Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika fakulteti



Download 34,09 Kb.
bet3/4
Sana28.02.2022
Hajmi34,09 Kb.
#474058
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ozbekiston tarixi leonid litivin asarlari asosida

2. Oʻzbekistonda iqtisodiyot tarixi
Oʻzbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish haqli ravishda shaxsiy tashabbusning rivojlanishi, raqobatchilik muhitini vujudga keltirish hamda monopoliyalarni tugatish bilan bogʻ- lanmoqda. Lekin, oʻzbekistonlik ekspertlarning maʼlumotlari- ga qaraganda, monopolist korxonalar soni 1992—1997-yillarda kamayish u yoqda tursin, aksincha, ochiqdan-ochiq koʻpayib bordi. Agar 1993-yilda davlat roʻyxatida 493 ta shunday korxona boʻlgan boʻlsa, 1996-yilda 5153 xil mahsulot, tovarlar guruhlarini ish- lab chiqaradigan va xizmatlar koʻrsatadigan 878 ta monopolist korxona roʻyxatga olingan (Islomov B. Demonopolizatsiya i raz- vitiye konkurensii. Opmt Uzbekistana. EKO. 1997. 9-son, 92— 94-betlar).
Xususiylashtirish jarayoni Oʻzbekiston sanoatining asosi boʻlgan neft kimyosi, mashinasozlik, yengil sanoatdagi, iqgiso- diyotning boshqa tarmoqlaridagi eng yirik korxonalarni qam- rab olmadi. Monopolist korxonalarning aksariyatini tabiiy monopoliyalar tashkil etadi.1
Toʻqsoninchi yillar boshida mustaqillikka erishgan boshqa dav- latlarga xos qismat Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi: ularda sa- noat tanazzulga yuz tutdi. Lekin 1995-yilga keliboq sanoat mah- sulotining umumiy hajmi amalda 1990-yil darajasida (98,4 foiz) tiklandi. Bunga asosan ayrim sanoat tarmoqparida oʻsish manba- larini tashkil etish yoʻlidan borish hisobiga erishildi. Neft, gaz, rangli va qimmatbaho metallardan foydalanish, neft-gaz va togʻ-kon sanoatini, rangli metallurgiyani rivojlantirish loyihelari izchil amalga oshirildi. Ilgari chiqarilmagan mah- sulotni (avtomobillar, televizorlar, elektron apparaturalar va boshqalar) ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Agar MDH mamlakatlarining koʻpchiligida 1992—1994-yillarda investitsiya sohasida tanglik davom etgan boʻlsa, Oʻzbekistonda, sarmoyalar ulushi toʻxtovsiz oshib bordi. Ular, ayniqsa, jadal olib borilayotgan qurilishga kiritilgan. Shu bilan birga, quri- lishning umumiy hajmida uy-joylar ulushi katga boʻldiki, bu ham kelajakka qilingan oʻziga xos investitsiya edi. Navoiy vi- loyatida yangi oltin chiqaruvchi kombinat ishga tushirildi va “Zarafshon-Nyumont” Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasi ruda qoldiqlaridan oltin olishga kirishdi. 1994-yil oxirida Asaka avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qoʻqon va Andijonda yirik gidroliz zavodlari yangi qurilishlar sa- fidan joy oldi.
Yerdan samarali foydalanish dasturi agrar islohotning mu- him tarkibiy qismi boʻldi. Bu dastur qishloq xoʻjaligi ekinla- rini yetishtirishda zarur mutanosiblikni tiklashni oʻz ichiga olgan. 1985-yildan boshlab donli ekinlar maydoni 1,1 million gektardan 1,7 million gektargacha, sabzavot va kartoshka ekila- digan maydonlar esa 0,1 million gektardan 0,2 million gektar- gacha kengaytirildi. Shu vaqt ichida texnik ekinlar ekiladigan maydonlar 1,77 million gektardan 1,6 million gekgargacha qis- qartirildi. Bu esa donli ekinlar yalpi hosilini 1997-yilda 3,6 million tonnaga yetkazish, uni saksoninchi yillar boshidagiga nisbatan 3,5 baravar koʻpaytirish imkonini berdi. Kartoshka 0,7 million tonna (2,5 baravar koʻp), sabzavotlar 2,3 million tonna (deyarli 1 million tonna koʻp) miqsorida yigʻib olindi. Shunday boʻlsa-da, 1996—1997-yillarda Oʻzbekiston isteʼmol qilinadigan donning 47 foizini, kartoshkaning 50 foizini, sutning 30 foizini import qilishni davom ettirdi.1
1991-yilda agrar sektorda 940 ta jamoa xoʻjaligi, 1108 ta sov- xoz, 210 ta har xil xoʻjaliklararo birlashma bor edi. 1996-yil boshida atigi 16 ta sovxoz qoldi, biroq jamoa xoʻjaliklari soni 1389 taga yetdi, buning ustiga, 866 qishloq xoʻjalik kooperativi va 1895 ta boshqa xoʻjalik (asosan, ijara) korxonalari hamda 3 millionga yaqin shaxsiy yordamchi xoʻjalikni birlashtiruvchi deh- qon uyushmalari bor edi.
1500 ga yaqin chorvachilik fermasi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. 1991—1996-yillar davrida fermer xoʻjaliklari soni 3,8 baravar koʻpayib, deyarli 20 mingtaga yetdi. Keyingi yillarda fermer xoʻjaliklari soni koʻpayib bordi va 1998-yil 1-aprelda 23 mingtaga yetdi. Natijada 1998-yilda qishloq xoʻja- ligi mahsulotining 98 foizi (paxtadan tashqari) nodavlat sek- torida yetishtirildi (Oʻzbekiston Respublikasini rivojlanti- rishning 1998-yil yanvar-mart oylariga doir asosiy koʻrsatkich- lari — Toshkent. 1998).
Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda ixtisoslashtirilgan agrar bank- lar, sugʻurta kompaniyalari, auditorlik xizmatlari tashkil etil- gan boʻlishiga qaramay, mustaqil ekspertlar fikricha, mamlakat qishloq xoʻjaligida hozirga qadar bozor infratuzilmasi yoʻq, dehqonlarning kredit resurslaridan foydalanishi cheklangan, yer uchastkalari olishda koʻpdan-koʻp toʻsqinliklar mavjud, ortiqcha ishchi kuchini ishga joylashtirish masalalari hal qilinmayotir. Bularning barchasi dehqonlarda qishloq xoʻjaligi korxonalari- ni aksiyalashtirishda qatnashishga koʻp ham qiziqish tugʻdirmayotir.
Xususiylashtirishning dastlabki ikki bosqichida dehqonlarga shaxsiy foydalanish uchun qoʻshimcha 218 ming gektar yer berildi. Natijada tomorqalar va bogʻdorchilik xoʻjaliklaridagi umumiy yer maydoni deyarli 650 ming gektarga, fermer xoʻjaliklarini ham qoʻshib hisoblaganda, 850 ming gektarga yetib, mamlakat umu- miy yer fondining 20 foizini tashkil qildi. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qarashli yerning oʻrtacha miqsori 0,35 gektarga yetdi. Bu esa yer resurslari cheklangan va sugʻorma dehqonchilik sharoi- tida dunyo mezonlari boʻyicha meʼyordagi hol hisoblanadi.1
Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1994-yilda 3800 mil- lion dollarni tashkil qildi. Bu vaqgga kelib Oʻzbekiston dunyo- dagi elliqsan ortiq mamlakatning, shu jumladan Germaniya, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Niderlandiya, Avst- riya, Janubiy Koreya, Xitoy, Indoneziya, Malayziya, Hindis- tonning firma va kompaniyalari bilan iqtisodiy aloqalarga ega edi. Hammasi boʻlib 2000 ga yaqin xorijiy sarmoya ishtiroki- dagi korxona roʻyxatga olindi. Mamlakat 80 ta chet el banki bi- lan munosabatlar oʻrnatdi. Toshkentda Jahon taraqqiyot banki, Doyche Bank, Kredit kommersial de Frans vakolatxonalari ishlab turibdi.
1997-yilda mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 8910,5 mil- lion dollarga yetib, 1994-yildagiga nisbatan deyarli ikki yarim baravar oʻsdi. Bunda eksport umumiy hajmining oʻsishi anʼana- viy tovarlar — paxta, rangli metallar va shu kabilar bilan bir qatorda avtomobillar, kalava ip, benzin, elektronika va bio- kimyo sanoati mahsulotini chetga chiqarish hisobiga taʼminlan- di. Chet elga neft, neft mahsulotlari va benzin yetkazib be- rish 1997-yilda 1996-yildagiga qaraganda 4 baravar, avtomashi- nalar yetkazib berish 7,4 baravar, kimyoviy shtapel tolalari yetkazib berish 6,8 baravar oʻsdi (Ekonomika i statistika. 1998. 3-son, 6-bet).
Siyosiy vaziyatning barqarorligi va iqgisodiy rivojlanish- ning aniq maqsadga qaratilgani Oʻzbekistonga xorijiy sarmoya- larning kirib kelishi uchun muhim omildir. Shu sababli aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan xorijiy investitsiyalar hajmi jiha- tidan u MDHda birinchi oʻrinda turishi tasodifiy emas. Ayni vaqgda investitsiya kiritishdagi tavvakkalchilik xatari sobiq so- vetlar hududida vujudga kelgan barcha mustaqil mamlakatlardagiga nisbatan, shu jumladan Boltiqboʻyi mamlakatlaridagiga nisbatan ham eng kam hisoblanadi. Shu tufayli jahonning yetakchi sugʻurta kompaniyalari mamlakatga bajonidil sugʻurta mablagʻlarini kirit- moqsa (Uzbekistan: obreteniye novogo oblika, 138, 147-betlar).
Yana Oʻzbekistondagi islohotlarning ibtidosi va intihosi, maqsadi va vositasi, mazmuni boʻlgan ijtimoiy siyosat haqida. Bu bobda aytilganlarni yana takrorlab oʻtirmayman. Bir necha qoʻshimcha kiritaman, xolos. Avvalo, oʻtish davri ijtimoiy das- turlari Oʻzbekiston variantining, hech bir mubolagʻasiz, asosiy ijodkori ham, asosiy eksperti ham boʻlgan Islom Karimovdan iqgibos keltiraman. U oʻzining “Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasi- da” nomli kitobida quyidagilarni yozadi:
“Bozor munosabatlariga oʻtishning ilk davrida biz oldindan butun aholini ijtimoiy himoyalash yoʻlidan bordik. Bu chora- tadbirlar odamlarning turmush darajasi keskin pasayib keti- shining oldini olishda muhim rol oʻynadi... osoyishtalik va barqarorlikni saqlab qolish omili boʻdsi. Islohotlarning dast- labki yillarida himoya chorasi sifatida isteʼmolchilarga sub- sidiyalar berish tizimidan va isteʼmol bozorini asosiy oziq- ovqat tovarlari mamlakatdan tashqariga chiqib ketishidan himoya- lashning turli shakllaridan keng foydalanildi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari va yolgʻiz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, ikki yoshga yetmagan bolalar uchun, shuningdek, kamqonlik kasali- ga duchor boʻlgan homilador ayollar uchun bepul ovqat, barcha maktab oʻquvchilari va talabalarni imtiyozli ovqatlantirish kabi ijti- moiy imtiyozlar ham byudjet mablagʻlaridan toʻlab turildi. Kom- munal xizmatlar, shahar elektr transportida yurish haqini toʻlash boʻyicha va yosh kelin-kuyovlarga imtiyozlar amal qilib turdi. Shun- day yondashuv tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlan- gʻich shart-sharoitlarga va sezilarli ijtimoiy zidsiyatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab oʻtishga mu- vaffaq boʻldi” (I. Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yoʻlida. 183—184-betlar).
Aftidan, shu joyga ozgina sharh berishga toʻgʻri keladi. Dast- labki paytlarda Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va bir qancha eng zarur buyumlarning oʻzgarmas narxlarini taʼ- minlashga harakat qilindi. Lekin dotatsiyalashga sarflangan juda katta va tobora ortib borgan davlat xarajatlari aholini davlat tomonidan bunday qoʻllab-quvvatlashni qisqartirishni hamda ij- timoiy yordamni aniq yoʻnaltirish tizimiga oʻtishni taqozo etdi. Bunda davlat manbalari bilan bir qatorda, mehnat jamoalari- ning, jamoat va xayriya tashkilotlari va jamgʻarmalarining mab- lagʻlari keng jalb etildi. Oʻzbekiston MDH mamlakatlari ora- sida birinchilardan boʻlib, aholi omonatlarini 1991-yilgi hola- tiga koʻra indeksatsiyalashni amalga oshirdi. Ana shu maqsadlar uchun 1997-yil iyuniga qadar hammasi boʻlib 4,4 milliard soʻm toʻlan- di (oʻsha vaqgda 1 AQD1 dollarining kursi 60,8 soʻm boʻlib, toʻlov 73 million dollarga yaqinni tashkil qildi) — (“Ekonomika i sta- tistika”. 1997, 7-8-son, 3-bet; “Delovoy mir”. 1997, 3-bet).
Ijtimoiy himoyalash sohasida koʻrilgan choralar jamiyat ij- timoiy tabaqalashuvi hamda aholi oʻrtasida daromadlar daraja- si boʻyicha keskin farqdashuv vujudga kelishining oldini oldi. 1996-yilda aholining eng koʻp taʼminlangan qismi bilan eng kam taʼminlangan qismi daromadlari oʻrtasidagi farq 7,5 bara- vargacha boʻlgan edi. Holbuki, bu qiymatning eng yuqori nuqtasi 8 baravar boʻlib, bundan oshib ketishi jamiyatning ijgimoiy jihatdan jiddiy tabaqalashganligidan darak beradi.

Urgut — Samarqanddan 40 chaqirim naridagi tuman markazi. Oʻzbeklar tasavvurida oʻrtacha kattaliqsagi shahar boʻlib, aholisi 40 ming kishiga yaqin. U qanday boshqariladi? Agar, aytaylik, masalaning tubiga qaraydigan boʻlsak, avvalgi sovet hokimiyati davridagi kabi boshqarilyapti. Biz borgan vaqtimizda tuman partiya qoʻmitasining sobiq kotibi hokim edi. Toʻgʻri, u Urgut tumanida emas, boshqa tumanda partiya kotibi boʻlgan. Biroq — bir muhim tafsilot. Hokim rasman hech kimni ishga tayinla- maydi, hech kimni ishdan olmaydi, ammo har qanday odamni ishga tayinlash yoki ishdan olish u bilan kelishiladi, tumandagi xoʻja- lik, ijtimoiy, madaniy hayotning barcha masalalari esa uning fikrini albatta hisobga olgan holda hal qilinadi. Bunday hol- larda hokimning obroʻsi va oʻzbekchilik oʻz kuchini koʻrsatadi. Kar- layl odamlardan: “Agar siz hokimning fikriga qoʻshilmasangiz, uning farmoyishlarini bajarmasangiz, nima boʻladi?” deb soʻra- ganida suhbatdoshlarimiz ajablanishdi: qanday qilib bizlar hokimning farmoyishlarini bajarmasligimiz mumkin va nega uning fikriga rozi boʻlmasligimiz kerak ekan? Ular shunday boʻlishini oʻylab ham koʻrishmagan. Holbuki, biz gʻayrirasmiy ravishda, bir piyola choy ustida suhbatlashgan edik, tarjimon ham mahalliy emas, Karlaylning oʻziniki edi. Oshkoralik suh- batdoshlarimiz uchun biron-bir noxush oqibatlarga olib keladi, degan shubha ularda tugʻilishi mumkin emasdi.


Hokim oʻshanda elliqdan oshgan edi. Avvaliga u bizga yomon, indamas va hatto badqovoq bir kimsa boʻlib tuyuldi. Lekin u birdaniga Urgut va urgutliklar haqida bajonidil latifa ayta boshladi. U Karlaylga murojaat qildi: “Siz — amerikaliksiz, shu sababli men Urgut va sizlarning sobiq prezidentingiz Rey- gan haqidagi latifani soʻzlab bermoqchiman. Mana, eshiting, hur- matli professor. Ehgimol, siz bilmassiz-u, lekin Reygan har bir ish kunini oʻz yordamchisidan: “Urgutda ishlar qalay, u yerda osoyishtalikmi”, deb soʻrashdan boshlar ekan. Urgutda osoyish- talik, degan javobni eshitganidan keyingina “Unday boʻlsa, jahon siyosati masalalariga oʻtaqolaylik, dunyoda barqarorlik hukmronligi haqida tashvishlanmasa ham boʻladi”, der ekan.



Download 34,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish