Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan



Download 4,66 Mb.
bet253/404
Sana31.01.2022
Hajmi4,66 Mb.
#420371
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   404
Bog'liq
1-Kurs Abilqosimov Samandar

Asab muvofiqliligi – harakatlarni mushaklarning torayishi hisobiga boshqaruvchi, asab jarayonlarini muvofiqlashtirish. Bu ma’lum sharoitlarda (ichki va tashqi) harakat vazifasini yechishga olib keladigan asab jarayonlarining uyg‘unligi.
Mushak muvofiqliligi – ham asab tizimi, ham boshqa omil-lardan tana qismlariga buyruqlar yetkazib beruvchi mushaklar torayishini muvofiqlashtirish.
Harakat muvofiqliligi – tana qismlarining fazo va vaqt bo‘yicha, bir vaqtlik va ketma-ket, xarakt vazifasiga, atrof muhit va inson holatiga mos harakatlarining muvofiqlashtirilgan uyg‘unligi. U mushak muvofiqliligi bilan, garchi belgilansada (D.Donskoy, 1971) u bilan bir xil emas.
Bir xil vazifalar quyilsada, lekin turli tashqi sharoit, insonning har xil holatlarida harakatlar yig‘indisi masalani muvaffaqiyatli yechish uchun o‘zgaradi. Bunda harakatlar muvofiq-liligi avvalo harakatlar tizimi sifatini, uning maqsadga muvofiqligini, masalaga va sharoitga mosligini belgilovchi mezo-nni o‘z ichiga oladi. Sifat, muvofiqlashuv jarayonidan keyin emas, ungacha ham emas, jarayonning o‘zida, harakat amalining borishida aniqlanadi.37
Harakat muvofiqligi haqila so‘z ketganda, yuqorida ko‘rsatilgan muvofiqliklardan tashqari, uning sensor-motor va motor-vegetativ turlarini ajratish lozim, vazifaning bajarilish sifati ularga bog‘liq. Birinchisi tayanch – harakat apparatining va xususan sensor tizimlarining (ko‘rish, eshitish, vestibulyar, harakat va boshq.) faoliyatini moslashtirish bilan bog‘liq.
Insondagi sezishgi organlarining ahamiyati ulkan. Ular orqali biz dunyoni taniymiz, unda yuz berayotgan o‘zgarishlarni va o‘zimizning tanamizda yuz berayotgan jarayonlarni sezamiz. Muvofiq-likning sensor-motor turi tashqi signallarni tez va aniq tahlil qilishni talab etadi.
Insonning harakat amallari, faoliyatning boshqa barcha turlari kabi organizmning bir butunligini namoyon qiladi. Ihtiyoriy mushak harakatlari qandaydir ma’noda mushak faoliyatini (nafas olish, yurak-qon tomir va h.k.) ta’minlovchi vegetativ tizim-ning faoliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun jismoniy harakatlarni bajarishda harakat masalalarini yechishga vegetativ funksiyalarning ta’siri ham katta. Ko‘plab tajribalarning natijalari buning to‘g‘riligini ko‘rsatmoqda. Charchash, kasallanish, kuchli emotsional ta’sir, uzoq vaqt tizimli mashq qilmaslik oqibatida organizmning turli funksiyalari birinchi navbatda harakat apparati va mushaklarning ishlashini ta’minlovchi alohida tizimlar orasida muvofiqlik buzilishi yuz beradi. Oxir oqibat, bularning hammasi harakatning turli ko‘rsatkichlarini boshqarish sifatida aks etadi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish