Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova


 Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

16.4.1 Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari 
 
Umumta’lim maktablarida o’quv ekskursiyalarining katta qismi tabiiy 
geografiya kurslari buyicha o’tkaziladi. SHuning uchun tabiiy geografik o’quv 
ekskursiyalari bo’yicha juda ko’p ishlar amalga oshirilgan. 
Tabiiy geografiya o’quv ekskursiyalarini ikkita yirik guruxga bo’lishimiz 
mumkin. 
-umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari. Bunda ekskursiya davomida 
o’quvchilar joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish ko’nikmalariga ega 
bo’ladi; 
-maxsus tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari. Bunday ekskursiyalarda tabiiy 
geografik sharoitlarni ayrim tarkiblari aloxida o’rganiladi. Masalan, relyefi, tuproq, 
o’simlik va h.k. 


189 
Umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari
maktab tabiiy geografiya 
kurslarini ma’lum bir predmetlarini o’rganib bo’lingandan so’ng uyushtiriladi. 
Tabiiy geografik o’quv ekskursiyalari quyidagi tartibda o’tkaziladi: 
1. O’quv ekskursiyalariga tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlariga
quyidagilar kiradi: ekskursiya o’tkaziladigan joyni tanlash va uni xaritasini toptsh 
yoki xomaki rejasini tuzish; ekskursiyani vaqtini va davomiyligini aniqlash; 
ekskursiya uchun zarur bo’lgan jihozlar va priborlar ro’yxatini tuzish va u ularni 
topish; o’quvchilar bilan suxbat o’tkazish va ularni ma’lum bir guruxlarga bo’lish; 
2. O’quv ekskursiyaini o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
ma’lum bir vaqtda o’quvchilar yig’iladi. Ular bilan yana bir marta suxbat 
o’tkaziladi. Unda o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari tushuntiriladi. 
Xar bir to’xtalgan joyda quyidagi ishlar bajariladi. Nuqtaning (joyning) 
geografik o’rni aniqlanadi. Nuqtaning geografik o’rni maktabga nisbatan, 
daryoga nisbatan, yo’lga va boshqa tabiiy gegrafik yoki iqtisodiy ob’ektlarga 
nisbatan aniqlanishi mumkin. 
Bundan tashqari agar topografik xarita mavjud bo’lsa nuqtaning matematik 
geografik o’rni xam aniqlanadi. SHundan so’ng nuqtaning umumiy tabiiy 
geografik o’rganiladi. Avval nuqtaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, 
relyefi, gidrografik tarmoqlari, tuproqlari o’simlik va hayvonot dunyosi hamda 
landshaftlari o’rganiladi. Demak, umumiy tabiiy geografik ekskursiyalarda 
o’quvchilar xar bir nuqtani yoki joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o’rganish 
va baxolash ko’nikmalariga ega bo’lishadi. Bu esa yil davomida olgan tabiiy 
geografik bilim va ko’nikmalarni mustaxkamlash va yanada chuqurlashtirish 
imkonini beradi. 
Joyni geologik tuzilishini o’rganish iloji boricha ochilmalar mavjud bo’lgan 
joyda olib boriladi. Birinchi navbatda, ochilmada qaysi davr yotqiziqlari va qanday 
tog’ jinslari ochilib qolganligi aniqlanadi. Tekislikda ko’proq to’rtlamchi davr 
yotqiziqlari keng tarqalgan bo’ladi. Tog’li o’lkalarda bir necha geologik davrlarga 
xos bo’lgan ochilmalar bo’lishi mumkin. Ochilmada qanday tog’ jinslari 
joylashganligi aniqlanadi. Ular magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslarning 
qaysi guruhiga mansubligi aniqlanadi. O’quvchilarga ular qanday sharoitda xosil 
bo’lganligi tushuntiriladi. CHo’kindi jinslar ochilmasi o’rganilayotganda ularni
qatlamsimon joylashganligiga o’quvchilar e’tibori qaratiladi va xar qatlamdagi 
jinslarni xususiyatiga qarab ularni qanday sharoitda xosil bo’lganligi tushuntiriladi. 
Masalan agar ochilmani tubida shag’al va xarsang toshlar qatlami, uning ustida 
qumlar, qumlarni ustida gillar qatlami joylashgan bo’lsa demak dastlab kuchli 
oqim ta’sirida xarsang toshlar oqizib kelingan, so’ngra sokin oqim sharoitida qum 
qatlami xosil bo’lgan. Dengiz yoki ko’l sharoitida yoki sekin oqadigan ariq daryo 
sharoitida gillar qatlami vujudga kelgan. 
Joyning foydali qazilmalari o’rganilganda ekskursiya davomida g’isht 
xomashyosi, shag’allar, toshlar va qurilish materiallari o’rganilishi mumkin. 
Joyni relyefini o’rganishda o’quvchilar diqqatini relyef hosil qiluvchi 
omillar va asosiy relyef shakillarini ajratishga qaratilishi lozim. Bundan tashqari 
tashqi kuchlar va inson faoliyati ta’sirida hosil bo’lgan reьlef shakillari xam 
aloxida ajratib ko’rsatilishi zarur. 


190 
Joydagi suv havzalari daryo, soy, ko’l, buloq bo’lishi mumkin. Shunining 
uchun o’quvchilarga gidrografik sharoitni asosiy tarkibiy qismlari xaqida gapirib, 
mazkur tarkibiy qismlarni qaysi biri o’rganilayotgan joyda mavjudligi aytib o’tiladi 
va uni o’rganiladigan o’lchamlari ko’rsatib beriladi. 
Joydagi tuproqlar o’rganilganda ularning asosiy turlariga e’tibor beriladi. 
O’simliklar o’rganilganda ular uchta qatlamga bo’lib o’rganiladi: daraxtlar, 
butalar, o’tlar, hayvonlarni o’rganishda ular ham guruxlarga bo’lib yuboriladi:
sudralib yuruvchilar, tuyoqlilar, qushlar. 
Xar bir nuqtada tarqalgan landshaftlarni o’rganish.
Maxsus tabiiy geografik ekskursiyalari
ayrim mavzularni o’tib bo’lgandan 
so’ng amaliy ko’nikmalarni shakillantirish maqsadida o’tkaziladi. Masalan, 
litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera mavzularini o’tib bo’lgandan so’ng 
uyushtirish mumkin. 
Maxsus tabiiy geografik o’quv ekskursiyalarini o’tkazish quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: o’quv ekskursiyaining maqsadi va vazifalari xamda o’tkazish 
joyi, vaqti o’qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. O’quv ekskursiyai xaqida va 
ekskursiya o’tkazish tartibi qoidalari xaqida o’quvchilar bilan suxbat o’tkaziladi. 
Maxsus o’quv ekskursiyalari quyidagi mavzularda olib borilishi mumkin:
joyning geologik tuzilishni o’rganish; joyning relyefini o’rganish; joynining ichki 
suvlarini o’rganish; joyning tuprog’ini, o’simlik va hayvonot dunyosini o’rganish; 
joyning landshaftlarini o’rganish; 
Umumiy tabiiy geografik o’quv ekskursiyalaridan farq qilib maxsus tabiiy 
geografik ekskursiyalarda tabiatni ayrim tarkibiy qitsmlarini juda chuqur va har 
tomaonlama o’rganiladi. Masalan, joyning geologik tuzilishi ochilma mavjud 
bo’lgan sharoitda quyidagicha o’rganiladi (B. A. Chernov, 1985) 
1. Kundalikda ochilmaning tartib raqami va ochilmani o’rganish vaqti 
yoziladi, ochilmani geografik o’rni aniqlanadi va kundalikka yozib qo’yiladi. 
2. Ochilmani qatlamlarini joylanishini aniqlash. Xar bir qatlamning qalinligi 
va tog’ jinslarining xolatini o’rganish. 
3. Ochilmani kundalikda chizmasini chizish. Xar bir qatlamni chizish 
davomida undagi tog’jinslarini tarkibiga e’tibor berish. Tarkibi nimalardan iborat, 
qo’shilmalar bormi, bor bo’lsa ularning o’lchamlarini aniqlash. Qatlamlar 
chizmasida pastdan yuqoriga qarab xarflar bilan belgilanadi. 
4. Qatlamlardagi tog’ jinslarining rangi, tarkibi, qo’shilmalari, xolati tavsifi 
tuziladi. Masalan, qizil rangli gil, tarkibida mayda shag’al toshlar mavjud, gilning 
namligi o’rtacha. Gillar plastik xolatda. Qatlamlarni yotish xolati aniqlanadi: 
gorizantal yoki qiya yotish. Qatlam qiya yotgan bo’lsa uning qiyaligi aniqlanadi. 
Agar fotoapparat bo’lsa ochilmani rasmga olish mumkin.
5. Tog’ jinslarini namunalari olinadi. Namunalar qopchalarga olinishi 
mumkin. Agar uning tarkibiy xolati o’zgarmagan xolda olish lozim bo’lsa o’lchami 
10x10x10sm li monolitlar olinib ular parafanlanadi. Buning uchun parafin 
(sham) eritilib, dokacha o’ralgan monolit unga botiriladi. So’ngra monolitga 
etiketka yopishtiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar yozilgan bo’lishi lozim. 
Monolit olingan ochilmani tartib raqami, tog’ jinslarining nomi, olingan chuqurlik, 
monolit olingan yil, oy, kun.


191 
O’quvchilar ochilmalarni o’rganish ko’nikmasiga ega bo’lganlaridan so’ng
bunday ishlarni mustaqil ravishda bajarishlari mumkin. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish