105
2. Kartalarning masshtablari haqida tasavvurlarni shakillantirish. Masshtab
bilan ishlash yo’llarini tushuntirish. Kartalarni masshtabiga ko’ra yirik, o’rta va
mayda masshtabli kartalarga bo’linishi haqida tasavvurlarni shakillantirish.
Kartalar masshtabi qancha mayda bo’lsa undagi borliq, voqea va xodisalar shuncha
kichraytirib tasvirlanishi haqida tasavvurlarni shakllantirish.
3.
Geografik
kartalarning
shartli
belgilari
haqida
tasavvurlarni
shakillantirish. Shartli belgilarning turlari va ularni o’qish va ulardan foydalanish
texnologiyasini shakillantirish. Shartli belgilar asosida turli xil kartalarni o’qish,
o’lchash ishlari olib borish, ko’nikmalarni shakillantirish.
4. Geografik kartalarning matematik asosi (ekvator, meridian, parallel,
daraja to’ri, geografik kenglik va uzunlik, geografik kordinatalar) va ulardan
foydalanish texnologiyasini hosil qilish;
5. Geografik nomenklaturani o’qitish va aniqlash texnologiyasidan
foydalanish ko’nikmasini shakillantirish. Geografik nomenklaturani va geografik
obyektlarni Yer yuzasida joylashishini bilmasdan o’quvchilar karta bilan ishlay
olishmaydi va o’qituvchi dars jarayonida berilgan bilimlarni o’zlashtira olmaydi.
Kartografik tasavvurlar tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning asoslarini
o’zlashtirishda va har bir insonni amaliy faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Kartografik tasavvurlarni shakillantirish geografik ma’lumotlarni o’rganish
davomida amalga oshadi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarning xotirasini turli xil
turlariga suyansa (eshitish, ko’rish, harakat, so’z, mantiq) katta natija beradi.
Geografik nomenklaturani o’rganishda fazoviy tasavvurlarni shakillantirish
muhim o’rin tutadi. Geografik nomenklaturani o’rganishni ikkita muhim guruhga
ajratishimiz mumkin: tabiiy geografik, iqtisodiy-ijtimoiy geografik. Tabiiy
geografik nomenklaturaga tog’lar, tekisliklar, daryolar, ko’llar, okeanlar,
dengizlar, qo’ltiqlar, bo’g’izlar, okean osti tog’ tizmalari, cho’kmalar, vulkanlar,
botqoqlar, tabiat zonalari, iqlim mintaqalari, muzliklar, materiklar, qit’alar,
o’lkalar nomlari kiradi. Iqtisodiy geografik nomenklaturaga davlatlar, shaharlar,
portlar, harbiy bloklar, sanoat rayonlari, foydali qazilma konlari, ko’mir, neftь, gaz
havzalari nomlari kiradi.
6.
Kartografik tasavvurlarni shakillantirishda geografik yozma (diktant) ishlar
muhim o’rin tutadi. Bunda o’qituchi bergan ma’lumotlar asosida geografik yozma
ishlar tuzish kartalar yordamida turli xil chizmalar yoki karta- chizmalar chizish
katta ahamiyatga ega. Dars davomida o’qituvchi so’zlagan geografik voqea va
xodisalarni (tog’lar, daryolar, shaharlar) chiziqli kartaga tushirib borish va x. k.
Do'stlaringiz bilan baham: