Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q


 Talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatini tashkil etish  va boshqarish



Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/65
Sana13.05.2020
Hajmi1.06 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65
3. Talabalar mustaqil ta’lim olish faoliyatini tashkil etish  va boshqarish  

texnologiyasi 

Talabalarning  mustaqil  o‘quv  faolligini  shakllantirishning  yagona  usuli, 

ularning  mustaqil  o‘quv  faoliyat  bilan  shug‘ullanishlarini  tashkil  etish  va 

boshqarish  hisoblanadi.  Talabalarning  ijodiy  tayyorgarlik  jarayonida  mustaqil 

ta’limni tashkil etish uzluksiz va uzviy amalga oshirilmog‘i lozim. Bizningcha, 

bu  yo‘nalishda  yuqori  natijaga  erishish  ta’lim  jarayonida,  xususan  ma’ruza  va 

amaliy  -  ijodiy  mashg‘ulotlarida  talabalarda  o‘rganilgan  o‘quv  materialini 

mustahkamlashga  qiziqish  (motiv)  hosil  qilish,  o‘quv  axborotlari  sig‘imini 

darslik  va  qo‘shimcha  adabiyotlardan  mustaqil  holda  o‘qish  asosida 

kengaytirishga ishtiyoq hosil qilishga asoslanadi. Bo‘lajak mutaxassislarning har 

tomonlama  etuk,  bilimli,  mustaqil  fikrlay  oladigan,  izlanuvchan  kadrlar  bo‘lib 

etishishini ta’minlash, ularni o‘z ustida ishlashga yo‘naltiruvchi yangi pedagogik 

va  axborot  texnologiyalarini  o‘quv  jarayonida  qo‘llash  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi.  Ta’lim-tarbiya  jarayonida  talabalarda  mustaqil  ta’lim  olishga  ishtiyoq  va 

zaruriyat 

hosil 


qilishda 

zamonaviy 

pedagogik 

texnologiyalar 

keng 

imkoniyatlarga ega. 



Ta’lim-tarbiya  jarayoniga  texnologik  yondoshish,  ya’ni  o‘quv  jarayonini 

ishlab  chiqarish  jarayoni  kabi  takrorlanuvchan  tavsifga  ega  bo‘lishini 

ta’minlashga  oid  dastlabki  izlanishlar  o‘tgan  asrning  50-yillarida  amerikalik 

pedagog  olimlar  tomonidan  olib  borilgan.  Xususan,  «o‘qitish  texnologiyasi» 

iborasi  ham,  birinchi  marta  amerikalik  olim  Skinner  tomonidan  ishlatilgan.  U 



52 

 

«o‘qitish  texnologiyasi  –  psixologiya  fani  yutuqlarini  pedagogik  amaliyotda 



qo‘llashdan iborat» - deb ta’riflagan

1



Psixolog - olima N.F.Talizina ta’kidlaganidek, «ta’lim tizimida pedagogik 

texnologiya iborasining paydo bo‘lishiga quyidagilar sabab bo‘lgan:  

1)    didaktika  qoidalarining  barcha  mamlakatlarda  (xususan  AQSHda) 

keng tarzda ommalashmaganligi;  

2)  uning qoidalari o‘ta konstruktiv tusda bo‘lmay zamon talabidan orqada 

qolganligi; 

3)  o‘tgan  asrning  60  -  yillarida  ta’lim  jarayoniga  texnikaning  – 

dasturlashtirilgan ta’lim mashinalarining kirib kelganligi. 

Akademik  V.P.Bespalko  fikricha,  -  “Pedagogik  texnologiya–o‘qituvchi 

mahoratiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  pedagogik  muvaffaqiyatni  kafolatlay 

oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir”

2



Professor  U.N.Nishonaliev  esa,  -  “Pedagogik  texnologiyaning  mohiyati 

didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, 

uni  tatbiq  etishni  hisobga  olgan  holda  ta’lim  jarayonini  ilgaridan 

loyihalashtirishda namoyon bo‘ladi”

3

 - deb ta’rif beradi. 



Professor  N.Sayidaxmedov  pedagogik  texnologiya  haqida  Shunday  deb 

yozadi:  “Pedagogik  texnologiya  –  bu  o‘qituvchi  (tarbiyachi)  ning  o‘qitish 

(tarbiya)  vositalari  yordamida  o‘quvchi  (talaba)  larga  muayyan  sharoitda  ta’sir 

ko‘rsatishi  va  aks  ta’sir  mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilangan  shaxs 

sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir”

4



“Pedagogik  texnologiya,  –  deb  yozadi  B.Ziyomuhamedov,  -  bu  jamiyat 

ehtiyojidan  kelib  chiqib,  shaxsning  oldindan  belgilangan  ijtimoiy  sifatlarini 

samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim 

sifatida  qarab,  uni  tashkil  etuvchilar,  ya’ni  o‘qituvchining  o‘qitish  vositalari 

yordamida  tahsil  oluvchilarga  ma’lum  bir  sharoitda  muayyan  ketma-ketlikda 

                                                 




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar