Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/51
Sana25.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#463643
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
5412da0768764

I bob bo‘yicha xulosa 
Mavzuga doir psixologik-pedagogik, metodik adabiyotlarni o‘rganish 
natijasida quyidagilarni xulosa qilish mumkin: nutqiy ifodaning paydo bo‘lishi 
va rivojlanishi murakkab bo‘lib psixik jarayonlarning yetilganligini talab etadi. 
Bola uni asta-sekin, nutqning rivojlanishi jarayonida o‘zlashtirib egallab oladi. 
Aqli zaiflikning tuzilishini, uning sabablarini, birlamchi va ikkilamchi 
nuqsonlarning turli munosabatlarini aniqlash maktabgacha davrda bolalar 
rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalashning eng samarali usullarini 
tanlashga imkon yaratadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqiy 
faoliyatini rivojlantirish – juda jiddiy ilmiy-metodik muammo bo‘lib, ushbu 
muammmoga psixologik-pedagogik adabiyotlarda katta ahamiyat berilgan.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish muassasasiga
qaratilgan tadqiqotchilarning ishlarini tahlili ham muammoning muhim 
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. 
Aqli zaif bolalar nutqidagi nuqsonlar, ya’ni faol lug‘atning qashshoqligi, 
tushunchalar ahamiyatining (mohiyatining) cheklanganligi, ularni noto‘g‘ri 
qo‘llash, grammatik vositalarning bo‘shligi va stereotipligi, mustaqil nutqning 
zaifligi va boshqa omillar bunday toifadagi bolalar psixikasining shakllanishiga 
salbiy ta’sir qiladi.
Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini tadqiqoti bilan shug‘ullangan 
barcha tadqiqotchilar aqli zaiflarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan 
tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutqiy kamchiliklar tarqalganligini 
ko‘rsatadilar va ularni korreksiyalash va bartaraf etishning samarali yo‘llarini 
tadqiq etish zarurligini ta’kidlaydilar. Ana shu samarali vositalarga didaktik 
o‘yinlar ham kiradi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini 
rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. CHunki 
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalashda, maktab ta’limiga 
tayyorlashda bu davrda bolalarning asosiy faoliyat bo‘lgan o‘yinning ahamiyati 
yanada muhim bo‘lib qoladi. O‘yinda, ayniqsa, didaktik o‘yin orqali bolalar 
yangi bilimlar, tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni egallab oladilar. 


46 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida aqli zaif bolalarning nutqini shakllantirish 
va o‘stirishga qaratilgan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarda didaktik o‘yinlar 
orqali aqli zaif bolalar nutqining eng asosiy funksiyasi, ya’ni faoliyatni 
regulyatsiyalovchi funksiyasi, muloqot (kommunikativ, bilish) shakllanadi va 
rivojlanadi. Bularning barchasi maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqni
rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish yo‘llarini tadqiq etish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. 


47 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish