Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 76,74 Kb.
bet1/5
Sana12.12.2019
Hajmi76,74 Kb.
#29740
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BMI tayyor

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
“Himoyaga ruhsat etildi”

Fakultet dekani

__________PhD X.SH.Qodirov

__”________2019 yil


5110900 – Pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi IV bosqich talabasi

Rashidova Dildora Abdumalikovnaning
XULQI OG’ISHGAN QIZLARDA XAVOTIRLANISH VA YOLG’IZLIK XISSI O’ZARO BOG’LIQLIGINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Talaba:________________D.A.Rashidova
Ilmiy raxbar:___________N.G.Kamilova
Himoya tavsiya etilsin”

Psixologiya kafedrasi mudiri:

Ps.f.n dot________N.Xalilova

__”_________2019 yil



Toshkent-2019 yil
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustaxkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda.

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirish jarayonida hayotimizning barcha jabhalarida “Inson omili”ning roli ortib borishi kuzatilmoqda. Xozirgi davr yuksak qobiliyatli mutaxasislarni tayyorlashga nisbatan talab kun sayin ortib bormoqda, modomiki, shunday ekan alohida olingan shaxslardagina emas, balki, mehnatkashlarning ijodiy imkoniyatlarini iloji boricha ko’proq rivojlantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitda inson va uning intelliktual salohiyatiga aloqador fanlarning ro’li ortib borishi, xar bir inson shaxsida mavjud va yashirin tarzdagi imkoniyatlardan foydalanish, ularni ro’yobga chiqarish, yo’l-yo’riqlarini nazariy jihatdan ishlab chiqish extiyoji namoyon bo’lmoqda.

Bugungi kunda agressiya, tajovuzkorlik va zo'ravonlik, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning ortishi hollari juda ko'p kuzatilmoqda. Shu sababli inson agressiv xulq-atvorining namoyon bo'lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorning oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini o'rganish, uni korreksiya qilishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish psixologlar uchun dolzarb masala bo'lib kelmoqda.

Ma’lumki, shaxs kamolga yetib borar ekan unga atrofdagi tashqi muhit, shaxslararo munosabatlar, ta’lim olayotgan muassasasi hamda oilaviy muhit tizimli ravishda ta’sir ko’rsatadi. Shu bois, shaxs hayotida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda salbiy jihatlar ham farqlanadi. Bu esa, o’z-o’zidan shaxsda emosional holatlarda zo’riqish, havotirlanishni yuzaga kelishiga olib keladi va shaxsningkamol topishiga to’sqinliq qiladi.

Havotirlanish – bu odamning doimo o’zini tashvishli his etishi, turli vaziyatlarni xatarli holat sifatida idrok etishga moyilligidir. Havotirlanishning boshdan kechirilishi ham individual hususiyat bo’lib, bunday his noaniq boror xavf oldidan paydo bo’ladi. Havotirlanish ro’y berishi mumkin bo’lgan yoki ehtimol tutilgan noxushliklar, odat va vaziyatdagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. U tashvishli harakatlarda, holatning keskinligida va hokazolarda namoyon bo’ladi. Havotirlanishning yuqori darajada bo’lishi, odatda, faoliyatning samaradorligini pasaytiradi, shaxsda turli xil ziddiyatli xulq-atvori bilan birga kechadi. Odatda havotirlanishning shaxs hususiyati sifatidagi va vaziyat bilan bog’liq ikki turi farqlanadi. Shaxs xususiyati sifatidagi havotirlanish asab tizimining xususiyatlari va uzoq davom etadigan nohush muloqot bilan belgilanadi. Vaziyat bilan bog’liq havotirlanish yoki reaktiv havotirlanishlar aniq vaziyat bilan bog;liq bo’lgan va undan tashqarida namoyon bo’lmaydigan tashvishli holatdir.

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Havotirlanish va yolg’izlik mua’mmosi turli nazariy konseptual yondashuvlar asosida horij, rus va o’zbek psixologlari tomonidan tadqiq etilgan. Horij psihologlari: Z. Freyd, R. Mey, X. Maurer, N. Miller, D.Boulbi, K. Izard tomonidan hovotirlanish va yolg’izlik muammosi o’rganilgan MDX mamlakatlari olimlaridan I. Sechenov , I. Pavlov, A. Uxtomskiy, A. Prixojan, A. Zaxarov va boshqalar havotirlanish, qo’rquv holatining namoyon bo’lishi, uning kelib chiqish mexanizimlarini o’rganish borasida taqiqotlar o’tkazib bu ikki emotsional holatning oxshash va farqli tamonlarini asoslab berganlar. O’zbekistonlik psixologlardan shaxsning hisiy – imotsional sohasini tadqiq etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari R.I. Sunnatova, M. Rasuleva, G. Xrulnova, Sh.T. Alinbayeva boshqalar tomonidan olib borilgan.

O’smirlik davri o’zinig betakrorligi, mustaqilliligi, ijodiyligi, tanqidiyligi va boshaqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu davr o’zining murakkabligi o’smir shaxsida o’ziga o’zgalarga nisbatan tanqidiylikni shakllanishi bilan bo’liqdir. Aynan o’smir shaxsining shaxs sifatida shakllanishida emosional jarayonlarning o’rni muhim hisoblanadi. Chunki xar qanday shaxs taraqqiyotida emosional jarayonlarning ro’y berishi hamda uni oqilona boshqarishni o’rganish hozirgi kun uchun dolzarb muammo bo’lib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan olganda, o’smirlik davrida havotirlanish holatlarini o’rganish muammoga nisbatan o’ziga hos yondashuvni yuzaga keltiradi.



Tadqiqotning maqsadi: Xulqi og'ishgan O’smir kizlarda havotirlanish holatini va yolg’izlikni yuzaga keltiruvchi psixologik omillarini o’rganish, hamda uni bartaraf etish usullarini aniqlash

Tadqiqotning predmeti: Xulqi og'ishgan kiz bolalarda havotirlanish va yolg’izlik xissini namoyon bo’lishi va uni korreksiya qilishning psixologik xususiyatlari

Tadqiqot ob’ekti: O’smir kizlar

Ilmiy faraz: Xulqi og'ishgan kizlarda havotirlanish va yolg’izlik xislarini yuzaga kelishi ulardagi o’z-o’ziga bo’lgan bahoning noadekvatligi, o’z imkoniyatlarini to’la baholay olmaslik, shaxslararo munosabatlar tizimidan qoniqmasligi bilan belgilanishi mumkin. Havotirlanishni bartaraf etishga yo’naltirilgan korreksion mashg’ulotlar o’smirlardagi yolg’izlik xissini bartaraf etishga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotning vazifalari:

1) Muammoning o’rganilganlik darajasini aniqlash.

2) Tadqiqotni eksperimental modelini yaratish.

3) Xulqi og'ishgan kizlarda yolg’izlik bilan havotirlanish holati orasidagi bog’liqligini va farqli jihatlarini o’rganish.

4) Natijalarni miqdor va sifat jihatidan taxlil qilish.

5) Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.



Tadqiqot metodlari:

1) Kuzatish

2) Suhbat

3) Yolg’izlikni o’lchash modifikatsiyasi

3) Shaxsiy havotirlikni o’rganish metodikasi

4) Matematik statistik natijalarni miqdor va sifat taxlili



MUNDARIJA

KIRISH...........................................................................................................3

I–BOB. YO’LG’IZLIK MUAMMOSINI PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA O’RGANILGANLIGI................................................6

1.1. Yolg’izlik tushunchasining psixologik talqini.......................................6

1.2. Yolg’izlik xorij psixologlarining tadqiqot ob’yekti sifatida.................12

1.3.O’smirlik davrida yolg’izlik xissini namoyon bo’lishi.........................26



Bob bo’yicha xulosa..............................................................................31

II BOB. PSIXOLOGIYADA HAVOTIRLANISH MASALALARINI YORITILISHI.....................................................................................................32

2.1. Havotirlanish psixologik fenomen sifatida......................................32

2.2. Xorij psixologlari tadqiqotlarida havotirlanish masalasi.................35

2.3. O’smirlik davrida havotirlanishni shakllanishi................................44



Bob bo’yicha xulosa..............................................................................46

III BOB. SHAXSDA HAVOTIRLANISH HOLATLARINI VA YOLG’IZLIK XISSINI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI..........................................................................................................47

3.1. Havotirlanishni bartaraf etishga ta’sir etuvchi omillar...........................47

3.2. Yolg’izlik xissini bartaraf etishga ta’sir etuvchi omillar........................52

3.3. O’smirlik davrida havotirlanish va yolg’izlik xissini korreksiyalash natijalari.................................................................................................................65



Bob bo’yicha xulosa..............................................................................73

XULOSA VA TAVSIYALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

ILOVALAR
I–BOB. YO’LG’IZLIK MUAMMOSINI PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA O’RGANILGANLIGI

1.1. Yolg’izlik tushunchasining psixologik talqini

So’nggi paytlarda olimlar tomonidan keksa yoshdagilar yolg’izligi muammosi bilan bir qatorda o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi yolg’izlik masalasiga ham e'tibor qaratila boshlandi. O’smirlik davrida paydo bo’ladigan “Yosh bo’lish osonmi?” degan savol o’rniga “yolg’iz bo’lish osonmi? ” degan savol vujudga keldi. Bizning davrimizda o’quv faoliyatining jadallashuvi va texnologiyalashuvi ochiq muloqot qilish ko’nikmalari shakllanishini qiyinlashtirdi hamda o’quvchilar yolg’izligini kuchayishiga qulaylik tug’dirmoqda. Ayniqsa bu muammo ta'lim murakkab dasturlar asosida amalga oshiriladigan umumta'lim maktablarida yanada yaqqol namoyon bo’ladi.

E.Fromning ta'kidlashicha, yolg’izlik erkin shaxsning barcha rivojlanish bosqichlari uchun xos bo’lgan universal va barqaror kechinmadir. Boshqa tadqiqotchilar esa yolg’izlik holatini vaqtinchalik holat uni fenomen darajasiga ko’tarish shart emas deb hisoblaydilar. Yolg’izlik muammosini chuqurroq tahrir etish juda ko’plab qiziqarli savollarga javob topish imkonini beradi.

O’smirlarda yolg’izlik shakllanishining ilk bosqichlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotchiarning ta'kidlashlaricha, o’smirlik davrida o’z-o’zini anglash yolg’izlik fenomeni bilan hamohang kechadi. O’z -o’zini anglash o’smirlik davrida o’zining tashqi ko’rinishdagi o’zgarishlarga o’z-o’ziga bo’lgan qiziqishning natijasi hisoblanadi. O’smirning jismoniy va ruhiy holatidagi keskin o’zgarishlar nizoli va og’ir kechadi. O’smir atrofdagilarni oson ideallashtiradi, shuningdek ulardan tez ko’ngli qoladi, chuqur axloqiy, ruhiy hissiyotlar, dunyoqarashlar iskanjasida qoladi. O’smirning nazarida atrofdagilar uni tushunayotganday tuyuladi, o’z xayolidagi qahramonining timsoli bilan yashaydi. O’smir doimo qahramonliklar ko’rsatishga, o’z yo’lida duch kelgan muammolariga qarshi kurashishga harakat qiladi. Shu yo’l bilan atrofdagilarga o’zining katta bo’lib qolganligi, o’z mustaqilligi, o’z shaxsining noyobligini isbot qilishga harakat qiladi va bu jarayonda o’z-o’zi bilan suhbat quradi, yolg’izlik holatini boshidan kechiradi. O’z o’y-xayollari bilan tanho qolish o’smirga real hayotda erishishning imkoni bo’lmagan turli holatlarni xayolida boshdan kechirish imkoniyatini beradi. “Yolg’izlik tabiiy holat, u o’smir ichki hayoti, ichki dunyosining shakllanayotganligidan darak beradi” -deb yozadi I.S.Kon. 1

O’smirlik davridagi barcha jarayonlar kabi o’ziga xos individuallik ham qarama-qarshi xususiyatga ega. Inson o’z -o’zini anglar ekan, kutilmaganda o’zining butunlay yolg’izligini his qiladi. Xuddi shunday o’smir ham "o’z meni"ni himoya qilar ekan, yolg’iz qolishga intiladi, yolg’izlikda o’z-o’zini anglagandan so’ng esa tanholikdan qutilishga harakat qiladi. Endilikda yolg’izlikdan qutulishning yo’li odamlar bilan muloqot qilish, ularning qo’llab quvvatlashlariga erishishdir.

O’smirni yolg’iz mavjudot sifatida tasvirlash - bu romantik tasvir. Romantik - demak amalda yo’q, to’qilgan. Bunga ishonish qiyin. Navbatdagi qarashda o’smirlik davridagi yolg’izlikni o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hodisadir. Bu yoshda cheklanish va yolg’izlik ichki, shaxsiy psixologik jarayon emas, balki o’smirlarning hayotiga bo’lgan munosabatlari xususiyatidir, deb tushuntiriladi. Shunday qilib o’smirlik yoshida (11 - 14 yosh) yolg’izlik nisbatan yuzaki kechuvchi holat sifatida qaraladi. I. S. Kon, -yolg’izlikni, o’smirlikka xos xususiyat, jiddiylik, ruhiy jihatdan moyillik deb, ta'kidlaydi. O’z ichki dunyosida juda muhim, quvonchli hodisa, ayni damda ko’plab tashvishli holatni keltirib chiqaradi. O’zining betakrorligi, g’aroyibligini his qilish, anglash, yolg’izlikni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. O’smirlik yoshida "Men" siymosi hali to’liq shakllanmagan, ko’pincha ichki hislarining bo’shab qolishini nima bilandir to’ldirish ehtiyoji paydo bo’ladi. Natijada muloqotga ehtiyoj, muloqot ob'yektining tanlanganligi, yolg’iz qolishga bo’lgan ehtiyojning paydo bo’lishi kuzatiladi. Bulardan tashqari o’tish yoshida "yolg’izlik" va cheklanganlik tushunchalarining mazmun mohiyati haqidagi tasavvurlar ham o’zgarib boradi. bolalar bu holatni jismoniy holat deb baholasalar, o’smirlar bu tushunchalarni boshqacharoq anglaydilar, ba'zan salbiy, ba'zan ijobiy sifatlarini qayd etadilar. O’smirlik yoshida yuzaga keladigan yolg’izlik holati qanday sababga ko’ra paydo bo’lganligidan qat'iy nazar bu holatni o’smirlarning o’zlari qanday baholashlari, undan qanday foydalana olishlari muhim. Yolg’izlik holatidan samarali foydalanish salbiy tassavurlarni bartaraf etadi. Inson yolg’izlikda takomillasha boradi. inson qalbida o’zgalarga mehr, hamdardlik, rahmdillik kabi xislatlar rivojlanadi. O’smirlik yoshida bunday ijobiy sifatlarni tarkib topishi inson hayotining sermazmun bo’lishiga sabab bo’ladi. quyida biz yolg’izlik holatiga yaqin begonalanish muammosi xususida ham biroz fikr yuritishni lozim topdik.

O’smir o’z qiziqishlariga mos o’rtoqlar davrasini qidiradi. Agar o’smir o’zini qoniqtirgan guruhni topolmasa juda qiynaladi, o’z imkoniyatilariga nisbatan shubha paydo bo’ladi, o’zini yolg’iz his eta boshlaydi. O’smir o’zini ruhan nosog’lom hisoblaydi.Yolg’izlik muammosi o’zining kelib chiqishiga ko’ra chuqur ildizga ega. Avvalo u ruhiy kasallik. Odam bolasi onasining qornida o’tirar ekan, o’zini himoyalangan his qiladi. Shu holat insonda bir umrga saqlanib qoladi va u shu tuyg’u bilan o’ziga sherik, hamdard qidirishga intiladi. Kishi xorda maroq bilan qo’shiq kuylaganda ham o’zini odamlar bilan hamohang his qiladi.

Yolg’izlikda ham o’ziga xos xususiyatlar uchraydi. Masalan, oilada o’zini yolg’iz sezish. Kishi o’z umr yo’ldoshi bilan birga yashasa-yu ammo o’zini yolg’iz sezsa, bu og’ir psixologik holatni keltirib chiqaradi. Chunki mazkur juftlik bir—birini sevishga, g’amxo’rlik qilishga bir-birlariga va'da bergan edilar, amalda esa bu yo’q.

Agar inson o’zini yolg’iz his qilsa, o’zgalarda ham shunday holat borligini tushunadi. O’zaro muloqot jarayonida inson yolg’izlikdan qutuladi. har qanday holatdan chiqib ketish yo’li - bu harakatdir.

O’smirlik davrini ilmiy jihatdan o’rgangan olimlar bu yosh davri o’z-o’zini anglashining o’tish bosqichi deb ta'kidlaydilar. O’z hayoti, tashqi ko’rinishi, o’z shaxsiga bo’lgan qiziqishining o’zini anglashining yuzaga kelishi o’smir hayotining yuqori pog’onaga chiqqanligidan darak beradi. O’smir hayotidagi keskin o’zgarishlar, axloqiy sifatlardagi o’zgaruvchanlik u yashab turgan muhitga nisbatan norozilik hissini uyg’otish ham mumkin.

O’smirning "Men"i noaniq. Ichki bo’shliqning mavjudligi holatini nima bilandir to’ldirish zarur. O’zgalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji paydo bo’ladi. O’smir o’z yaqinlaridan hamdardlik, tan olinishini istaydi. Garchi o’smirlar oilada mehr-muhabbat bilan parvarish qilinsada, o’z muammolarini oila a'zolari bilan hal etishni, ota-onalarning maslahatlariga amal qilishni yoqtirmaydi. O’smirlar tengdoshlaridan biri bilan o’zaro ishonchga asoslangan munosabatlar o’rnatishga harakat qiladilar. O’smir hayotida shaxsning axloqiy sifatlari majmuasi o’z o’rniga ega va yolg’izlik holatidan chiqib ketishiga monelik qiladi. Zamonaviy dunyoda o’zini yolg’iz sezgan o’smirlar ko’plab uchramoqda. Bu o’rinda shaxsning yolg’izlik holati psixologik ko’rsatkich sifatida namoyon bo’ladi va yolg’izlikni boshdan kechirishda o’ziga xos ishonchli indikator vazifasini o’taydi. Yolg’izlikni uzoq muddat boshdan kechirish begonashishga olib keladi.

Yolg’izlik holatining og’ir kechishi salbiy ruhiy holat bo’lib, unda o’smirning o’zini yomon his etishi, o’zini boshi berk ko’chaga kirib qolganidek his etishi kuzatiladi. O’smirlik davrida o’z atrofidagi olamgagina emas, balki o’ziga ham ijobiy yoki salbiy munosabatda bo’ladi. O’smir o’z-o’ziga bo’lgan munosabatidan ba'zan xush yoki noxush tuyg’ular kechirib yashaydi. Ayrim qizlar o’z xusnidan mamnun yoki ko’rimsizligidan xafa bo’lishi, o’z xulq -atvori va qobiliyatidan rozi yoki norozi bo’lishi ham mumkin. aynan shu sababli ham o’zgalarga qo’shilmaslik, yolg’izlikka moyillik ham paydo bo’lishi mumkin. O’smir o’z kuchiga mahkam ishonishi yoki ishonmasligi mumkin. bu kabi tuyg’ular o’smirlikning o’z-o’ziga baho berishidan paydo bo’ladi, natijada bola o’zidan mamnun yoki aksincha norozi va mayus tuyg’ularni his etadi. Ammo ba'zi o’smirlar o’z-o’ziga ortiqcha baho beradilar va o’zlarida haqiqatda yo’q fazilatlarni borligiga ishonib, bundan mamnun bo’lib, kekkayib, maqtanib, xatto o’rtoqlari oldida ham o’zlariga ortiqcha bino qo’yib yuradilar. Bunday o’smirlar xatto oddiy tanqidga ham chiday olmaydilar. Shuning uchun ham bolalarni kichikligidan ortiqcha maqtayverish, erkalatish ham yaramaydi. Ba'zan o’z kuchiga ishonmaydigan, o’z fazilatlarini sezmaydigan, o’z-o’zidan norozi bo’lib yuradiganlar ham uchraydi. Bu tuyg’u o’z-o’zini kamsitib baho berishdan paydo bo’ladi. Chunki o’z kuchiga ishonmaganliklaridan g’ayrat va tashabbus ko’rsatib ishlashga botinolmaydilar, ortiqcha tortinchoq, xarakter jihatdan yuvvosh bo’ladilar. Bunday o’smirlar alohida tarbiyaga, e'tiborga muhtojdirlar. O’ziga to’g’ri baho berib, o’z qadrini bilish, mag’rurlanib ketmaslik, o’ziga tanqidiy ko’z bilan qaray bilish, tanqidga chidash va boshqalarning o’zi haqidagi fikrlarini to’g’ri qabul qila bilish ham ijobiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. O’smirlarni buyuk ishlarni amalga oshirish ruhida tarbiyalash kerak. Ilmga bo’lgan chuqur tuyg’u, kuchli ehtiros, xususan dunyoviy fanlarga qiziqish, haqiqatga intilish katta ahamiyatga ega ijobiy tuyg’ular o’smir faoliyatida ma'naviy madad beradi, intellektual mehnatga bo’lgan qobiliyatini kengaytiradi, ijodiy ishlarni serunum qiladi. Shuning uchun "Sevinch yo’q, qayg’u yo’q, ko’klam yo’q - xazon" degan edi G’afur G’ulom. O’qituvchi o’smirlarga nisbatan juda sezgir va e'tiborli bo’lishi, har qanday maqsadsiz, sababsiz ohangda gapirish, nafaqat tarbiyaviy ta'sir ko’rsatib qolmay, balki o’smirning qattiq ranjishi, unda norozilik his-tuyg’ularini uyg’otish mumkinligini unutmasligi kerak. Chunki, o’smirlarda oliy hislar tez rivojlanadi. Intellektual hislar ko’p narsa bilib olishga intilish, o’quv fanlariga qiziqishga imkoniyat tug’diradi.

Ijtimoiy muhitning, jamoaning shaxsga ta'siri to’qrisida gapirilar ekan, ijtimoiy psixologiya ishlab chiqayotgan referent guruh tushunchasiga e'tibor berish lozim. Gap shundaki, hamma odamlar ham, hatto eng yaqin tevarak-atrofdagi odamlar ham o’smir shaxsiga ta'sir qilavermaydi, ko’plarning fikrlariga u befarq qaraydi. har bir odam uchun bo’lganidek, har bir o’smir uchun ham ayrim guruhlar (ba'zan bunday guruh bir kishi tarkib topgan bo’lishi mumkin) mavjud bo’ladi, u shaxs sifatida bu guruhlarning fikrlari, o’zi uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan mulohazalari bilan hisoblashadi. Oila, sinf, sinfdagi ayrim o’quvchilar, ba'zi o’qituvchilar, hovlidagi ulfatlar, yaqin do’st va hokazolar muayyan o’smir uchun ana shunday referent guruhlar bo’lishi mumkin. O’smirning tez-tez uchrab turadigan tarbiyaviy ta'sirlarga befarq yoki salbiy munosabatda bo’lish hollariga ko’pincha o’quvchining tarbiyachiga ma'lum bo’lmagan referent guruh pozitsiyasida turishi sabab bo’ladi. A.A.Petrovskiyning oqilona fikriga ko’ra, agar tarbiyachi, o’smir - hech narsa va hech kim bilan hisoblashmaydi, uning uchun hech qanday obro’li odamlar yo’q, unga hech kim ta'sir qila olmaydi, deb da'vo qiladigan bo’lsa, bu narsa odatda tarbiyachining o’smir axloqiy poeziyasini belgilab beradigan ta'sirli referent guruhlardan mutlaqo xabarsiz ekanligini bildiradi.

Agar referent guruhning qiziqishlari, ideallari va maqsadlari ijtimoiy ahamiyat xarakterini kasb etgan bo’lsa, uning ta'siri juda yaxshi bo’ladi. Buroq buning aksi ham bo’lib turadi. Agar o’smirga har xil nuqtai nazardagi yoki xatto bir-biriga qarama-qarshi nuqtai-nazarlardagi bir qancha referent guruhlar (masalan, kollej (maktab) va oila, kollej (maktab) va hovlidagi ulfatlar va boshqalar) ta'sir etadigan bo’lsa, odatda bu narsa og’ir psixologik kechinmalarga yoki yo’ldan ozish hamda to’qnashuvlarga ham olib kelishi mumkin.

Shaxs bir butun mavjudot bo’lib, undagi har bir sifat boshqa sifatlar bilan uzviy ravishda bog’lanib ketgan bo’ladi, binobarin, shaxsning har bir xislati uning boshqa xislatlariga bo’lgan munosabatlariga qarab o’z ahamiyatini, ko’pincha mutlaqo har xil ahamiyatlarni kasb etadi. Masalan, qat'iylik uzoq muddat davomida maqsadga erisha olish xislati sifatida qiyinchiliklar va to’siqlarni yengib, yuksak ma'naviy hislar, taraqqiy etgan jamoaviy hissi bilan birga qo’shilgan taqdirdagina ijobiy ahamiyat kasb etadi. Agar bu xislat kuchli taraqqiy etgan xudbinlik ehtiyojlari bilan jamoa, boshqa kishilar manfaatlarini mensimasdan, shaxsiy manfaatlarga erishishga intilish bilan bog’liq bo’lsa, mutlaqo boshqacha mazmun kasb etadi. Jasurlik o’zining ehtiyotkorlik va o’ylab ish qilish bilan, impulsivligi bilan, yuksak g’oyaviy yoki mayda mag’rurlik hamda o’zini katta olishlik bilan birga qo’shilib ketganligiga qarab mutlaqo har xil mazmun kasb etadi. xatto o’rtoqlik va jamoaviylik hissiga ham abstrakt tarzda qarab hamda baholab bo’lmaydi. Bu sifat hamkorlikdagi faoliyat sharoitida yuksak ijtimoiy foydali maqsadlar tufayli yoki shaxsiy, ammo axloqqa zid kelmaydigan maqsadlar tufayli yoki u hammaning bir-biriga kafilligi hissiga aylanib ketadigan jamiyatga qarshi axloqsiz maqsadlar tufayli yuzaga kelish-kelmasligiga qarab, mutlaqo boshqacha mazmunga ega bo’ladi. Shuning uchun ham, insonni qismlarga ajratib tarbiyalab bo’lmaydi, shaxs hamma vaqt bus-butunligicha tarbiya qilinadi, deydilar.




    1. Yolg’izlik xorij psixologlarining tadqiqot obyekti sifatida

Yolg`izlik hissi ko`plab olimlarni qiziqtirgan va bugungi kunda ham qizqtirayotgan muammolardan biri bo`lib,ko`plab olimlar tomonidan o`rganilgan.

Zamonaviy olimlar ilmiy izlanishlari va tadqiqotlarining natijalariga ko`ra, bugungi kunda yolg`izlik tushunchasining tub mohiyati,uning genezisi va namoyon bo`lishning o`ziga hosliklari mavjud emas.Yolg`izlik hissining ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida o`rganilishini biz K.A.Abulhanova-Slavskaya, L.I.Starovoytova,G.M.Tixonov, C.G.Trubnikova, J.V.Puzanova ishlarida, yolg`izlik hissining madaniy-tarixiy shakllarining o`rganilishini N.Ye.Pokrovskiy, S.A.Vetrov, Yu.M.Shvalb,O.V.Dancheva ishlarida kuzatamiz. I.S.Kon,O.B.Dolginova, N.V.Pereshina kabi olimlar esa o`smirlik davrida kechadigan yolg`izlik hissining psixologik o`ziga hosliklarini o`rganish yuzasidan o`zlarining tadqiqot ishlarini olib borganlar.

Yolg`izlik hissi muammosining nazariy tahlillar ushbu holat ilk bor o`smirlik davrida shaxsiy identivlikni va tashqi olam bilan muloqot qidirilganida boshqa yosh davrlariga nisbatan ancha kuchli shaklda namoyon bo`lishini ko`rsatdi (R.S.Veys,I.S.Kon, G.S.Sallivan,S.V.Malisheva,O.B.Dolginova).

Ushbu muammoning anchagina chuqur nazariy mazmunini yoritishga intilish XIX asrning o`rtalariga kelib boshlandi.Bu davrda deyarli barcha falsafiy maktab va yo`nalishlar yolg`izlik fenomenini yoritishga intildi (E.Fromm, B.Frankl, J.P.Sartr, A.Kamyu,K.Yaspers)

G`arb psixologiyasida yolg`izlik hissiga oid bir qancha nazariy yondoshuvlar ishlab chiqilgan bo`lib bular quyidagilarni o`z ichiga oladi: neofreydistik, gumanistik, ekzistensial-sotsiologik, interaksionistik, kognitiv.

Sobiq Sovet psixologiyasida yolg`izlik hissi muammosi yuzasidan mavjud bo`lgan yondoshuvlarni ijobiy va salbiy holat hisoblangan ikkita konseptual yo`nalishga birlashtirish mumkin.

I.P.Shkuratovaning ta'kidlashicha, muloqotdagi qiyinchiliklarni o’rganishda uning rang-barangligini, muloqotga kirishuvchilarning o’zaro ta'sir etish texnikasini yaxshi bilmasliklari, ijtimoiy pertseptiv funktsiyalarning yaxshi rivojlanmaganligi kabi holatlarni e'tiborga olish zarur.

Yolg’izlik muammosi chet el psixologiyasida mashhur muammolardan hisoblanadi. Psixodinamik nazariyotchilari (Z. Freyd, J. Zilburg, X. Sallivan, E. Fromm), interaktsionistlar (R. Veys), kognitivistlar ( L E. Peplo, D. Perlman), fenomenalistlar (K. Rodjers), ekzistentsionalistlar (P. Sartr, A. Kamyu, K. Mustakas, V. Frankl, I. Yalom) va boshqa yo’nalish namoyondalari yolg’izlik muammosining u yoki bu tomonlari bilan shug’ullanganlar.

Rossiyada yolg’izlik ijtimoiy psixologik fenomen sifatida (K.A.Abulxanova-Slavskaya, L.I. Starovoytova, G.M. Tixonov, S.G.Trubnikova, J.V.Puzanova), yolg’izlikni madaniy-tarixiy shakllari, (N. Ye. Pokrovskiy, S.A. Vetrov, Yu.M. Shvalb, O.V. Dancheva), o’smirlik va o’spirinlik davridagi psixologik xususiyatlari (I.S. Kon, O.B. Dolginova, N.V. Pereshina), yolg’izlikka yaqin hodisalar (O. N. Kuznetsov, V.I. Lebedev, A.U. Xarash) va boshqa jihatlari tadqiq etilgan. Yolg’izlik kishining jamiyatdan uzoqlashish holatini his qilishdir.

Yolg`izlik muammosi doim olimlar, faylasuflar umuman insoniyatni qiziqtirib, tashvishga solib kelgan.So`nggi yillarda bu muammo yuzasidan ko`plab ilmiy izlanishlar , tadqiqotlar olib borilayotgan bo`lib, yolg`izlik hissining kelib chiqish sabablari,uning shakillanishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar, umuman olganda uning belgilariyu inson hayotiga, uning shaxs sifatida rivojlanishiga ta`sirlari aniqlanmoqda.Biroq, bugungi kunda yolg`izlikning o`zi aslida nima ekanligini ifodalovchi yagona tushuncha mavjud emas.Ya`ni, yolg`izlik hissi hali o`rganilishi lozim bo`lgan dolzarb muammolardan biri bo`lib qolmoqda.

Yolg`izlik “yolg`iz”, “bir o`zi” kabi tushunchalardan kelib chiqqan bo`lib, yolg`izlik va jismoniy izolyatsiya kabi tushunchalarni farqlash lozim. Bu tushunchalar o`rtasida katta farq bo`lib, jismoniy izolyatsiyaga salbiy tushuncha sifatida qarash noto`g`ri.Har doim ham bir o`zi bo`lgan inson o`zini yolg`iz his qilmaydi.Inson bir o`zi bo`lib ham o`zini yolg`iz his qilmasligi, ba`zan esa ko`plab insonlar o`rtasida bo`lib ham o`zini yolg`iz his qilishi mumkin.Kundalik hayotda inson o`zini tashqi hayot bilan ma`lum bir munosabatda his qiladi.U o`zining holatlarini murakkab va umumiy kontekstda his qilib,ana shu kabi jarayonlardagi buzilishlar insonda yolg`izlik hissini keltirib chiqarish mumkin.

Yolg`izlik fenomeni bugungu kunning dolzarb muammolaridan biri bo`lib,u inson tomonidan u uchun muhim va ahamiyatli bo`lgan insonlar bilan muloqotning yo`lga qo`yilmagani,ular bilan muloqotga bo`lgan ehtiyojlarning qondirilmasligi,uni atrofda o`rab turgan insonlar bilan ijobiy munosabarlarning mavjud emasligi bilan bog`liq bo`lgan turli vaziyatlarni og`ir his etish bilan yuzaga keladi.Ko`p holatlarda yolg`izlik insonning qandaydir guruhga a`zo bo`lish yoki kimdir bilan muloqotda bo`lishga bo`lgan ehtiyoj bilan namoyon bo`ladi.

Ushbu muammoga chuqurroq yondoshish va mohiyatini to`laroq o`rganish XIX asrdan shakillandi.Ushbu davrda deyarli barcha falsafiy yondoshuv va maktablar yolg`izlik fenomenini o`rganishgan(E.Fromm, B.Frankl, J.P.Sartr, A.Kamyu, A.Kerkegor, K.Yaspers ba boshqalar). Ammo ushbu muammo bu davrda izolyasiya paytida bo`ladigan yolg`izlik holatidan boshlab to yolg`izlikni insoniyat uchun umuman qarama-qarshi bo`lgan negativ, pessimistik hodisa sifatida ko`riladigan umuman boshqa jihatdan o`rganilgan. G`arb davlatlari psixologiyasida yolg`izlikni o`rganuvchi qator ilmiy-nazariy yondoshuvlar mavjuddir: neofreydistik, gumanistik, ekzistensial-sotsiologik, interaksionistik hamda kognitiv.Ushbu yondoshuvlar yolg`iz insonlarning o`ziga hos bo`lgan hususiyatlari va xarakterli jihatlarini o`rganishga qaratilgan bo`lib,ular yolg`izlikning atribut modellari,shkala va tipologiyalarini o`rganishga qaratilgan.

Yolg`izlik hissi ma`lum bir shakildagi o`z-o`zini anglash holatini namoyon qilib,munosabatlarning asosiy real tizimi hamda shaxs ichki olamidagi o`zaro aloqalarni ko`rsatib, alohida individual tarzda boshdan kechiriladigan subyektiv holat sifatida o`rganiladi.Ushbu o`z-o`zini anglashning spetsifik shakli insonga undagi yolg`izlik uning orzu-umidlarini so`ndirayotgan paytda juda muhim hisoblanadi.Yolg`iz insonlar o`zini tashlab qo`yilgan,unutilgan, keraksiz,umidsiz his qiladilar.Bu juda og`ir va istirobli vaziyat.Yolg`izlik hissi shaxsdagi og`ir buzilishlarning rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Yolg`izlik asosan ikkita darajada kechadi:

Emotsional daraja;o`z ichki olamiga g`arq bo`lish,keraksizlik,tartibsizlik,bo`shliq, yo`qotish hissi.

Xulq-atvor darajasi: ijtimoiy munosabatlar darajasi pasayadi, shaxslararo munosabat buziladi.

Shaxsiy yolg`izlikni aniqlash uzoq vaqt davom etuvchi kognitiv jarayon natijasi bo`lib, ushbu vaqt davomida inson o`z yolg`izligini,o`zida kechayotgan hislarni aniqlaydi va butun bir kategiriya sifatida birlashtiradi. Insonlar “men yolg`izman” hulosasiga asosan affektiv, xulq-atvor va kognitiv isbotlar asosida keladilar.Yolg`izlik hissi bilan assotsaitsiyalanadigan yagona bir hislar yig`indisi mavjud emas.Lekin shunga qaramay yolg`iz insonlar o`zlarini baxtsiz his etadilar.

Yolg`izlik identifikatsiyasi uchun ko`p hollarda ijtimoiy munosabatlarning past darajasini,o`rnatilgan minosabatlar uzilishi hamda ijtimoiy o`zaro munosabatlarning qoniqtirilmagan namunalari kabi xulq-atvor hususiyatlari qo`llanadi. Yolg`izlikning affektiv belgilari ko`p hollarda ko`zga ko`rinmagan bo`ladi.

Yolg`izlikning kognitiv indekatorlari o`z-o`zidan ayni paytda mavjud bo`lmagan ma`lum bir ijtimoiy munosabatlar haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadi.

Shunday qilib, yolg`izlik hissi sun`iy ravishda ajratilgan belgilar yordamida emas, balki butun bir hislar, kechinmalar , hatti-harakatlar va fikrlar asosida aniqlanadi. Yolg`izlik hissi yuzaga kelishiga individning nafaqat ayni damdagi ijtimoiy munosabatlari, balki intilayotgan ijtimoiy munosabatlar namunasi va andozasi ham ta`sir ko`rsatadi.O`zaro munosabatlarning subyektiv andozasi ikki hil tarzda shakillanadi.Birinchidan, o`tmishdagi tajriba bizga quvonch va baxt hissini beruvchi ijtimoiy munosabatlar tasavvuriga olib keladi.Ayni vaqtda mavjud bo`lgan ijyimoiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning subyektiv andozasi bilan solishtirgach, agar uning ayni paytdagi hayoti oldingidan yomonroq bo`lsa, shaxs o`zini baxtsiz his qlishi mumkin.

Ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarni boshqa insonlarning o`zaro munosabatlarini solishtirish.Ya`ni inson o`zining shaxslararo ijtimoiy munosabatlarini boshqa insonlarning o`zaro anologik munosabatlarini taqqoslab, baholaydi.

Yolg`izlikka nisbatan munosabat barcha insonlarda turlicha bo`lishi mumkin: depressiya yoki adovat , yolg`izlikni qabul qilish yoki bu holatdan chiqib ketishga intilish.Yolg`izlikka bo`lgan munosabat ularning ushbu holatni qanday tushunishlari yoki tahlil qilishlariga bog`liq.Inson tomonidan yolg`izlikni tushuntirish uch tarkibiy qismdan iborat:

Birinchidan,yolg`iz kishi o`zini ushbu holatga olib kelgan dastlabki hodisani ta`kidlaydi.

Ikkinchida, o`zining yolg`izligini uzoq muddat davom etayotganini aytib, uning doimiyligini ta`minlovchi omillarni ajratib ko`rsatadi.Ushbu ta`sirlar asosan shaxs hususiyatlari(masalan, tortinchoqlik) yoki vaziyatlar ( masalan,yangi tanishlar orttirish mushkul bo`lgan atrof-muhit)dir. Yolg`iz insonda o`zidagi bu holatni qanday omillar yengillashtirishi mukinligi haqidagi tasavvurlar shakillangan bo`ladi.

Yolg`izlikning sababiy omillarini uch o`lchov asosida klassifikasiyalash mumkin:

Turar joy sababli (ichki,shaxsiy,tashqi,vaziyat sababli),barqarorlik (doimiy yoki ma`lum vaqtda o`zgarib turadigan sabablar) va nazoratlilik( insonning o`z hulq-atvorini nazorat qila olish ko`nikmasi).

Leonard M.Xorovits “shaxsning yolg`izlik timsoli tushunchasini fanga kiritgan bo`lib o`zining ilimiy ishida yolg`iz shaxs tushunchasi hali yetarli darajada o`rganilmaganligini aniqladi.U yolg`iz shaxs hususiyatlarini kognitiv strukturaga birlashtirishni taklif etdi.

Yolg`iz shaxs timsoli:

-o`zini boshqalardan ajralib qolganday,boshqalarga o`xshamaydiganday his etadi;

-o`zini boshqalardan izolyatsiyalanib qolganday his qiladi;

-o`zini ijtimoiy,guruhiy faoliyatdan ajralib qolganday sezadi;

-o`zini boshqa insonlarlardan farq qiladi deb o`ylaydi;

-“men boshqalar bilan munosobatda va muloqotda bo`la olmayman” deb o`ylaydi;

-boshqalar uni sevmaydi, u haqda qayg`urmaydi deb o`ylaydi;

-“ men do`stim bo`lishini istayman ammo menda do`st orttirish malakalari mavjud emas” deb hisoblaydi;

-o`zini to`laqonli inson deb hisoblamaydi;

-paronoidlik,g`azablanish va qayg`u hislari mavjud bo`lishi mumkin;

-ijtimoiy aloqa(kontakt) lardan qochadi;

-uzoq ishlaydi(o`qiydi);

Tadqiqot natijalari yolg`izlik belgilari uch asosiy guruhga birlashtirilishi lozim degan hulosani berdi:

-boshqalardan ajralib qolgan inson his qiladigan hissiyotlar va fikrlar;

-insonlarni yolg`izlikka olib kelgan xatti-harakatlar ;

-g`azablanish va qayg`u hissini o`z ichiga oluvchi sezgi;

Karin Rubinstayin yolg`izlik fenomeni bo`yicha emotsional tushkunlikka tushish yolg`izlikni keltirib chiqaruvchi omillar va unga nisbatan insonning javob reaksiyasini ajratib ko`rsatuvchi faktorli tahlil o`tkazdi.

Yolg`iz insonning emotsional kechinmalari:

-qayg`u,vahima,ojizlik, umiumidlarning so`nishi,ko`ngli nozik bo`lib qolish;

-o`z-o`zini yerga urish, himoyasiz va keraksizligini his etish;

-chidab bo`lmas zerikish hissi, sabirsizlik,ta`sirchanlik,erksizlik,o`zini qo`lga ola olmaslik;

-depressiya,siqilish,bo`shliq hissi,izolyatsiyalanganlik.O`z-o`ziga achinish , yotlik, ma`lum bir insonga nisbatan qo`msash hissi.

Yolg`izlik sabablari:

-boyaqinlaridan ajralish( turmush o`rtog`I yoki sevganining endi yo`qligi,u bilan ajrim, ayrilish)

-yotsirash ( boshqalarning uni tushunmasligi,yaqin do`stlarning mavjud emasligi);

-majburiy izolyatsiya ( uyga bog`lanib qolish);

-yolg`izlik( boshqalar tomonidan unutilgan,tashlab ketilganday his etish);

-joy almashinuvi (yangi o`quv yoki ish joyi);

Yolg`izlikka nisbatan javob reaksiyasi:

-dastlabki passivlik ( yig`lash,uhlash, ko`p ovqatlanish yoki ichish);

-aktiv yolg`izlik (o`qish yoki ishlash, musiqa tinglash, badantarbiya,sayr, kitob o`qish va b.)

-pullarni befoyda narsalarga sarflash (turli haridlar,harajatlar)

-ijtimoiy munosabatlar ( do`stiga qo`ng`iroq qilish, mehmonga borish)

Yolg`izlik fenomnining bir qancha klassifikatsiyalari bo`lib, an`anaviy klassifikatsiya oddiy va patologik yolg`izlikni farqlaydi.Oddiy (soda) yolg`izlik-normal reaksiya, agar yolg`izlik davri intensiv va uzoq vaqtni o`z ichiga olmasa. Oddiy yolg`izlik siqilish ,atrofdagilar bilan muloqotni yo`qotib qo`yishdan qo`rqish bilan namoyon bo`ladi.Patologik yolg`izlik-jamiyatdan o`z hohish istagiga ko`ra ajralish.Yolg`zlik nafaqat o`z –o`zi bilan bo`lib qolish, balki aktivlikning pasayishi, depressiya va tushkunlik bilan harakterlanadi.

Oddiy yolg`izlikni o`z navbatida yana ikki toifaga ajratish mumkin:

-Epizodik yolg`izlik( deyarli barcha insonlar hayotida uchraydi);

-Surunkali ( umidsizlik hissi bilan uchrovchi doimiy yolg`izlik hissi, mavjud bo`lish hissi yo`qolib boradi).

Epizodik yolg`izlik quyidagicha ko`rinishda bo`lishi mumkin:

Inqirozli yolg`izlik ( kuchli kechinmalar, ba`zan inson affect holatiga tushib qolishi, ayrim hollarda suitsidal urinishlar ham kuzatilishi mumkin).

Inqirozsiz yolg`izlik (sog`lom,tinch shaxs uchun hos bo`lib,asosan diskomfort, qo`msash,siqilish ko`rinishida bo`ladi).

Inson o`zining atrofdagilar bilan munosabatlari ayniqsa u uchun shaxsan ahamiyatli bo`lgan insonlar bilan muloqotga bo`lgan ehtiyoji qondirilimasligi yoki to`laqonliligini his etmayotganligini anglaganida, muloqotga bo`lgan kuchli ehtiyojlari qondirilmaganida yolg`iz bo`lib qoladi.Statistik ma'lumotlarga ko’ra, dunyoning eng katta shaharlarida yolg’iz kishilar salmog’i ko’pdir.Yolg’izlik shunisi bilan xavfliki, uni dastlabki bosqichda sezmaslik mumkin. Insonlar ish kuni tugagach, hamma uy-uyiga tarqalib ko’chalar bo’m-bo’sh bo’lib qolgach, telefon qo’ng’iroqlari tingach o’zini yolg’iz his qila boshlashadi. Ana shu yolg’izlikni bartaraf etish maqsadida shaharlarda tungi klublar tashkil etilganki, odamlar ishdan so’ng u yerga borib boshqalar bilan muloqot qilishlari mumkin. Shaharliklar uchun tungi qo’ng’iroqlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Katta shaharlarda telefon faqatgina xabar yuborish vositasi emas, balki muloqot vositasidir. Depressiya va suitsidlar profilaktikasining eng muhim tadbirlaridan biri har bir xonadonni telefon bilan ta'minlashdir.

Hamma vaqt ham yolg’izlik yomon holat emas. Shunday vaziyatlar bo’ladiki, insonga o’zi bilan o’zi yolg’iz qolish zarur bo’ladi. qachonki yolg’izlik insonga azob bera boshlaganda esa muammo vujudga keladi. Psixologiyada sensor deprivatsiya (hissiy-axborotga tashnalik) tushunchasi mavjud. Agar inson o’ziga kerakli miqdorda axborotlarga va taassurotlarga ega bo’lmasa unda psixologik, psixiatrik va somatik tabiatga ega bo’lgan muammolar vujudga keladi. Shuning uchun ham inson axborot va muloqotga nisbatan tashnalikni his qiladi.

Yolg’izlik muammosi bilan faylasuflar, din arboblari, olimlar shug’ullanib kelishadi. Psixologiya mustaqil fan sifatida juda ko’p yillik tarixga ega bo’lmasa ham uning barcha tarmoqlarida yolg’izlik bilan bog’liq qarashlar, nazariyalar va tadqiqotlarni uchratish mumkin.

Yolg’izlikning sabablaridan biri o’zining ko’p narsaga qodirligini saqlab qolishga intilish hissidir. Bunday sifatlar bolalikdanoq shakllana boshlaydi. Shuning uchun bolalar bilan munosabatlarda ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, muloqotchanlik ko’nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor berish zarur. Yolg’izlik hissini chuqurlashtirmaslik, sensor deprivatsiyaga aylanib ketishiga yo’l qo’ymaslik zarur. O’z holiga tashlab qo’yilsa har qanday muammoning yechimini topish qiyinlashib boraveradi. Insonda asta-sekin xulq-atvorning buzilishi, shaxslararo aloqa o’rnatishning yomonlashuvi kuzatiladi.

Yolg’izlik- ob'yektiv mavjud fenomen bo’lib, u haqida fikr yuritish va o’rganish o’ziga xos qadimiy an'analarga ega, ayni paytda ham munozarali muammodir. Uning tabiati, rivojlanishi va namoyon bo’lishi haqidagi nazariyalarda hozirga qadar ham qarama-qarshiliklar kuzatiladi.

S.G.Korchaginaning tadqiqotlarida yolg’izlikning turlariga identifikatsiya (aynanlashtirish, o’xshatish, tenglashtirish) mexanizmlarining buzilishi natijasi sifatida qaraladi. Shunday hilib, yolg’izlik identifikatsiya mexanizmlari o’rtasidagi dinamik muvozanatning buzilishi bilan ta'minlangan kishining ruhiy holatidir. Bunda shaxs o’zining sotsium ya'ni jamiyat bilan aloqalarini adekvat idrok qilishni xohlamaydi yoki imkoniyatning yo’qligini sub'yektiv tarzda ichdan kechiradi. Odatda yolg’izlikni his qilayotgan kishida o’zining empirik qarashlari, fikrlari va qayta tiklovchi xayollari ta'siridan chiqib ketish imkoniyatlari cheklangandir. Bu esa o’z navbatida kelajakni to’g'ri idrok qilishi, yetishmayotgan va yo’qotilganlarning o’rnini tiklashiga xalaqit beradi, shaxsning ichki zahiralarining tiklanishini pasaytiradi, “ hissiy tashnalik” yoki doimiy qoniqmaslik hissini vujudga keltiradi.


Download 76,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish