Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika fakulteti


Oʻzbekistonning oʻtish davridagi oʻziga xos yoʻli



Download 34,09 Kb.
bet2/4
Sana28.02.2022
Hajmi34,09 Kb.
#474058
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ozbekiston tarixi leonid litivin asarlari asosida

1. Oʻzbekistonning oʻtish davridagi oʻziga xos yoʻli

Oʻzbekistonning oʻtish davridagi oʻziga xos yoʻli va sezilarli muvaffaqiyatlari Gʻarbda Karimov oʻz strategiyasini qaysi namunalardan qoʻchirib olganligi haqidagi munozaralarga sabab boʻldi. Karlayl bu strategiya Xitoy yoʻli- ning nusxasi ekanligiga amin edi. U bunday deb yozdi: “Karimov Xitoy boʻylab sayohat qilganida, bu davlat unda siyosiy va iqgi- sodiy model sifatida juda katta taassurot qoldirdi. Xitoy- ning avtoritarizmini qoʻllab-quvvatlab, ayni vaqgda iqgisodi- yot sohasida tajribalar oʻtkaza olishi, aftidan, uning ongida model sifatida saqlanib qolgan va u bu modelni oʻz mamlakati uchun tanlab olgan. Lekin u buni oshkora tan olmadi”.


Men bu sohada Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari namuna boʻlgan, degan mulohazalarni ham uchratdim. Boshqa tadqiqotchi- lar Karimov tutgan yoʻlning asosini izlab, yana ham sinchkovlik qilishyapti. Xususan, muxolifat rahbarlari Karimovni Chili modeliga qarab ish tutishda aybladilar.
Men Karimov qaysi mamlakatning tajribasini afzal koʻri- shini uning oʻzidan eshitmaganman. U nimaniki oʻrganish mum- kin boʻlsa, hammasini oʻrgangan, deb oʻylayman. Lekin ishona- manki, Oʻzbekiston Prezidenti tanlab olgan yoʻl, eng avvalo, ki- tobiy bilimlarga yopishib olmagan, quruq va hayotdan uzilgan nazariya tarafdori boʻlmagan, aksincha, realist boʻlgan odamning yoʻlidir, shunday odam tomonidan oʻz xalqi ijtimoiy hayotining haqiqiy ehtiyojlarini hamda makon va davrning konkret sha- roitida ularni qondirishning real imkoniyatlarini chuqur mu- lohaza qilish natijasidir.
Oʻzbekistonda davlat mustaqilligi qoʻlga kiritilganidan key- ingi dastlabki 4 yilda xoʻjalik faoliyatini boshqarish, bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga oid ikki yuzga yaqin qonun, meʼyoriy xarakterdagi Prezident farmonlari va hukumat qarorlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlarining Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganidan oldingi davrga taalluqli qismini birinchi avlod qonun hujjatlari deb atash mumkin. Bular eng avvalo “Yer toʻgʻrisida”gi qonun (1990-yil 26-iyun), “Mulk toʻgʻrisida”gi qonun” (1990-yil 30-oktyabr), “Ija- ra toʻgʻrisida”gi qonun (1991-yil 19-noyabr), “Kooperatsiya toʻgʻri- sida”gi qonun (1991-yil 14-iyun), “Xoʻjalik jamiyatlari va shir- katlari toʻgʻrisida”gi qonun (1992-yil 9-dekabr), “Dehqon xoʻja- ligi toʻgʻrisida”gi qonundir (1992-yil 3-iyul).
Davlat mustaqilligining dastlabki yillarida Oʻzbekistonda qonunchilikda amalga oshirilgan oʻzgartirishlar bir xil bahola- nishi mumkin emas. Qonunlar muayyan axborot, ijtimoiy-psi- xologik ahamiyatga, oqibatda esa siyosiy ahamiyatga ham ega edi. Ular orqali bozor iqtisodiy islohotining maqsadlari, vazi- falari va ustuvor yoʻnalishlari aholiga yetkazilar edi. Tabiiy- ki, bu qonunlar aholining ijtimoiy ongidagi tegishli yoʻna- lishlarni oʻzgartirishda, odamlarda mulkka, tadbirkorlik fao- liyatiga yangicha munosabatni shakllantirishda oʻz rolini oʻynadi. Lekin Oʻzbekistonda ular bilan bogʻliq umidlar oqlanmadi va oqlana olmas ham edi.
Aslida iqtisodiy munosabatlarni faqat yuridik qonunlar asosida oʻzgartirib boʻlmaydi. Ayniqsa, jamiyat turli sabablar- ga koʻra bunday oʻzgartirishlarga unchalik yoki umuman tayyor boʻlma- gan sharoitda bunga dabdurustdan erishib boʻlmaydi. Huquqiy is- lohotning birinchi bosqichidayoq, bir tomondan, yangi qonunchi- lik bazasini shakllantirish bilan, ikkinchi tomondan, tegishli huquqiy institutlarni (xoʻjalik huquqiga ixtisoslashgan yurist- lar, yuridik auditorlik firmalari, malakali xoʻjalik sudlari va hakamlar arbitrajlarini) vujudga keltirish oʻrtasida uygʻun- lik yoʻqligi jiddiy muammo boʻlib qoldi.
Oradan bir yil oʻtgach, 1995-yil 5-yanvarda Prezident “Xusu- siy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻ1risida”gi oʻz farmoni bilan 1994-yil 21-yanvardagi farmonda bayon etilgan qoidalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirdi. Xususiy korxonalar qonunlarda koʻzda tutilgan huj- jatlar topshirilgan kundan boshlab uch kunlik muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi belgilab qoʻyildi. Xoʻjalik sudlariga xususiy tadbirkorlardan daʼvo arizalarini oldindan boj toʻla- magan taqsirda ham qabul qilishga ruxsat berildi. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-fevraldagi “Qishloqxoʻja- ligida iqgisodiy islohotni amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq bu islohot quyi- dagi yoʻnalishlarda davom ettirilmoqsa:
— jamoa xoʻjaliklarini (soxta kooperativ — kolxozlarni) aʼzolari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotning amaldagi mulkdori boʻladigan haqiqiy kooperativlarga aylantirish;
— sovxozlar va davlatga qarashli boshqa qishloq xoʻjalik kor- xonalarini kooperativlarga, aksiyadorlik jamiyatlariga, fer- mer xoʻjaliklari uyushmalariga aylantirish;
— dehqon (fermer) xoʻjaliklarini rivojlantirish hamda ular- ni yirik xoʻjaliklar (kooperativlar, aksiyadorlik jamiyatla- ri) bilan integratsiyalash, ana shunday integratsiya asosida turli uyushmalar tashkil etish;
— mahsuldorligi kam boʻlgan chorvachilik xoʻjaliklarini xu- susiylashtirish;
— mayda, samarasiz bogʻlar va uzumzorlarni 10 yildan kam boʻlmagan mudsatga ijaraga berish.
Tegishli qonunlarni tahlil qilish shundan dalolat beradi- ki, Oʻzbekiston agrar sektoridagi oʻzgartirishlarning muhim xu- susiyati yerga boʻlgan mulk huquqi davlat qoʻlida saqlanib qolgani- dan iborat.
Oʻzbekistonda chet ellik investorlarga jiddiy kafolatlarni nazarda tutadigan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilingan. Bu kafolatlar asosan quyidagilardan iborat: chet ellik sarmoya egalariga investitsiyalash sharoitlari yomonlashgan taqdirda in- vestitsiya shartnomasi tuzilgan vaqgda amalda boʻlgan qonun huj- jatlari 10 yil mobaynida qoʻllanilishi kafolatlanadi; chet el sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan, foyda va dividendlar- ning bir qismini oʻz vataniga olib chiqib ketadigan qoʻshma kor- xonalar milliy valyutani hech bir toʻsiqsiz erkin almashtirila- digan valyutaga konvertatsiyalaydilar; investitsiyalar sugʻurta bilan himoyalanadi; mulk huquqini himoya qilish kafolatlana- di; soliq imtiyozlarining keng tizimi, bojlarni kamaytirish va shu kabilar nazarda tutiladi; koʻchmas mulkni sotib olish va yer uchastkalarini ijaraga olish mumkinligi nazarda tutiladi.
Yuqorida eslatilgan maʼruzamdan yana bir parcha keltirmoq- chiman: “Oʻzbekiston bozor iqgisodiyotining huquqiy asoslarini qaror toptirish jarayonini boshdan kechirmoqda. Toʻgʻrirogʻi, gap xoʻjalik-huquqiy muhitning yangi tartibiga taalluqli asosiy institutlarni shakllantirishda dastlabki bosqichlar haqida borishi mumkin. Shu bilan birga, bu sohadagi asosiy muammo qonunlardagi biron-bir kamchiliklardan emas, balki koʻproq ularni amalga oshirishning yuridik mexanizmlari, ayniqsa shart- noma majburiyatlarining bajarilishini taʼminlaydigan meʼyor- larning oʻta nomukammalligidan iborat. Oʻzbekistonning xoʻja- lik qonunlarida eʼlon qilinadigan prinsiplar, chunonchi, dav- lat amaldorlari tadbirkorlarning ishlariga oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligi, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari hech moneliksiz amalga oshi- rilishini taʼminlash, bu huquqlar va manfaatlar buzilgan taq- dirda, ularning sud tomonidan tiklanishi amalda deyarli uchra- maydi”.
Maʼruzaning ijgimoiy qonunlar haqidagi boʻlimida davlat aholining eng muhtoj qatlamlari haqida gʻamxoʻrlik kdlishni oʻz zimmasiga olgan deb xulosa chiqarilgan edi.
Islohotlarning dastlabki yilla- rida qilingan ishlar haqida oʻquvchini toliqtirib qoʻymaslik uchun qisqacha, deyarli telegraf uslubida soʻzlab berishni istar- dim. Aslini olganda, bu —xilma-xil va ancha ishonchli statis- tik qaydlarning muxtasar bayonidir.
Mamlakatda ishlab chiqarishning pasayishi toʻxtatildi va iqgi- sodiyotning shundan keyingi oʻsish yoʻliga oʻtishi taʼminlandi. Iqtisodiy islohotlarning tanlab olingan, Oʻzbekistonning joʻgʻrofiy-iqgisodiy xususiyatlarini toʻla hisobga oladigan stra- tegiyasi oʻtish davri qiyinchiliklaridan osonroq qutulib olish hamda yalpi ichki mahsulot (YAIM), sanoat va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishining kamroq pasayishini taʼminlash imkoni- ni berdi. 1997-yilda YAIM Oʻzbekistonda 1990-yildagiga nisba- tan deyarli 90 foizni tashkil qildi. Holbuki, u Rossiyada 59 foiz, Qozogʻistonda 62 foiz, Ukrainada 42 foiz, Belorusda 73 foiz, Qirgʻizistonda 60 foiz, Ozarboyjonda 44 foiz, Armanistonda 58 foiz, Moldovada 63 foiz boʻlgan edi. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi esa, yuqoridagi tartibda, Oʻzbekistonda 112,7 foiz, Rossiyada 51 foiz, Ukrainada 52 foiz, Gruziyada 23 foiz boʻlgan edi.1
Oʻzbekistondagi xususiylashtirish jarayonining eng diqqatga sazovor jihati bu — davlat mulki, jamoa mulki va xususiy mulk teng huquq va mavqega ega boʻlgan aralash iqgisodiyotni shakllan- tirishga intilishdan iborat. Birinchi bosqichda (1992—1993-yil- lar) xususiylashtirish asosan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish sohasidagi kichik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish yoʻli bilan amalga oshirildi. 1993-yilda 33577 ta kichik (64 foiz), 600 ta oʻrta (8 foiz) va 40 ta (8 foiz) yirik korxona xususiylash- tirildi. Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi (1994-yil mart — 1996-yil boshlari) mobaynida transport, qurilish mate- riallari, oziq-ovqag sanoati (goʻsht va sutni qayta ishlash, oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish), paxta tozalash, turizm kom- pleksi korxonalarida mulk shaklini oʻzgartirish davlat dasturi amal qildi. Natijada 1995-yil oxiriga borib 54 mingdan ortiq korxona xususiylashtirilgan edi. Shulardan 26 ming 100 tasi aksiyadorlik kompaniyalariga, 27 mingtasi kollekgiv mulk kor- xonalariga, 661 tasi ijara korxonaga aylantirildi.
Umuman, xususiylashtirishning birinchi va ikkinchi bosqich- lari natijasida 1996-yilda hamma korxonalarning 85 foizi iqgisodiyotning nodavlat sektoriga oʻtdi. Bu korxonalarda mam- lakatdagi barcha ishchi kuchining 65 foizi band boʻlib, milliy daromadning 67 foizi ishlab chiqarildi. Shu bilan birga, mil- liy daromadning 42 foizi kollektiv mulk hissasiga, 20,7 foi- zi xususiy va yakka tartibdagi mulk, 2,7 foizi aralash mulk, 2,6 foizi chet el sarmoyasi ishtirokidagi mulk, 32 foizga yaqini dav- lat mulki hissasiga toʻgʻri keldi.
Xususiylashtirishning uchinchi bosqichi markazida xususiy- lashtirish investitsiya fondlari (XIFlar) tashkil etish va ular- ning faoliyati turadi. XIFlarning asosiy vazifasi investi- siyalar oqimini boshqarish va ularning xillarini koʻpaytirish- dan iborat. Ommaviy xususiylashtirish jarayonida XIFlar xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini sotib oladi va ijtimoiy qatnashish aksiyalari (IQA) deb ataladigan oʻz ak- siyalarini chiqaradi. Soʻngra bu aksiyalar ommaviy suratda aholiga sotiladi.



Download 34,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish