Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jahon tarixi


Sinoykism – birlashuv.  Polеmarxlik lavozimi –



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/339
Sana29.12.2021
Hajmi2,77 Mb.
#80609
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   339
Bog'liq
jahon tarixi

Sinoykism – birlashuv. 

Polеmarxlik lavozimi – askarboshilik. 

Arxond - ya'ni boshliq yoki el og’asi. 

 



 135 

13-§. Afina quldorlik dеmokratiyasining ravnaqi 

 

Yunon-Eron urushlaridan keyin Afinaning dеngizchilik qudrati yanada o’sdi. Er. 



av.  VI  asrda  Solon  islohotlari  natijasida  mulkiy  mavqega  ko’ra  siyosiy  huquqlarga 

ega bo’lgan fuqarolar orasida Afina dеngiz ittifoqining tayanchiga aylangan fetlar  - 

Afinaning  kambag’al  fuqarolari  mavqei  yanada  oshdi.  Urushlar  vaqtida  ko’pchilik 

demokratik  qatlamlari  Afinada  yo’qligi  paytida  aslzodalar  hokimiyati  va  ularning 

tayanchi  areopag  kuchaygan  bo’lsa,  urushlardan  so’ng  demokratik  qatlamlar 

kuchayib,  siyosiy  kurashlar  avj  oldi.  Er.  av.  462  yilda  demokratik  guruhlar 

yo’lboshchisi  Efialt  o’tkazgan  islohotlar  natijasida  areopag  -  Afina  Oliy  sudi 

faoliyatini  chekladi. Buning  uchun  aslzodalar  Efialtni  o’ldirganlar.  Shunga  qaramay 

Afinada demokratik qatlamni siyosiy mavqei mustahkamlanib borgan. Perikl davrida 

esa  aslzodalar  guruhi  rahbari  Fukidid  (tarixchi  emas)  mamlakatdan  badarg’a 

qilingach  demokratik  jarayonlarni  yanada  takomillashtirish  imkoniyatlari  paydo 

bo’lgan.  

Qadim  zamonlardan  boshlab  Afinada,  shuningdek  Attikaning  boshqa  joylarida 

ham xalq yig’inining ta'siri kuchli edi. Xalq yig’ini bir oyda 4 marta chaqirilgan. Oliy 

hokimiyat xalq yig’ini ixtiyorida edi. Xalq yig’inida qonunlar qabul qilingan, urush, 

sulh  va  davlat  ahamiyatiga  molik  masalalar  hal  etilgan.  Ayni  paytda  xalq  yig’ini 

davlatni  boshqaradigan  strateglarni  va  har  xil  mansabdor  shaxslarni  saylagan  va 

o’rnidan olib tashlagan.  

Er. av. 443 yilda xalq yig’ini Periklni davlatning oliy lavozimi bo’lgan birinchi 

strategi  qilib  sayladi.  U  aslzoda  va  badavlat  oiladan  chiqqan  bo’lib,  unga  qarashli 

yerlarda  va  ustaxonalarda  o’nlab  qullar,  yollangan  ishchilar  ishlaganlar.  Perikl 

istе'dodli va bilimli kishi bo’lib, ajoyib notiq ham edi. U minbarga chiqqanda o’zini 

vazmin va ulug’vor tutgan, dona-dona qilib, so’zlagan. Lekin u ba'zan g’azab bilan 

so’zlaganda yunonlar uni xuddi dushmanlarga yashin va chaqmoq otayotgan Zevsga 

o’xshab ketadi deyishgan.  

Perikl  ko’p  hollarda  Attika  demosi  manfaatlarini  ko’zlab  ish  tutgan.  Shuning 

uchun ham demos va xalq yig’ini 15 yil surunkasiga uni birinchi strateg lavozimiga 



 136 

saylangan. Bu lavozimda u umrining oxirigacha ishlagan. U o’z faoliyati davomida 

butun Yunonistonni Afina qo’l ostida birlashtirishga harakat qilgan. U butun choralar 

bilan dеngiz ittifoqini  mustahkamlaydi.  Unga  yangi-yangi  ittifoqchilarni  jalb  qiladi. 

Ittifoqda  afinaliklarning hukmronlik  qilishidan norozi bo’lgan ba'zi  shahar-davlatlar 

ittifoqdan  chiqishga  uringankar.  Perikl  bunday  urinishlarga  qarshi  kurashib,  turli 

yo’llar  bilan  ularni  ittifoqda  qolishga  undagan.  Ittifoqdan  chiqib  ketishga  astoydil 

harakat qilganlarni esa qurol kuchi bilan ayovsiz bostirib turgan.  

Perikl  ittifoqchilarni  itoatda  tutish  maqsadida  ularning  yerlarida  afinaliklarning 

mustamlakalarini  tashkil  qilgan.  U  Afina  davlatini  mustahkamlash  uchun  harbiy 

dеngiz  kuchlari  va  quruqlikdagi  qo’shinlarni  kuchaytirishga  ham  alohida  e'tibor 

bergan.  Perikl  qishloq  xo’jaligi,  chorvachilik,  hunarmandchilik  va  savdo-sotiqning 

rivojlanishiga  ham  katta  ahamiyat  bergan.  Afinada  jamoat  binolar  qurish  borasida 

xalq  yig’iniga  qator  takliflar  kiritgan.  U  yunon  madaniyatining  rivojlanishiga 

o’zining katta hissasini qo’shgan davlat arbobi edi.  


Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish