a) o‘qituvchi salomatligi yomonligi tufayliharakat faoliyatini ko‘rsata olmasa;
b) ko‘rsatishda o‘qituvchi imkoni bo‘lmay noqulayholatda qoladiganholatda turib qoladigan bo‘lsa (masalan, boshi yerga qarab yoki o‘quvchilarga orqasi bilan turib qolsa);
v) o‘qituvchi o‘quvchidaharakatni butunlay bajarib bo‘lmaydi degan fikr to‘la ongiga singib qolganini sezgan taqdirda uni yo‘qotish uchun;
g) o‘quvchi misolida mashq ijrosini individuallashgan texnikasini namoyishkorona bajarish kerak bo‘lib qolgan taqdirda.
Ko‘rsatishda o‘qituvchi shunday nizomga rioya qilishi kerakki, u barcha o‘quvchilarga rahbarlik qila olsin (yuqoriroqda turib butun bajarilishini ko‘rishni turli tomondan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lsin, sinfni nazoratda tutish), o‘quvchilar mashqni faqat bir tomondan emas (masalan, yon profilda oyoqlarni bukish yozishning ko‘rinishi qanday bo‘ladi vah.k.) ko‘rsata olsin.
«Bunday bajarish kerak emasligini ko‘rsatish”ni o‘qituvchi tomonidan namoyish qilishga ruxsat beriladigan holatlar: o‘quvchi bajarilgan mashqga tanqidiy qarashni bilsa; o‘zlarining harakatlarini taqqoslash solishtirish malakasiga ega bo‘lsa; mashqni tahlil qila oladigan bo‘lganlarida; ko‘rsatishni ishontiradigan tushuntirishlar bilan olib bora olsa va o‘quvchini tanqid, mas’hara qilish maqsadida bo‘lmasa. “Oynada” aksini ko‘rgandek ko‘rsatuvlar faqat sodda harakatlar, asosan, umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni ko‘rsatishda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Qiyin harakatlarni bu usulda ko‘rsatish qoidaga ko‘ra ijroning tabiiyligini, yengilligini yo‘qolishiga olib kelishi amaliyotda isbotlangan.
Ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish. Harakat faoliyatini predmetli tasvirinihis qilish uchun qo‘llaniladi. Namoyish qilish ko‘rsatishdan ko‘ra qulaylikga ega va kerak bo‘lsa diqqatni statikholatlarga, fazalarning almashinishiga qaratish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Namoyish pedagogik vazifa bilan qanchalar aniq bog‘liq bo‘lsa, uni didaktik ahamiyati shunchalar ortadi. U qo‘shimcha usul bo‘lib qo‘llanilayotgan u yoki bu metodni to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Ko‘rgazmali qurol o‘zining o‘lchovi, shakli, rangi, o‘z elementlari joylashishining zichligi bilan o‘quvchi tomonidan jadvalni qabul qila olish prinsiplarini ifodalasin, turlicha ko‘rgazmali qurollarninghar birini namoyish qilinishida rioya kilinishi lozim bo‘lgan ayrim usuliyat qoidalarga bo‘ysunsin.
Plakatlar - harakatholatini ko‘rsatishda bajarishda urg‘u beradigan qiyin joylarni o‘zida aks ettirishi, o‘quvchi diqqatini chalg‘itadigan elementlardanholi bo‘lishi zarur. Ayniqsa, mazmuniga ko‘ra faoliyat tarkibidagi harakatlar ketma-ketligini bir vaqtning o‘zida aks ettirgan plakatlarning qimmati yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |