Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya yo


II BOB. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA AXLOQIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARDA AXLOQIY TARBIYA



Download 47,96 Kb.
bet5/7
Sana20.07.2022
Hajmi47,96 Kb.
#830475
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
04,06,2022

II BOB. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA AXLOQIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARDA AXLOQIY TARBIYA
2.1. Axloqiy tarbiyani tashkil etish omillari
Boshlang`ich sinf o`quvchisida ma`naviyatni shakllantirish bo`yicha ishlar samaradorligini oshirish vazifasi ular uchun chop etilayotgan barcha darslik va o`quv qo`llanmalarning matnini xalqimizning asrlar sinovidan o`tgan urf-odatlari, axloqiy qarashlarini ifodalovchi qonun, qoidalar, pand-nasihatlar, hadislar bilan izchil boyitib borishini taqozo etadi. Ayni paytda boshlang`ich sinflardan boshlaboq, o`quvchilarda jahondagi boshqa xalqlarning qadriyatlari, urf-odatlariga ham hurmat va qiziqishni shakllantirish maqsadi ustuvorlik qilishi zarur. Shuning uchun ham darsliklrada boshqa xalqlarning tarixi, urf-odatlari, qarashlari ifodalangan matnlari o`rin olishi, agar shunday materiallar bayon etilgan o`quv vositalari yaratilgan bo`lmasa, ularni o`quvchini o`zi tayyorlashga burchli bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, mazkur xalqlarning taraqqiyot darajasini, yuksalishini tan olishga, ularning turmush tarzidagi ijobiy jihatlarni ijodiy o`zlashtirishga o`quvchilarni pastki sinflardan boshlab odatlantirib borish, bag`rikenglikni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. O`quvchi shaxsi ma`naviy qiyofasini belgilashda fidoiylik tushunchasi bosh omil ekanligini hisobga olib har bir boshlang`ich maktab o`qituvchisi ta`limtarbiya jarayonida Amir Temur, Ulug`bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk shaxslarning adabiyot, san`at, fan, madaniyat, Vatan mudofaasi yurt obodligi sohasida ko`rsatgan fidokoronaligi, jonbozligi bilan tanishtirib borish zarur. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilar ma`naviyatini yaxlit tizim asosida shakllantirish vazifasi nafaqat I-IV sinflarda o`qitiladigan o`quv materiallar mazmunini boy merosimiz bilan boyitish, o`quvchilarga ko`proq ularning ma`naviy olamini boyitadigan badiiy, tarixiy, memorial asarlari, o`zbek va jahon xalqlari ertaklari, qissa, hikoyalar o`qishni tavsiya etish, tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjohlar, osoru-atiqalar, ularning tarixi, bunyod etilishi bilan, balki zamonamiz qahramonlari, fidoiy insonlar, yozuvchi, olimlar, san`atkorlar, sportchilar ularning bevosita mehnat jarayonlari natijalari bilan tanishtirib borishni ko`zda tutadi. Boshlang`ich ta`lim o`quv rejasida «Musiqa madaniyati» o`quv faniga alohida e`tibor berilgan bo`lib, u yosh avlodni ma`naviy, axloqiy tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqimizning milliy kuy va qo`shiqlari odamlarning orzu-umidlari, hayotiy kechinmalari, boy ma`naviy dunyosini o`zida aks ettirgan. O`zbek milliy musiqa madaniyatining bu sohadagi imkoniyatini nihoyatda katta ekanligini birgina ona allasi qo`shig`ida o`rsatamiz, «Alla» ashulasida onaning naqadar sodda, mazmunan boy, o`z bolasiga cheksiz mehrmuhabbati, uning istiqbolini o`zining dil izhori bilan tarannum etgan orzu-umidlari yotadi. «Alla»da ilgari surilgan yuksak g`oyani farzandning ongli, aqlli, eslixushli, shirinsuxan, oqibatli, mehribon, kelgusida ota-ona suyanchig`i, madadkori bo`lish istagi ifoda etilganligi uni qanchadan qancha avlodlarni yuksak ma`naviyatli bo`lib shakllanishida muhim vositalaridan biriga aylantirdi. Shu munosabat bilan musiqiy merosimiz, qadriyatlarimiz, ustozshogirdchilik an`analarini, milliy musiqa san`atimizning rivoji uchun beqiyos xizmatlarini ayamagan buyuk musiqiy allomalarimizning hayoti va ijodiy faoliyatlarini o`quv dastur va o`quv-metodik komplekslarga muntazam kiritish maqsadga muvofiqdir.Xalqimizga azal-azaldan xos bo'lgan ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ'ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining o'rni va ishtirokini oshirish, yosh avlodni axloqiy ma'naviy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash, ular ongida kichik maktab yoshidan boshlab Hadis ilmi saboqlari asosida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik kabi tushunchalarni singdirish muhim vazifa hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev «Inson qadrini ulug'lash - yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo'lgan mahalla hal qiluvchi o'rin tutadi», deb ta'kidlaganlar.Inson va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar axloqiy tarbiya tufayli, ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o'tadi.
Axloqiy tarbiya atamasi keng va tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy hayotda faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ma'naviy ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda axloqiy tarbiya. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g'oyalari, adabiyot, san'at, kino, radio, TV, OAV va boshqalarni ham o'z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma'nodagi axloqiy tarbiya tarkibiga bu sohada ta'lim va ma'lumot olish ham kiradi. Tor ma'noda, axloqiy tarbiya muayyan shaxsning ma'naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didi o'stirilishiga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradilar.
Bizga ma'lumki, har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi. Chunki, ta'lim va ma'lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko'payibgina qolmay, balki ma'naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar. Maktab,ta'lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo'lishi asosiy qonunimizda belgilab qo'yilgan.
Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo'llab -quvvatlashini talab qiladigan umumaxloqiy masaladir... Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir» degan chuqur ma'noli so'zlarini eslayman. Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko'ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi".Istiqlol yillarida mamlakatimizda axloqiy tarbiyani amalga oshiradigan o'quv muassasalari va umumta'lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e'tiborni kuchaytirish eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash axloqiy dasturi amalga oshirilmoqda, uning uzviy va mantiqiy davomi bo'lmish 2004-2009-yillarda Maktab ta'limini rivojlantirish umumaxloqiy davlat dasturi qabul qilindi. Unga muvofiq, yurtimizda mavjud bo'lgan o'n mingga yaqin umumta'lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta'lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o'qituvchilarning mehnatini moddiy va ma'naviy rag'batlantirish bo'yicha katta ishlar qilinmoqda. So'nggi yillarda ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko'lami va mohiyatiga ko'ra ulkan ishlarimiz biz ko'zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo'lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma'naviy yuksalishi yo'lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato bo'lmaydi.Xulosa qilib aytganda, axloqiy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning o'sishi va taraqqiyoti uchun moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish to'xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o'z ajdodlaridan yuqoriroq darajaga ko'tarilmog'i darkor. Yoshlarni ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan to'g'ri tarbiyalashda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada joriy qilish ayniqsa zarur. Har bir oila, ota-ona, eng avvalo, bola timsolida shaxsni ko'rishi, uning uchun shaxsga tegishli barcha huquq va erkinliklar ta'minlashi borasida o'zining mas'ul ekanligini doimo his etib turishi nihoyatda muhim. Axloqiy tarbiyada axloqiy g'oyaga, axloqiy g'ururni yuksaltirishga xizmat qiladigan timsollar, ramzlarning har biri - katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi. Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash ham ma'naviy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o'tkazish orqali yoshlar yangi qadriyatlar asosida tarbiyalanadilar, ular qalbiga tarixni anglash va qadrlash, o'tmishga hurmat bilan yondashish, ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi bilan g'ururlanish tuyg'ulari singdiriladi. Umuman olganda, yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi axloqiy tarbiyasi, mentaliteti, madaniyatining o'zaro dialektik munosabati vositasida shakllanadi. Ma'naviy jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o'z aqli, o'z tafakkuri, o'z mehnati, o'z mas'uliyati bilan ongli ravishda, ozod va hur fikrli inson bo'lib yashaydi. Maktablarimizdagi tarbiyaning mazmunini axloqiy va umuminsoniy qadriyatlar belgilashi lozim, ya`ni ta`lim-tarbiya mazmunida insonparvarlik, tenglik, xalqparvarlik, demokratiya g’oyalari ustivor bo`lishi lozim. Masalan, Oybekning «Navoiy», Abdulla qodiriyning «O`tgan kunlar», Abdulla Qaxxorning «Sinchalak» kabi asarlari axloqiy va ummuminsoniy demokratik va gumanistik qadriyatlar nuqtai nazaridan o`rganilishi maqsadga muvofiqdir.
Odob haqida Islomda ham ko`p ibratli gaplar aytilgan. Islomda tarbiya so`zi tabib so`zidan olingan. Bu degani odam o`ziga, qarindosh urug’lariga va umuman ta`sir doirasi etadigan jamiki kishilarga tabiblik, ahillik qilishi lozim. Islom odobida faqat insonni ezgulikka, xalollikka, axloqqa chaqiruvchi da`vatlar bor. Islom odobini esdan chiqarish, unga amal qilmaslikning oqibati nimalarga olib kelishini hayotning o`zi ko`rsatyapti. Millatning saodati, davlatning tinchligi va farovonligi avvalo yoshlarning tarbiyasiga bog’liq. Shuning uchun unutilayozgan ma`naviy qadriyatlarimizni tiklash va kelgusi avlodlarga etkazish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
O’quvchilar g’amxo’r, mehribon va talabchan o’qituvchini sevadilar, hurmat qiladilar va unga to’liq ishonadilar. Mana shunday o’qituvchilarning bolalarga tarbiyaviy ta’siri ko’proq bo’ladi. O’qituvchi o’quvchiga nisbatan qattiq talabchan bo’lishi va qo’ygan talablarining o’quvchilar tomonidan so’zsiz bajarilishiga erishilmog’i lozim.
Ta'lim-tarbiya jarayonining izchil, uzluksiz, tizimli hamda, aniq ijtimoiy maqsad asosida tashkil etilishi, mazkur jarayonda, fanlararo aloqadorlik, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishda samarali sanaluvchi barcha mavjud omillarning birligiga tayangan holda ish ko‘rish ko‘zlangan maqsadga erishishning kafolatidir. Mazkur holat ma'lum ijtimoiy voqyea-hodisalar mohiyatini turli nuqtai nazardan baholash, ularning rivojini ko‘ra bilish, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini kuzatish, ularning o‘zaro bog‘likligi va aloqadorligi, bir-birini taqozo etishini tushuna olish imkonini beradi.
Ta'lim-tarbiyani tashkil etish jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy omillarning o‘zaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy munosabatlar ta'sirida shaxs kamolotini ta'minlashga erishish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga intilish maqsadga muvofiqdir. Ta'lim muassasalarida o‘quv predmetlari sifatida tavsiya etilgan fanlar asoslarining o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishi ularda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. O‘qituvchilar o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllanishi xususida g‘amxo‘rlik qila borib, doimiy ravishda ular tomonidan o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olinishiga e'tibor berishlari zarur. Fan o‘qituvchilari u yoki bu qonuniyatlar va ularning mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirib borar ekanlar, o‘quvchilarga turli hayotiy vaziyatlarda ulardan foydalanish yoki ularga tayanib ish ko‘rish lozimligini tushuntirib borishlari kerak.
Dunyoqarashning shakllanishida jamiyatda ustuvor o‘rin tutgan mafkuraviy g‘oyalar va ularning mohiyatidan to‘laqonli xabardor bo‘lish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Shu bois ta'lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan ta'lim-tarbiya, xususan, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar asoslari mohiyati bilan o‘quvchilarni tanishtirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy hayotida bosh mezon sifatida e'tirof etilgan axloqiy istiqlol g‘oyasi va mafkura mazmunida ilgari surilgan qarashlar xususida batafsil ma'lumotlar berib borish, ularga nisbatan o‘quvchilarda muayyan munosabatni shakllantirish pedagogik jihatdan samarali yo‘l hisoblanadi.
Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish va jazolash kabi metodlar yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini ta'minlaydi.
O‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan sub'ektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, Internet) materiallari va ularning g‘oyalari o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi.
Ma'naviy-axloqiy tarbiya shaxs dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma'naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali tashkil etish o‘quvchida ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me'yorlardir. Axloq (lotincha «moralis» xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. Axloqiy me'yorlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘quvchilar ongiga ta'lim va tarbiya jarayonida singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o‘quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatning shakllanishida ko‘rinadi.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, axloqiy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishidir.
Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta'lim-tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kirish bilan O‘zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e'tiborining oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi ma'lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi.
Axloqiy tarbiya o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg‘u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma'lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o‘quvchilarning komil shaxs bo‘lib kamol topishlariga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar tizimidir.
Yuksak ma'naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo‘lida fidokorona mehnat qilish, o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo‘lish, o‘zida irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish kabi xislatlarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasi hayotida ustuvor bo‘lgan tamoyillar sifatida e'tirof etish mumkin.
O‘quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda axloqiy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma'ruza, bahs-munozara, konferensiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.



Download 47,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish