3. Konstitutsiya va konstitutsionalizm
Oʻtish davri kechayotgan jamiyatda konstitutsiya yaratish, avvalo zamonni yangilashning dastlabki natijasi, shundan keyin bozor munosabatlari va demokratik oʻzgarishlar shartiga aylanadi. Konstitutsiya boʻlmasa, huquqiy davlat va uning asosi — konstitutsiyaviy davlat qaror topishi mumkin emas. Men ushbu bobni juda zarur mana shu formuladan boshlamoqchiman.
Jadal va keng koʻlamdagi konstitutsiyaviy oʻzgarishlar dunyoda- gi koʻpgina mamlakatlar ijtimoiy hayotining muhim xususiyatiga aylanib qoldi. Agar eski konstitutsiyalar va ular oʻrnatgan tu- zum oʻzining barqarorligi bilan ajralib tursa, hozirgi sharo- itda, ayniqsa shoʻrolar inqirozidan keyin paydo boʻlgan mamla- katlarda misli koʻrilmagan konstitutsiyaviy dinamizm kuzatil- moqda. Oʻtish davrining iqgisodiy va siyosiy oʻzgarishlari bunga asosiy sabab boʻlmoqsa. Ana shunday konstitutsiyaviy dinamizm natijasida “konstitutsionalizm” tushunchasi siyosiy va ilmiy tildan tobora keng oʻrin olmoqda.
Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni, butun joriy qonun- chilikning negizi boʻlib, u fuqarolarning huquq va burchlarini, davlatni shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tar- tibi va tamoyillarini belgilab beradi, degan tushuncha ongi- mizda allaqachon mahkam oʻrnashib qolgan. Shu bilan birga, kon- stitutsiya eng ulugʻ siyosiy hujjatdir. Umuman olganda, “konsti- tutsiya” tushunchasi hech qanday muammo tugʻdirmaydi. Ammo konstitutsionalizm tushunchasi murakkabroq, bu atama hozirga qadar unchalik tanish emasdi. Umuman aytganda, konstitutsiona- lizm — konstitutsiyaning hayoti, uning siyosiy tizimda gavdala- nishidir. Konstitutsionalizm — konstitutsiyaga tayanadigan dav- lat degani, u hukmronlikning konstitutsiyaviy usullaridir. Xul- las, konstitutsiyaviy davlat demakdir.
Hozirgi dunyoda inson va fuqaro huquqparini taʼminlash konstitutsionalizmning muqarrar tarkibiy qismi boʻlib qol- di, konstitutsiyaviy davlat ayni vaqtda demokratik davlat ham boʻlishi kerak, degan fikrga qoʻshilmaslik qiyin. Shunga qara- may, konstitutsiya kafolatlab beradigan inson huquqdari qan- chalik keng boʻlishi mumkin, u qanday erkinliklarni himoya qilishga qaratilmogʻi kerak, degan masalalar ustidagi bahs-mu- nozaralar hozirgacha toʻxtamayotir (VegIp 1. Gʻoigz Yezzauz op igagu. — OxGogyo. 1969).
Huquq va erkinliklardan foydalanish darajasi kuchli kons- titutsionalizm va kuchsiz konstitutsionalizm deb atalgan tushun- chalarni bir-biridan farqlash mezonidir. Kuchli konstitutsiya- viy davlatga, eng avvalo, xususiy mulk bilan bogʻliq koʻpdan-koʻp immunitetlar (qayta koʻrib chiqilmaydigan huquqlar) xos. Bun- dan tashqari, konstitutsiyaviy davlatda oliy yoki maxsus konsti- tutsiyaviy sud tomonidan amalga oshiriladigan qattiq sud nazo- rati konstitutsiyani himoya qiladi. Kuchsiz konstitutsiyaviy dav- latga esa kam immunitetlar va yumshoq konstitutsiyaviy sud nazorati xos boʻladi. Bunday davlat faqat hamma eʼtirof etgan erkinl iklarni, chunonchi, soʻz va fikr bildirish erkinligi, hoki- miyatga muxolifatda boʻlish erkinligi, vijdon erkinligi va hokazolarni himoya qiladi, xolos. Bunda xususiy mulk huquqi konstitutsiyaviy huquqlar jumlasiga kirmasligi va oddiy qonun- lar bilan tartibga solinishi ham mumkin. 1
Misol sifatida konstitutsionalizmning Britaniya va Ame- rika modelini bir-biriga taqqoslash mumkin. Britaniya modeli kuchsiz konstitutsionalizmga misol boʻla oladi, Amerika modeli esa kuchli konstitutsiyaviy davlatni ifodalaydi.
Xulosa:
Toshkentning markaziy maydoniga oʻrnatilgan salobatli glo- bus koʻkka intiladi. Unda Oʻzbekiston joʻgʻrofiy xaritasi bir necha baravar kattalashtirilgan holda tasvirlangan. Men nis- batlarning bunday buzilishini rassomning mubolagʻasi deb tu- shungan edim. Oʻylashimcha, xato qilgan ekanman. Chunki, muayyan davlatning haqiqiy oʻlchamlarini joʻgʻrofiy emas, balki uning tarixiy oʻrniga, bu mamlakat jahon madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan hissaga qarab belgilash toʻgʻriga oʻxshaydi. Agar shunday qqpinsa, globusdagi Oʻzbekiston — mubolagʻa emas, aslo.
Mustaqillik maydoniga oʻrnatilgan yer kurrasi juda koʻp bay- roqlar bilan oʻrab olingan. Bular Oʻzbekistonning uch rangli davlat bayroqlaridir. Har bir rang alohida maʼnoga ega. Bay- roqning oʻrtasidagi oq rang tinchlik va poklik timsolidir. Havo rang — zangori osmon va musaffo suvning, shuningdek yer va os- mondagi hayot manbalarining ramzi. Yashil rang — tabiatning timsoli, gurkirab yashnayotgan hayot va hosildorlikning, qizil yoʻllar har bir tirik jon qon tomirida urib turgan hayotiy kuch- ning, hayotning va yerning ramzidir.
Oʻzbekistonning hozirgi hokimiyati, uning Prezidenti oʻz xalqining buyuk oʻtmishini yillar tutqunligidan qaytarib olish- ga, uning hozirgi kun bilan qoʻshilib ketishini tashkil etishga muvaffaq boʻldi. Bu har qancha eʼtirof va tahsinga arziydigan ajoyib ish boʻldi.
“Davlatni donolik bilan boshqarish — xavf-xatarni kamay- tirish, xalq boshidan tahlikani bartaraf qilishdir” — oʻzbek xalqining oʻlmas allomasi Al-Forobiyning mana shu teran fikri Islom Karimov siyosatining negizini tashkil etib keldi va hozir ham shunday boʻlib qolmoqda. U hozirdayoq oʻz xalqi boshidan koʻpgi- na xatarlarni bartaraf qilishga muvaffaq boʻldi. Bundan buyon ham shunday qila olishiga ishonamiz.
Oʻzbekistonning yorugʻ kelajak sari yoʻli olis va mashaqqatli boʻlishiga shubha yoʻq. Prezident Karimov va uning safdoshlari Oʻzbekiston tarixining buyuk burilish nuqtasida oʻzlari tanlab olgan islohotlar yoʻlidan bundan buyon ham odimlab borishlari uchun ularga kuch-quvvat, iroda va jasorat tilaymiz. Oʻzbek xalqi- da, yigʻlab-yigʻlab ariq qazigan kulib-kulib suv ichadi, degan dono maqol bor.
Dunyodagi ayrim bayroqlar — faqat shonli oʻtmish ramzi, xo- los. Oʻzbekiston bayrogʻi — buyuk kelajak ramzi hamdir. U faqat ota-bobolar bayrogʻi emas, balki yana ham koʻproq darajada — bo- lalar bayrogʻidir. Bolalar bayrogʻi boʻlganda ham hamma bolalar- ning — hali tugʻilmagan kelgusi naslning ham bayrogʻidir. U ke- lajakdagi yaxshi kunlarning darakchisidir. Yillar oʻtadi, shunda oʻzbeklarning yangi avlodlari Mustaqillik kunida Oʻzbekiston- ning hilpirab turgan bayrogʻiga faxrlanib boqar ekan, baʼzan koʻzlariga qalqib chiqqan sevinch yoshlarini yashirmaydi.
ADABIYOTLAR:
1. Leonid Levitin. O`zbekiston tarixiy burilish pallasida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining joriy arxivi
(OʻzR TIV JA).
3.O’zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.
4.O’zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha ma`ruzalar matni), T., “Universitet”, 1999.
5. Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi (birinchi kitob) T.; “Sharq” 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |