Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jahon tarixi


Sinoykism – birlashuv.  Polеmarxlik lavozimi –



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/339
Sana01.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#421457
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   339
Bog'liq
2 5316625529070161571

Sinoykism –
birlashuv. 
Polеmarxlik lavozimi –
askarboshilik. 
Arxond -
ya'ni boshliq yoki el og’asi. 


 135 
13-§. Afina quldorlik dеmokratiyasining ravnaqi 
Yunon-Eron urushlaridan keyin Afinaning dеngizchilik qudrati yanada o’sdi. Er. 
av. VI asrda Solon islohotlari natijasida mulkiy mavqega ko’ra siyosiy huquqlarga 
ega bo’lgan fuqarolar orasida Afina dеngiz ittifoqining tayanchiga aylangan fetlar - 
Afinaning kambag’al fuqarolari mavqei yanada oshdi. Urushlar vaqtida ko’pchilik 
demokratik qatlamlari Afinada yo’qligi paytida aslzodalar hokimiyati va ularning 
tayanchi areopag kuchaygan bo’lsa, urushlardan so’ng demokratik qatlamlar 
kuchayib, siyosiy kurashlar avj oldi. Er. av. 462 yilda demokratik guruhlar 
yo’lboshchisi Efialt o’tkazgan islohotlar natijasida areopag - Afina Oliy sudi 
faoliyatini chekladi. Buning uchun aslzodalar Efialtni o’ldirganlar. Shunga qaramay 
Afinada demokratik qatlamni siyosiy mavqei mustahkamlanib borgan. Perikl davrida 
esa aslzodalar guruhi rahbari Fukidid (tarixchi emas) mamlakatdan badarg’a 
qilingach demokratik jarayonlarni yanada takomillashtirish imkoniyatlari paydo 
bo’lgan.
Qadim zamonlardan boshlab Afinada, shuningdek Attikaning boshqa joylarida 
ham xalq yig’inining ta'siri kuchli edi. Xalq yig’ini bir oyda 4 marta chaqirilgan. Oliy 
hokimiyat xalq yig’ini ixtiyorida edi. Xalq yig’inida qonunlar qabul qilingan, urush, 
sulh va davlat ahamiyatiga molik masalalar hal etilgan. Ayni paytda xalq yig’ini 
davlatni boshqaradigan strateglarni va har xil mansabdor shaxslarni saylagan va 
o’rnidan olib tashlagan.
Er. av. 443 yilda xalq yig’ini Periklni davlatning oliy lavozimi bo’lgan birinchi 
strategi qilib sayladi. U aslzoda va badavlat oiladan chiqqan bo’lib, unga qarashli 
yerlarda va ustaxonalarda o’nlab qullar, yollangan ishchilar ishlaganlar. Perikl 
istе'dodli va bilimli kishi bo’lib, ajoyib notiq ham edi. U minbarga chiqqanda o’zini 
vazmin va ulug’vor tutgan, dona-dona qilib, so’zlagan. Lekin u ba'zan g’azab bilan 
so’zlaganda yunonlar uni xuddi dushmanlarga yashin va chaqmoq otayotgan Zevsga 
o’xshab ketadi deyishgan.
Perikl ko’p hollarda Attika demosi manfaatlarini ko’zlab ish tutgan. Shuning 
uchun ham demos va xalq yig’ini 15 yil surunkasiga uni birinchi strateg lavozimiga 


 136 
saylangan. Bu lavozimda u umrining oxirigacha ishlagan. U o’z faoliyati davomida 
butun Yunonistonni Afina qo’l ostida birlashtirishga harakat qilgan. U butun choralar 
bilan dеngiz ittifoqini mustahkamlaydi. Unga yangi-yangi ittifoqchilarni jalb qiladi. 
Ittifoqda afinaliklarning hukmronlik qilishidan norozi bo’lgan ba'zi shahar-davlatlar 
ittifoqdan chiqishga uringankar. Perikl bunday urinishlarga qarshi kurashib, turli 
yo’llar bilan ularni ittifoqda qolishga undagan. Ittifoqdan chiqib ketishga astoydil 
harakat qilganlarni esa qurol kuchi bilan ayovsiz bostirib turgan.
Perikl ittifoqchilarni itoatda tutish maqsadida ularning yerlarida afinaliklarning 
mustamlakalarini tashkil qilgan. U Afina davlatini mustahkamlash uchun harbiy 
dеngiz kuchlari va quruqlikdagi qo’shinlarni kuchaytirishga ham alohida e'tibor 
bergan. Perikl qishloq xo’jaligi, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning 
rivojlanishiga ham katta ahamiyat bergan. Afinada jamoat binolar qurish borasida 
xalq yig’iniga qator takliflar kiritgan. U yunon madaniyatining rivojlanishiga 
o’zining katta hissasini qo’shgan davlat arbobi edi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish