Ma’lumki, har qanday ilmi y bilimlar tizimini rivojlanishida har doim ikki yo‘nalish o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi:
Tabaqalashgan (ayrim shaxsiy ob’ektga va yo‘nalishga tegishli bilimlarni ixtisoslashuvi va bo‘linishi) va integratsiya (ko‘pgina shaxsiy bilimlarni bir butunlikka birlashtiruvchi umumiy bilimlarni shakllantirish).
Jismoniy madaniyat va u bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi ilmiy fanlarni shakllanishi, ko‘pgina davrlarda, asosan tabaqalashtirilgan yo‘l bilan amalga oshirildi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh hodisalarni oshirish tomonlarini aks ettiruvchi ko‘pgina ayrim predmetlar paydo bo‘ldi. Ularning ayrimlari jismoniy madaniyat va sport amaliyotining aniq bo‘limlaridan kelib chiqqan va o‘z tarkibiga, kasbga taalluqli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika, o‘yin, yakkama-yakka kurash, yengil atletika, suzish va h.k.), ayrimlari esa, jismoniy madaniyat sohasida yaratilmagan, bilimlar doirasida paydo bo‘lmagan, lekin o‘zlariningtarmoqlari bilan unga ham tegishli tabiiy va boshqa fanlar yoki ilmiy-amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, biomexanika, psixologiya) ixtisoslashgan soha shaklida namoyon bo‘ldi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi -deb keng ma’noda jismoniy madaniyat amaliyotida qo‘llaniladigan nazariy bilimlarning hamma to‘plamiga aytiladi. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Boshqa fanlar singari jismoniy madaniyat nazariyasi ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ldi. Jismoniy madaniyat u yoki bu qonun qoidalarini tushuntiradi, uni maqsadga muvofiq ravishda boshqarishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bunday bilimlarning majmuasi bir biridan aniq fan va nazariy umumlashtirish sanasi bilan farqlanuvchi turli fanlar ramkasida shakllanib kelgan va shakllanib bormoqda. Bu jihatdan quyidagilarni ajratish lozim.
Xususiy maxsus predmetlar. Jismoniy madaniyatning ayrim yoki ma’lum yaqin elementlarni o‘z ichiga olib metodik bilim sifatida (gimnastika turlari, sport o‘yinlari) beriladi. Bunday predmetlar o‘z chegarasida katta bo‘lmagan aniqlikda nisbatan qisqa umumlashtiriladi.
Soha predmetlari. Jismoniy madaniyatni har xil tipdagi katta komponentlarini o‘rganishga qaratilib (ta’lim tizimi, mehnatni ilmiy tashkil qilish, maishiy xizmat, maxsus sog‘lomlashtirish tiklash tadbirlarida qo‘shiladi), jamiyatda uni asosiy shakli va yo‘nalishidan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish (asosiy jismoniy tarbiya, kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik, sport trenirovkasi va boshqalar). Bu sohadagi fanlarni jismoniy madaniyat nazariyasi va usuliyatining asosiy kasbga yo‘naltirilgan predmetlari deyiladi. Hozirgi vaqtda bulardan eng rivojlanganlari jismoniy tarbiya nazariyasi va sport nazariyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |