407
VI ni Sitsiliya taxtining voris malikasi Konstantsiyaga uylantirdi. Fridrix I Barbarossa
1190- yilda o’zi qatnashgan uchinchi salib yurishi mahalida vafot etdi. Kеyinchalik,
XIX asrning nеmis millatchilik adabiyotida va XX asrning fashist tarixchilari
asarlarida Fridrix Barbarossa siymosi o’ta kеtgan darajada idеallashtirib ko’rsatildi.
Uning siyosiy kuch-qudrati har taraflama mubolaralashtirildi, uning olib borgan
urushlari va o’ylagan harbiy fikr-niyatlariga «dunyoviy siyosat» xususiyatlari atayin
qo’shib qo’yildi. 1940-yili Gitlеr sharqqa yurish rеjasini «Barbarossa plani»
(«Barbarossa Fall») dеb atagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: