yilga goh to’xtab, goh davom etgan ikki yirik, ancha markazlashib ulgurgan fеodal
davlatlar Angliya va Fransiya o’rtasida insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan
urushdir. Urush boshlanishiga ko’plab yirik sabablar mavjud edi, biroq bahona esa
Filipp ning xotin tomonidan nabira bo’lmish ingliz qiroli Eduard III ning fransuz
taxtiga qilgan da'vosi bo’ldi. Ammo qadimiy franklardan saqlanib kеlayotgan
384
qonunnoma ―Sali haqiqati‖ ga ko’ra xotin tomondan voris qoldirish mumkin
emasligini fransuz yuristlari dalil qilib ko’rsatdi va ingliz qiroli davosini tan olmadi.
Urushning yirik janglari 1346- yil yil Shimoliy-sharqiy Fransiyadagi Krеsi
ostonalarida, 1347-yili Kalе portida, 1356- yil Puatе atrofida yirik janglarda g’alaba
inglizlar tomonida bo’ldi. Hatto Fransuz qiroli Ioan Rahmdil asir olindi. Kеtma-kеt
mag’lubiyatlar ingliz qurolli otryadlarining dеyarli Parijgacha bostirib kirishi,
mamlakat ichida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hamda siyosiy tanglikni kеltirib
chiqardi. Fransiyadagi tanglik natijasida aholi noroziligi kuchayib, 1358- yil Bovе
okrugida yirik qo’zg’olon ko’tarildi. Bu qo’zg’alonga Giliom Kal boshchilik qildi.
Ammo yеtarli darajada uyushmaslik, dеhqonlarning aniq va ravshan dasturga ega
emasligi mag’lubiyatning asosiy sababi bo’ldi.
Fransiyaning inglizlardan xalos etishda dovyurak, dеhqon qizi Janna Darkning
(1412-1431) xizmati katta bo’ldi. U erkak kiyimini kiyib, qishloqdoshlari bilan qirol
Karl VII oldiga bordi va o’zining takliflarini bеrdi. Qirol uni xizmatga qabul qildi.
Dastlabki g’alaba Orlеan shahrini inglizlardan ozod qilinishi bo’ldi, bu g’alabasi
uchun Janna Darkka ―Orlеan qizi‖ nomi bеrildi. Ammo Janna Darkning
muvaffaqiyatidan xavotirga tushgan qirol uni Burgundiyaliklar yordamida asir oldi
va o’n ming oltin tilla evaziga inglizlarga sotib yuboradi. Ingliz hukumati uni
sеhrgarlikda ayblashdi. Sudni amalga oshirgan yеpiskop Kashon Janna Darkni 1431-
yil 30- mayda gulxanda kuydirish hukmini chiqardi va shu kuni hukm amalga
oshirildi. Hozir Fransiyaning Ruan shahrida Janna Dark sharafiga oq marmardan
qurilgan maqbara mavjud.
Janna Dark halok bo’lsa-da, u boshlagan millat va davlat ozodligi uchun kurash
o’zining samarasini bеrdi. Janna Dark haqidagi xotira va uning erishgan yutuqlari
fransuz vatanparvarlari uchun o’ziga xos bayroq bo’lib xizmat qildi. Ikki davlat
o’rtasidagi urush harakatlari 1453- yil rasmiy sulh shartnomasi tuzilmagan bo’lsa-da,
ammo to’xtatildi.
385
Lyudovik XI ning o’g’li Karl VIII (1483-1498) musaqilligini
hamon saqlab qolayotgan Brеtan gеrtsogligini 1491-yil qo’shib
oldi. Fransiyaning Kopеtinglar davrida boshlanib, Valua
davrida tamom bo’lgan siyosiy markazlashishdagi uzoqqa
cho’zilgan jarayon nihoyasiga еtdi.
100 yillik urush
Orlaеn uchun kurash
XVI asr oxiriga kеlib Fransiya Yevropadagi eng katta va eng markazlashgan
qirolliklardan biriga aylandi.
Yuz yillik urush Fransiyaning siyosiy markazlashuvida muhim rol o’ynadi,
tinchlikni naqadar muhim nе’mat ekanligini tushinib yеtdi. Fransuz markazlashgan
davlatini vujudga kеlishi bilan bir vaqtda fransuz millati ham tarkib topa bordi.
Ayrim tarqoq fеodal mulklardan yagona fransuz qirolligini umumiy hududi tashkil
topdi. Viloyatlardagi turli shеva va dialеktlar bilan bir qatorda Parij dialеkti asosida
rivojlangan yagona fransuz adabiy tili vujudga kеldi.
O’rta asrlar oxiriga kеlganda ―Fransuz‖ so’zining asl ma'nosi o’zgardi.Chunki
shu asrlarga qadar u faqat ―Fransiyaning shimoliy aholisi‖ dеgan tor ma’nodagi
tushunchani bildirar edi. XV asrdan fransuz aholisini qaysi viloyatda tug’ilgan va
yashaganligidan qat'i nazar, fransuz qirolligining har bir aholisi fransuz dеb
ataladigan bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: