Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika psixologiya fakulteti pedagogika-psixologiya yo


Mahallaning ijtimoiy taraqqiyotdagi ta’sirini kuchaytiruvchi omillar



Download 89,35 Kb.
bet6/8
Sana07.07.2022
Hajmi89,35 Kb.
#752530
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NASIBA KURS ISHI

2.2. Mahallaning ijtimoiy taraqqiyotdagi ta’sirini kuchaytiruvchi omillar
Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yuksaltirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, ularning jamiyatdagi roli, o‘rni va ta’sirchanligini kuchaytirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 3- fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim omil bo‘lmoqda.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ijro apparati tomonidan ham joriy yilda muayyan ishlar qilindi. Xususan, fuqarolar yig‘inlari faoliyatini takomillashtirishga oid 17 normativ-huquqiy hujjat hamda 16 chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilindi. Aholini yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, bo‘sh ish o‘rinlari haqida xabardor qilish maqsadida fuqarolar yig‘inlari binolarida ko‘rgazmali peshlavhalar jamlanmasining namunalari ishlab chiqilib, amalda joriy etildi.
Shuningdek, mahalla va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida xonadonlarga kirib, muloqotlar o‘tkazildi. Natijada ikki mingga yaqin oiladagi turli nizolar, ajralishlar va erta nikoh holatlarining oldi olingan. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini tiklash va yakka-yolg‘iz qariyalar, nogironlar hamda tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilyapti.
Barcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi tartibi joriy etilib, mahalladagi ishlarning holati vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashning bosh mezoni sifatida belgilandi.

Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni hamda 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-son qarori bilan Vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish;
- “xavfsiz mahalla” tamoyilini to‘laqonli va samarali joriy etish, oila va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish;
- xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning bandligini ta’minlash, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;
- keksalar va faxriylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
- aholini oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish hamda ularning tomorqa yerlaridan samarali foydalanishga ko‘maklashish;
- fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
O‘zbek mentalitetining muhim xususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir.
Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahalla mavjud. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi bir tomondan milliy- psixologik xususiyatlari, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga g‘arq bo‘lishlariga imkon yaratish bilan bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrotsizm bo‘lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. Mahallaning demokratiyalashuv, ijtimoiylashuv, insoniylashuv va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini 1-Prezident I.A.Karimov quyidagicha ta’kidlab o‘tgan edi: “Mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o‘zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlat daryolar bo‘yida paydo bo‘lgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda yengish, qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo‘lib yashashga o‘rgatgan.12
Mehribonlik, rahmdillik kabi insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o‘z-o‘zini boshqarish maktabi, kerak bo‘lsa, demokratiya maktabi desa bo‘ladi”.
I jtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko‘zda tutadi. Shu borada mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda:

  • har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;

  • muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;

  • hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar haqida g‘amxo‘rlik;

  • axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;

  • ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi;

  • alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo‘ladi.

Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy muammolarning buzilishiga urinishlar amalga oshirilishiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko‘rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam beradi.
Mahallaning ijtimoiy o‘rni shunda namoyon bo‘ladiki, u doimo jiddiy ijtimoiy o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirgan va oliy insoniy hamda axloqiy tamoyillarga tayanadi. Masalan, XXasrning 20-30 yillarida mahallada ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishga qo‘shilishi, savodsizlikni bartaraf etish, aholining madaniy dunyoqarashini kengaytirish qo‘llab-quvvatlangan
Hammaga mahalla aholisining Rossiya, Ukraina, Belorusiyadan evakuatsiya qilinganlarni qabul qilganliklari ma’lum. Mahalliy aholi vakillari ko‘chib kelganlarga o‘z uylarining bir qismini berishgan, moddiy yordam ko‘rsatishgan. Mahalla jamoalari nihoyatda yuqori axloqiy va ijtimoiy salohiyatga ega, ular odamlarda yaxshi niyatlilik, o‘zaro hurmat, o‘zaro tushunish kabi hislatlarni tarbiyalashadi.
Mahalla an’analarni saqlab qolish va ularni yoshlarga yetkazish, jamiyatni demokratiyalashning ilk davrlarida milliy qadriyatlarning tiklanishiga katta yordam bergan. Yangi sharoitlarda mahalla o‘z-o‘zini boshqarish organi sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo‘ldi. Mahalla maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha o‘zgarib qoldi. Ularning aksariyati muassasa, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo‘lishni davom ettirmoqda. Bu avvalambor, mahalla qo‘mitalari faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri ijtimoiy mehnatlarni, shu jumladan obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo‘ladi. Bunaqa ishlarning asosiy turlari-ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish kabi hasharlardir. Bunaqa tadbirlar asosan Navro‘z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o‘tkaziladi. Hashar yo‘li bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda.
Yeng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat bo‘lib, u quyidagi qiyofalarda namoyon bo‘ladi:

  • jamoaning g‘amxo‘rligi, qo‘shnilarning kasal, keksa va kam

  • ta’minlanganlariga yordam ko‘rsatishadi;

  • o‘ziga to‘q kishilarlarning kam ta’minlangan qarindoshlariga va qo‘shnilariga moddiy yordam berishlari;

  • oqsoqol va mahalla qo‘mitasi tomonidan boquvchisini yo‘qotgan va qariyalarga yordam ko‘rsatishi va boshqalar.

Bularga misol qilib, 50-yillarda “Yangiobod” mahallasida aholining yordami bilan klub bunyod etilib, unda ma’ruza, kontsert, kechalar o‘tkazilgan. Bu ishlarda o‘qituvchilar, san’atkorlar faol ishtirok etishgan.
Jamoada yordam ko‘rsatish an’anasi hozir yangi shakllarga ega bo‘ldi va hokimiyatlar, mahalla qo‘mitalarning asosiy vazifasiga aylandi. Respublika Prezidentining (1994 yil 23 avgust) “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chora-tadbirlari” haqidagi farmoni bilan aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi turi joriy qilindi: kam ta’minlangan oilalarga har oy ko‘rsatiladigan yordam. Bu yordamning yangiligi shundaki oilalar taqsimotini mahalla hal qiladi. Hozirgi kunda mahalla jamiyatda etnomadaniy qadriyatlarni tiklash jarayonida muhim rol o‘ynamoqda. Nikoh, janoza, aqiqa to‘yi, sunnat to‘yi, muchal to‘yi kabi marosimlar ham o‘tkazilmoqda.
Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holatida mahallaning ijtimoiylashtiruv roli oshib ketadi. Bu avvalambor oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo‘ladi. Nizoli holatlar paydo bo‘lganda xotin-qizlar qo‘mitasi yoki mahalla oila vakillari bilan suhbat o‘tkazadi va odatda vaziyatga oydinlik kiritadi va ajralishlar bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari mahalla ishsizlarga ishga joylashishlariga, militsiya xodimlariga tartibni saqlashda yordam beradi, xizmatga chaqirilganlar bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Avvalgiday jamoa o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. Hozirda mahalla bolalar bog‘chalari va maktablari bilan yaqin hamkorlik olib borib, ularga ta’mirlash ishlarini olib borishda, tarbiya ishlarida yordam ko‘rsatadi. Mahalla qo‘mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko‘rib chiqiladi. Yoshlarga ta’sir ko‘rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari jamoani nazorat qilishning an’anaviy usuli ham saqlanib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko‘chadagi yurish-turishini nazorat qilishdir. Ular har qanday odamga tanbeh berishlari mumkin, biroq bu ishni doimo ularning hurmatini saqlagan holda amalga oshiriladi. Ota-onalarning bunday munosabatni qadrlashi tahsinga sazovor. Shuning uchun “mahalla sening ham otang, ham onang” degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon bo‘ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o‘z-o‘zini anglashni faollashtirish orqali bo‘ladi. Sobiq Sovet ittifoqi davrida bu kabi an’analar to‘liq yo‘qolib ketmagan, balki ayrim oilalarda o‘ziga xos tarzda saqlanib qolgan va yoshlarga berilgan. Bu ayniqsa, hayotning an’anaviy turmush tarzini saqlab kelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo‘lgan. Mahalla fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va o‘rta avlod, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega) badiiy ijodning keng rivojlanishi, marosimlar o‘tkazishda ma’naviy o‘z-o‘zini ifodalashning keng imkoniyatlarini ko‘zda tutadi.
Shuni ta’kidlash joizki, etnik an’analar va marosimlarning tiklanishida avvalo, oiladagi katta avlod, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televidenie katta o‘rin tutadi.
Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormoqda. Biroq yoshlar tarbiyasida muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga xalaqit beradigan bir qancha holatlar ham kelib chiqmoqda. Yoshlarning yoshligidanoq savdo-sotiq qilishga va boshqa tijorat ishlariga sho‘g‘ib ketishi ularning o‘qishiga, bilim olishga bo‘lgan intilishlariga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishga, salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ba’zi hollarda muallimlar o‘quvchilarni to‘liq tarbiyalash imkoniyatidan mahrumdirlar, ya’ni ular boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadilar. Jamiyatni demokratiyalashtirishning mazkur bosqichida yoshlar faoliyat turini tanlashda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq ular bulardan to‘liq foydalana olmaydilar. So‘nggi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susaydi, din ta’siri kuchaydi va bu natijada yoshlar mafkuraviy sohada o‘z mo‘ljallarini yo‘qotishlariga olib keldi. Mahalla tarbiyaning an’anaviy usullaridan foydalanib, yosh avlod bilan yanada faol ish olib borish, ularda hozirgi jamiyat talablariga muvofiq keladigan dunyoqarash va axloqiy tamoyillar hosil qilishdan iborat.
Mahalla azaldan nafaqat o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ijtimoiy fikrni shakllantirgan ham. Qo‘shnilar o‘rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek, esa oilaviy janjallar mahalla qo‘mitalari faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko‘pincha qaynona-kelin, yosh kelin-kuyovlar orasida janjallar ko‘p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo‘mitasi suhbat o‘tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo‘lmasa, bu holat bilan mahalla qo‘mitasi shug‘ullanadi. Odatda o‘sha joyning o‘zida muammo hal qilinadi. Shuning uchun ajralishlar soni ko‘p emas. So‘nggi paytlarda uy ishlari bilan band ayollar, yosh oilalar bilan ishlash faollashdi, ularni kasb-hunarlarga o‘rgatish ishlari olib borilmoqda. Mahalla ishsizlarning ishga joylashishlariga ham ko‘maklashmoqda. Harbiy qo‘mitalar askarlikka olishga tanlov bo‘lganda mahalla faolligiga tayanishadi.
Unda yana bir marta fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishi asosida tarixiy taraqqiy xususiyatlari, milliy va ma’naviy qadriyatlar, mahalliy odat va an’analar yotishi ta’kidlandi. Qonunda mahallaning vazifalari belgilab qo‘yilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari mahallaga yangi vazifalar-tijorat va maishiy xizmat ko‘rsatishni, hududning tozalik holatini, aholidan soliqlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qilish ham yuklatildi. Davlat mahallaga avval mahalliy kengashlar bajargan vazifalarni yuklamoqda. Bu esa mahalla qo‘mitalari davlat tuzilmalariga aylanayotganligidan guvohlik beradi.

XULOSA
Mustaqillik davrida mahallaning tashkiliy, ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlash borasida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Eng avvalo mahalla atamasi tarixda birinechi marta Konstitutsyiyaga kiritildi. Unga aholining o‘zini-o‘zi boshqaruvining noyob shakli sifatida konstitutsiyaviy maqom berildi. 1992 yilda O‘zbekiston Prezidentning «Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Prezidentining 1998 yildagi «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash haqida»gi, 1999 yildagi «Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risidagi»gi Farmonlari, shuningdek, kam ta’minlangan qator farmon, qarorlar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni e’lon qilinganligi fikrimizning yorqin isbotidir.
Hozirgi davrga kelib, jamiyatimiz siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlariga boshqaruvning turli yo‘nalishlariga yetakchilik qilish vakolatlari berildi. Mahalla o‘z hududida yashayotgan fuqarolar turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda bevosita ishtirok etadilar: qariyalar faxriylar, yetimlar, baynalminal-harbiylar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar manfaatlari himoya qilinadi, mahalla faollarini mazkur faoliyatda ishtirok etishiga boshchilik qiladi.Shu bilan birgalikda insonni ma’naviy yuksalishi vaamaliy tashabbuslarini namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratiladi, moddiy va ma’naviy qo‘llab- quvvatlanadi. Kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz kishilarga beg‘araz moddiy yordam ajratish ishining barcha tashkiliy jihatlarini o‘z zimmalariga olganlar.
Ushbu kurs ishi natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Maxallalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni

o‘rganildi.

  1. Maxallalarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ijtimoiy-

pedagogik vazifalari aniqlandi.

  1. Maxallaning bola ijtimoiylashuvidagi ta’siri ochib berildi.

  2. Maxallalarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmuni,

vositalari va turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lindi.

  1. Mavzu bo'yicha xulosalar berildi.



Download 89,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish