Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 76,74 Kb.
bet2/5
Sana12.12.2019
Hajmi76,74 Kb.
#29740
1   2   3   4   5
Bog'liq
BMI tayyor


Diffuz yolg’izlik – yolg’izlikning bir turi bo’lib, sub'yektda o’zini boshqa kishilar, ijtimoiy guruhlar, turli g’oyalar bilan identifikatsiya qilishi bilan izohlanadi. O’zini boshqalar bilan identifikatsiya qilayotgan kishi o’ziga xos haqiqiy xususiyatlar intilish va qiziqishlarini namoyon etishdan bosh tortadi. U shunchaki taqlid qilibgina qolmay, u “o’zida emas”, balki o’zini identifikatsiyalaydigan ob'yektga bog’liq holda yashaydi. Bu vaziyatda uning oldida ikki xil yo’l turadi, birinchidan, o’zini takomillashtirish yo’lini qidirish, ikkinchidan, kim hayotdan mamnun bo’lsa ularning xulq-atvorini ko’chirib olishdan iborat. O’zini takomillashtirish murakkab jarayon bo’lib kishidan irodaviy va aqliy zo’r berishni hamda hissiy barqarorlikni namoyon etishni taqozo qiladi.

O.V.Xuxlayevaning terminologiyasiga ko’ra, diffuz yolg’izlikni psixologik salomatlikning ikkinchi xavfli guruhiga kiritish mumkin. Muallifning ta'kidlashicha, individlar ijtimoiy muhitga moslashgan, biroq ularda o’ziga nisbatan ijobiy munosabat mavjud emas, refleksiv qobiliyatlarning quyi darajasi xosdir. Bir yoki bir necha kishilar bilan o’zini identifikatsiyalash bilan bog’liq diffuz yolg’izlik sub'yektni shaxsiy olamidan uzoqlashtiradi. Bu o’z navbatida nafaqat yolg’izlikni keltirib chiqaradi, balki juda katta qo’rquvda ham namoyon bo’ladi.

Yolg’izlik kayfiyatning yomonligi va og’ir hissiy kechinmalar bilan o’tadigan psixik holatdir. O’zini chuqur darajada yolg’iz his qiladigan kishilar o’zlarini baxtsiz his qiladilar, ijtimoiy aloqalarga kirishish imkoniyatlarini cheklab qo’yadilar.Yolg’izlik tushunchasi sub'yekt tomonidan vaziyatni ko’ngilsiz idrok qilishi, muloqotning yetishmasligi va ijobiy munosabatlarning kamligi bilan bog’liqdir. Biroq yolg’izlik individning har doim ham ijtimoiy jihatdan ajralib qolganligini ifodalamaydi. Ba'zan doimo insonlar orasida bo’la turib, ular bilan munosabat o’rnatib ham inson o’zini psixologik jihatdan ajralib qolgan ya'ni yolg’iz his qilishi mumkin.

Yolg’izlikni his qilish darajasi qancha yil davomida odamlar bilan munosabatga kirishmay nyashaganligi bilan belgilanmaydi. Butun hayoti davomida yolg’iz yashagan kishilar odamlar bilan tez-tez muloqotda bo’ladiganlarga nisbatan o’zlarini kamroq yolg’iz his qilishlari ham mumkin. Boshqa kishilar bilan kam o’zaro ta'sirda bo’ladigan, hech qanday psixologik va xulq-atvor reaktsiyalarini namoyon etmaydigan kishilarni yolg’iz deb atash mumkin emas. Undan tashqari ba'zi kishilar o’zlarining real va tasavvuridagi o’zaro munosabatlari o’rtasidagi muvozanatni to’liq anglamasliklari mumkin.

Haqiqiy sub'yektiv yolg’izlik holati odatda ruhiy buzilishlarga xos belgilar va affektiv reaktsiyalarda namoyon bo’ladi. Ba'zi yolg’iz kishilar muntazam ravishda o’zlaridagi tashvishlanish, ezilganlikdan shikoyat qilsalar, boshqalari esa qo’rquv va xavotirlikni, ham va musibatni his qiladilar. Yolg’izlik holatini his qilishga real munosabatlar qanchalik ta'sir qilsa, ular qanday bo’lishi kerakligi haqidagi tasavvurlar ham shunchalik kuchli ta'sir etadi.

Muloqotga nisbatan kuchli ehtiyojni his qilayotgan kishi bir yoki ikki kishi bilan emas, balki ko’plab kishilar bilan munosabatda bo’lishni xohlaydi. Yolg’izlik ko’pincha ba'zi simptomlar bilan kechishi ham kuzatiladi. Odatda yolg’iz kishilar o’zlarini boshqalardan psixologik jihatdan ajralib qolgan, normal shaxslararo munosabatllarga qobiliyatsiz, sevgi, do’stlik kabi intim munosabatlar o’rnatishga yaroqsiz deb his qilishi mumkin.

Yolg’iz shaxs depressiya va tushkunlikka berilgan shaxs bo’lib, u o’zida muloqot ko’nikmasi va malakasi yetishmaydi deb hisoblaydi. Yolg’iz inson o’zini kam jozibali, hech kim sevmaydigan va hurmat qilmaydigan kishi deb biladi. O’ziga nisbatan bunday munosabat maxsus salbiy affektlar- nafrat, g’am-anduh, baxtsizlik kabi hislarni vujudga keltiradi. Yolg’iz inson ijtimoiy aloqalardan o’zini olib qochadi, atrofdagilardan o’zini izolyatsiya qiladi (ajratib qo’yadi). Unda boshqalarga nisbatan impulsivlik, paranoyallik, ta'sirlanuvchanlik, qo’rquv, xavotirlanish, frustratsiya hislari ustun bo’ladi.

Yolg’iz kishilar boshqalarga nisbatan pessimist hisoblanadilar. Ular o’zlariga achinish hissi bilan qaraydilar, atrofdagilardan yomonlik kutadilar, kelajakni ijobiy ranglarda tasavvur eta olmaydilar. Boshqalarning va o’z hayotini mazmunsiz deb baholaydilar. Yolg’iz kishi kam gapiradi, o’zini tinch, osuda tutadi, boshqalar e'tiborini tortishni yoqtirmaydi, ko’p hollarda g’amgin, horg’in va uyqusiragan holda ko’rinadi. Haqiqiy va tasavvurdagi munosabatlar o’rtasida nomutanosiblik kuzatilganda o’zini yolg’iz his qiladigan odamlar bu vaziyatni turlicha idrok hiladilar. Ojizlik va xavotirlikni his qilish bu vaziyatga nisbatan reaktsiya sifatida namoyon bo’ladi. Agar shaxs bu vaziyatda boshqalarni aybdor deb hisoblasa, u holda unda boshqalarga nisbatan dushmanlik hissi rivojlanib boradi. Agar o’zini aybdor deb bilsa va o’zini o’zgartirish qiyin deb hisoblasa, u holda g’amgin bo’lib qoladi, asta- sekin mazkur his surunkali depressiyaga aylanib boradi.Agar inson yolg’izlik uni hushyorlikka chaqirayotganiga ishonch hosil qilsa, u holda yolg’izlikka qarshi faol kurashishi, uni bartaraf etish uchun kuch sarf qilishi zarurligini anglab yetadi. Vaqti-vaqti bilan uni salbiy hissiy holatlar - zerikish, afsuslanish, o’zining jozibador emasligini his qilish, ojizlik, vahimali qo’rquv, ezilganlik, umidning yo’qolishi, o’ziga achinish, qo’zg’aluvchanlik, tashlab qo’yilganlik hissi kabi kechinmalar qamrab oladi. Yolg’iz kishilar muloqotchan va baxtli insonlarni unchalik xushlamaydilar. Bu ularning o’ziga xos himoya reaktsiyasi bo’lib, boshqalar bilan samimiy munosabat o’rnatishga xalaqit beradi. Yolg’izlik ba'zan spirtli ichimlik va giyohvand moddalar qabul qilishga ham undashi mumkin. Bunday kishilar o’zlarining muammo va kechinmalariga butun e'tiborini qaratadilar.

Yolg’izlar boshqalar bilan muloqot jarayonida ko’proq o’zlarining muammolari hahida gapiradilar, suhbat mavzusini tez-tez o’zgartirib turadilar. Muloqotdagi suhbatdoshning fikriga unchalik e'tibor hilishmaydi, o’ta tajovuzkor, asossiz ravishda tanqid qiladigan bo’lib qolishadi, boshqalarga psixologik bosim o’tkazishadi. Boshqalarga unchalik ishonishmaydi, ulardan o’z fikrlarini yashirishadi, ikkiyuzlamachi bo’lib qolishadi, o’z xulq-atvorlarini boshqarishga qiynalishadi. Yolg’iz kishilar turli davralarda quvnab o’tira olmaydilar, kim bilandir telefonda nimanidir kelishishga, zarur shaxsiy va ish yuzasidan muammolarni hal qilishga qiynaladilar. Bunday kishilar shaxslararo nizolarni bartaraf etishda o’ta ta'sirchan va qaysar bo’lib qoladilar. Ularni shaxsiy muloqotchanlik va boshqalar bilan tanishish muammosi ko’proq tashvishlantiradi, o’zlarini ko’plab sohalarga yaroqsiz kishi deb hisoblaydilar. Shaxslararo munosabatlar o’rnatishdagi muammolarni o’zlarining uquvsizliklari bilan bog’liq ekanligini to’g’ri baholay oladilar.. Intim sohadagi munosabatlarni o’rnatish bilan bog’liq masalalar ularda yuqori darajadagi ta'sirchanlikni, faollikning pasayishini keltirib chiqaradi.

Yolg’izlik – bu shaxsning hissiy holatiga ta’sir ko’rsatadigan, odamlardan ayro, o’zgargan sharoitlarda yuzaga keluvchi psixogen omildir. Yolg’izlik holatiga tushib qolgan odamlar darhol atrofdagilar bilan munosabatlarni to’xtatishga harakat qiladilar, muloqotga kirishmaydilar. Bu holat o’tkir hissiy reaksiyani yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, yolg’iz qolgan odamda xavotirlanish, depressiya holati kuchayadi. Odam yolg’izlikda qanchalik ko’p qolsa, odamlar bilan bo’ladigan muloqotga ehtiyoji shunchalik ortib boraveradi.

Faylasuf, yozuvchi Genri Toro 19 – asrda yolg’izlik muammosiga oid o’z qarashlarini bayon etdi. U yolg’izlikni xudoning visoliga yetish yo’lidagi birinchi qadam deb baholadi. Odam yolg’iz qolar ekan, o’zining diqqat – e’tiborini faqat o’z ichki dunyosini boyitishga, o’z hatti –hatakatini tahlil qilishga qaratadi degan g’oya olg’a suriladi.

Genri Toro yolg’izlikka shaxsni himoyalovchi vosita sifatida qaraydi. “Shaxsni yolg’izlik ruhan, ma’naviy jihatdan boyitib, uni ijtimoiylashuviga xizmat qiladi” deb yozadi u. 2

Yevropalik faylasuf Edmund Gusserl. Kyerkegor qarashlarini yoqlab chiqdi. 19-asrning oxiri 20-asrning boshlarida ijod etgan bu faylasufning fikriga ko’ra, yolg’izlik o’ziga xos alohida holat. Inson ongidan to’xtovsiz o’tib turadigan tasavvurlarning tashqi dunyoga umuman ta'siri yo’q, chunki ong barcha narsalardan tozalangan bo’lishi lozim. Ongdan tashqarida qolgan barcha hodisalar inson ongidan aks etgan tasvirlardir, inson va tashqi dunyo orasida o’tib bo’lmas begonalik va yolg’izlik mavjud deb hisoblaydi olim.

20-asrda Jan Pol Sartr yolg’izlik muammosini o’rganishni o’z ijodining bosh g’oyasi deb e'lon qildi. Sartrning fikricha, "shaxs o’zining anglashga intilar ekan, o’z "Men"idan tashqariga chiqib ketadi, ammo hayot insonga bunday imkoniyat bermaydi" . "Shaxsning ijtimoiy aloqalar jarayonida o’z umid va ishonchini yo’qotadi. Yolg’izlik hissi inson turmush -tarzining asosini tashkil etadi, deb ta'kidlaydi Sartr.

Inson o’z ongida, hayolida yolg’izlik hissini tuyadi, tanho qolishdan qo’rqadi. B.Miyuskovichning fikricha yolg’izlik kasallik emas, tibbiy jihatdan ham, ijtimoiy jihatdan ham yolg’izlik insonning ichki dunyosida, ruxiy holatida mavjud.

"Psixologik yolg’izlik o’z istagiga binoan muloqotga kirishmaslik, o’z shaxsiga bo’lgan ichki bir achinish, insoniy munosabatlardan qochish ko’rinishida bo’ladi. Bunday holatga tushgan odamlarda kamfaollik, holsizlik, depressiya holati kuzatiladi”.3

Yuqorida fikrlari, qarashlari keltirilgan olimlar o’z ilmiy asarlarida yolg’izlik fenomenini inson hayotidagi salbiy hodisa deb baholaydilar. Mazkur olimlar yolg’izlikni iqtisodiy munosabat sharoitida hissiy, ijtimoiy cheklanganlik holati bilan bog’liq holda tahlil qiladilar.

Mustaskas o’zining "Yolg’izlik" kitobida "inson olg’a borar ekan, o’z qobiliyatlarini namoyon etishga, ko’kka intilishga harakat qiladi. Inson yolg’izlikda qolar ekan, o’z ichki dunyosi bilan yashaydi" deb yozadi. Mustaskas, yolg’izlik inson uchun salbiy holat, ayni damda ijod qilish uchun sharoit yaratadi, deb ta'rif beradi. 20-asrda yolg’izlik muammosiga falsafiy yondashuvlar ijtimoiy, psixologik xarakter kasb etdi. 20-asrda, xususan harbiy davlatlarda insoniy munosabatlar shaxsning individualligi ta'siri ostida taraqqiy etadi, degan umumiy fikr paydo bo’ldi. Shunday bo’lsada yolg’izlik tushunchasi doimiy ravishda rivojlanib bordi. Individning muloqotga kirisha olmasligi ko’pincha ijtimoiy munosabatlarga o’z salbiy ta'sirini ko’rsatadi. Doimiy ravishda yolg’iz qolish insonni turmush tarziga, hayotdagi salbiy vaziyatlarga sabab bo’lishi mumkin.

Yolg’izlik - ichki hayotning paydo bo’lish oqibatida yuz beradigan tabiiy hodisadir. Yolg’iz qolish insonga o’z fikrlari, hissiyotlari ustida o’ylash, o’z-o’zini tahlil qilish, refleksatsiya uchun yordam beradi. U barqaror ijtimoiy munosabatlar, o’z-o’zidan rozilik, o’z-o’zini hurmat qilish bilan birga kechishi mumkin. Biroq yolg’izlik destruktiv xarakterga ham ega bo’lishi, insonning o’z-o’zidan noroziligiga, o’zidan nafratlanishiga, o’z shaxsiga salbiy baho berishiga sabab bo’lishi mumkin. O’ziga bo’lgan hurmatning pastligi nizoga, boshqalarga nisbatan ishonchsizlikka moyillik bilan ko’pincha korrelyatsiyalanadi. Insonning o’ziga bo’lgan hurmati qanchalik past bo’lsa, uning yolg’izlikdan azoblanayotganligining ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi. Bu holat atrofdagilar bilan bo’lgan emotsional aloqalarning uzilib qolganlgi yoki mavjud emasligi, bunday aloqalarni o’rnata olmaslik, tengdoshlar jamoasi bilan bo’lgan munosabatlarning buzilganligi, birovga bog’lanib qolish va birovni yaxshi ko’rib qolishga qodir emaslikda namoyon bo’ladi.

Bregg o’z tadqiqotlarida aniqlashicha, yolg’izlikni har doim ham depressiya bilan bog’lash to’g’ri emas. Ezilgan va yolg’iz insonlar o’z hayotining nafaqat ijtimoiy , balki ijtimoiy bo’lmagan jihatlaridan ham ko’gillari to’lmasligi mumkin. Ezilganlikni his qilmaydigan yolg’izlar esa faqat ijtimoiy qoniqmaslikdan aziyat chekadilar. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, depressiyaning sababi faqat yolg’izlik emas. Biroq yolg’izlikdan depressiyaga o’tish osonligini payqamaslik mumkin emas. Ijtimoiy aloqalarning yo’qolishi yoki kamligida o’zini ayblayotgan kishida asta-sekin depressiya shakllanib boradi. Yolg’izlik va depressiya bir-biri bilan uzviy bog’liqdir.




    1. O’smirlik davrida yolg’izlik xissini namoyon bolishi

O’smirlarda yolg’izlik shakllanishining ilk bosqichlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. O’smirlik davrida paydo bo’ladigan yolg’izlikning shaxsga salbiy ta'sirini bartaraf etish uchun yolg’izlikka nisbatan ongli va to’g’ri munosabatni shakllantirish, yolg’izlikni ijobiy ta'sirini kuchaytirish muhimdir. Shaxsning yolg’izlikka bo’lgan moyilligini, yolg’izlik hissining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash lozim. Yolg’izlik kishinig hissiy holatiga ta'sir etuvchi psixogen omillardan biridir. Inson yolg’izlik sharoitiga tushib qolishi natijasida uning boshqalar bilan munosabatlari uzilib qoladi va kuchli emotsional reaktsiyalarni vujudga keltiradi. Ko’p hollarda xavotirlik, depressiya va negativ reaktsiyalar bilan kechadigan psixologik shok vujudga keladi. Yolg’izlik sharoitida uzoq vaqt bo’lish muloqotga bo’lgan ehtiyojni yanada kuchaytiradi. Bunga javoban ehtiyojni qondirish maqsadida turli predmet va jonivorlar bilan muloqot qila boshlaydi. Bunday eksteriorizatsiyalangan ( ichki harakatdan tashqi aktga aylangan) reaktsiyalar himoya vazifasini bajaradi va psixologik normaning chegarasi hisoblanadi.

Yolg’izlik muammosi insoniyatning eng jiddiy muammolaridan biri bo’lib, bunda inson u yoki bu sabablarga ko’ra na do’stlik, na muhabbat, na dushmanlik munosabatlarini o’rnata oladi. Inson o’z munosabatlarining to’laqonli va ahamiyatli emasligini his qilganida muloqot ehtiyojlari qondirilmaganda yanada o’zini yolg’izroq his qila boshlaydi. Yolg’izlik nazariyalarini falsafiy va psixologik tahlil qilish natijasida uning ob'yektiv va sub'yektiv, ijobiy va salbiy jihatlarini farqlash mumkin. Yolg’izlikning ob'yektiv tomoni ijtimoiy munosabat va faktlar bilan bog’liq.

Sub'yektiv tomoni esa shaxsning xususiyatlari bilan bog’liq holda namoyon bo’lishidir. Yolg’izlikning ijobiy (pozitiv) jihati uning shaxs ijtimoiylashuvi va individualligi shakllanishining ajralmas qismi ekanligidadir. Yolg’izlikning ijobiy imkoniyati: o’zini-o’zi bilish, o’zini-o’zi boshqarish, ijod qilish, o’zini-o’zi takomillashtirish, psixofizik holatlarini barqarorlashtirish, tashqi ta'sirlardan o’z “Men”ini muhofaza qilish kabi vazifalarda namoyon bo’ladi.

Yolg’izlikning salbiy (negativ) tabiati- u o’ziga barcha psixik jarayonlarni bo’ysundiradi, shaxsning ichki yaxlitligini buzadi, psixologik himoya mexanizmi sifatida namoyon bo’ladi. Atrofdagilardan ko’p narsani kutishga, shaxs sifatida shakllanishidagi boshqalarning rolini oshirib baholashiga olib keladi. Yolg’izlikning negativ va pozitiv jihatlari o’rtasidagi dialektik munosabatni e'tiborga olgan holda ta'kidlash joizki, muayyan sharoitlarda (yolg’izlikni anglaganda, unga munosabatning faol uslubi shakllanganda, qiyinchiliklar bilan kurashish tajribasi tarkib topganda, yolg’izlik motivatsiyalanganda) negativ yolg’izlik pozitiv ahamiyat kasb etishi ham mumkin.

Yolg’izlikka bo’lgan munosabatni uning sabablari va qanday idrok qilinishiga ko’ra tiplarga ajratish mumkin. Mualliflar tomonidan uning quyidagi tiplari ko’rsatib o’tilgan: shaxsiy tanlov bilan asoslangan salbiy sub'yektiv (internal salbiy); tashqi omillar bilan asoslangan salbiy sub'yektiv (eksternal salbiy); shaxsiy tanlov bilan asoslangan ijobiy sub'yektiv (internal ijobiy).

Psixologik-pedagogik yordam nuqtai nazaridan yolg’izlik hissi dinamikasini kuzatish juda katta qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Shunga qaramay o’qituvchiga o’quvchi shaxsining shakllanishidagi o’zgarishlarni “oldindan bilish ” imkonini beruvchi bir necha omillarni ko’rsatib o’tish mumkin;

Birinchidan, barqaror yolg’izlikni kelib chiqishiga qulaylik tug’diruvchi shaxs xususiyatlari ( xarakter sifatlari) ni aniqlash:

- yuqori darajadagi xavotirlik;

- ta'sirlanuvchanlik;

- xavoyilik( romantiklik);

- mustaqillik, sustkashlik, emotsionallik;

- odamovilik, indamaslik, o’zini chetga olish;

- yuqori darajada ruhiy azoblanish ( iztirob chekish);

- jizzakilik;

- itoatkorlik, qo’rqoqlik;

- individualizm( yakkalanish), tengdoshlariga o’xshamaslik.

Ikkinchidan, yolg’izlikning rivojlanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy va psixologik-pedagogik omillar:

- Oiladagi muhit ( oilaning to’liqligi, moddiy ta'minlanganligi,

a'zolari soni);

- O’quv faoliyatidagi muvaffaqiyatlar;

- Xulq-atvor reaktsiyalarining adekvatligi ( tashqi ta'sirlarga

mosligi).

Agar yolg’izlikning shakllanishiga olib keluvchi vaziyatlarni aniqlash oson bo’lsa, uni saqlanib qolishi va qanchalik uzoq davom etishiga ta'sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash mushkuldir. Yangi ijtimoiy guruhga tushib qolgan o’smirlar unga moslashishga, yangi muloqot doirasidagi kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qiladilar. O’smir uning yolg’izligiga sabab bo’lgan vaziyat oldida o’zini ojiz his qilsa, ruhi tushib ketadi va uni bartaraf etish uchun hech qanday qarorlar qabul qila olmaydi yoki aksincha, yolg’izligiga sabab bo’lgan vaziyatni to’liq anglash uni qat'iyat bilan harakat qilishga undaydi. Yolg’izlikning sababini to’g’ri tushunmaslik uni uzoq vaqt davom etishiga olib keladi.

O’z navbatida yolg’izlik pozitiv (ijobiy) potentsialga ham ega bo’lishi mumkin. Yolg’izlik o’ziga bog’lanib qolishning past darajasi omili sifatida o’zining maqomidan qoniqmaslik indikatori hisoblanadi. Bu esa ideallashgan shaxsni shakllantirishga undaydi.

O’zini yolg’iz his qilishga tengdoshlari guruhidagi va o’ziga bo’lgan munosabatlardagi muammolar ham ta'sir ko’rsatadi. O’ziga bo’lgan ishonchning pastligi, hayotiy rejalarning mavjud emasligi, o’zidan qoniqish va maqsadga intiluvchanlikning pastligi, o’zini hayotida ro’y berayotgan voqealarni boshqarishga qodir bo’lmagan inson sifatida idrok qilishi kabi qolatlar yolg’izlikning pozitiv potentsialini ro’yobga chiqarishning ichki sharoiti hisoblanadi.

O’smirlik davrida o’zini yolg’iz his qilish bilan “Men” kontseptsiyasining shakllanishi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgangan R.Bernsning ta'kidlashicha, “o’smirlik davrida o’zining “Men“ligini anglash barqarorlashadi, bir qator omillar ta'sirida o’zgarishlarga uchraydi. Birinchidan, jinsiy yetilish bilan bog’liq fiziologik va psixologik o’zgarishlar individning o’z tashqi qiyofasini idrok qilishiga ta'sir etmay qolmaydi. Ikkinchidan, kognitiv va intellektual imkoniyatlarning ortishi, “Men” kontseptsiyasining murakkablashuvi va ixtisoslashuviga, real va tasavvurdagi imkoniyatlarni farqlashga olib keladi. Uchinchidan, ijtimoiy muhit- ota-onalar, o’qituvchilar, tengdoshlari tomonidan qo’yilayotgan talab o’zaro mos bo’lmasligi mumkin. Ijtimoiy rollarning almashinishi, kasb tanlash, hayot tarzi, qadriyatlar tizimiga aloqador muhim qarorlar qabul qilish bilan bog’liq muammolar rolli ziddiyatlarni vujudga keltirishi, “Men - kontseptsiyasi”ning shakllanishiga ta'sir etishi mumkin”.

Bloss tomonidan ta'riflangan “emotsional va ob'yekt tashnaligi” mavjud yolg’izlik hissining kuchayishiga, uning surunkali bo’lib qolishiga olib keladi. Ichki bo’shliqni to’ldirish maqsadida o’smir o’zining muloqot doirasini kengaytirishga harakat qiladi. Ko’p hollarda bu tartibsiz tus oladi. Bunday vaziyatda yolg’izlikni his qilish ham sabab, ham oqibat sifatida namoyon bo’ladi.

O’smirlik davridagi “Men- kontseptsiyasi ” va jismoniy sifatlar o’rtasidagi bog’liqlik masalasini ilk bor E.Erikson (1968) ko’rsatib o’tgan. Uning ta'kidlashicha, shaxsning shakllanishi jarayon sifatida o’smir hayotining biologik, psixologik va ijtimoiy omillarining o’zaro ta'siri natijasidir.

Nisbatan past jismoniy ko’rsatkichga ega o’smirlar ancha muloqotchan, ijtimoiy faol bo’ladilar, chunki ular bu orqali ba'zi jihatlarning o’rnini to’ldiradilar (kompensatsiya qiladilar). har bir o’smir ana shu yolg’izlik davrining u yoki bu ko’rinishini- ishonchsizlik va ojizlikni boshidan kechiradi. Butun sinfda, butun maktabda, hatto butun olamda faqatgina u shunday degan qo’rquv paydo bo’ladi. O’smirning tasavvurida uni ko’zga ko’rinmas, o’tib bo’lmas devor boshqalardan ajratib turadi. Hech kim uni tushunmaydi. Yonidagi yoqimtoy dugonasi yoki do’stiga havas qiladi, u singari muammo va tashvishlardan holi bo’lishni xohlaydi.

Eng obro’-e'tiborga ega o’smir ham o’ziga ishonchsizlik bilan qarashi mumkin. “Mashhurlar guruhi”ni tashkil etuvchi o’smirlar ham kimnidir ulardan yuqori, kimdir esa pastda turishi mumkinligini qiyinchilik bilan tan oladilar. Bunday muammolarga ega inson yolg’iz u emasligini tasavvur qilish o’smir uchun juda qiyin. Agar u o’z muammolarini boshqalar bilan o’rtoqlashishni xohlab qolsa, tengqurlari uni oson tushunganliklariga hayron qoladi. Boshqa tomondan esa eng chuqur kechinmalarini o’smirlar sir saqlaydilar, uni hech kim tushunmasligiga qattiq ishonadilar.



I Bob bo’yicha xulosa

Eng to’g’ri tashkil etilgan tarbiya ta'sirida ham insonni yolg’izlik hissi tark etmasligi mumkin. U holda bu his shaxsning o’zgarmas xususiyatiga aylangan bo’ladi. Insonlar bir-birisiz yashay olishmaydi. Boshqa tomondan esa inson doimo o’zini yolg’iz his qilaveradi. U har doim muloqotga kirishishga, muloqot kislorodidan nafas olishga majbur. Behuda vaqt o’tkazishlar shaxsning rivojlanishi uchun hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Uni haqiqiy muloqot deb ham atab bo’lmaydi. Vaqt juda tez o’tib ketishi mumkin, biroq yolg’izlik hissi yanada yaqqolroq namoyon bo’laveradi. Inson o’zini tashlab qo’yilgandek his qilishi, ertami yoki kechmi kasal bo’lib qolishi mumkin. Ko’p hollarda zerikish yoki yolg’izlikdan xalos bo’lish uchun kishilar sayohat qilishni yoqtiradilar, biroq dunyoning narigi tomoniga borsa ham o’zidan qochib qutila olishmaydi.

Yolg’izlikning sabablaridan biri o’zining ko’p narsaga qodirligini saqlab qolishga intilish hissidir. Bunday sifatlar bolalikdanoq shakllana boshlaydi. Shuning uchun bolalar bilan munosabatlarda ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, muloqotchanlik ko’nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor berish zarur

Yolg’izlik hissini chuqurlashtirmaslik, sensor deprivatsiyaga aylanib ketishiga yo’l qo’ymaslik zarur. O’z holiga tashlab qo’yilsa har qanday muammoning yechimini topish qiyinlashib boraveradi. Insonda asta-sekin xulq-atvorning buzilishi, shaxslararo aloqa o’rnatishning yomonlashuvi kuzatiladi.



II-BOB. PSIXOLOGIYADA HAVOTIRLANISH MASALALARINI YORITILISHI

2.1. Havotirlanish psixologik fenomen sifatida

Shaxsdagi havotirlanish va qo’rquv xolatlari orqali insonda turli hil hissiy kechinmalar namoyon bo’lishi mumkin, hamda bu holat shaxs psixik salomatligi va kamolotiga ta’sir etishi mumkin. Bu boradagi g’oyalar sharq allomalari tomonidan ham ilgari surilgan bo’lib, shaxsning his-kechinmalari, havotirlanish va qo’rquv kabi tuyg’ularning namoyon bo’lishi holatlari haqidagi fikrlarini o’z asarlarida bayon etganlar.

Psixik xolat sifatidagi havotirlanish tushunchasi ko’p qirralidir. Shu sababli turli tadqiqotchilar havotirlik tushunchasini turli ma’noda qo’llaydilar.Ko’pincha havotir termini nohush, ichki emosional tusdagi holatdir. Bu holat zo’riqish, bezovtalik g’amginlikni xis qilish kabi fiziologik jihatdan avtonom nerv sistemasining faollashuvi sifatida tavsiflanadi. Havotirlanish holati inson muayyan qo’zg’atuvchini xavf, taziyk, ziyon elementlari mavjudligi sifatida idrok qilish natijasida kelib chiqadi. Insonda havotirlik holatini vujudga keltirish mumkin bo’lgan stress darajasi o’z intensivligi bo’yicha o’zgarib boradi.

Shaxs hislati sifatidagi shaxsiy havotirlanish qanchalik tez-tez va intensiv tarzda yuzaga kelishiga qarab aniqlanishi mumkin. Havotirlanish holati yorqin ifodalangan shaxs atrofimizni o’rab turgan dunyoni xavf-xatar, qo’rqinch taxlika tariqasida idrok qilishga moyil bo’ladi. Aksariyat chet ellik psixolog olimlar havotirlanishga shaxs xolati sifatida qaraganlar va shu mazmunda bir qator nazariyalarni yaratganlar.

Filips, Marlin va Mayers o’z tadqiqotlari natijasida havotirlanish stressning turli shakllari natijasida hosil bo’lishi mumkin degan fikrga keldilar. Filips va uning hamfikirlarining takidlashlaricha, emosional holatga o’qituvchi xavotirlanish bilan shaxsning nisbatan barqaror hislati sifatidagi havotirlanish o’rtasidagi konseptual farq mavjud. Bunday fikrni Kettel va Shreyer xam o’z tadqiqotlarida aniqlab bergan edilar. Xozirgi davrgacha muammoning ushbu tomoniga yanada ko’proq e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu muammo I.G.Serazan ishlarida ham markaziy o’rinlaridan birini egallaydi. Olimning fikricha bilimlarni nazorat qilish jarayonida namoyon bo’ladigan havotirlanish bunday vaziyatda shaxsning havotirini his qilish moyilligi kabi individual farqda o’z aksini topadi. Havotirni holat va hususiyatga ajratish Bekning stressga nisbatan sezgirlik kabi shaxs hislati psixosomatik simptomlarining rivojlanishida muhim omil ekanligi haqidagi taxminida ham kuzatiladi. Bekning ta’kidlashicha havotirlanish holati psixofiziologik buzilishlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.Demak, ko’pchilik tadqiqotchilar aynan stress havotirlanish holatini yuzaga keltiradi deb hisoblaydilar. Bundan tashqari havotir va boshqa emosional holatlarining faollashuvi kognitiv omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Ba’zi tadqiqotchilar havotirlanish turli tuman tarkibiy qismlardan tuzilgan murakkab jarayon deb qaraydilar.

Havotirlanish shaxs xususiyati va holati sifatida fikrlash uni jarayon sifatida tushunishni talab qiladi. Ushbu yondashuvga binoan havotirlanish kognitiv effektiv va xulq atvor reaksiyalarini izchilligi bo’lib, ular stresning turli shakillari tasiri natijasida faolashadi dep qaraladi havfni kognetiv baholash havotirlanish holatini vujudga kelishiga olib keladi yoki bu holat intensivligini darajasini oshirib yuboradi.Shunday qilib havotirlanish holati umumiy havotirlanish jarayoni tarkibiga kiradi. Havotirlanishni jarayon sifatida qarovchi nazariya esa quydagi komponentlarni qamrab olgan:Stres havfini idrok qilish bilan bog’liq hovotirlik holati.

Vujudga kelgan havotirlanish stres vaziyatlarini ortiqcha baholash jarayoni bilan kechadi. Vaziyatni ortiqcha baholash esa stres kechimalarini yumshatish imkonini beruvchi muayan mexanizmlarni tanlashga yordam beradi. Shuningde, u havotirlanishni hosil qiluvchi shaxsni vaziyat chegarasidan tashqariga chiqish, undan qochish mexanizmlarini faolashtiradi.

Agar stresdan qochish yoki uni bartaraf etish imkoni mavjud bo’lmasa havotirlanishni kamaytirish vazifasi bajaruvchi psixalogiya himoya mexanizmlari ishga tushadi. Bu mexanzmning tarkibiy qismining yengish, inkor etish proyeksiya va shu kabilar havotirni keltirib chiqaruvchi idrok etishni buzub ko’rsatadi.

Z. Freyd bo’yicha obyektiv havotir shunchasi o’z ichiga tashqi dunyadagi havfning rial vazifasini qamrab oladi. Bu vaziyat shaxs tomonidan taxlika xavf xatardek idrok etiladi. Xavfni idrok etish esa, emosional reaksiya hosil qiladi. Nevrotik havotir xavf-xatar manbai, tashqi dunyoda emas, balki shaxsning o’zida uning ichki dunyosida mavjud bo’lishi bilan obyektiv farq qiladi.

V.V. Davidov, Yu.L. Xamil takidlashicha havotirlik holati terminini muayan vaziyatda, obyektiv havf mavjud yoki mavjud emasligidan qatiy nazar insonda vaziyani havfli, taxlikalidek idrok qilish natijasida yuzaga keluvchi imotsional holatlar yoki muayan reaktsialar majmuyini aks etirish uchun qo’lanilishi kerak. Agar inson vaziyatni havflidek baholasa, unda u havotir holatining kuchayib borayotganini his qiladi. Bu holat esa negativ imotsionalholat bo’lib zo’riqish havfsirash, notinchlik hislarini o’z ichiga oladi hamda nerv sistemasining faoliyatini oshishi bilan birga kechadi havtirlanish holatini uning tashkil etuvchi reaksiyalar hususiyatlari asosida to’laqonlik batafsil aniqlanishi mumkun.

Havotirlanish holati ko’proq mexnatning u yoki bu turlariga insoning yaroqliligini muayan taraflarida ko’rinadigan bir omil hisoblanadi va uning qurshagan atrof voqeliklari tez o’zgaruvchan sharoitlarga moslashishda katta ro’l o’ynaydi.K. K. Platonov havotir havotirlanish namoyon bo’lishini turli havfga imotsional tasirining bir shakli sifatida yozadi. G. Shumkov hali Yapon-Rus urushi vaqtida havotirlanish kutilishi va qo’rqinch tshunchalarini ajratgan edi. Havotir deb ko’rsatadi u bu ham kutish ammo bizni qiziqtiradigan o’zining ohirida bu yoqimlimi yoki yoqimsiz bo’ladimi, biz uchun malum bo’lmagan, qo’zg’atadigan hayajonlantiradigan hodisani kuzatilishi sifatida ko’rsatiladi. Havotirlanish tshunchasining har hil izoxlanishiga qaramasdan barcha mualiflar bu shaxsning zamonaviy psixalogiyasida murakkab muamolaridan biri va buni o’rganishda zarurligida diqatni qaratadi.Havotirlanish holatini o’rganayotib bizning fikrimizcha shaxsning ekstroversiya- intraversiya va kuch – asab tiziminig holsizligi singari shaxsning inteegral tavsifnomsi simtomlariga diqatni qaratish kerak.Yuqorida keltirilganlardan, shunday hulosa chiqarish mumkunki, havotirlanish holatini tadqiq etish shaxni o’rganishda ham muhim jixat hisoblanadi.


Download 76,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish