Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/60
Sana14.03.2021
Hajmi1,57 Mb.
#61549
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning yozma nutqga tayyorgarligini aniqlash va shakllantirish yollari (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


93 
XULOSA 
Nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarning  yozma  nutqga  tayyorgarligini 
aniqlash  va  shakllantirish  yо‘llarini  о‘rganish  shuni  kо‘rsatdiki,  pedagogik, 
psixologik, metodik (umuman defektologik) adabiyotlarda ushbu muammo yaxlit 
holda  kam  о‘rganilgan.  Nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalar  nutqining 
rivojlanishidagi о‘ziga xosliklar, ularni korreksiyalash chet el va yurtimiz olimlari 
tomonidan  nisbatan  keng  о‘rganilgan,  psixologo-pedagogik  ish  tizimlari 
yaratilgan,  biroq  maxsus  maktabgacha  tarbiya  muassasalarida  ta’lim–tarbiya 
olayotgan tarbiyalanuvchilarda yozma nutqni shakllantirishga oid о‘zbek tilidagi 
adabiyotlar juda kamdir. 
Bizning  nazarimizda  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalar  erishishi  lozim 
bо‘lgan barcha bilim, kо‘nikma va malakalari maktabgacha ta’lim muassasasidan 
boshlanib,  maktabda  о‘zining  mantiqiy  davomini  topmog‘i  lozim.  Albatta,  bu 
о‘rinda  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarning  bilim  zahiralarini  samarali 
kengayib  borishi  maqsadga  muvofiq  bо‘lib,  yozma  nutqga  tayyorgarligini 
aniqlash  va  shakllantirish  jarayoni  ana  shu  muhim  va  ayni  damda  murakkab 
jarayonning debochasidir. 
О‘qish va yozish jarayonlarining normal kechishi uchun zarur analizatorlar 
tizimlarining  markaziy  va  periferik  qismlarini  tо‘laqonli  faoliyati  va  о‘zaro 
mutanosiblikdagi  ishi,  kо‘rish  va  motorik  funksiyalarning  ijobiy  holati,  о‘z 
nutqini  anglash  va  uni  egallash  layoqati,  diqqat,  xotira,  tafakkur  va  uning  turli 
operatsiyalarining yetarli darajada shakllanganligi, bolaning emotsional-shaxsiy 
yetukligi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Sanab  о‘tilgan  psixofiziologik 
komponentlar yozma nutqni egallash uchun zarur bо‘lgan layoqat sifatida talqin 
etiladi,  ularning  rivojlanishida  kuzatilishi  mumkin  bо‘lgan  buzilish  yozma  va 
og‘zaki nutqni egallashda qiyinchiliklar vujudga kelishiga sabab bо‘ladi. 
Olib  borgan  tadqiqot  ishlarimizning  natijalariga  ko`ra,  nutqi  to`liq 
rivojlanmagan  bolalarda  tovushlar  talaffuzini  tekshirganimizda  ularning 
ko`pchiligi tovushlarni yaxshi talaffuz qila olmasliklarini, grammatika va ravon 
nutqning  shakllanganlik  darajasini  hamda  leksika  holatini  o`rganganimizda  esa 


94 
nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalar  tomonidan  muayyan  predmet  tasvirini  unga 
tegishli  sо‘z  bilan  ifodalash  imkoniyatini  aniqlash  uchun  berilgan  vazifalarni 
bajarish  natijalari  о‘rta  darajada  ekanligini  aniqladik.  Shu  bilan  birga  bu 
vazifalarni eksperimental guruh qizlari о‘g‘il bolalarga nisbatan yuqori darajada 
bajarishlarining guvohi bo`ldik. 
Shunday  qilib,  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarda  nutqning  tizimli 
komponentlari  orasidan  leksik–grammatik  tuzilishning  hammasidan  kо‘proq 
buzilganligi  ma’lum  bо‘ldi:  ya’ni  nutq  nuqsoniga  ega  bolalarning  84  foizida 
maxsus  tanlab  olingan  rasmlar  bо‘yicha  predmet,  harakat,  sifatiy  belgilarni 
aytishda,  predmetni  uning  tavsirlanishi  bо‘yicha  nomlashda,  sinonim  va 
antonimlarni 
topishda, 
turdosh 
predmetlarning 
guruhlari 
bо‘yicha 
umumlashtirilgan sо‘zlarni aytishda, sо‘zlarni о‘zgartirish va yangi sо‘zlarni hosil 
qilish  kо‘nikmalarining  buzilishi,  shakllanmaganligi  kuzatilsa;  nutq  nuqsoniga 
ega  bolalarning  89  foizida  esa  grammatik  strukturalash  bо‘yicha  vazifalarni 
bajarish  murakkabligi:  ravon  nutq  kamchiliklari  va  tilga  oid  analiz  va  sintez 
kо‘nikmalarining buzilganligi e’tirof etildi. 
Shunday  qilib,  tekshirish-о‘rganish  ma’lumotlari  eksperimental  guruh 
bolalarida  nutq  tizimi  barcha  tarkibiy  komponentlarining  rivojlanishi  past 
darajada va yetralicha shakllanmagan degan fikrni ilgari surish imkoni berdi. 
Nutqi  to`liq  rivojlanmagan  bolalarning  motor  harakatlari  tekshirilganda 
ularning  umumiy  va  artikuytasion  motorikasining  o`rta  darajada,  ammo  mayda 
qo`l motorikasining past darajada rivojlanganligining guvohi bo`ldik. 
Fazoviy  tushunchalarni  farqlashni  tekshirish  natijasiga  asoslangan  holda 
esa biz, nutqi to`liq rivojlanmagan bolalarda atrof-olamni orientirlash va fazoviy 
farqlash kabi tushunchalarning o`rtadan past darajada rivojlangan degan xulosaga 
keldik. 
Nutqi  tо‘liq  rivojlanmaganlik  tashxisi  qо‘yilgan  maktabgacha  tarbiya 
yoshidagi  bolalarning  yozma  va  og‘zaki  nutqidagi  disleksiya,  disgrafiya, 
dizorfografiya  holatlari  ularda  maktabgacha  tarbiya  yoshida  yozma  nutqni 


95 
egallash  uchun  zarur  layoqatni  shakllantirish,  korreksiya  qilish  hamda 
rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tashkil etishga ehtiyoj tug‘diradi. 
Korreksion  mashqlarni  samaradorligi  quyidagi  shartlarga  qanchalik  amal 
qilinganligiga bog‘liq: 
- tizimli ravishda о‘tkazilishi, 
- ularni murakkabligi ortib borishiga kо‘ra joylashtirish, 
- topshiriqlarni maqsadga muvofiqligi, 
- mashqlarni ketma- ketligi va variativligi, 
- nutqga e’tiborni tarbiyalash. 
Tadqiqot  ishimizni  tayyorlash  jarayonida  о‘z  oldimizga  qо‘yilgan 
vazifalarni  bajarishga  harakat  qildik.  Shu  jumladan  quyidagi  vazifalar  о‘z 
yechimini topdi: 
- mavzuga doir psixologik-pedagogik va metodik adabiyotlarni о‘rganildi va 
tahlil etildi; 
-  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarning  yozma  nutqga  tayyorgarligini 
aniqlash va shakllantirish holati о‘rganildi; 
- tajriba-sinov metodikasini tayyorlandi; 
-  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarning  yozma  nutqga  tayyorgarligini 
aniqlash va shakllantirish bо‘yicha tajriba sinov о‘tkazildi; 
-  nutqi  tо‘liq  rivojlanmagan  bolalarning  yozma  nutqga  tayyorgarligini 
aniqlash va shakllantirish bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. 
Shunday  qilib,  biz  о‘z  magistrlik  dissertatsiyamizda  nutqi  tо‘liq 
rivojlanmagan  bolalarning  yozma  nutqga  tayyorgarligini  aniqlash  va 
shakllantirishning  о‘ziga  xos  jihatlarini  о‘rgandik  hamda  uni  bartaraf  etish 
bо‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqdik. 
 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish