Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova


 Chiziqli kartalar bilan ishlash texnologiyasi



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

 
13.4.1.5. Chiziqli kartalar bilan ishlash texnologiyasi 
 
Geografik bilimlarni egallashda chiziqli kartalar bilan ishlash muhim o’rin 
tutadi. Ular geografiya ta’limining barcha shakllarida qo’llanilishi mumkin. 
Chiziqli haritalar bilan ishlash geografik nomlarni o’quvchilar tomonidan yaxshi 
eslab qolishga imkon beradi.
Chiziqli haritalar bilan ishlash samarali bo’lishi uchun u quyidagi talablarga 
javob berishi lozim: kartaning nomi yirik harflarda uning yuqori qismida yoziladi; 
o’quvchining ismi sharfi va sinfi kartasining quyi o’ng qismiga yoziladi(mayda 
harflar bilan); geografik borliq nomlari bosh harflar bilan yoziladi; daryo, tog’ 
tizmalari, qo’ltiqlar va dengizlar nomi ularning yo’nalishi bo’yicha yoziladi; 
shaharlar, ko’llar nomlari kengliklar bo’yicha yoziladi; foydali qazilmalar, xalq 
xo’jaligi tarmoqlari umum qabul qilingan shartli belgilar yordamida belgilanadi: 
Sinf sharoitida chiziqli haritalar qalam bilan bo’yaladi, uy sharoitida esa 
tush yoki siyox bilan bo’yaladi. Chiziqli haritalarni to’ldirish devoriy kartalar va 
atlasdagi kartalar bilan ishlash bilan uyg’unlikda olib boriladi. O’qituvchi dars 
o’tish jarayonida geografik borliqni devoriy kartada ko’rsatib ularni atlasdan
topishni va chiziqli haritaga shartli belgilar bilan tushirishni tavsiya etadi. Kartada 
geografik borliqni tushirish uchun mo’ljal bo’lib daraja to’ri, daryolar, 
shaharlarning punsonlari, qirg’oq chizig’i, chegaralari hisoblanadi.


102 
Chiziqli karta bilan bajariladigan har bir yangi ish o’qituvchi yordamida 
amalga oshirilishi zarur. O’quvchilar chiziqli kartaga tushirishni yaxshi o’rganib 
olgandan so’ngina ularga mustaqil ishlashga ruxsat berish mumkin. 
Chiziqli kartaga tushiriladagan geografik nomlar soni chegaralangan 
bo’lmog’i lozim. Chiziqli karta bo’yicha o’quvchilarga murakkab bo’lgan 
vazifalarni bermagan maqul. Masalan, atlasdagi ma’lumotlarni chiziqli kartaga 
tushirish. Chiziqli kartalarga faqat dasturda uchraydigan geografik nomlarni 
tushirish lozim.
Chiziqli kartalar bilan ishlash ijodiy yo’nalishga ega bo’lmog’i va 
o’quvchilar tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi lozim. Umum ta’lim 
maktaktablarida chiziqli kartalari bilan quyidagi vazifalarni bajarish mumkin: 
-chiziqli kartalarga geografik borliq, xodisa va jarayonlarni nomlarini 
tushirish. Mazkur geografik nomlar darslik matnida uchrashi mumkin, o’qituvchi 
dars jarayonida kartadan ko’rsatgan bo’lishi mumkin, boshqa kartalar bilan 
mustaqil ishlash aniqlangan bo’lishi mumkin; 
-geografik (tabiiy va iqtisodiy) borliq va xodisalarning shartli belgilarini 
chiziqli kartaga tushirish. Mazkur ish o’qituvchi yordamida bajariladi. 
-o’qituvchini darsni gapirib berishi davomida chiziqli haritalarni to’ldirish. 
Bunday ishlar asosan yuqori sinflarda bajariladi. Bunda o’quvchilar shartli 
belgilarni to’la o’zlashtirgan bo’lishlari shart; 
-tog’ tizmalarini, shamollarni, yuk tashish oqimlari, migratsiya yo’nalishlari, 
yo’llarni, oqimlarni yo’nalishlarini karta sxemalarini tuzish; 
-chiziqli haritaga iqlim elementlarini tushirish, yog’in miqdorini ranglar bilan 
shamol yo’nalishini strelka bilan tasvirlash; 
-chizikli kartaga tuproq turlarini tushirish. Ko’proq materiklar tabiiy 
geografiyasini o’rganishda qo’llaniladi; 
- chiziqli kartaga foydali qazilmalarni tushirish. Bunda o’quvchilar foydali 
qazilmalarni shartli belgilarini yaxshi bilishi zarur; 
- chiziqli kartaga aholini ko’rsatgichlarini tushirish (zichligi, milliy tarkibi, 
urbanizatsiya darajasi, til va kasb, jinsiy tarkibi va x.k.); 
- chiziqli kartada sanoat tarmoqlarini ko’rsatish (yoqilg’i-energitika, 
metallurgiya, mashinasozlik, transport yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, va x. k.); 
- chiziqli kartada qishloq xo’jaligi tarmoqlarini tasvirlash (dehqonchilik, 
bog’dorchilik, uzumchilik, chorvachilik va x.k.); 
- chiziqli kartada mamlakatlarni tasvirlash (rivojlangan, rivojlanayotgan, 
o’tish iqtisodiyotiga ega). 
O’quvchilarni chiziqli karta bilan ishlashini o’qituvchi muntazam ravishda 
nazorat qilib borishi zarur. Bajaradigan vazifalar muntazam baholanib bormog’i 
lozim. 
Chiziqli kartalar tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va siyosiy 
geografik yo’nalishda bo’ladi o’quvchilar aynan mavzuga doir chiziqli kartadan 
foydalanmog’i lozim, aks holda ularni chiziqli kartalar bilan ishlashi qiyinlashadi 
va ular berilgan vazifani bajara olishmaydi. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish