Mantiqiy masalalar.
Boshlang’ich sinf o’quvchisida o’quv-biluv faoliyatining rivojlanishida ijodiy mazmundagi topshiriqlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shulardan biri mantiqiy masalalardir. Mantiqiy masalalarni yechish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanadi, mulohaza yuritish, xulosa chiqarish kabi xislatlar tarbiyalanadi.
10 metrli yog’ochni bir metrli teng bo’laklarga bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?
Agar songa yettini qo’shib, yig’gindini yettiga bo’lib, bo’linmadan yettini ayirib, ayirmani yettiga ko’paytirilsa, yetti hosil bo’ladi. Bu qanday son?
Soat sirtini shunday olti bo’lakka bo’lingki, har bir bo’lakdagi sonlar yg’indisi bir xil (o’zaro teng) bo’lsin.
2. Rebuslar, krossvordlar, ko’gazmali qurollar. Matematika darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish.
R e b u s
Ushbu rebusni yechsangiz, Oymoma haqidagi topishmoqni o’qiysiz.
P + ,
+ga t +
Ushbu krossvordni yechsangiz kalit so’zida buyuk matematik olimning
ismi kelib chiqadi.
1. Uy parrandasi. 2.Tunni yoritadi. 3. O’quv quroli. 4. Ilm maskani. 5. Ona yer. 6.Ilm o’rgatuvchi. 7. Bilim bulog’i.
8 …..-kechak.
Har bir harfdan boshqa
har bir harfga borish
mumkin bo’lsa, jadval-
dan nechta ONA
so’zini o’qish mumkin?
9 + 1 = 10 10 – 1 = 9
|
99 + 1 = 100 100 – 1 = 99
|
999 + 1 = 1000 1000 – 1 = 999
|
9999 + 1 = 10 000 10 000 – 1 = 9999
|
Buni quyidagicha davom ettirish mumkin:
|
9999 + 1 = ( 9900 + 99 ) + 1 = ( 99 + 1 ) + 9900 =
|
= 100 + 9900 = 10 000.
|
10 000 - 1 = ( 9990 + 10 ) - 1 =
|
9990 + ( 10 -1 ) =
|
= 9990 + 9 = 9999.
| Tez hisoblang
3.Matematik viktorina.
“Hamma narsalarni bilishni istayman”. Murakkab masalalar. Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish.
Matematik gazeta va viktorinalar.
Matematik gazeta, viktorinalarda har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib qiziqish xarakterida bo‘ladi. Viktorinada esa o‘quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o‘quvchilarga yetkaziladi. Matematik konkurslar va viktorinalar. Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi.
1.Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash.
2. Mantiqiy masala va mashqlarni,
3. Тopqirlik, ziyraklikka oid mashqlar,
4. Hisoblashlari murakkab bo‘lgan masalalarni
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar.
Matematik viktorinalar – gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan g‘olib o‘quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi.
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda “Matematik burchak” deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:
1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.
2.Agar odam tanisadi barcha temir miqdori yig’ilsa, og’irligi bitta mix og’irligicha keladi.
3. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.
4.Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor.
5. Odam tanasida 50 litrgacha suv bo’lishi mumkin.
Matematika burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faolligi yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Matematika ertaligi.
“Raqamlar olamiga sayohat”.
Bolalar raqamlar olamiga sayohatga yo’l oladilar. Yo’lda urushib-tortishib turgan raqamlarga duch kelishibdi.
“1”raqami: Hisobning ibtidosin
Ifodalar suratim
Nol qo’yilsa yonimga
O’n bor ortar qiymatim
“2” raqami:.Do’stlar meni yozishda
Qalam hech uzilmaydi
To’ntarib qo’ysalar ham
Qiymatim o’zgarmaydi.
“3” raqami: Uch xonali sonlarning
Eng kichigi bo’laman
Nol yozilsa so’ngimga
Rosa mingga to’laman
“4” raqami: Bordir sakkizta oshnam
Barisi ham mendan kam
Gar o’ngacha sanasang
Meni aytmay qo’ymaysan
“5” raqami: Aylanma jismlar hech
Usiz kun ko’rolmaydi
Qiymatidir taqribiy
Hech aniq bo’lolmaydi.
“6” raqami: Men oltiman polvonman
Sonlar ichra yagona
Lek to’ntarib qo’ymangiz
Tanimayin qolmangiz.
“7” raqami: Nomim yetti deyilar
Sevib tilga olinar
Maqollarda juda ko’p
Nomim tilga olinar
“8” raqami: Boshqa songa qaysi son
Bo’linmay qilar sarson
Bu mendir gar bilsangiz
Hech unutib qo’ymangiz.
“9” raqami: Menchi aka to’qqizman
Ukam bordir sakkizta
Gar topmoqni istasang
Sakkizga bir qo’shsang bas
“0” raqami: Ha men nolman. Men puchman, bo’m-bo’shman biror songa qo’shilsam ham, ayrilsam ham hech qanday natija yo’q. Lekin raqamlarning ortida tursam… Eheee. Hozircha men jim.
Raqamlar bolalarga deyishadi: Bolajonlar nolning o’rnini topishiga yordam berasizmi?
Bolalar javob beradilar.
Raqamlar: Bizlarni matematika faniga kim kiritganini bilasizmi? U kishi buyuk bobomiz, yurtdoshimiz, beqiyos o’zbek olimi – Abu Abdulloh ibn Muso Al-Xorazmiydir.
Keyin raqamlar va bolalar xayrlashadilar.
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10`
Bir soatlik namunaviy dars ishlanmasi
Mavzu: 100 sonini hosil qilish.
Maqsad:
fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, muammolarni yechishga, maqsadli qarorlar qabul qilishga o’rgatish.
mavzu asosida misol-masalalar yechdirish, o’quvchilar olgan
bilimlarini mustahkamlash, amalga qo’llay olishga o’rgatish.
Mustaqil fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish, ularning
qobliyatlarini takomillashtirish, hisob-kitob malakalarini o’stirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o’tmishga hurmat bilan
qarashga, yurtimizning tarixiy qadamjolarini asrab-avaylashga o’rgatish.
III. Dars turi: bilim beruvchi
IV. Usul: an’anaviy
V. Uslub: aralash
VI. Dars jihozi: Mavzuga oid rasmli ko’rgazmalar, darslik, bolalarni
rag’batlantirish uchun “rag’bat” va “jarima” kartochkalari, quticha, test.
Dars rejasi:
Tashkiliy qism: Psixologik muhit yaratish.
Guruhlarga ajratish.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu.
Matematik diktant.
Boshqotirma .
Dam olish daqiqasi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Uy ishi.
Baholash.
Darsni yakunlash.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Psixologik iqlim yaratish.
O’qituvchi: (o’qituvchilarga dars matematika ekanligini aytadi, daftar va darslik, o’quv qurollari parta ustiga chiqariladi.)
Soy bo’yida ezllab buloq,
B orisharlar, bir echki-yu uloq,
Aytchi, o’g’lim ...
Ularda bor bir nechta, oyoq,
Nechta quloq hamda tuyoq?
1-o’quvchi: 3 x 4 = 12 (oyoq)
2 -o’quvchi: 2 x 3 = 6 (quloq)
3-o’quvchi: 3 x 8 = 24 (tuyoq)
Bolalarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Aylanma daftarlarni almashtirish.
2. O’quvchilarni guruhlarga ajratish o’quvchilar uchta guruhga bo’linadi va ularga nom beriladi.
O’quvchilarning javoblari qizil va yashil aylana (doiracha) chalar bilan rag’batlantiriladi va ular qutichalarga solib boriladi. Darsning oxirida to’plangan aylanachalar soni aniqlanadi va ball qo’yiladi.
Savol: (3 ta guruhga)
2 ta 2 xonali sonlar orqali 1000 sonini hosil qiling.
I. 54 + 46 = II. 34 + 66 = III. 72 + 28 =
3.O’tilgan mavzu test orqali mustahkamlanadi.
4.Yangi mavzu: (O’qituvchi mavzuni doskaga 1-misol orqali yozib tushuntiradi)
1-misol 54 + 46 =
46 + 54
50 + 40 = 54 + 40 = 94
4 + 6 = 94 + 6 = 100
90 + 10 = 54 + 46 = 100
46 + 54 = 100
2 -masala: (Darslikdagi misol masalalar bajariladi, 3 la guruh o’quvchilari qatnashadi).
Tasviriy san’atda – 34 nafar
Musiqada -?, ↑ 16 ta ortiq
Ikkalasida -?
50
Yechish: I - 34 + (34 + 16) = 84 (n)
II. 1) 34 + 16 = 50 (n)
2) 34 + 50 = 84 (n)
Javob: Ikkala to’garakka 84 nafar o’quvchi qatnashgan.
3-misol.
Q. 90 80 70 74 40 50 60 20
Q. 10 20 30 26 60 50 40 80
Y. 100
4-masala. (3 ta guruhga “mustaqil ish” qilib beriladi. Tez va xatosiz bajargan o’quvchi guruhiga rag’bat kartochkasi oladi.)
Bor edi – 100 kg un.
Ishlatidi – 60 kg.
Qoldi -?
Javob: 40 kg un qolgan.
5- misol (3 ta guruhdan 3 ta o’quvchi doskaga chiqib misol yechadi).
62 + 38 = 46 + 54 = 50 + 50 =
72 + 20 = 74 + 26 = 87 + 13 =
5. Matematik diktant.
3 ta o’nlik, 8 ta o’nlik 5 ta birlikdan iborat bo’lgan sonni yozing.
6. Boshqotirma.
O’rdak bir oyoqda turganda 3 kg.ga teng keladi. Ikki oyoqqa tursa-chi?
Uch kg paxta o’girmi yoki kg taxta?
Bitta tuxum uch minutda pishadi. To’rttasi necha minutda pishadi?
7. Dam olish daqiqasi . (Bunda o’quvchilar hayolan toqqa chiqadilar va savatchalarga qo’ziqorin teradilar. Doskaga shu manzara tasvirlangan rasmli ko’rgazma bo’ladi).
8. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1) 1-qo’shiluvchi ma’lum, 2-qo’shiluvchini topish uchun nima qilamiz?
2) 100 sonining teng yarmi nechaga teng?
3) 1-son 18, 2-son undan 8 ta kam ikkala sonning yig’indisini toping?
4) 8 sonidan oldin va keyin keladigan sonlarni top?
9. Uy ishi. 100 sonini hosil qilishga doir masala tuzib, yechib kelish.
10. Guruhlar toplagan ball yakunlanadi, o’quvchilar baholanib eng g’olib guruh aniqlanadi.
11. Darsni yakunlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |