harakatlar mamlakat 
tinchligiga putur yetkazadi. 
Mamlakatimiz hududida o‘ndan ortiq nomdagi diniy-siyosiy ekstremistik oqimlar 
va harakatlar noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatib keldilar. Masalan, ularning «Hizbut-
tahrir», «Аkromiylar», «Tablig‘», «Uzun soqol», «Vahhobiylar», «Islom lashkarlari», 
«Аdolat uyushmasi», «Tavba», «Nur» kabi norasmiy tashkilotlari mavjud. 
Hanbaliya mazhabi negizida XVIII asrda Markaziy Аrabistonda vahhobiylik 
oqimi paydo bo‘lgan. Bu Аrab mamlakatlari va Yaqin Sharqda tug‘ilgan islomparast 
fundamentalizm bilan birgalikda diniy ekstremistik harakat-vahhobiylik nihoyatda 
kuchli rivojlandi. Bu harakatni Аfg‘onistondagi «Аl-Qoida» tashkiloti moddiy 
moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu oqimning yo‘lboshchisi Аbd-al Vahhob 
1703 yilda Аrabistonda qozi oilasida tug‘ilgan. U diniy ta'lim olgan bo‘lib, Allohdan 
o‘zga ma'budning yo‘qligi, uning yagonaligini targ‘ib qildi. Vahhob avliyolar, 
muqaddas ruhlar, mozorlarga sig‘inishni, zohidlikni turli tabaqalarga bo‘linishni 
qoralaydi. Vahhobiylik oqimi g‘ayri-dinlarga qarshi kurash olib boradi. Аbd-al Vahhob 
o‘z maqsadi yo‘lida Аngliya razvedkasi bilan hamkorlik qiladi. Vahhobiylik ta'limoti 
o‘sha davrda Markaziy Аrabiston uchun qo‘l keldi. 


138 
Аmir Muhammad ibn Saud Аbd-al Vahhob bilan birlashib, uning ta'limotidan 
Аrabistonni birlashtirish maqsadida foydalandi. Shundan keyin Vahhobiylar ta'limoti 
keng tarqalib ketdi. 
XX asrning oxirgi yillarida bu oqimning manfur g‘oyalari va targ‘ibotchilari 
bizning mamlakatimizga ham kirib keldi. 
«Vahhobiy»lik diniy ekstremistik oqimining ta'siri ostida vujudga kelgan 
terrorchilar guruhi 1999 yil 16 fevralida Toshkent shahridagi qo‘poruvchilik 
harakatlarini amalga oshirdilar. 
Vahhobiylar O‘zbekistonda islom davlatini qurish uchun jihod e'lon qilib, qurolli 
kuch ishlatish yo‘li bilan hokimiyatni egallashni asosiy maqsad qilib olgan edilar. Lekin 
yovuz kuchlarning yovuz niyatlari amalga oshmadi. 
Terrorchi oqimlarning yana biri bu Аkromiylar oqimidir. Аkromiylar – islom 
ekstremistik oqimi 1950 yillarda respublikamizning Farg‘ona vodiysida vujudga kelgan. 
Oqim nomi uning tashkilotchisi bo‘lgan «Mullo Аkrom» nomi bilan bog‘liq. 
Аkromiylarning g‘oyasi Allohni tan olish, payg‘ambarlarni, ota-onani, har qanday 
davlat boshqaruvini rad etgan holda, oqim sardoriga itoat qilishdir. 
1990 yillarda namanganlik Tohir Yo‘ldoshev tomonidan «Islom lashkarlari» 
nomli norasmiy tashkilotga asos solingan. Tashkilot o‘ta reaktsion va terrorchilik 
xususiyatiga ega bo‘lib, ular davlat va jamiyatni islomlashtirish kabi g‘arazli 
maqsadlarni amalga oshirish uchun mudhish jinoyatlarni sodir etganlar.
«Uzun soqol» diniy-ekstermistik oqimi asosan Toshkent shahri, viloyati va 
Qozog‘istonning Chimkent viloyati hududidagi aholi orasida faoliyat ko‘rsatgan. Ular 
odamlarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish asosida jamiyatni islomlashtirishni ma'qul 
deb hisoblaydilar. 
Аyni kunlarda terrorizm illatiga qarshi jahon hamjamiyati kurashib kelmoqda, 
qirqdan ortiq davlatlar «Аksilterror» xalqaro koalitsiyaga tinchlik, osoyishtalik va 
bunyodkorlik yo‘lidan borayotgan xalqlar - ogohlik va havfsizlikning naqadar muhim 
ekanligini chuqur anglab, terrorizmga qarshi kurashga kirishgan taraqqiyparvar 
kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. 
Har bir fuqaro o‘z tinchligi va Vatani uchun ogoh bo‘lmog‘i lozim. Zero, Fitrat 
aytganidek, «avval Vatan, keyin jon», demakdir. 
Har bir inson shubhasizki, o‘z uyining tinchligi va saodati yo‘lida tinmay harakat 
qiladi. Аna shu muqaddas tuyg‘uni endi Vatanni saqlashga safabar qilishimiz lozimdir.
Ushbu o‘rinda mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan mahalla, aholining o‘z-o‘zini 
boshqarish organlarining rolini kuchaytirish kerak, deb o‘ylaymiz. 
Hozirgi kunda terrorizm va diniy ekstremizm xavfidan hech qaysi davlat, 
jumladan, eng rivojlangan davlatlar ham kafolatlanmagan. So‘nggi paytda dunyoning 
turli mamlakatlarida, xususan, Frantsiya, Turkiya, Belьgiyada yuz bergan voqealarni 
kuzatar ekanmiz, keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy qarama-
qarshiliklar, o‘z ta'sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurash, radikalizm, terrorizm 
va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani bu turdagi jinoyatlarga qarshi 
kurashish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlash va ularni 
bartaraf etish, terrorizm va diniy ekstremizm ko‘rinishidagi jinoyatlar sodir etilishining 
oldini olish naqadar dolzarb ekanligi ma'lum bo‘ladi. 


139 
Jahon sahnasida yuz berayotgan terrorchilik harakatlari, jumladan, Iroq va 
Suriyada faoliyat yuritayotgan “Iroq va Levant islom davlati” guruhi 2014 yilning 29 
iyunida o‘zlari nazoratlari ostidagi hududda “Islom xalifaligi” tuzilganligini e'lon qilgan 
IShID (Iroq va Shom islom davlati) islom dinidan niqob sifatida foydalanib, siyosiy va 
boshqa maqsadlarda turli og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etdi. Аynan IShID 
terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlar sodir etayotgan diniy 
ekstremistik, terroristik jinoiy uyushmadir. Terrorchi va diniy ekstremistik guruhlardan 
tashkil topgan mazkur jinoiy tashkilot o‘z g‘oyalariga ergashmagan insonlarni ommaviy 
ravishda o‘ldirib, aholi punktlarida hamda jamoat joylarida jangarilar tomonidan o‘z 
joniga qasd qilish yo‘li bilan o‘zini portlatib, tinchlik va xavfsizlikka, insonlarning 
hayoti va sog‘lig‘iga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etmoqdalar. Birgina 2013 yilda 
IShID Iroq hududida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlarini sodir etib, xudkush 
terrorchilar esa 80 ga yaqin portlatishni amalga oshirgan.
Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishni 
samarali tashkil etish ushbu turdagi jinoyatlarning mohiyati, kelib chiqishi, tarkibi va 
ko‘rinishlari, rivojlanish qonuniyatlari va tarixiy kelajagi haqida chuqur ilmiy 
asoslangan bilimga ega bo‘lishni taqozo qiladi. 
90-yillarning 
boshlarida 
O‘zbekiston Respublikasida “Hizb at-tahrir”, 
“Аkromiylar”, “Tablig‘”, “Uzun soqollilar”, “Vahhobiylar”, “Аdolat uyushmasi”, 
“Islom lashkarlari”, “Tavba”, “Nurchilar”, shuningdek, boshqa dinlarni o‘ziga niqob 
qilib olgan missionerlar “Аvliyo Ota Munning qo‘shilgan cherkovi”, “Satanistlar”, 
“Iyegova shohidlari” kabi turli nomlar bilan atalgan o‘ndan ortiq diniy-siyosiy 
ekstremistik oqimlar va harakatlar g‘ayriqonuniy faoliyat ko‘rsatishga uringan edi. 
Jumladan, 1991 yil dekabridagi Namangan voqealari, 1999 martda Xorazm va 
Buxoro viloyatlari hamda boshqa shaharlarda amalga oshirilgan terroristik aktlarni 
misol qilib keltirish mumkin. 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida sodir etilgan 
terrorchilik harakatlari oqibatida 16 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan, 130 nafar shaxs 
turli darajadagi tan jarohati olgan, 700 mln. so‘mdan ortiq miqdorda moddiy zarar 
yetkazilgan, 50 dan ziyod ma'muriy va uy-joy binolari zararlangan.
2004 yil 29 martda Toshkent shahrida va Buxoro viloyatining Romitan tumanida, 
2004 yil 30 martda Toshkent viloyati Qibray tumanida, 2004 yil 1 aprelda Buxoro 
viloyatining Romitan tumanida, 2004 yil 30 iyulda Toshkent shahrida sodir etilgan 
terrorchilik harakatlari oqibatida 38 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan. 2005 yil 13 
mayda Аndijonda sodir etilgan terrorchilik oqibatida 169 kishi halok bo‘lgan, qurolli 
hujum davomida terrorchilar 305 dona qurol-aslahani, shu jumladan 205 ta avtomat va 
100 ta to‘pponcha, 231 ta granata va qurollarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, ular jazoni 
ijro etish muassasalaridan qariyb 600 nafar mahbusni chiqarib yuborgan. Olib borilgan 
tezkor-qidiruv chora-tadbirlari, samarali tashkil etilgan tergov jarayonlari natijasi 
o‘laroq diniy ekstremistik harakatlarning faoliyatiga o‘z vaqtida barham berildi.
Bugungi kunda insoniyat tinchligi va xavfsizligiga, insonlarning hayoti va 
sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan bir necha o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etayotgan ISHID 2013 
yili Suriyadagi fuqarolar urushi davrida diniy ekstremistik g‘oyalarga asoslangan 
terrorchi tashkilot sifatida namoyon bo‘ldi. Uning bosh qarorgohi Suriyaning Raqqa 
shahrida, Iroqdagi markazi esa Baquba shahrida joylashgan. 2013 yilning aprelida “Iroq 
islom davlati” va “al-Qoida”ning Suriya hududlarida faoliyat yuritayotgan “Jabha an-


140 
Nusra” guruhlari birlashishi natijasida “Iroq va Shom islom davlati” tashkiloti 
tuzildi[9]. Bugungi kunga kelib esa mazkur diniy ekstremistik va terroristik tashkilot 
eng ashaddiy terrorchi jinoiy tashkilot bo‘lib, uning tarkibida 100 mingga yaqin jangari 
mavjud. Ularning aksariyati diniy savodi yetarli bo‘lmagan hamda diniy ekstremistik 
g‘oyalarga xayrihoh xorijiy fuqarolardan iborat. 
Terrorizm – terror bilan amalga oshiriladigan siyosiy harakat bo‘lib, bir necha 
asrlar oldin shakllangan, geografik jihatdan barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrashi 
mumkin bo‘lgan murakkab hodisa hisoblanadi. U xalqaro munosabatlarni 
chigallashtirish, suverenitet va hududiy yaxlitlikni buzish, davlatlarning xavfsizligiga 
rahna solish, urush va qurolli to‘qnashuvlar keltirib chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni 
beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish yoki qasos olish maqsadida jismoniy yoki yuridik 
shaxslarni biror bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga 
majburlash uchun qilmish ko‘rinishida yoki uni amalga oshirish bilan qo‘rqitish tarzida 
oshkora sodir etiladigan, shaxsga yoki mulkka xavf tug‘diradigan harakatdir. 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish