Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jahon tarixi



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/339
Sana01.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#421457
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   339
Bog'liq
2 5316625529070161571

―mistr Gus‖
ning ma'ruzalarini jon quloqlari bilan tinglashardi. 
Gusning bundan faoliyati dastlab Praga arxiyеpiskopini, so’ngra esa papani unga 
qarshi qo’zg’atdi. Gusning ma'ruzalarini tinglash man etildi. U profеssorlik va 
rеktorlik lavozimlaridan mahrum etilib, 1412- yilda Pragani tashlab kеtishga majbur
bo’ldi. U еrеslik – shakkoklikda ayblanib, 1414- yilda Konstant sobori sudiga
chaqirildi. Impеrator Sigizmund Gusni shaxsan muxofaza qilib, unga qo’riqlov
yorlig’i bеrdi. Gus o’zi aytganidеk, ―xaloyiq oldida haqiqatni ochib bеrmoq uchun‖ 
ya'ni chеrkov sabori oldida o’z ta'limotining haq ta’limot ekanligini himoya
qilmoq uchun Konstantsga jo’nadi. Ayni paytda uning obro’-e'tibori papaning 
obro’ – e'tiboridan baland edi. Biroq Konstantsiga kеlishi bilan Yan Gus darhol
qamoqqa olindi. Yepiskoplar sabori uning gapini ham eshitishni istamasdan, 
uning yеrеtik sifatida o’tda kuydirish to’g’risida hukm chiqardilar. Impеrator
Sigizmund o’z so’zidan xoinona qaytib Gusga yordam bеrishni istamadi. 1415-
yilning 6-iyulida Yan Gus Konstants maydonlaridan birida olovda kuydirildi. 
Chеxiya xalqi 6 iyul kunini o’z milliy qahramonlari ―Yan Gus xotirasi kuni‖
dеb esga olishadi. 


 421 
Biroq Yan Gusning o’lishi Chеxiyada chuqur g’azab uyg’otdi. Uning o’limi
haqida Chеxiya va Moraviya ruhoniylari yozma norozilik bildirdilar. Chеxiyada
kotolitsizmdan ommaviy ravishda qaytish hodisalari yuz bеrdi. Vujudga kеlgan
―yеrеtiklik jamoalari‖ Gusning chеrkov va jamiyatni rеforma qilish haqidagi 
g’oyalarini amalga oshirishga da'vat etib, Gus ta'limotini chuqurlashtira va 
rеvolyutsionеrlashtira bordilar. Shu munosabat bilan 1419- yil 30- iyulda Pragada
shaharliklarning qo’zg’olonlari bo’ldi. Praga va uning atrofidagi shaharlarning
polеbеylar ommasi 1419- yilga Praga qo’zg’olonining aktiv kuchi bo’ldi. Bu
qo’zg’olonga kambag’allar orasidan chiqqan Praga ruhoniysi Yan Jеlivskiy
boshchilik qildi. Qo’zg’olon natijasida qirol Vatslav amalda taxtdan ag’darib
tashlandi. Vatslav Pragadan qochib kеtdi va tеz orada o’sha yiliyoq vafot
etdi. 
Vatslav o’limidan so’ng uning o’rniga ukasi impеrator Sigizmund Chеxiya 
taxtiga vorislik qilishi lozim edi. Yan Gusning o’ldirilishida Sigizmundning qabih
yo’l tutganligi va uning nеmis fеodallari bilan aloqa qilganligi tufayli chеxlar xatto 
uning nomini ham eshitgilari kеlmadi. Na panlar, na shlyaxta, na shaharliklar
Sigizmundga itoat etishni istamasdilar. Qishloqlarda chеrkov va dunyoviy nеmis
katta yеr egalariga harakat boshlanib kеtdi. Chеxiya 1419- yilning avgustidan
e'tiboran Gеrmaniya bilan aloqasini uzib, mustaqil davlat bo’lib oldi. 
Guschilar harakati dеb nom olgan urushlar Buyuk Chеxiya dеhqonlari
urushlarining harakatga kеltiruvchi kuchlari juda kеng va turli-tuman edi. Eng 
boshidan boshlab guschilar harakatida bir-biriga qarama-qarshi ikki qanot paydo 
bo’ldi: 1) chashniklar yoki podobo’ylarning mo’'tadil partiyasi - guschilarning 
shoirlaridan biri - har ikkala noz nе'mat, ya'ni non va vino bilan dilni poklash bo’lib, 
bunga panlarning, yirik ritsarlarning va shaharliklarning asosan Praga shahrining
vakillari kirgan edi. 2) taboriylarning ular Tabor yoki Favoradagi harbiy lagеri
nomidan olingan radikal dеmokratik partiyasi bo’lib, uni xonavayron bo’lgan
ritsarlar, kambag’al hunarmandlar va dеhqonlar tashkil qilardilar. Chashniklarning 
―to’rtta modda‖ dеb atalgan programmasi Chеxiyada toat - ibodat chеx tilida ado 
etiladigan milliy guschilar chеrkovini qaror toptirishni va chеrkov mol mulkini tortib 


 422 
olib hukumat ixtiyoriga bеrilishini talab qilardi. Chashniklar boshqa hеch qanday 
ijtimoiy va siyosiy rеforma qilishni ilgari surmadilar. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish