Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

 
13.3..2.Muammoli bayon metodi 
 
O’qituvchi tomonidan muammoni quyilishi va uni yechish yo’llarini 
asoslashga muammoli bayon metodi deb ataladi. Mazkur metod yordamida 
o’qituvchilar tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va geoekologik muammolarni 
yechish yo’llari va ularni asoslash usullari haqida ko’nikmalarga ega bo’lishadi. 
Mazkur metodni qo’llanganda qo’yidagilarga e’tibor beriladi: 
- o’qituvchi muammosini o’rtaga tashlaydi va uni yechish namunasini 
ko’rsatib beradi, ya’ni mazkur muammoni dars mavzusi bayoni davomida o’zi 
yechib beradi; 
- o’quvchilar o’qituvchini mazkur muammoni yechish bosqichlarini nazorat 
qilib kuzatib turishda va dars davomida geografik muammolarni yechish 
ko’nikmalariga ega bo’lishadi. 


87 
Ma’lum bir muammoni yechish davomida o’qituvchi uni yechish yo’llari 
ko’rsatib beradi, muammoni yechish davomida fikrlar qarama-qarshiligini 
vujudga kelishi fikrlarni rivojlanish xususiyatlariga o’quvchilar fikrlarni jalb qiladi. 
Muammoni yechilishini bayoni davomida o’qituvchi ilmiy bilish va ilmiy 
fikrlash na’munasini ko’rsatadi. O’quvchilar esa muammoni yechilish 
bosqichlarini, uni ilmiy asoslanganlik darajasini, fikrlarni rivojlanishini kuzatib va 
nazorat qilib turishdi. 
Tabiiy geografiya darslarda quyidagi muamolarni o’rtaga tashlab uni 
yechish na’munasini ko’rsatishi mumkin: 
- Orol va Orol atrofi muammosi, bundan o’qituvchi Orol dengizini qurishi 
sabablarini va uni oqibatlarini hamda Orol muammosini yechish yo’llarini ilmiy 
asoslab berishi lozim; 
- Atmosferani ifloslanish va u bilan bog’liq ravishda Yer yuzasida o’rtacha 
haroratni muntazam ortib borishi va uning oqibatlarini ochib berishi lozim; 
- O’rmonlarni kesilishi va u bilan bog’liq ravishda tabiiy sharoitni 
o’zgarishini asoslab berishi lozim 
- O’zbekiston relyefini o’tganda o’qituvchi qo’yidagi muammolarni o’rtaga 
tashlab uni yechib berish na’munasini ko’rsatish mumkin. «O’zbekiston relyefi 
ichki va tashqi kuchlarning o’zaro ta’siri xosilasidir». Bunda ichki va tashqi 
kuchlarning o’zaro ta’sirida qanday relyef shakillari hosil bo’lishini va tashqi 
kuchlar ta’sirida ular qanday o’zgarishi dars bayonida ochib beriladi; 
- O’zbekiston tabiat mintaqalari mavzuni o’tishda qo’yidagi muammoni 
o’rtaga tashlab uni yechish yo’llarini ko’rsatib berish mumkin «O’zbekiston tabiiy 
sharoiti g’arbdan sharqqa tomon mutloq balandlikni ortishi va iqlimni o’zgarishi 
tufayli almashinadi. Bunda o’quvchilar e’tiborini balandlik ortgan sari iqlimni
sovushi va natijada O’zbekistonda cho’l, adir, tog’ va baland tog’ mintaqalari 
vujudga kelganligi asoslab beriladi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida tabiiy resurslar, aholii 
geografiyasi ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish transporti va xalqaro 
iqtisodiy aloqalar, iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishi, mehnatni geografik 
taqsimoti mavzulari bo’yicha muammoli darslarni tashkil qilish mumkin, iqdisodiy 
va ijtimoiy geografiya darslarida quyidagi muammolarni o’rganish mumkin: 
«Har qanday davlaning qudrati uning rivojlanish darajasi va tabiiy 
boyliklariga bog’liq» Davlat yuqori darajada rivojlangan bo’lsa va tabiiy 
boyliklari yetarli bo’lsa u davlatning qudrati yuqori bo’ladi masalan, Rossiya, 
Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va x.k. Davlatlar yuqori darajada rivojlangan 
bo’lsa ammo tabiiy resurslari kam bo’lib aqliy (insoniy) resurslari yuqori darajada 
bo’lsa ham qudratli bo’lishi mumkin, masalan Yaponiya; 
-ishlab chiqarish kuchlarini joylanishini tabiiy sharoit va tabiiy resurslar, 
hamda ishchi kuchlariga bog’liq; 
- aholi ko’chib yurishini iqtisodiy va siyosiy sharoitga bog’liq ekanligi; 
-aholini ko’chib yurishini iqtisodiy va siyosiy sharoitga bog’liq ekanligi; 
- aholini ko’payishi va urbanizatsiya darajasini davlatni rivojlantirish 
darajasiga bog’liq ekanligi; 
-sanoatni rivojlanish darajasi ilmiy texnik inqilob natijalaridan foydalanish 
darajasiga bog’liq ekanligi; 


88 
-har qanday davlatni rivojlantirish uning xalqaro ixtisoslashgan sohasini 
rivojlantirishga bog’liqligi va x. k. 
Geografiya darslarida deyarli har qanday mavzuni o’tishda geoekologik 
muammolarga duch kelinadi. Shuning uchun geografiya fani o’quvchilarga va 
keng xalq ommasiga ekologik ta’lim va tarbiya beradigan asosiy fanlardan biri 
hisoblanadi. 
Geoekologiya bo’yicha muammolarni shakillantirib ularni yechish 
namunasini ko’rsatish mumkin: 
- Orol dengizi butunlay qurib qolsa orol atrofida qanday geografik 
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Mazkur muammolarni yechishda o’qituvchi avval 
uning tabiiy geografik oqibatlarini so’ngra iqtisodiy geografik oqibatlarini,
pirovardida esa geoekologik oqibatlarni ochib berishi darkor. Shundan so’ng Orol 
dengizini qurishini oldini olish chora-tadbirlarini asoslab berish lozim; 
-«Sanoat korxonalarini notug’ri joylashtirish va uning geoekologik 
oqibatlari». Mazkur muammolarga misol qilib Tojikistondagi Alyuminiy zavodini 
keltirish mumkin. Mazkur zavodni qurilishi va faoliyati oqibatida janubiy 
O’zbekistonda sodir bo’lgan noxush ekologik jarayonlarning sabablari ochib 
berilishi lozim; 
-Sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda paxta yakka xokimligini rivojlanishi va 
uning ekologik oqibatlarini o’qituvchi muammoli bayon sifatida ochib bermog’i 
lozim; 
-iqlimni o’zgarishi va uni tabiiy sharoitga ta’siri ham muammoli bayon 
jarayonida ochib berilishi mumkin. 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish