Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/65
Sana13.05.2020
Hajmi1.06 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
yo‘naltirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:    

1.  Rangtasvir  amaliy  mashg‘ulotlarida  talabalarga  qisqa  muddatli 

mustaqil  mavzuga  binoan  ishlarni  bajartirish  orqali  ularni  mustaqil  ta’lim  olish 

faoliyatga yo‘naltirish berib boriladi. 

2. Rangtasvir darslarida talabalarni mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirishda 

ularning  mustaqil  ishlarini  tashkil  qilish  asosiy  omil  hisoblandi.  Mustaqil 

ishlarini tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:  

3. Bo‘lajak rassom-o‘qituvchilarga beriladigan mustaqil ishlar oliy ta’lim 

dasturiga  muvofiq  holda  tuzilib,  rangtasvirdan  olinadigan  bilim  va  malakalarni 

mustahkamlashi, chuqurlashtirishi nazarda tutildi. 

4. Mustaqil ish topshiriqlari talabalarning qobiliyatiga mos, ular diqqatini 

tortadigan, qiziqtiradigan qilib tanlanadi. 

5.  Mustaqil  ish  berish  oldidan  o‘qituvchi  uni  qanday  bajarish  kerakligi 

to‘g‘risida bosqichma-bosqich uslubiy ko‘rsatma berib boradi. 

6.  O‘qituvchi  talabalarning  mustaqil  ishlari  natijalarini  ko‘rib,  xatolarini 

to‘g‘rilashi,  mumkin  qadar  baholashi,  ishni  o‘z  vaqtida  bajargan  talabalarni 

rag‘batlantirib borishi ta’minlanadi. 

Bu  metodlardan  rangtasvir  darslari  jarayonida  bir  qanchasi  ishlatildi. 

Bulardan ko‘rgazmalilik, o‘qitishning mantiqiy metodlari dars turining ma’ruza 



58 

 

shaklida  qo‘llanilib,  mustaqil  ishlash,  muammoli  metodlar  fanning  amaliy 



mashg‘ulotlarida,  ilmiy,  induktiv  va  deduktiv  metodlardan  esa  talabalarining 

mustaqil ta’lim olishlarida keng qo‘llash maqsadga muvofiqdir.   

Mashg‘ulotni  boshqarish  texnologiyasida  avvalambor,  darsning  maqsadi 

aniq,  kasbga  yo‘naltirilgan  bo‘lishi  bilan  birga,  qaysi  vosita  yordamida  va 

qanday  ketma  -  ketlikda  bu  maqsadga  erishish  mumkinligi  aniqlandi. 

O‘qituvchining  faoliyati  o‘quv  materialini  o‘zlashtirish  jarayonining 

tashkilotchisi  tarzida  ko‘rinib,  talaba  faoliyatining  faolligiga  ahamiyat  berildi. 

Buning  uchun  material  mazmunining  bayonida  o‘qituvchi  turli  xil  o‘qitish 

metodlari va imkoniyatlaridan foydalandi.  

Har  bir  mashg‘ulotda  qo‘llaniladigan  metodlar  uchun  pedagogik  tizimda 

ularning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bor.  Tushunchalar  va  hatti  -  harakatlarning 

shakllanishini  o‘qituvchi  boshqarib  boradigan  asosiy  mashg‘ulot  turi  amaliy 

mashg‘ulotlar  hamda  boshqa  dars  metodlari  bo‘lib,  uni  o‘tkazish  metodikasi 

pedagogik tajriba va mahoratga bog‘liqdir. Bu jarayonni tinmay o‘rganib borish 

o‘qituvchining o‘z kasbiga mohirligi o‘qitish texnologiyalari va ularning maqbul 

shakllari majmuasini egallab olganligi bilan belgilanadi.  

Ta’lim  jarayonida  har  bir  mavzuni  o‘tishda  yangi  pedagogik 

texnologiyaning  qaysi  uslubi  ma’qul,  qulay,  mavzuni  yoritish  uchun  qanday 

jihozlar  bo‘lishi  zarurligi  aniqlab  olindi.  Fan  mavzularini  yangi  pedagogik 

texnologiyaning  u  yoki  bu  uslubi,  uslublar  birikmasi  bilan  o‘tish  xaritasi  tuzib 

olindi.    Biz  dars  o‘tishning  noan’anaviy  faollashtiruvchi  uslublaridan 

quyidagilarni qo‘lladik: 




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat