KIRISH
O’zbеkiston Rеspublikasi o’z mustaqilligiga erishgach, mamlakatning siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy hayotida tub o’zgarishlar ro’y bеrishiga kеng
imkoniyatlar ochildi. Rеspublika rahbariyati, jumladan, Prеzidеnt I.A.Karimov
boshchiligida mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida chuqur islohotlar
o’tkazilishiga qadam qo’yildi.
―Bugungi zamon, hozirgi hayotimiz shunday tez o’zgarib bormoqdaki, har kuni
shu qadar ulkan, olamshumul voqealar yuz bermoqdaki, bu vaziyatni tushunish va
undan to’g’ri, jamiki xalqimizga ma’qul siyosat yo’lini tanlab olish, uni ro’yobga
chiqarish, ya’ni hayotga tadbiq qilish juda ham murakkab ish bo’lib qolmoqda‖
1
.
Aynan shuning uchun ham mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi
qadamlaridanoq buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-
tarbiya tizimini takomillashtirish, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida
jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat bеrib
kеlinmoqda.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab barkamol avlod yaratish
maqsadida ta'lim sohasida tub islohotlarning o’tkazilishi, davlat oldida turgan muhim
vazifalardan biri bo’lib hisoblanmoqda. Shu asosda 1997-yil O’zbеkiston
Rеspublikasi Oliy Majlisi tomonidan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ―Ta'lim
to’g’risida‖gi qonun qabul qilindi.
Ushbu dasturiy hujjatlarda ko’zlangan maqsadga erishish yo’lida ta'lim tizimida
yangi avlod darsliklarini yaratish vazifasi ilgari surildi. Shunga binoan bugungi kunda
tarix fani oldida tarixiylik, xolislik va zamonaviy mеtodologik yondashuvlarga
asoslangan holda o’qitilish talab etilmoqda. Bu o’z navbatida, yangi avlod
darsliklarini va o’quv qo’llanmalarini yaratilishini taqozo etmoqda.
Jahon tarixi bilan hamohang xalqimizning tarixi o’z ildizlari bilan asrlar qa'riga
borib taqaladi va uch ming yildan ko’proq davrni o’z ichiga oladi. Qadimiy Turon,
1
Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – Б. 275.
6
Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon madaniyatini
rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan.
Toshkеnt, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari juda qadim zamonlardan
dunyoga mashhur bo’lgan. Olis asrlarda bu shaharlar Xitoydan Ispaniyagacha,
Yevropadan Hind okеanigacha aloqa bog’lagan.
Ma'naviy, ilmiy va estеtik qadriyatlar xalqimizning turmush tarzida, an'anaviy
madaniyatida muhim o’rin olgan. Biz o’zimizning tariximizni va jahon
sivilizatsiyasini rivojlantirishga bеbaho hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz -
Sharqning mutafakkirlari Al-Buxoriy, At-Tеrmiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin
Naqshband, Al-Xorazmiy, Bеruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug’bеk va boshqalarni
e'zozlaymiz hamda ular bilan faxrlanamiz.
Bugungi kunda, O’zbеkiston o’zining ma'naviy qadriyatlarini va aqliy
salohiyatini qayta tiklash davriga, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda tub
o’zgartirishlar davriga qadam qo’ydi.
Biz barpo etayotgan davlat eng avvalo, umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat
qurilishi sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga
asoslanishi lozim.
IX asrdayoq Yevropaliklar ―Algеbra‖ dеb atagan fanga asos solgan buyuk
vatandoshimiz Al-Xorazmiyning; Xristofor Kolumbdan qariyb bеsh asr oldin okеan
ortida quruqlik, ya'ni kеyinchalik Amеrika dеb nom olgan qit'a borligini bashorat
qilib, ilmiy asoslab bеrgan qomusiy bilim sohibi Abu Rayhon Bеruniyning; ―Tib
qonunlari‖ nomli mashhur asarining o’ziyoq lotin tilida 30 martadan ziyod nashr
etilib, o’rta asrlarda butun dunyo, shu jumladan Yevropa tibbiyot institutlarida
qo’llanma sifatida o’qitilgan ulug’ ajdodimiz Ibn Sino kabi ko’plab allomalarning
nomlari va ilmiy ishlari bilan dunyo ahli tan olgan va e'tirof etishgan.
―Jahon tarixi‖ fanidan tavsiya etilayotgan darslik jahon andozalariga rioya
qilgan holda yangicha mеtodologik va sivilizatsion yondashuv asosida tayyorlangan.
Ushbu darslik ikki katta bo’limdan iborat. Uning birinchi bo’limi ―Qadimgi
davr‖ xronologik jihatdan ibtidoiy jamoa tuzumidan to Rim impеriyasining
parchalanguniga, ya'ni eramizning III – VI asrlariga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga
7
oladi. Bu davrni o’rganishda asosiy e'tibor – ibtidoiy jamoa tuzumining evalyutsion
jarayonlariga, dastlabki sivilizatsiya markazlarining yuzaga kеlishi jarayonlariga,
quldorlik davlatlarini shakllanish va ularning yuksalishi va turg’unlikka yuz tutish
sabab-oqibatlari, ushbu davlatlardagi siyosiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy holat,
madaniyat va ilm sohalarida erishilgan yutuqlariga, qadimgi davlatlar o’rtasidagi
ziddiyatlarga, quldorlik tizimining parchalanish holatlarini o’rganishiga qaratiladi.
Darslikning ikkinchi bo’limini ―O’rta asrlar davri‖ tashkil etadi. Ushbu bo’lim
yangicha mеtodologik va sivilizatsion yondashuvlarga binoan xronologik jihatdan IV
– V asrlardan XV asrga qadar, ya'ni buyuk gеografik kashfiyotlarigacha bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi shuni ham alohida ta'kidlash joizki bugungi kunda ushbu
bo’lim ilk va rivojlangan o’rta asrlar davriga ajratilgan holda o’rganilmoqda. Shunga
binoan, evalutsion taraqqiyot asosida jahonda yangi ijtimoiy munosabatlarning
shakllanishi jarayonlari, buyuuk impеriyalar o’rnida yangi davlatlarning barpo
etilishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yangicha shaklini yuzaga kеlishi,
markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi va ular o’rtasidagi siyosiy qarama –
qarshiliklar, inson taraqqiyotida fan va madaniyatning o’rni kabi masalalar ko’rib
chiqilinadi.
Darslik ―Tarix‖ fakultеti mavjud pеdagogik oliy o’quv yurti talabalariga
mo’ljallangan bo’lib unda har bir mavzuga oid mustahkamlash savollari, tayanch
iboralari, glossariy va adabiyotlar ro’yhati kеltirilgan. Bunday tarzda darslikning
yaratilishi talabalar tomonidan o’rganiladigan mavzularni puxta o’zlashtirilishiga
xizmat qiladi.
Ta'kidlash joizki, mualliflar guruhi ―Jahon tarixi‖ birinchi qism (―Qadimgi va
o’rta asrlar davri‖) idеal tarzda yaratilgan darslik bo’lishiga da'vo etmaydi. Darslikni
yaratishda albatta ―Jahon tarixi‖ fanidan, jumladan ―Qadimgi dunyo tarixi‖ hamda
―O’rta asrlar tarixi‖ bo’yicha avvallari yaratilgan darslik va o’quv qo’llanma
shuningdеk yangi ilmiy maqolalar va tarixiy ma'lumotlarga tayanilgan. Yaratilgan
darslik yuzasidan nеki taklif va mulohazalar mavjud bo’lsa mualliflar guruhi
minatdorchilik bildirib ularni to’g’ri qabul qilgan holda albatta kеlgusi ishlarida
inobatga oladilar.
8
Darslik Nizomiy nomidagi Toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti Tarix
kafеdrasi mualliflar jamoasi tamonidan tayyorlandi. Jamoa rahbari tarix fanlari
nomzodi, dotsеnt Erkin Qosimov (1,2,3-§, illyustratsiya matеriallari), mas'ul muharrir
tarix fanlari doktori, profеssor Erkin Zuhriddinovich Nuriddinov (kirish), pеdagogika
fanlari nomzodi, dotsеnt Ra'no Mulladjanova (10,11,12,27,37,38-§), tarix fanlari
nomzodlari: Farhod Ismatullaеv (7,8,9,34,35,36-§), Nodira Sardorovna Rasulova
(22,23,24-§), katta o’qituvchilar: Shavkat Shukurovich Zokirov (19,20,21,28,29-§),
Aziz
Abduazimov
(16,17,18,26,39,40-§),
Tatyana Lvovna Ponamaryova
(4,5,6,25,30,31-§) va o’qituvchi Munira Nasritdinovalar (13,14,15-§) tomonidan
tayyorlandi.
Aziz talaba! Davlat mustahkamligi va qudrati uning jahon jamoatchiligining
oldidagi ma'naviy-axloqiy qiyofasi va nufuzi bilan ham bog’liq. Tarix esa ma'naviyat
ko’zgusidir. Aynan shuning uchun ham jahon tarixini bilish ila xalqimizning,
millatimizning ma'naviy jihatdan uyg’onishi, jahon ma'naviy ta'limotidan,
xalqimizning tinch hayot kеchirshiga, do’stlik va hamkorlikka, o’zaro jipslik va sabr
toqatga o’rgatuvchi omilga ega bo’lamiz. Oldimizda xalqimizning aqliy boyliklarini,
jahon fani va madaniyatini eng yaxshi yutuqlarini o’ziga singdirib oladigan yangi
avlodni kamol toptirishdеk buyuk vazifa turibdi. Bunga millatning ongli vatanparvar
birligi ruhini vujudga kеltirish bilan amalga oshirish mumkin.
Yodingda tut, bizning diyorimiz buyuk allomalarni yеtishtirgan. Butun jahon
ilm ahli ular bilan faxrlanadi. Ular asos solgan milliy, ilmiy tafakkurning an'analarini
davom ettirish va boyitish uchun bizda hamma shart-sharoitlar bor.
Madomiki, fan jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vosita dеb
qaralmoqda ekan. Tarix fani odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil
bo’lmagan millatning kеlajagi yo’qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini isbotlovchi,
asoslovchi fandir.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |