Haritalar masshtabiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
- planlar, masshtab 1:5000 va undan katta;
- yirik masshtabli haritalar 1: 1 0000 dan 1:200000 cha;
95
- o’rta masshtabli haritalar 1: 200000 dan 1:1000000 cha;
- mayda masshtabli haritalar 1: 1000000 dan kichik
Haritalar ularda tasvirlanadigan maydonning ko’lamiga qarab quyidagi
turlarga bo’linadi:
- yulduzlar haritasi;
- sayyoralar va Yer haritasi;
- yarim sharlar haritasi;
- quruqlik va okeanlar haritalari;
- tabiiy geografik o’lkalar haritalari;
- mamlakatlar haritalari;
- ma’muriy birliklar haritalari;
- maxsus hududlar haritalari (qo’riqxona, sayohatbon joylar);
- shaharlar va aholi punktlari haritalari ;
- shahar va viloyat tumanlari haritalari;
Mazmuniga ko’ra haritalar
.- umumgeografik va mavzuli haritalarga
bo’linadi. Umumgeografik haritalar o’z navbatida yana
a) topografik ( 1: 100000 va undan katta);
b) umumtopografik (1: 200000 dan 1: 1000000 cha)
v) umumtasavvur (tavsif) haritalarga bo’linadi (masshtabi 1:1000000 kichik).
Mavzuli haritalar tabiiy va iqtisodiy (iqlim, tuproq, o’simlik, qishloq
xo’jalik, sa’noat va x. k.) haritalarga bo’linadi:
Vazifasiga ko’ra haritalar quyidagi turlarga bo’linadi:
a) ilmiy haritalar;
b) madaniy va tashviqot haritalari;
v) texnik haritalar (kosmik, havo, dengiz, yo’l va muxandislik haritalari);
g) o’quv haritalari;
d) sayohat haritalari;
Tuzilishiga ko’ra haritalar 3 turga bo’linadi:
a) tasviriy haritalar alohida voqea va xodisalarni tasvirlaydi. Masalan havo
harorati, yog’inlar va bosim haritalari;
b) jamlama haritalar ma’lum bir hodisaning hamma o’lchamlari birga
tasvirlanadi. Masalan, bitta haritada shamol va bosimni tasvirlash mumkin:
v) yakuniy haritalar bir biri bilan o’zaro bog’langan hodisalar bir butun holda
tasvirlanadi (iqlim mintaqalari haritasi).
Atlaslar-
to’la va aniq ma’lumotga ega bo’lgan, yagona dastur asosida
tuzilgan, tartibga solingan haritalar to’plamidir.
«Atlas» atamasi Flamand haritashunosi Merkator tomonidan kiritilgan. U
o’zi tuzgan haritalar to’plamini (1595 yili) Liviyaning afsonaviy qiroli Atlas nomi
bilan ataydi. Haritalar to’plami birinchi marta II-asrda Klavdiy Ptolomiy
tomonidan tuzilgan. Atlaslar egallagan maydonga qarab, Sayyoralar, dunyo,
materiklar, okeanlar, o’lkalar, davlatlar, viloyatlar atlaslariga bo’linadi.
Mazmuniga qarab umumgeografik va mavzuli atlaslarga bo’linadi. Vazifasiga
ko’ra ilmiy ma’lumotli, ommabop (o’lkashunoslik), o’quv, sayox va yo’l
atlaslariga bo’linadi.
Globus
(lotincha globus – dumoloq) Yerning kichraytirilgan nusxasi, unda
Yer yuzasi, mareriklar va okeanlar, tog’lar va tekisliklar shakli xatosiz aniq va
96
to’g’ri tasvirlanadi. Birinchi marta globus Beruniy tomonidan X asrda, Bexaym
tomonidan XV asrda yasalgan.
Globuslar miqiyosiga ko’ra mayda (1:30000000) va yirik globuslarga
bo’linadi.
O’quv va boshqa maqsadlar uchun yirik globuslar yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |