Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 76,74 Kb.
bet4/5
Sana12.12.2019
Hajmi76,74 Kb.
#29740
1   2   3   4   5
Bog'liq
BMI tayyor


II Bob bo’yicha xulosa

O’smirlik davrida muloqot jarayonidagi qiyinchiliklarning paydo bo’lishi uning ishtirokchilari turli yosh guruhlariga mansubligiga ham bog’liqdir. Natijada hayotiy tajribaning o’zaro mos kelmasligi ular o’rtasidagi muloqotga, uning samaradorligiga ham o’z ta'sirini ko’rsatadi. O’smir o’z qiziqishlariga mos o’rtoqlar davrasini qidiradi. Agar o’smir o’zini qoniqtirgan guruhni topolmasa juda qiynaladi, o’z imkoniyatilariga nisbatan shubha paydo bo’ladi, o’zini yolg’iz his eta boshlaydi.

Psixologik jihatdan eng qulay muloqot jarayonida ishtirokchilar o’z maqsadlariga erishadilar, ehtiyojlarini qondiradilar. Eng samarali muloqotda ishtirokchilar o’zlari uchun yoqimli bo’lgan sub'yektiv masofani saqlashga muvaffaq bo’lishadi. Muloqot kamida ikki kishi o’rtasidagi o’zaro ta'sir ekan, undagi qiyinchiliklar ham ishtirokchilardan biri yoki har ikkalasi tomonidan vujudga keltirilishi tabiiy holdir. Natijada u yoki bu darajada maqsadlarning amalga oshmasligi, motivlarning qondirilmasligi, kutilgan natijaga erishmaslik kuzatiladi.

Buning asosiy psixologik sabablari – haqiqatga mos kelmaydigan maqsadlar, sherikning qobiliyat va qiziqishlarini noadekvat baholash, o’z imkoniyatlarini noto’g’ri namoyon etish, sherikning bahosi va munosabatini tushunmaslik, sherikka murojaat qilishda mazkur vaziyatga mos bo’lmagan usullardan foydalanish va boshqa holatlar bo’lishi mumkin.



III BOB.SHAXSDA HAVOTIRLANISH HOLATLARINI VA YOLG’IZLIK XISSINI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

3.1 O’smirlik davrida havotirlanish va yolg’izlik xissini korreksiyalash natijalari

Eksperimental tadqiqotning birinchi bosqichida o’smirlarni yolg’izlik hususiyatini boshdan kechirishini o’rganishni maqsad qilib oldik. Buning uchun yolg’izlikni modifikasiyalashtirilgan shkalasidan foydalandik.



Yolg’izlikni o’lchash modifikatsiyasi.

Mazkur shkala 20 ta savoldan iborat bo’lib, sinaluvchilarning vazifasi berilgan 4 javob variantidan foydalangan holda javob berishi kerak edi. Yolg’izlik hissining quyidagi uch darajasi aniqlangan:

1-daraja – yolg’izlik hissining yuqori darajasi, omillarning kamida bittasi bo’yicha yolg’izlik hissining o’ta kuchayib ketganligi ( 54 – 80 ball),

2-daraja – yolg’izlik hissining o’rta darajasi, individ ijtimoiy – psixologik aloqalarining kamligini kompensatsiyalashga va yolg’izlik hissini susaytirishga qodirligi ( 28 – 53 ball),

3-daraja – yolg’izlik hissining past darajasi, og’ir yolg’izlik hissining yo’qligi ( 0 – 27 ball).

Natijalar sifat jihatidan tahlil qilinganda, atrofdagilar bilan psixologik aloqalar darajasiga e’tibor berish kerak. “Yolg’izlik shkalasidan” kelib chiqib ushbu aloqaning uch o’lchamini baholash mumkin:



  1. “Yaxshi ko’rishadi” – emotsional komponent.

  2. “Tushunishadi” – kognitiv komponent.

  3. “Qabul qilishadi” – ijtimoiy komponent.

Har bir o’lchamga mos keluvchi savollar miqdori va ballar yig’indisi teng emasligini hisobga olib, natijalar xolisligini ta’minlash maqsadida barcha o’lchamlar uchun o’rtacha arifmetik qiymatini hisoblab topish kerak.

Yolg’izlikni o’lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar, ushbu shkala natijalari va quyidagi ko’rsatkichlar o’rtasidagi korrelyatsiya yuqori ekanini ko’rsatadi: shaxsga oid va o’z – o’zini baholash bilan bog’liq xavotirlik, ajralib qolish va autism, depressiya, begonalashganlik va umidsizlik hislarining keskinlashgani.

Eksperimental tadqiqotning ikkinchi bosqichida o’smirlarni havotirlanish hususiyatini boshdan kechirishini o’rganishni maqsad qilib oldik. Buning uchun shaxsiy havotirlikni o’rganish metodikasidan foydalandik.

Metodika havotirlilik turlariga mos keluvchi 3 xil vaziyatni o’z ichiga oladi.



  1. Maktab bilan bog’liq havotirlilik – bolada maktabdagi vaziyatlar o’qituvchi bilan muloqotga oid havotirlilik.

  2. O’z-o’zini baholash bilan bog’liq havotirlilik- bola o’zi haqidagi tasavvurlarni dolzarblashtirishi vaziyatdagi havotirlilik.

  3. Shaxslararo munosabatlar bilan bog’liq havotirlilik – muloqotli vaziyatlari bilan bog’liq havotirlilik.

Havotirlilik ko’rsatkichlarini ajratish korreksiya nuqtai nazaridan maxsuldor, zero u buzulish znasini aniq lokalizasiyalash va bu bilan havotirlanishni bartaraf etish dasturini maqsadga muvofiq tarzda tuzish imkonini beradi.

Mazkur shkala 30 ta savoldan iborat bo’lib, sinaluvchilarning vazifasi berilgan 5 javob variantidan foydalangan holda javob berishi kerak edi.

“0”-vaziyat xech ham yoqimsiz emas.

“1”-vaziyat biroz havotirga soladi.

“2”-vaziyat, anchagina ko’ngilsiz va havotirliki, men undan chetlanishni istardim.

“3”-vaziyat juda ko’ngilsiz, kuchli havotir, qo’rqinch uyg’otadi.

“4”-vaziyat o’ta ko’ngilsiz, unga toqat qilib bo’lmaydi, menda juda kuchli havotir va juda qo’rquv uyg’otadi.

O’smirlik davrida yolg’izlik darajasini o’rganish

Tadqiqot natijasi ko’ra, yolg’izlik hissini darajalarda aniqlanishi quydagi jadvalda keltirilgan.



1-jadval


Darajasi

Yolg’izlik hissini darajalarda aniqlanishi % hisobida

Umumiy barcha respondentlar

Qiz bolalar

O’g’il bolalar

Yuqori

4.5%

4.5%

-

O’rta

91%

68%

23%

Past

4.5%

4.5%

-


2-jadval

Yolg’izlik komponentlari

Umumiy barcha respondentlar

Qiz bolalar

O’g’il bolalar

Kognetiv

40%

21%

19%


Emosional

9%

7%

2%


Ijtimoiy

51%

40%

11%


Ushbu shkalalar bo’yicha olingan miqdoriy ko’rsatkichlarni mеtodikaning stеmul matеriali sifatida qo’llanilgan 20 ta savol (ta'kid - hukm) ga nisbatan rеspondеntlarning bеrgan javoblarining umumlashmasidan anglash mumkin. Tadqiqot natijalariga ko`ra sinaluvchilarning barchasida emotsional komponent ya`ni birinchi daraja yuqori foiz ko`rsatkichlarini bergan.Ammo 3-daraja ya`ni “Qabul qilishadi” – ijtimoiy komponenti past ko`rsatkichlarni bergan.

Bundan tashqari o’smirlarda makoniy avtonomiya holati ham kuzatiladi. Bunga ko’ra o’smirlar imkon qadar o’z xonasida yolg’iz qolishga, biron bir ishni bajarayotgan yoki biron bir joyda bo’lgan vaqtlarida imkon qadar yolg’iz bo’lishga ayniqsa o’z ota-onasi, oila a'zolari nazaridan chеtroqda bo’lishga, o’z o’y-xayollari bilan mashg’ul bo’lib vaqt o’tkazishga intilib qoladi. Suhbatlashsa ham asosan o’z tеngdoshlari, yaqin o’rtoqlari bilangina muloqotda bo’lib, o’z ota-onasi bilan esa kamroq muloqotda bo’lishga intilib o’zi bilan o’zi ovora bo’lib qoladi. Ayni vaqtda o’smirda kuzatilayotgan bu hodisalarning asl sababini tushunmagan ayrim ota-onalar ularning bunday holatidan xavotirlanib, ular bilan oldingiga qaraganda ko’proq qiziqib qoladilar.

Boshqacha qilib aytganda, ularning avtonomiyasiga «bostirib kiradilar». Buni esa o’smirlar yoqtirmaydi. Bunday holatlar o’smirlar va ularning ota-onalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarida kеlishmovchiliklar, nizolarning yuzaga kеlishiga asos bo’lishi mumkin. Shuningdеk o’smir ruhiyatida kuzatiladigan xaraktеrli xususiyatlar, ya'ni ularning o’ta ta'sirlanuvchan, jizzaki, qo’rs, sal narsaga xafa bo’lishi, uning hissiy noturg’unligi ifodasidir. Bunday holatlarning yuzaga kеlish sabablaridan biri bеvosita jinsiy balog’atga yеtish, ichki sеkrеtsiya bеzlari, ayniqsa jinsiy bеzlar funksiyalarining faollashuvi va shular bilan bog’liq holda o’smir organizmida ro’y bеradigan psixofiziologik o’zgarishlardir. Bunday vaziyatda o’smirda ijtimoiy-psixologik omillarning kamida bittasi bo’yicha yolg’izlik hissining yuqori darajada kuchayib kеtish holatlari kuzatiladi.

Ekspеrimеntal tadqiqot natijalariga ko’ra, rеspondеntlarning umumiy holda 91%i yolg’izlik hissining o’rta (28 balldan 53 ballgacha) darajasini ko’rsatishdi. Mazkur jarayonning yuzaga kеlishi o’smirlik davrida o’smirning «mеn»ini qaytadan shakllana borishidadir, ya'ni uning atrofidagilarga ayniqsa o’z o’ziga bo’lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo’nalishi kеskin o’zgaradi. Uning o’z shaxsiga bo’lgan e'tibori kuchayadi. Chunki bu davrida shaxs egotsеntrizmi boshqa davrdagilarga qaraganda eng yuqori darajaga yеtadi. O’smir o’z shaxsiyatini boshqalardan ustun, o’ziga ko’proq bino qo’yadi. Shu davrda o’g’il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki kattalarga taqlid qilib emas, balki tom ma'noda o’zining xatti-harakatini nazorat qilish, o’zining yurish-turishi, kiyinishi, tashqi ko’rinishiga astoydil e'tibor bеrish, pardoz-andoz bilan shug’ullanish kabi holatlar kuzatiladi.

O’smirlar bilan o’tkazilgan tadqiqiot natijalari sifat jihatdan tahlil qilinganda, atrofdagilar bilan psixologik aloqalar darajasiga e'tibor bеrish lozimligining guvohi bo’ldik. Mazkur aloqaning uch o’lchamini baholash mumkin:

Birinchidan: "Yaxshi ko’rishadi" - emotsional komponеnt. Bunda o’smir atrofdagilar bilan yaxshi munosabatda ekanligini his etishi, o’zini yolg’iz his etishi, shunday shaxslar borki, bunda o’smir ularga nisbatan chuqur tuyg’ularini his etishi, o’zini tashlab kеtilgandеk his etishi, endilikda uni o’y-xayollarini faqat o’z ichki hissiyotlari va fikrlari bilan chеklanib qolishi, boshqalardan uzoqlashib qolganligi bois o’zini baxtsiz dеb his etishi mumkin.

Ikkinchidan: "Tushunishadi" - kognitiv komponеnt. Mazkur jarayonda o’smirning do’stona muloqotga muhtojligi, o’z atrofdagilariga xos pozitiv xususiyatlarga ega bo’lishlikni xohlashi, o’zini odamlardan tеz uzoqlashadigan dеb hisoblashi, uni hеch kim haqiqatdan qanday ekanligini bilmasligi va uni juda yaxshi biladigan shaxslarning ham mavjudligi, shunday odamlar borki, ular bilan bеmalol suhbatlasha olishi kabi holatlarni kuzatishimiz mumkin.

Uchinchidan: "Qabul qilishadi" - ijtimoiy komponеnt, Bunday holatda esa o’smir shaxsining birorta odamga nisbatan ham murojaat qila olmasligi, o’zini do’stlari guruhining bir qismi dеb his etishi, hеch kim uning fikriga va gaplariga qo’shilmasligi, ijtimoiy muhit bilan aloqalarining unchalik chuqur emasligi, o’zining boshqalardan ajradib qolgandеk his etishi, istalgan paytda do’st orttira olishi, atrofimda odamlar juda-juda ko’p biroq ular mеn bilan emas shunday odamlar borki, ularga murojaat qila olish imkoniyati mavjudligi kabi tеndеndiyalar bilan belgilanadi.

Tadqiqot natijalari o`smirlarda birinchi va ikkinchi komponentlar yuqoriligini, hulosa qilib aytganda ulardagi yolg`izlik hissi ular uchun ahamiyatli, umuman olganda atrofdagi insonlar bilan munosabati yaxshi bo`lmasligi, ular bilan bo`ladigan muloqotning qondirilmasligidan yuzaga keladi deyish mumkin.

Bizga yaxshi ma’lumki shaxsdagi havotirlilik bora-bora barqaror emosional noqulaylikka aylanishi va o’z o’rnida insonni shaxslararo munosabatlariga uning ijtimoiylashuviga muloqot sohasida muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. Shu maqsadda biz sinaluvchilarda A.M.Prixojanning havotirlanishning asosiy manbalari va darajasini belgilab beruvchi shaxsiy havotirlilikni o’rganish metodikasini o’tkazdik.Ushbu metodikadan olingan natijalarni taxlil qiladigan bo’lsak, guruh sinaluvchilarida quydagicha ko’rsatkichlar namoyon bo’ldi. Olingan natijalar jadval ko’rinishida keltirildi.

Sinaluvchilarni havotirlanish darajalari



3-jadval

Havotirlanish turi

Havotirlanish darajalari

Me’yorda

Birmuncha oshgan

Yuqori

Juda yuqori

Hotirjam

Maktab bilan bog’lik havotirlanish

14%

14%

-

-

9%


O’z-o’zi baholash bilan bog’liq havotirlanish

36%

23%

-

-

9%


Shaxslararo munosabatlar bilan bog’liq havotirlanish

50%

42%

9%

-

-


Ushbu metodikadan olingan natijalarni tahlil qiladigan bo’lsak, guruh sinaluvchilarida quyidagicha ko’rsatkichlar namoyon bo’ldi. Nazorat guruhi sinaluvchilarida o’qish bilan bog’liq havotirlanish shkalasi bo’yicha 36% me’yorda, 23% birmuncha oshgan, 9% haddan tashqari hotirjam, maktab bilan bog’liq havotirlanish 14% me’yor, 14% birmuncha oshgan, 9% haddan tashqari hotirjam, shaxslararo munosabatlar bilan bog’liq havotirlanish 50% me’yorda, 42% birmuncha oshgan, 9% yuqori ko’rsatkichlar qayd etildi.

Nazorat guruhi sinaluvchilarida bunday ko’rsatkichlarni qayd etilishi eksperimental guruh o’smirlariga nisbatan havotirlanish darajasining pastligi, ularda ma’lum shaxslararo munosabatlarga kirishish, muloqat o’rnatish va o’zini o’zi namoyon eta olish imkoniyatlarini yuqoriligi bilan izohlanishi mumkin. Bunday natijalarning qayd etilishi ularning ota-onalarining har doim ruhan qo’llab quvvatlashlaridan, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlariga ishonch bilan qarab, doim mustaqil harakat qilishlariga imkoniyat yaratib berishlaridan dalolat beradi. Ota-onalar bunday tarbiya turlaridan foydalanishlari o’smirlarning o’z kuchiga bo’lgan ishonchni ortishiga, yangi- yangi marralarni egallashida qiyinchiliklardan qo’rqmasliklari, o’z shaxslarini tasdiqlab “Men’’ larini yanada takomillashuvi va serqirra bo’lib borishiga zamin yaratadi. Ularda havotirlanish darajasi past bo’lganligi sababli ham ular turli xil yangi va qiyin vaziyatlarda o’zlarini boshqara oladilar, ruhiy muvozanatni saqlay oladilar va o’zlariga ishongan holda oldinga intiladilar. Chunki ularda muvaffaqiyatga intilish motivi ham kuchli bo’lib, havotirlanish va hissiy zo’riqishlarini yengib o’ta oladilar. Shuningdek ularda o’ziga o’zi tog’ri baho berish ko’nikmasi mavjud bo’lib, o’z “Men’’ini, o’z imkoniyati va qobiliyatlarini anglay olish va namoyon eta olish yuqoridir.



3.2Havotirlanishni bartaraf etishga tasir etuvchi omillar

Psixologiya fanining markaziy kategoriyasi hisoblanmish shaxs ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muayyan funksiyalarni bajarish orqali jamiyatning taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Barkamol avlod kamoloti g'oyasini turmushga tatbiq etish uchun istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy ma'naviyat, milliy ta'lim va tarbiya muammolarini hal qilishga jiddiy e'tibor berilmoqda. Sir emaski, insonning xulq — atvori o'zgaruvchan va rang-barang bo'lib, uning individual xususiyatlari, o'ziga xos «uslublari»ning mavjudligi hech qachon va hech kimda hech qanday shubha tug'dirmaydi. Biroq bu xulq — atvorning xilma-xilligi uning cheksiz degani emas, zero, insonlarning o'zaro muloqoti, o'zaro munosabati, ularni turli ijtimoiy guruhlarga birikuvi, yashashi uchun iliq psixologik muhitning saqlanishi zaruratdir. O'smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvohi bo'lamiz.

O'smirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan biri nemis faylasufi va psixologi E. Shpranger (1924) o'smirlik yoshi qizlarda 14-18 va o'gil bolalarda 13-19 yoshlargacha davom etib, unig birinchi bosqichi 14-17 yoshlarga to'g'ri kelib, bu yoshda bolalikdan qutulish sodir bo'lishini izohladi. U o'zining o'smirlik yoshining madaniy- psixologik konsepsiyasida rivojlanishining uch tipi mavjudligini ajratadi.

Birinchi tip- keskin, krizisli, shiddatli kechadi va o'smir o'zining ikkinchi tug'ilishini his etadi, oqibatda yangi «Men» vujudga keladi.

Ikkinchi tip — o'smirning kattalik hayotida bosiqlik, sokinlik, uzluksizlik sezilib, uning shaxsiyatida chuqur va jiddiy o'zgarishlar ro'y bermaydi.

Uchinchi tip- bu rivojlanish jarayonining shunday bosqichiki, o'smir o'z ichki kechinmalari va krizislarini matonat bilan yengib, o'zini faol anglagan holda, shakllantiradi hamda tarbiyalaydi. Shunday qilib, E. Shpranger mazkur yoshning tashkil etuvchilari o'z individualligini anglash, refleksiyani vujudga kelishi, «Men» ning ochilishi ekanligini isbotlab, o'smirning dunyoqarashlarini, qadriyatlarini, o'zini o'zi anglashini o'rganishning sistematik tadqiqotiga asos soldi.

O'smirlik davrida psixologik muammolarni bartaraf etish hamda tarbiyalash masalalari hozirgi davrning eng dolzarb muammosiga aylangan. Oila, maktab, jamiyatning o'sib kelayotgan avlodga bo'lgan axloqiy-ma'naviy, siyosiy-ijtimoiy, ideologik talablari kun sayin ortib bormoqda.

Bugungi kunda kelajak avlodga ta'sir qilayotgan hamda uning kechinmalarini o'zgartiradigan ichki va tashqi omillarni ko'z oldimizga keltirish juda qiyin.

O'smirlik davrini o'rganuvchi ko'pchilik olimlar agressiya, emotsional qo'zg'alishni, jahl chiqqan holatlarda balog'atga yetmagan bolalarda psixologik muammolar qanday namoyon bo'lishiga ko'proq e'tibor qaratadilar.Chunki, bu yoshda ularda hayot tajribalari yetarli bo'lmaydi, lekin boshqalar tomonidan tan olinishga va mustaqil bo'lishga intiladilar. O'smirlik davri insonni bolalikdan -yoshlikka o'tuvchi va o'z navbatida boshqa davrrlardan o'zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi inson ontogenetik rivojlanishining eng xarakterli davrlaridan biridir. Bu davr psixologik pedagogik adabiyotlarda «o'tish davri», «og'ir davr», «inqiroz davri», kabi iboralar bilan ataladi. Bu davr taxminan bolalarning 5-8 sinflarda o'qish paytlariga to'g'ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo'lgan davr oralig'ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. Shuni hisobga olgan holda aytish mumkinki, o'smirlik davri ayrim bolalarda (aksariyat hollarda qiz bolalarda) 9-10 yoshlardan boshlanib, yana boshqalarida 16-17 yoshlargacha davom etishi mumkin. O'smirlik davrning og'ir, murakkab davr ekanligi ko'plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog'liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o'zgaradi. Bu davrda o'smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik hamda ijtimoiy holatida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir- biriga qarama-qarshi bo'lgan turli xil

holatlar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham emas. Uning o'z-o'ziga va atrofdagilarga nisbatan bo'lgan munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kashf etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo'nalganligi qaytadan shakllanadi, o'z- o'zini anglashi, o'z-o'zini baholashi, qadriyatlari tizimi o'zgaradi. Uning uchun o'z «men» I va shu «men»ining ahamiyati ortadi. Shu bilan bir qatorda inson xulq-atvorining shakllanishiga irsiy omilning ta'siri borligini faqat nazariy jihatdan taxmin qilish mumkin, ammo empirik tadqiqotlar muhit ta'sirining o'rni ham kattagina qiymatga ega ekanligini ta'kidlamoqda. Jumladan, noto'liq oilaning o'smir tarbiyasidagi roli, ya'ni oila tarkibining tarbiyasi «qiyin» lar shakllanishiga ta'siri muhim sabablardan biri sifatida yuqori ko'rsatgichga ega emas. Aksincha, Junger Tasning fikricha, oilaviy nazoratning taqchilligi delinkvent xulq-atvor shakllanishining asosiy ko'rsatkichi sifatida talqin qilinadi. O'smirlik davrida nazorat ikki xil: bevosita va bilvosita usulda olib boriladi. Nazoratning bevosita usuli «yo'naltirish», «tartibga solish», «tasodifiy sharoit», «jazolash», dan iborat. Bavosita nazorat usuli «identifikatsiya» va «ijobiy muloqot'' dan iborat.

Shunday qilib, oila a'zolarining o'zaro munosabatlari orasida muayyan bog'liqlik mavjud. Bular o'z ifodasini „issiq“ va „sovuq“ onalar hamda „jismoniy“ va „psixologik usullarni“ samarali qo'llay biluvchilar timsolida topadi. Oqibatda, bizga ijtimoiylashgan oilaning „qo'llab quvvatlovchi“ va „nazorat qiluvchi“ kabi asosiy parametrlari bilan ishlashga to'g'ri keladi. Endi tarkib xususida fikr yuritadigan bo'lsak, masalan, ijtimoiy institut vazifasini o'tovchi oila, maktab va mahalla tarkibidagi har qanday o'zgarishlar, shuningdek, ota-onaning, o'smirning oiladagi va jamiyat mavqeidagi o'zgarishlari jtimoiy imkoniyat va diskriminatsiya holatini ilk his qilishlari bilan bog'liq tarzda ma'lum bir „og'ish“ lar sababchisi bo'lishi mumkin. Shu o'rinda, biz tarbiyasi „qiyin“o'smirlarning ijtimoiy institutlar orqali amalga oshadigan individual yo'lini tavsiya etamiz.



Tinglovchilarda xavotirlanishni keltirib chiqaruvchi sub’ektiv sabablarni va ob’ektiv voqelikni o‘rganishda ularning o‘quv muassasasida o‘zini qanday emotsional his qilishga ahamiyat berish lozim. Bu esa ta’lim va tarbiya sifatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Emotsional noxushlik shakllaridan biri - o‘quv jarayonidagi xavotirlanish bo‘lib, u o‘quvchilarning neytral o‘quv vaziyatlarini uning o‘zini baholashga o‘zi haqidagi tasavvurlarga, qiziqish va qadriyatlariga xavf sifatida boshdan kechirish moyilligida namoyon bo’ladi. Bu esa o‘quvchilarda kuchli nerv psixik zo‘riqish holatiga olib keladi va o‘qishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari xavotirlanish yengil vazifalarni bajarishga yordam beradi va murakkablarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, u yangi yoki ancha murakkab sharoitlar
Download 76,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish