Turli vazirlik va mahkamalar ijrochi hukumatning davlat idoralari hisoblanadi.
Ispaniyadagi Oliy sport kengashi Ta’lim va fan vazirligining alohida qismidir, Argentinada esa ijtimoiy (jamoat) savollari bo‘yicha vazirlikdir. Ularning zimmalariga JMSning rivojlanishida tug‘iladigan savollar, ya’ni sportda yuqori marralarga erishishdagi ishtiroki; davlat mablag‘ini ajratish va taqsimlash, xarajatlar ro‘yxatini tuzish; sport muassasalariga ajratilgan yordam puli va qarzlarni taqsimlash, ajratish va bekor qilish; moliyaviy mablag‘lar ishlatilishini boshqarish; mutaxasisslarni tayyorlashda takliflar kiritish; sport inshootlari qurilishi, shuningdek, sport jihozlari bo‘yicha rejalar ishlab chiqish va qo‘llashda ishtirok etish va boshqalar.
Ommaviy sportning rivojlanishida xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, hududiy taqsimlanish tizimi davlat va hududiy boshqaruv idoralarining huquq va vakolatlarini chegaralaydi. Hukumat miqyosida boshqarishning asosiy funksiyalari bajarilsa, sportni boshqarishning viloyat va mahalliy idoralari ommaviy va barchaga mo‘ljallangan sportni rivojlantirishga qaratilgan, bu xorijda ajralmas tushuncha sifatida qaraladi. Quyida misollar keltiramiz.
Germaniyada ommaviy sportni hududiy boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uni boshqarish Konstitutsiya va Germaniyaning federativ tuzilishiga binoan yer masalasi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, Germaniyada yer darajasida sportni boshqarishning yagona tuzilishi yo‘q. U va sportni tartibga solish mexanizmi har yerda bir-biridan farq qiladi. JMSning umumiy boshqarilishi, shuningdek, ommaviy sport masalalari federal hukumat, milliy sport tashkilotlari, shaharlar, palata va kommunnalar bilan birgalikda hal etiladi. Aholining hududiy xususiyatiga qarab, ommaviy sport tashkilotlari xizmatlariga talab har hil joyda turlicha, bunga qaramay uning o‘ziga hos bir xususiyati mavjud: maktabda sportni joriy etish va jismoniy tarbiya murabbiylarini tayyorlash; talaba-yoshlar sporti; hamma uchun mo‘ljallangan sport, avvalo, yoshlar, ayollar, qariya va nogironlar orasida; sport inshootlarining qurilishi, tuzilishi va zamonaviylashtirilishi; sportda yuqori natijalarga erishish; sport klubi va jamoalariga yordam berish;
Fransiyaning yoshlar va sport ishlari bo‘yicha vazirligida sport bo‘yicha 2 ta boshqarma, shu bilan birga 6 ta idora – moliyaviy, xalqaro sportda yuqori natijalarga erishish, sport turlarining rivojlanish siyosati, markazlashtirilgan sportchilar tayyorlash muassasalarini boshqarish, fan, sport anjom va qurilmalari byurolaridir. Mashhur fransuz iqtisodchi olimi ta’kidlaydi, sportni rivojlantirishda mahalliy hukumat idoralri roli va harakati uchta yo‘nalishga bo‘linadi: aholi talabiga mos sport inshooatlarini qurish va zamonaviylashtirish; aholining barcha guruhlariga mos jismoniy faollikni tatbiq etish; moliyalashtirishdir;
Barcha uchun mo‘ljallangan sportni mahalliy yoki hududiy darajada boshqarish masalasi alohida e’tibor talab qiladi. Barcha uchun mo‘ljallangan sport turlari doirasida aholiga sport xizmati ko‘rsatish bir necha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan asosiysi mablag‘ sig‘imi va ma’lumotlar sig‘imi hisoblanadi. Jismoniy sport inshootlari (JSI)ning qurilishi, jihozlanishi va faoliyat yuritishi katta mablag‘ talab qiladi, xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish tendensiyasi aholiga xizmat ko‘rsatish majmuasiga qo‘shimcha va shunga o‘xshash xizmatlarni kiritish xarajatlar oshishiga barqaror zamin yaratadi.
Shunga o‘xshash oddiy misol qilib mehnat resursini keltirishimiz mumkin, nafaqat murabbiy va boshqaruv personalining bilim malakasi doim oshib boradi (bu o‘z-o‘zidan oylik maoshining oshirilishiga sabab bo‘ladi), balki ularning ishlariga ham talab ortadi – ma’lumot yuklamasini kengayadi, yangi o‘quv uslubi, mashg‘ulot o‘tkazishning yangi turlari va vositalari paydo bo‘ladi va b. Iste’molchilar sog‘lig‘i mutaxassislarning ishlariga bog‘liqligini hisobga olib, bu borada xarajatlarni qisqartirish mumkin emas.
Shuning uchun barcha uchun mo‘ljallangan sport muassasalari rivojlanishidagi asosiy muammolari resurs bilan ta’minlanganlikka borib taqaladi, uning toifalariga moliyaviy, mehnat, moddiy va ilmiy-axborot resurslari kiradi. Shunga taalluqli holda barcha uchun mo‘ljallangan sportni boshqarish sport tashkilotlarining maksimal darajada resurs bilan ta’minlanishga erishishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |