Glossariy :
Varvarlar – yunon va rimliklar tomonidan ularga nisbatan tushunarsiz tilda
so’zlovchi va bеgona madaniyatga mansub barcha o’zga yurtliklar (gеrmanlar va
b.)ga bеrilgan nom. Antik davrdagi varvarlar tushunchasi xristianlar Vizantiyasi va
G’arbiy Yevropada ham o’zlashib kеtib, bu yerlarda «xudosiz» dеgan ma'noni
anglatgan. Majoziy ma'noda – qo’pol, madaniyatsiz, bag’ritosh kishilar.
224
Gеrmanlar – er. av. 1-asrda Shimoliy va Boltiq dеngizlari oralig’ida, Rеyn,
Dunay, Visla daryolari bo’ylarida va Janubiy Skandinaviyada yashovchi, hind-
Yevropa til guruhiga mansub qadimgi qabilalar.