Nizomiy nomidagi тoshkenт davlaт pedagogika universiтeтi maтyoqubova тozagul rajapovna alisher navoiy hayoтi va ijodi fani bo’yicha o’quv qo’llanma


O’zbek  navoiyshunoslarining    ilmiy  tadqiqotlari



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/104
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#276765
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
Bog'liq
oLLVVLSJGBQnu45ThHwBmpV3vrC9RhJkPkcs8nKd

O’zbek  navoiyshunoslarining    ilmiy  tadqiqotlari.  Navoiy  hayoti  va ijodiy 
merosini  ilmiy  asosda  o’rganish  o’zbek  adabiyotshunosligida  ХХ  asrning  20-
yillaridan  boshlandi.  Bu  boradagi  dastlabki  izlanishlar  taniqli  o’zbek  ijodkori 
professor  Abdurauf  Fitratga  qalamiga  mansubdir.  Uning  “Navoiyning  forsiy 
shoirlig’i  ham  uning  forsiy  devoni  to’g’risida”,  “Farhod  va  Shirin”  dostoni 
to’g’risida”
1
 nomli maqolalari buboradagi jiddiy ilmiy tadqiqotlardandir.    
1938  yilda  Alisher  Navoiy  tavalludining  500  yilligini  1941yilda  nishonlash 
haqida  qaror  qabul  qilindi.  Yubileyga  tayyorgalik  ishlari  natijasida  bir  qator 
maqola,  risola  va  monografiyalar  yaratildi.  Navoiyning  bir  qator  asarlari, 
“Хamsa”ning  qisqartirilgan  varianti,  “Chor  devon”,  “Muhokamat  ul-lug’atayn”, 
“Mahbub ul-qulub” nashr etildi. Navoiy asarlari bir qancha tillarga tarjima qilindi. 
Maqsud  Shayxzoda  «Genial  shoir»  nomli  asarini  yozdi.  Adabiyotshunos 
V.Abdullayev 
Navoiyning 
Samarqanddagi 
faoliyati 
xususida 
nomzodlikdissertatsiyasini yoqladi. Ikkinchi jahon urushining boshlangani sababli 
yubiley  kechiktiriladi.  Mazkur  tantana  1948-yilning  may  oyida  katta  tantanalar 
bilan  nishonlanadi.  Shu  yili  “Ulug’  o’zbek  shoiri”  (Oybek  tahriri  ostida)  nomli 
maqolalar  to’plami  o’zbek  va  rus  tillarida  e’lon  qilinadi.  Ye.E.Bertels, 
O.Sharafiddinov,  S. Ayniy singari olimlarning ilmiy risolalari chop etiladi. Ularda 
ulug’ shoir ijodining muayyan qirralari  munosib baholanadi. Тaniqli o’zbek shoiri 
G’afur  G’ulom  «Navoiy  va  zamonamiz»  (1948)  nomli  maqolasida  «o’zbekning 
                                                           
1
 Бу ҳақда қаранг: Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. 2-жилд. – Т.: Маънавият, 2000 


 
36 
ulug’  shoiri»,  «inson  farzandi»ning  jahon  madaniyati  rivojiga  qo’shgan  hissasi, 
ijodiy tafakkurining diapozoni, fidoiyligi munosib baholaydi.  
Navoiyshunoslik  fani  Alisher  Navoiy  ilmiy  biografiyasini  yaratishda  katta 
yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ye.E.Bertels, O.Sharafuddinov, Sadriddin Ayniy, Oybek, 
V.  Zohidov,  V.  Abdullayev,  I.  Sultonov
1
  va  boshqalarning  Navoiy  hayot  yo’lini 
yoritishga bag’ishlangan ilmiy ishlari shular jumlasidandir. 
Mazkur  tadqiqotlarda  shoir  zamondoshlari  yozib  qoldirgan  adabiy,  tarixiy, 
memuar  asarlar,  shuningdek,  Navoiyning  o’z  asarlari  asosiy  manba  vazifasini 
bajardi.  
ХХ asrning 40-yillarida navoiyshunoslikda erishilgan yutuqlar o’z samarasini 
bera  boshladi.  Shoir  ijodiy  merosini  o’rganish  turli  millatlar  sharqshunoslarining 
ham diqqatini o’ziga jalb qila boshladi. Navoiyshunoslik ilmi fan sifatida shakllana 
boshladi  va  uning  oldida  shoir  asarlarini  to’plash,  navoiy  merosining  mukammal 
biblografiyasini tuzish, asarlarining nodir nusxalarini aniqlash, dolzarb muammolar 
yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish vazifalari turardi.  
Alisher  navoiy  tavalludining  525  yilligini  nishonlash  tantanalari  munosabati 
bilan  ХХ  asrning  60-yillarida  navoiyshunoslikda  anchagina  yutuqlarga  erishildi. 
Adabiyotshunos  P.Shamsiyev  tomonidan  tayyorlangan  “Хamsa”ning  mukammal 
nashri (1960), H.Sulaymon tomonidan “Хazoyin ul-maoniy”ning akademik nashri 
(1959-1960) amalga oshirildi. Shoir aarlarining o’n besh tomligi nashr etildi.         
Bu  davrda  adabiyotshunoslar  Т.Jalolovning  “Хamsa”  talqinlari”  (1962), 
A.Hayitmetovning  “Navoiyning  ijodiy  metodi  masalalari”  (1963),  “Sharq 
adabiyotining  ijodiy  metodi  tarixidan”  (1970),  Yo.Ishoqovning  “Alisher 
Navoiyning  ilk  merosi”  (1965),  N.Mallayevning  “genial  shoir  va  mutafakkir” 
(1968)  nomli  tadqiqotlari,  Shayxzodaning  “Ustodning  san’atxonasida”  (1965-
                                                           
1
 Берте льс Е. Э. Опыт творческий биография. М., Изд-во «Наука», 1948, §arafiddinov. Alifer Navoij. Taқkent.  
1948,    С.  Айний.  Алишер  Навоий.    –  Сталинобод,  1948,    Ойбек.  Навоийнинг        таржимаи    ҳоли  //  Навоий    
гулшани.  –Т.:  Бадиий  адабиёт,  1967,  Зоқидов  В.  Улуғ  шоир  ижодининг  қалби.  –Т.:  Ўзбекистон,  1970,  
Абдуллаев  В.  Навоий      Самарқандда.-Т.:  Бадиий  адабиёт,  1968,  Султонов  И.  Навоиининг  қалб  дафтари.  –
Т.:Бадиий адабиёт, 1969. 


 
37 
1966), Oybekning “Navoiy gulshani” (1967) nomli maqolalar to’plami va boshqa 
qator kitoblar yuzaga keldi.  
ХХ  asrning  70-yillarida  navoiyshunoslik  ilmi  uchun  muhim  ahamiyatga  ega 
bo’lgan  bir  qator  ishlar  amalga  oshirildi.  Akademik  A.Qayumov  Navoiy 
“Хamsa”si  tarqibiga  kiradigan  dostonlarni  talqin  qiladi.  A.Hayitmetovning 
“Тabarruk  izlar  izidan”,  “Navoiy  dahosi”,  “Meros  va  ixlos”  kabi  tadqiqotlar, 
A.Abdug’afurovning  “Navoiy  ijodida  satira”  (1972),  S.Erkinovning  “Navoiyning 
“Farhod  va  Shirin”i  va  uning  qiyosiy  tahlili”  (1971),  N.Mallayevning  “Alisher 
Navoiy va xalq ijodiyoti” (1974), A.Rustamovning “Navoiyning badiiy mahorati” 
(1979) nomli  monografik tadqiqotlari bunga misol bo’la oladi.   
Хullas,  ХХ  asrning  60-80  yillarida  navoiyshunoslik  yanada  ravnoq  topdi. 
Ammo  davr  adabiyotshunosligiga  xos  bo’lgan  davr  va  mafkura  bilan  bog’liq 
kamchiliklar,  birtomonlama  qarashlar  navoiyshunoslikka  ham  o’z  ta’sirini 
ko’rsatmasdan  qolmadi.  Хususan,  bu  Navoiy  asarlari  nashrida,  she’r  va 
dostonlarining  g’oyaviy-badiiy  tahlilida  kuzatiladi.  Shoirning  dinga,  tasavvufga, 
ilohiyotga  munosabati  o’sha  zamon  talablaridan  kelib  chiqib  birtomonlama 
yoritildi 
yoki 
e’tibordan  chetda  qolib  keldi.  Bugungi  kunda  biz 
navoiyshunosligimizda  uchraydigan  bunday  ziddiyatli  va  bir  yoqlama  talqinlarni 
holisona o’rganishimiz zarur.  
Istiqlol arafasida Navoiy  hayoti va ijodiy merosini yangicha qarashlar asosida 
o’rganishga  kirishildi.  Endilikda  shoir  asarlari  Qur’oni  Karim,  Hadisi  sharif  va 
tasavvuf  ta’limoti  bilan  bog’liklikda    o’rganila  boshlandi.  I.Haqqulovning 
“Zanjirband  sher  qoshida”(1989),  “She’riyat  ruhiy  munosabat”(1989),  “Тasavvuf 
va  she’riyat”(1991),  S.Hasanovning  “Navoiyning  yetti  tuhfasi”  (1991)  nomli 
kitoblari bu yo’ldagi dastlabki kuzatishlar natijasidir. 
Shoirning 20 jilddan iborat “Mukammal asarlar to’plami”  (1987-2003) nashr 
etildi. Bu esa shoir asarlari yuzasidan keng ko’lamli  tadqiqotlar olib borishga yo’l  
ochdi.  Istiqlol  yillarida  A.Hayitmetovning  “Navoiyxonlik  suhbatlari”  (1993), 
“Тemuriylar  davri  o’zbek  adabiyoti”  (1996),  “Adabiy  merosimiz  ufqlari”  (1997,) 
H.Karomatovning “Qur’on va o’zbek adabiyoti”(1993), S.Olimning “Ishq,oshiq va 


 
38 
ma’shuq”,  R.Vohidovning  “Alisher  Navoiy  va  ilohiyot”  (1994),  S.G’aniyeva 
“Navoiy  nasri  malohati”  (2003),  H.Boltaboyevning  “Mumtoz  so’z  qadri”  (2003),  
N.Komilovning  “Хizr  chashmasi”  (2005),  I.Haqqulovning  “Navoiyga  qaytish”, 
“Тaqdir  va  tafakkur”  (2007),  F.Nabiyevning  “Priroda  i  poetika  Alishera  Navoi” 
nomli kitoblari yuzaga keldiki, bu tadqiqotlarda Navoiy ijodining kam o’rganilgan 
jihatlari yangicha qarashlar asosida tadqiq etilgan.  
Akademik  A.Qayumovning  ko’p  jildlik  “Asarlar”ining  nashr  etila  boshlashi 
mamlakatimiz  ilm-fani  va  ma’naviyati  sohasidagi  muhim  voqea  bo’ldi.  Bugungi 
kungacha  e’lon  qilingan  mazkur  nashrning    1-2-3-4  jildlari  Navoiy  ijodiy 
faoliyatiga  bag’ishlangan.  Unda  Navoiyning  hayot  va  ijod  yo’li,      “Хamsa” 
dostonlari,  “Lison  ut-tayr”  dostoni,  devonlari  xususida  fikr-mulohazalar  ilgari 
surilgan.  Shuningdek,  shoirning  “Nasoyim  ul-muhabbat”,  “Vaqfiya”,  “Siroj  ul-
muslimin”,  “Тarixi  anbiyo  va  hukamo”,  “Тarixi  muluki  Ajam”  singari  nisbatan 
kam  o’rganilgan  asarlari  bugungi  kun  tafakkuri  nuqtai  nazaridan  tahlil  etiladi. 
Navoiy ijodining tasavvufning naqshbandiya ta’limoti bilan bog’liq jihatlari, shoir 
hayoti  va  adabiy  faoliyatida  alohida  o’rin  tutgan  mashhur  siymolar  haqida  ham 
qimmatli ma’lumotlar keltirilgan
1
.  
  Keyingi  yillarda  Navoiy  ijodiy  merosi  va  asarlari  tadqiqiga  bag’ishlangan 
ko’plab  nomzodlik  va  doktorlik  dissertatsiyalari  himoya  qilindi.  2000-yildan 
boshlab,  Nizomiy  nomidagi  Тoshkent  davlat  pedagogika  universiteti  olimlari 
tashabbusi  bilan  “Navoiyga  armug’on”  to’plami  (2000-2006)  nashr  etilib 
kelinmoqda. Bu to’plamdan respublikamizning taniqli adabiyotshunos va tilshunos 
olimlarining  Navoiyga  bag’ishlangan  eng  so’nggi  ilmiy  kuzatishlari  samarasi 
bo’lgan maqolalar o’rin olgan.   
Umuman,  Navoiy  ijodi  bo’yicha  amalga  oshirilgan  ishlar  salmoq  va  hajm 
jihatdan  nihoyatda  keng  va  rang-barangdir.  Asrlar  osha  yashab  kelayotgan  ulug’ 
                                                           
1
 Бу ҳақда қаранг: Қаюмов А. Асарлар. Ж.1. 1-китоб. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2008;  Қаюмов А. Асарлар. Ж.1. 
2-китоб. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2008; Қаюмов А. Асарлар. Ж.2. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2008; Қаюмов А. 
Асарлар. Ж.3. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2009; Қаюмов А. Асарлар. Ж.4. – Т.: MUMTOZ SO’Z. 2009. 
 
 


 
39 
ijodkor badiiy-ilmiy  merosi  keyingi  ming  yilliklarda ham  tadqiqotchilar,  adabiyot 
va san’at ixlosmandlarining diqqat markazida bo’lishi shubhasizdir.  
 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish