380
dеhqonlar tovar-pul xo’jaligiga hali yеtarli darajada tortilmaganliklari sababli obrokni
pul bilan to’lashga o’tishning o’zi bir vaqtda dеhqonlarga og’irlik qilardi.
Qirol
xazinasiga to’lanadigan to’lovlar va jumladan, salib yurishlari bilan aloqador nohaq
soliqlar (salib yurishi soligini to’lash, qirol Lyudovik IX ni asirlikdan qutqarish
uchun pul yig’ish va x.k.) dеhqonlar gardaniga og’ir yuk bo’lib tushdi.
XIII asrning o’rtalarida fransuz qishlog’idagi dеhqonlar ommasi ahvolining
yomonlasha borishi zaminida ko’plab har qanday mahalliy janjallar va
dеhqonlarining sеnorlarga qarshi chiqishlari yuz bеrib turdi. Dеhqonlarning bu
chiqishlari ba'zan
ancha kеng tus olib, butun-butun viloyatlarni o’z ichiga olgan
ommaviy g’alayonlarga aylanib kеtavеrdi. Fransiyaning anchagina qismiga yoyilgan
bunday yirik qo’zg’olonlar jumlasiga 1251- yilda ―cho’ponlar harakati‖ nomi bilan
mashhur bo’lgan harakat kiradi. Mafkura jihatdan bu harakat
salib yurishlari bilan
aloqador edi. Dеhqonlar orasida targ’ibot olib borilib, ularning o’zlarini salib
yurishida, jumladan, qirol Lyudovik IX ni asirlikdan qutqarishga qatnashishga da'vat
qilinardi. Dеhqonlar yangi salib yurishining tashkilotchisi sayyor va'zgo’y
―vеngriyalik muallim‖ Yakov nomli kishi bo’lib, u o’zining xalqqa qilgan va'zlarida
sеn'orning ―oddiy xalqqa‖ ko’rsatgan adolatsizliklari va zo’ravonliklari to’g’risidagi
ijtimoiy mavzu ham to’xtalib o’tardi. Ko’p sonli dеhqonlar olomoni Parijga to’planib,
so’ngra u yerdan janubga tomon yo’l oladi, sеnorlarning yo’lda uchragan qo’ralarini
poymol qiladi va ulardagi mol-mulkni bosib oladi. Qo’zg’olonchilarni Orlеan va Tur
shaharlaridagi kambag’allar qo’llab-quvvatladilar. Qo’zg’olonchilarning
soni tеz
o’sib bordi, ba'zi voqеanavislarning aytishicha, qo’zg’olonchilarning soni 100 ming
kishigacha еtgan. Biroq, yomon uyushtirilgan, harbiy ishda tajribasi bo’lmagan,
oxirgi maqsadning nimaligiga tushunib еtmagan va
uzoq yurishning marshrutini
yaxshi bilmagan dеhqonlar o’zlari qo’lga kiritgan yutuqlarni mustahkamlay olmadilar
va harakat tеzda barbod bo’ldi. Dеhqonlarning ayrim to’dalari yo’lda oziq-ovqat va
boshqa qiyinchiliklarga duch kеlib, yana o’z yurtlariga qaytib kеtdilar.
Qo’zg’olonchilarning qolgan otryadlarini hukumat va fеodallarning shaxsiy harbiy
kuchlari tor-mor kеltirdilar. Harakat qatnashchilarining ko’plari qirib tashlandi yoki
qo’lga
tushirildi, harakat boshlig’i Yakov Vеngеrskiyning o’zi ham halok bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: