4.TA’LIM JARAYONIDA QO’LLANILADIGAN METODLAR
“Ta’lim metodlari” tushunchasining mohiyati va tavsifi. “Metod” so’zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot”, “usul”, “maqsadga erishish yo’li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan. “Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”. Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga hizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, birinchidan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, ikknchidan, ta’lim faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma ket bajarilmaydi aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funktsiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.Ta’lim metodi” tushunchasi bilan birga ko’p hollarda “metodik usul” (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Ta’lim faoliyatida qo’llaniladigan usullarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi: didaktik maqsad asosida; ta’lim mazmuni asosida; o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi. Fikriy hujum metodi: Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum” metodining asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.“Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 10-15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.Yalpiy fikriy hujum metodi: o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axdorot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.Aqliy hujum metodi: Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni tanlash imkoniyati tug‘iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
Klaster metodi: (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosidan tashkil etiladigan mashg‘ulot jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi: Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ulguncha davom ettiring. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni, bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.
Qarorlar shajarasi metodi: “Qarorlar shalarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o‘zlashtirib, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh yoki sinf o‘quvchilari ishtirokida qo‘llaniladigan “Qarorlar shalarasi” bir necha o‘n nafar o‘quvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda no maqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi.
XULOSA
Ta’lim jarayonining har bir mamlakatda tutgan o’rni judaham beqiyosdir.Chunki ta’lim jarayoni bo’lmasa har bir mamlakat inqirozga yuz tutishi aniq. Ta’lim jarayoni bo’lmagan mamlakat har qanday dunyodagi rivojlanishlardan orta qolishi va bu mamlakatni har tomonlama ilmiy jihatda jivojlanishini susaytiradi. Ta’lim deyilganda eng avvalo ko’z oldimizga usstozlar tajribali pedagoglar kelishi barchamiz yod bo’lmagan tushuncha hisablanadi. Ta’limning rivojlanishini esa tabiiy holki o’sib kelayotgan yosh avlodlarimiz pedagog insonlarning davomchilari hisoblanadi. Ta’lim haqida so’z borar ekan bir gapni esga olsak bo’ladi ” Ta’limning rivojlanishiga mablag’ tikmagan mamlakat kelajakda o’sha mablag’ni qamoqhonalarga sarflaydi” bu gapdan qanday manoni anglasak bo’ladi ta’limni va yana ta’limni rivojlantir degan gapni takror va takror qulog’mizga qo’ysak arziydi.
Ta’lim jarayonida metodlarning tutgan o’rni judaham beqiyosdir. Chunki ta’lim jarayonida metodlar bo’lmasa har bir darslar aniq. O’quv faoliyatida va har bir sohada nazorat turlari va shakllari mavjud bo’lib ular orqali talim jarayoning samaradorlig oshadi va ta’lim jarayonining sifat ko’rsatgichlari ortadi. Har bir ta’lim jarayonida metodalar mavjud bo’lim har bir metodalarning ta’lim jarayonida o’zining tutgan o’rni judaham beqiyos hisoblanadi. Agarda ta’lim jarayonida metodlar bo’lmaganida o’qituvchilarning dars o’tish jarayoni qiyinlashgan bo’lar edi. Metodlarning mavjudligi va ularning har bir sohadagi o’rnini nazarda har bir soxalarning o’ziga yarasha metodalogik ishlanmalarni ishlab chiqishadi. Va shu metodologik ishlanmalar orqali bizlarning ish faoliyatlarimiz bir maromda tartib bilan yurutiladi. Pedagogika fanida nazorat juda katta ahamiyat kasb etadi chunki hech bir soha yoqki nazorat shakllari mavjud bo’lmagan. Nazorat bo’lmagan har qanday joyda tartib intizom mavjud bo’lmaydi. Nazorat qilish har bir sohada o’sha sohaning eng yaxshi bilimli tartibli va eng muhimi o’zida ishonch darajasi yetarli bo’lgan insinlargagina topshiriladi. Nazoratni tashkil etishda esa har qanday soxaning ustasi bo’lish lozim chunki biror bir ishni yaxshi bilmasangiz sizda o’-o’ziga bo’lgan ishonch mavjud bo’lmaydi bu esa o’z navbatida insonning obruyiga katta putr yetkazibgina qolmay uning bosh qalar oldidagi hurmati ham yo’qolishi mumkin. Misol tariqasida hissiyotni nazorat etish haqida biz yuqorida aytib o’tdik hissiyotni ayniqsa jahlni har qanday joyda har qanday vaziyatda ham jilovlay olishimiz mumkin. Shuning uchun bizga bugungi kunda nazorat haqidagi bilimlar juda juda zarur bo’lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |