Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Matematika va fizika fakulteti Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi I – kurs 104- guruh talabasi
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Matematika va fizika fakulteti Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi I – kurs 104- guruh talabasi Bahodirova Sohiba ning Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 319 – sonli IDUM da Malakaviy pedagogik amaliyot Hisoboti
Toshkent - 2022
O’quv amaliyoti 1 oylik bo’lib, 2022-yil 18-apreldan boshlandi.Amaliyotning birinchi kuni o’quv amaliyoti bo’yicha Universitetda fakultet dekani, kafedra mudiri va amaliyot rahbari ishtirokida konferensiya o’tkazildi. Konferensiyada amaliyotni o’tash tartibi, amaliyot o’tkazilgan ob`yekt va amaliyotda bajariladigan ishlar bo`yicha ma`lumotlar berildi. Amaliyot kundaligining yuritilishi, dars tahlillari, 5-6-7-sinf informatika darsliklari bo`yicha ishlab chiqiladigan topshiriqlarning bajarilishi haqida ma’lumot berildi va shu bajariladigan ishlar asosida hisobot tayyorlanishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Amaliyot kun tartibi tushuntirildi.Dars vaqti 08:30 dan boshlanadi va haftasiga 6 kun davom etadi.
2022-yil 19-aprel kuni bizga biriktirilgan Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 319 – sonli IDUM da soat 8:00 da yetib bordik. Bizni maktab direktori va amaliyot rahbarlari kutib oldi.O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan bizga maktab haqida umumiy ma`lumot berildi, maktab o`qituvchilari bilan tanishtirdi, maktabning ichki qoidalari va intizomlarini tushuntirdi. Bizni guruhlarga bo’lib, maktabda bizga mas`ul bo`lgan matematika o’qituvchisi Nilufar Jalolovaga va o`quvchilarni o`rganish uchun sinflarni biriktirishdi. Shundan so`ng
2-soatdan boshlab darslarni o`tishni o`rganish uchun kichik guruhlarga bo`linib, darslarga kirdik. 3 soat dars kuzatganimizdan so’ng, informatika o`qituvchisi tomonidan informatika xonasi bilan tanishdik. Texnik yo`riqnoma bilan tanishdik. Kompyuterlardan foydalanish qoidalari va tanaffuslarda xonaning xolatini kuzatish bo`yicha topshiriqlar oldik.
2022-yil 20-aprel ertalab maktabga 8:00 da yetib keldim. Bizni amaliyot rahbarlarimiz va direktor o’rinbosari kutib oldi. Ular bizni davomat qilishdi. 1-soat Geometriya 6-B, 2-soat matematika 5-V va 3-soat informatika 8-A darslariga kirdik va o`rgandik. 3 soat darslarga kirganimizdan so’ng, amaliyot rahbari bilan birgalikda informatikadan ishlab chiqilgan yangi darslik bo`yicha mavzularni shakllantiridik. Mavzular bo`yicha topshiriqlarlardan namunalar ko`rib chiqdik. Amaliyot rahbarimiz tomonidan kerakli ma`lumotlarni oldik va informatika xonasida ishladik.
8 – “ A “ sinf Informatika
2022-yil 21-aprel ertalab maktabga 8:15 da yetib keldim. Bizni amaliyot rahbarlarimiz va director o’rinbosari kutib oldi. Ular bizni davomat qilishdi. 1-soat matematika 5- V, 2-soat algebra 11-B va 3-soat Algebra 10-B darslariga kirdik va o`rgandik. 3 soat darslarga kirganimizdan so’ng, amaliyot rahbari bilan birgalikda informatikadan ishlab chiqilgan yangi darslik bo`yicha mavzularni shakllantiridik, topshiriqlarlardan namunalar oldik.
2022-yil 22-aprel ertalab maktabga 8:10 da yetib keldim. Bizni amaliyot rahbarlarimiz va director o’rinbosari kutib oldi. Ular bizni davomat qilishdi. 1- Geometriya 7-A , 2-soat Informatika 10-A va 3-soat Algebra 8-B darslariga kirdik va o`rgandik. 3 soat darslarga kirganimizdan so’ng, amaliyot rahbari bilan birgalikda informatikadan ishlab chiqilgan yangi darslik bo`yicha mavzularni shakllantiridik. Mavzular bo`yicha topshiriqlarlardan namunalar ko`rib chiqdik. Amaliyot rahbarimiz tomonidan kerakli ma`lumotlarni oldik.
10-“A” sinf Informatika
2022-yil 23-aprel ertalab maktabga 8:15 da yetib keldim. Bizni amaliyot rahbarlarimiz va direktor o’rinbosari kutib oldi. Ular bizni davomat qilishdi. 1-soat Algebra 7-A, 2-soat informatika 5-A va 3-soat Algebra 7-B darslariga kirdik va o`rgandik. 3 soat darslarga kirganimizdan so’ng, amaliyot rahbari bilan birgalikda informatikadan ishlab chiqilgan yangi darslik bo`yicha mavzularni shakllantiridik. Mavzular bo`yicha topshiriqlarlardan namunalar ko`rib chiqdik. Amaliyot rahbarimiz tomonidan kerakli ma`lumotlarni oldik.