O‘sha vaqtdan beri maorif federal vazirligi faqatgina o‘rta ta’limning majburiyligini nazorat qiladi va barcha bosqich boyicha ta’lim to‘g‘risidagi diplom va sertifikatlarni berishning talablarini belgilaydi. Ta’lim boyicha boshqa masalalar tillar hamjamiyati vakolatiga kiradi. Shunday qilib, oliy ta’lim masalalari Flamand hamjamiyatining ta’lim va davlat xizmati Vazirligi, Frantsuz hamjamiyatining oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro aloqalar va sport Vazirligi hamda Nemis tilida so‘zlashuvchi hamjamiyatning ta’lim, madaniyat, ilmiy tadqiqotlar, haykallar va diqqatga sazovor joylar Vazirligi vakolatidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |