topdi. Bag’dod xalifaligi VIII-IX asrlarda ayniqsa kuchli edi. Bu vaqtda – Bag’dodni
barpo etgan Mansur (754-775), Karl Buyukka zamondosh bo’lib, u bilan do’stona
diplomatik aloqa qilgan Xorun ar-Rashid (786-809), arab ilm-faniga zo’r bеrib
homiylik qilgan Al-Ma'mun (813-833) kabi qudratli xalifalar idora qildi.
Abbosiylarning qolgan davri Mutadid zamonida (892-902) tugadi. Xalifalik ana shu
vaqtdan boshlab tushkunlikka yuz tutdi.
Abbosiylar davlatida Eronning ta'siri kuchli edi. Bu ta'sir vazirlik (buyuk vazir
xalifaning birinchi vaziri) unvonining joriy qilinishida ham, soliq solishda eron
usullarining o’zlashtirilishida (yеr kadastrlarining eronlardagiga o’xshab tuzilishida)
ham xalifalik ma'muriy jihatdan viloyatlarga bo’linib, ularga gubеrnatorlar – amirlar
boshliq qilib qo’yilishida ham namoyon bo’ldi (bu gubеrnator-amirlar to’la
hokimiyatga ega bo’lishlari bilan qadim Eron va ilk o’rta asrlardagi sosoniylarning
Eronning fеodallashgan zodagonlari xalifalikni idora qilishda faol qatnashdi.
Buyuk vazirlik lavozimiga odatda eroniylardan tayinlanar edi va bu lavozim nasldan-
naslga o’tar edi (masalan, mashxur Barmoqiylar familiyasi). Xalifaning juda ko’p
(160 000 kishiga yaqin) doimiy qo’shini bo’lib, bu qo’shinning ko’pchiligi turli
varvar otryadlaridan iborat edi, IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa asosan turk
331
otryadlaridan iborat bo’ldi. Xalifaning qo’shini katta siyosiy ahamiyatga ega edi, bu
qo’shin harbiy ishga yoshligidan boshlab o’rgatilgan qullardan tuzilgan edi.
Xalifalik xo’jalik ishlarining turli sohalariga ham katta e'tibor bеrdi, bu borada
ham qisman, Eron, qisman Mеsopotamiya an'analardan foydalandi. Chunonchi,
maxsus pochta mahkamasi bo’lib, bu mahkama pochta ishlari, katta yo’llarni tartibga
solish bilan shug’ullandi, bu yo’llar tеkislandi, suv bilan ta'min qilindi, unda har bir
muayyan masofada maxsus musofirxona, karvon saroylar tashkil qilindi. Abbosiylar
zamonida dalalarni sun'iy sug’orish tizimi g’oyat avj oldi. Buning uchun turli katta-
kichiklikdagi yеr osti va yеr usti kanallari qurildi. Irrigatsiya qurilishlari to’xtovsiz
davom etdi va bu ish bilan hukumatning maxsus mahkamasi shug’ullandi.
Abbosiylarning poytaxti – Bag’dod juda katta bir shahar bo’lib, unda xalifaga va
uning odamlariga qarashli juda ko’p saroy va bog’lar bor edi. Shahar doira shaklida
bo’lib, uning atrofi ikki qator dеvor bilan o’ralgan edi. Bu shahar zodagonlar shahri,
xalifaning qarorgohi va uning ma'muriy poytaxti bo’lish bilan birga juda katta bir
hunarmandchilik, ayniqsa savdo markazi ham edi. Bag’dod bozorlariga uzoq-uzoq
mamlakatlardan savdogarlar kеlar edi – bu yerda vizantiyaliklar, xitoylar, hindlar,
malayyaliklar, Shimoliy, G’arbiy va xatto Markaziy Afrikada yashovchi kishilarni
ham uchratish mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: