Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

Navoiy  –  qasidanavis.  Alisher  Navoiy  yuksak  mahorat  bilan  yozilgan 
qasidalar  muallifidir.  U  “Hiloliya”dan tashqari  Husayn  Boyqaroga  turkiy  tilda bir 
nechta qasidalar bag’ishlagan. Uning «Hiloliya» qasidasi o’zbek qasidachiligining 
yuksak  namunalaridandir.  Qasida  Husayn  Boyqaroga  bag’ishlangan  bo’lib,  u 
taxtga  o’tirishi  munosabati  bilan  1469  yilda  yozilgan  va  shohga  taqdim  etilgan. 
Qasida 90 baytdan iborat.  
Hilol  osmonda  paydo  bo’lgan  yangi  oydir.  Shoir  yangi  davlat,  yangi 
hokimiyat  boshlanganini  shu  yangi  oyning  paydo  bo’lishiga  nisbat  beradi.  So’z 
o’yinlari,  badiiy  tasvir  vositalari  orqali  o’zining  yangi  hokimiyatga  ta’zimi  va 
sadoqatini izhor etadi. 


 
55 
Qasidaning  dastlabki  misralarida  osmon  gumbazida  paydo  bo’lgan  yangi  oy 
(hilol) tasviri beriladi. Hilolning egilgan shaklini shoir yorning qoshiga va o’zining 
egilgan qomatiga tashbeh etadi. 
 Chun nihon qildi turunji mehr rahshon tal’atin, 
 Oshkor etti falak bir taqvi g’abg’ab hay’atin. 
 
Bas xayoli ravshani erdi vale andoq daqiq,  
Kim  nazar goh anglar erdi, gah yo’q aning diqqatin.  
 
O’yla zohir bo’ldikim, qilg’ay
 
ani ko’rgan kishi  
Dilbarim qoshig’a-u mening qadimg’a nisbatin. 
 
Qasidada  shoir  samoviy  jismlarni  xuddi  inson  singari  harakatda  tasvirlaydi. 
Shoir oydinli oqshom chiroyini tomosha qilish uchun osmonga ko’tariladi: u yerda 
go’zallar,  farishtalar  va  Zuhra  bilan  uchrashadi.  Zuhra  qalbida  muhabbat 
tuyg’ularini uyg’otish, may ichish havasini paydo qilish uchun changda o’ynaydi, 
qo’shiqlar  aytadi,  marosimni  xursandchilik  bilan  o’tkazish  uchun  Navoiy 
g’azallariga  kuylar  yaratadi:  shoh  taxtini  yoritish  uchun  osmonning  uchinchi 
qabatidan yerga uchib tushadi, sohibqiron uyida sham bo’lib yonadi. Shoir osmon-
ning  beshinchi  kabatida  harbiycha  kiyingan  va  qurollangan  pahlavon  Mirrixni 
(Marsni)  ko’radi.  Mirrix  ertalab  yoydan  o’q  otib  mashq  qilish  uchun  harb 
maydoniga  ketayotgan  sohibqironga  yasovul  bo’lishni  istaydi.  Хuddi  shu  onda 
butun oomonni lojuvard atlas qoplab oladi va shoh taxtini yopadi. Shoir osmonga, 
Atorud  yoniga  ko’tariladi.  Atorud  shoirga  uning  qasidasidan  xam  yuksak  qasida 
yozganini  aytadi  va  o’z  asari  matlaini  o’qib  beradi.  Navoiy  shu  onda  Atorud 
matlaiga javob qaytaradi. Sayyora Navoiyga juda qoyil koladi. Mushoirada g’olib 
chiqqan  Navoiy  osmondan  pastga  tushadi,  yori  dam  olayotgan  xonaga  kiradi. 
Uning  yori  ham    marosimga  kelgan  edi.  Navoiy  o’z  yoriga  Atorudning  matlai, 
unga  yozgan  javobiny  o’qib  beradi.  Biroq  Navoiy  she’rlarini  eshitgan  yor  yuzida 
mayin  tabassum  paydo bo’ladi.  U  shu onda  Navoiy  matlaiga yusak  javob  yozadi. 
Bunga  qoyil  qolgan  Navoiy  uning  matlai,  o’zi  va  Atorudning  misralarini  Sulton 
Husayn  Boyqaro  hukmiga  olib  keladi.  Shoh  har  uchalasining  ham  matlalarini 


 
56 
ma’qullaydi.  Shoir  bo’lgani  uchun  o’zi  ham  ularga  javob  yozadi.  Navoiyning  bu 
misralari matla’ shaklida yozilgan va aa tarzida qofiyalangandir. 
She’rning  madh  qismida  shoir  Husayn  Boyqaroga  katta  umid  bilan  qaraydi. 
Sulton  Husayn  ehtiros  bilan  madh  etiladi.  Qasidada  shoir  o’zi  orzu  qilgan  shoh 
timsolini Husayn Boyqaro obrazi orqali tasvirlashga harakat qiladi. Shoir nazarida 
u surati shoh , siyrati darvesh maqomida bo’lganligi uchun ham yuksak ehtiromga 
loyiqdir. 
Shohlar shohi demay, ul shohlarning shohikim, 
Har bir yuz shohlar shohicha tutqay muknatin.  
Shohlar darveshiyu, darveshlar shohiki, haq 
Shoh qildi suvratin, darvesh qildi siyratin 
Qasida shakl jihatidan ham Navoiyga qadar yozilgan qasidalardan farq qiladi. 
Bu,  birinchi  navbatda,  qofiyalashda  ko’zga  tashlanadi.  Qasidada  Navoiy,  unint 
yori, Atorud va Sulton Husayn Boyqarolarning obrazi mavjud. 
Unda  «nasib»  va  «gurizgoh»  kichik  bir  qismni  tashkil  qilmaydi.  Navoiy 
qasidada  o’z  yorini  mavhum  holda  tasvirlamaydi.  Unda  yor  ta’rifi  oddiy  vasfdan 
iborat  emas.  Yor  qasidada  shoiradir.  Uning  oldida  qalam,  siyohdon.  U  Navoiy 
she’rlarini eshitadi, yuzlarida tabassum paydo bo’ladi. Shuningdek, qasidada Hirot 
raqqosalari  esga  olinadi.  Ular  yig’inlarda,  marosimlarda,  bayramlarda,  to’y-
tomoshalarda o’zlarining go’zal raqslari bilan odamlarni xursand qiladilar.  
Qasida  shohga  ezgu  niyatlar  bildirish,  uni  kelajagigi  umidvorlik  bilan 
yakunlanadi: 
Har kuning bayram bo’lub, joming hilol o’lsun mudom, 
Ko’rmagil beaysh umrung muddati bir soatin... 
Yangi oyu iyd ikki qullug’ching o’lsun, aylagan 
Sen hilol aning otin, bayram bu yerning kunyatin. 
Ko’rinadiki, 
qasida 
ko’tarinki 
kayfiyat, 
ezgu 
niyatlarni 
o’zida 
mujassamlashtirgan.  Mazkur  qasida  Navoiyning  yuksak  san’atkorlik  namunasi 
bo’lgan asarlaridan biri sifatida adabiyotimiz tarixida muhim o’rin tutadi.  


 
57 
Navoiyning  fors  tilida  yaratgan  bir  nechta  qasidalari  ham  mashhurdir.  Bu 
haqda shoir «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida ma’lumotlar berib o’tadi
1

Navoiyning  “Тuhfat  ul-afkor    qasidasi  «Sittai  zaruriya»  (“Olti  zaruriyat”) 
nomli qasidalar to’plamiga kiradi. Bu to’plamda oltita qasida bor. Bular “Ruh ul-
quds” (“Muqaddas ruh”), “Ayn ul-hayot” (“Hayot chashmasi”), “Тuhfat ul-afkor” 
(“Fikrlar  tuhfasi”),  “Qut  ul-qulub”  (“Qalblar  ozuqasi”),  “Minhoj  un-najot” 
(“Qutulish  yo’li”),  “Nasim  ul-huld”  (“Jannat  shabbodasi”)  qasidalaridir.  Bu 
qasidalarda  Navoiy  hayot  va  jamiyatga  o’zi  mansub  bo’lgan  naqshbandiylik 
ta’limoti  asosida  yondoshgan  va  baho  bergan.  Bunga  ko’ra  ezgulik  va  insonni 
ulug’lash asosiy o’rin tutgan. 
Хullas  Navoiy  qasidalari  yuksak  san’atkorlik  va  badiiy  mahorat  bilan 
yozilgan.  Ularda  shoirning  falsafiy,  diniy-ilohiy  vaaxloqiy-ta’limiy  qarashlari 
betakror lavhalarda aks ettirilgan. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish