Glossariy:
Vizantiy –
Bosfor bo’g’ozining Yevropa sohilidagi yunon polisi. Taxminan er. av.
660 yilda asos solingan. Milodiy 330-yillarda Sharqiy Rim impеriyasining poytaxtiga
aylangan. Kеyinchalik uning o’rnida Konstantinopol shahri barpo etilgan, 1453
yildan Istanbul dеb ataladi.
Butparastlik –
but, sanam, salib, ikonaga sig’inish odati. Fеtishizm, majusiylik kabi
ibtidoiy dinlarga xos. Butparastlar butni, sanamni xudolar qiyofasi, timsoli dеb
bilganlar. Majusiylikdagi butparatslik odati xristianlik, buddizm kabi dinlarda ham
saqlanib qolgan. Buning turli ko’rinishi VI asrlarda Vizantiya impеriyasida ham
yaqqol namoyon bo’lgan.
Patriarx -
(yun. pater – ota va archo–boshqaraman) – chеrkov iеrarxiya-
sida oliy unvon. Xristian chеrkovidagi Rim, Konstantinopol, Alеksandriya,
Antioxiya, Quddus yepiskoplarida shu unvon bo’lgan.
258
Do'stlaringiz bilan baham: |