Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q


Atrof makonni  orientirlash  qobiliyatini



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/60
Sana14.03.2021
Hajmi1,57 Mb.
#61549
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqga tayyorgarligini aniqlash va shakllantirish yollari (1)

Atrof makonni  orientirlash  qobiliyatini 
tekshirish  natijalari
yaxshi
o`rta
past


79 
- bolaning  atrof-olamni  yaxlit  qabul  qilishini  hisobga  olgan  holda, 
rivojlanish  talablariga  yaxlit  yondoshuv  ularning  ishlab  chiqilishida  asos 
bо‘lishiga; 
- bolalarning  rivojlanishlari  va  ta’lim  olishlari  tarbiyachilarning 
tayyorgarligi  va  kasbiy  salohiyatlari,  bolalar  va  ularning  ota-onalari  bilan 
hamkorlikni rivojlantirishga bog‘liqligiga; 
- barcha  bolalarni  zururiy  kо‘mak,  rag‘bat,  ta’lim  va  rivojlantirish  bilan 
tо‘g‘ri yо‘naltirilsa, ular talablarni bajarish uchun potensialga ega bо‘lishlariga; 
- О‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim va rivojlantirish dasturi 
talablarini  bajarish  vositalari:  mustaqillik,  ijodkorlik,  tashabbuskorlik,  о‘zi  va 
atrofdagilarga  nisbatan  ma’suliyatni  his  qilish,  rang-baranglikni  hurmat  qilish, 
tolerant  hatti-harakat,  vatanparvarlik,  dо‘stlik  va  hamjihatlik  hamda  jamiyat  va 
davlatga hurmat belgisi ekanligiga. 
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda о‘qish va yozishni о‘zlashtirish uchun 
dastlabki  shart-sharoitlarni  shakllantirish  ishlarining  tizimini  ishlab  chiqish  va 
eksperimental  ta’sir  amaliyotlari vositalarini  tanlab  olish  “pedagogik tizim”  va 
“ta’lim muhiti” tushunchalari mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tuzildi. 
Adabiyotlarda  mazmun-moxiyati  jihatidan  yaqin  bо‘lgan  bir  qator 
tushunchalar,  qoidalar,  tizim  va  ular  bilan  bog‘liq  atamalar  keltirilgan  bо‘lib, 
Y.M.Plotinskiy interpretatsiyasida tizim-bu bir biri bilan bog‘liq bо‘lgan kо‘pgina 
elementlardir deb etirof etiladi. 
Pedagogik  tizim  –  tarbiya,  ta’lim  va  о‘qitish  masadlariga  uzviy  bog‘liq 
bо‘lgan kо‘pgina о‘zaro bog‘langan tarkibiy va funksional komponentlardir. 
Nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalar  uchun  kompensatsiyalovchi  turdagi 
maxsus korreksion maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogik tizimi kо‘rib 
chiqilgan  modeldan  farqli  ravishda  quyidagilar  ta’siri  ostida  kengayadi  va 
murakkablashadi: 
- pedagogik maqsadning kо‘p sonli jihatlari bilan; 


80 
- ta’limning 
turli  yо‘nalishdagi  mazmun-moxiyati  bilan  (MTM 
umumta’lim dasturi tarbiyalanuchilarda nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar ta’lim 
dasturi bilan о‘zaro muvofiq, uyg‘unlashgan bо‘lishi zarur); 
- tizim  subyektlarining  kо‘pchiligi  (nafaqat  о‘qituvchi  –logoped,  balki, 
tarbiyachi,  musiqa  muallimi,  jismotniy  tarbiya  bо‘yicha  yо‘riqchi,  psixolog, 
muassasa rahbarlari (uslubiyotchi, mudira), logopat bolaning ota-onasi bularning 
barchasi  pedagogik  tizimning  bir  butun  ishtirokchilari  –  komponentlari 
hisoblanadilar.  Ushbu  tizimning  amalda  bajarilishi  nutqida  nuqsoni  bо‘lgan 
bolani ijtimoiylashuviga yо‘naltiriladi); 
- pedagogik kommunikatsiyaning turli xil vositalari bilan (nutqida nuqsoni 
bо‘lgan  bolalar  bilan  ishlashda  ham  umumdidaktik,  ham  maxsus  pedagogik 
shakllar, usullar va vositalardan foydalaniladi); 
- tizimning  barcha  funksional  komponentlari  о‘rtasidagi  kо‘pgina 
bog‘liqliklar bilan. 
Shunday qilib, bizning oldimizda quiydagi vazifalar turadi: 
- MTM  pedagolari  va  mutaxassislari  ishlaydigan  dasturlar  mazmunida 
yuqorida  sanab  о‘tilgan  har  bir  funksiya  va  kо‘nikmalarning  shakllanish 
maqsadlari aniq qо‘yilganligini tahlil qilish; 
- har  bir  dastlabki  shart-sharoitlarning  shakllanishi  maqsadlariga  erishish 
uslublari, shakllari va vositalarini aniqlash; 
- о‘qish 
va  yozishni  о‘zlashtirishning  dastlabki  shart-sharoitlari 
shallanishiga yо‘naltirilgan ushbu ta’lim tizimining muhiti aniqlash; 
- pedagogik tizim subyektlari о‘rtasida yozma nutqni о‘zlashtirish dastlabki 
shart-sharoitlari  shaklanishi  yо‘nalishida  о‘zaro  harakat  mavjud  yoki  mavjud 
emasligini va uning shakllari qandayligini aniqlash. 
Ta’lim  muhitini  tahlil  qilishda  biz  quyidagi  uslub  va  vositalardan 
foydalandik:  dasturlar  tahlili  (majmuaviy  va  parsial  dasturlar);  taqdim  etilgan 
hujjatlar  tahlili;  mashg‘ulotlarga  qatnashish;  bolalarni  har  xil  faoliyat  turlari 
davomida kuzatish; rahbarlar, pedagoglar va ota-onalar bilan suhbatlashish; bola 
faoliyati mahsulotlarini о‘rganish; muassasada predmetli muhitni о‘rganish. 


81 
Bolalarni  har  xil  faoliyat  turlari  davomida  kuzatish,  MTMda  kо‘rilgan 
mashg‘ulotlar,  dasturlar,  hujjatlar  va  tarbiyachilar,  logoped,  psixolog,  musiqa 
muallimi va boshqa mutaxassislar bilan о‘tkazilgan suhbatlar tahlili (eksperiment 
о‘tkazilgan  MTM)  bizga  maktab  yoshidagi  bolalarda  о‘qish  va  yozishni 
о‘zlashtirishga  tayyorgarlikning  dastlabki  shart-sharoitlari  holatida  aniqlangan 
kamchiliklar  ta’lim  muhiti  ma’nodor  aspektalarini  loyihalashtirish  va 
faollashtirish  borasidagi  quyidagi  kamchiliklar  tufayli  kelib  chiqadi  degan 
xulosaga kelish imkonini berdi: 

MTM  musiqa  rahbari, jismoniy  tarbiya  bо‘yicha  yо‘riqchi  va  boshqa 
mutaxassislar  olib  boryotgan  mashg‘ulotlarda  о‘z  oldilariga  bolalar  tomonidan  
о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga  tayyorlash  maqsadlarini  qо‘ymaydilar,  shu 
bilan  birga  о‘zlari  ishlaydigan  ta’lim  dasturlarida  mazmun-mohiyati  yozma 
nutqni о‘zlashtirish uchun kerakli funksiyalar va kо‘nikmalarni shakllantirishga 
yо‘naltirilgan fragmentlar qayd etilmadi; 
- MTMda pedagogik jarayon bir birini tо‘ldiruvchi kо‘psonli majmuaviy va 
parsial  dasturlardan  foydalanishdan  iborat  bо‘lib,  bu  dasturni  noadekvat 
sur’atlarda  о‘tib  bо‘lish,  bolalarga  qiyinchilik  tug‘diruvchi  mavzularda  uzoq 
ushlanib qolish mumkin emasligiga sabab bо‘ladi va bо‘sh vaqtda yoki kun tartibi 
mobaynida u yoki bu kо‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qо‘shimcha 
e’tibor berishni talab etadi; 
- MTMda  pedagogik  jamoa  hodimlari  о‘rtasida  muntazam  о‘zaro 
hamkorlikda  harakatni  tashkillashtirishda  murakkabliklar  qayd  etiladi  (nisbatan 
uzviy о‘zaro hamkorlikdagi harakat logoped, tarbiyachilar va ota-onalar о‘rtasida 
kuzatiladi;  MTM  rahbarlari  va  tarbiyachilar  о‘rtasida;  musiqa  muallimi  va 
tarbiyachilar о‘rtasida), ya`ni pedagogik tizimning alohida subyektlari о‘rtasida 
о‘zaro hamkorlikdagi harakat kuzatilmaydi, bu esa uning bir butunligini buzadi 
va majmuaviy ishlarni amalga oshirishga halal beradi; 
- MTM  muhitida  pedagoglar  va  ota-onalar  о‘rtasida  о‘qish  va  yozishni 
о‘zlashtirishning  dastlabki  shart-sharoitlarini  shakllantirishga  yо‘naltirilgan 


82 
о‘zaro  hamkorlikdagi  harakatni  samarali  amalga  oshirishga  imkon  beruvchi 
ma’lumot mavjud emas. 
Shunday qilib, kompensatsiyalovchi turdagi bolalar bog‘chalarida bolalarni 
о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishga  tayyorlash  bо‘yicha  korreksion-ta’limiy 
ishlarning  samaradorligi  yetarli  darajada  emasligi,  bizning  nazarimizda  ta’lim 
mazmun-mohiyati tarkibining fragmentlarga bо‘linishi hamda bolalarda о‘qish va 
yozishni  о‘zlashtirishning  dastlabki  shart-sharoitlarini  shakllantirishda  ta’lim 
muassasasi  pedagogik  tizimi  mutaxassislarining  ish  faoliyatida  hamjihatlik 
yо‘qligi  va  predmet-fazoviy  muhit  tuzilishidagi  alohida  tamoyillarga  rioya 
etmaslik, ya`ni ta’lim  muhitini loyihalashtirish va amalda bо‘lishini ta’minlash 
kamchiliklari maktabgacha yoshdagi nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalar tomonidan 
о‘qish  va  yozishni  о‘zlashtirishning  dastlabki  shart-sharoitlari  shakllanishi 
ehtiyojlariga adekvat bо‘lgan kо‘pqirrali fazoviy muhit tufayli kelib chiqadi. 
(1-jadval) 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish