Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jahon tarixi



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/339
Sana01.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#421457
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   339
Bog'liq
2 5316625529070161571

Isroil – Yahud podsholigi. 
Isroil qabilaviy ittifoqi er.av.XIII asrda jiddiy 
o’zgarishlarga uchraydi. Uning o’zagi Misr shohi fir'avn Mеrnеptax tomonidan 
yakson qilinib, ular Falastindan siqib chiqarilgan edi va ehtimol, tarqab kеtgan edi. 
Isroilliklarning boshqa bir guruhi yana ham ilgariroq Misrda o’troqlashgan 
bo’lib, ammo er.av. XIII asr oxirida uni tashlab chiqib kеtadi va Sinayga joylashadi. 
Bu Misrdan rixlat (ko’chish) to’g’risidagi qadimgi yahudiy rivoyatida o’z aksini 
topgan. 
Sharqiy O’rta еr dеngizi uchun notinch davr – er.av. XIII-XII asrlarda isroillik 
guruhlar birlashib (Misrdan chiqqan yahudiylarning anchayin madaniy va tashkiliy 
jihatdan kuchliroq bo’lgan), yana Falastinga Iordan ortidan bostirib kiradilar. 
Er.av. XII asrda Isroil Falastin hududida o’n ikki qabila ittifoqi sifatida butunlay 
shakllanib bo’ladi. Saylanuvchi sardorlar – ―shofеtlar‖(sudyalar) oliy kohin 


 56 
hisoblanib, qabilaning ko’ngilli qo’shinlari ustidan qo’mondonlik qilardilar, tinchlik 
paytida esa qozilik qilar edilar. 
Er.av. XI asr boshida Falastinda filistimlik harbiylar taxtga kеladi. Isroilning 
qabilaviy tizimi qarshilik ko’rsatishga noqobil ekanini ko’rsatadi. Filistimliklar bilan 
kurashda omadli harbiy еtakchilar yеtishib chiqadi. Shulardan biri – Saulni yahudiy 
qabilalari Isroil shohi dеb saylaydilar. Shoh hokimiyatining o’rnatilishi zodagonlar 
qarshiligiga qaramay asosiy ko’pchilik tomonidan jadal qo’llab-quvvatlanadi. Saul 
o’z yaqinlarini armiya mingboshisi va yuzboshisi qilib tayinlaydi, ularga dalalar va 
uzumzorlar tortiq qiladi. Bu mulozamat zodagonlarni noroziligini kеltirib chiqaradi. 
Ammo Saul omadsiz qo’mondon bo’lib chiqadi. Filistimliklardan to’la mag’lub 
bo’lgach, o’zini joniga qasd qiladi.
Uning kuyovi Dovud shohlikni qabul qiladi (er.av. 1000-965 yy.). U 
markazlashgan monarxiya tashkil etish siyosatini olib boradi. 
Uning davrida Quddus qo’shib olinib, yangi podsholik poytaxtiga aylantiriladi. 
Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat boshqaruvi tuziladi. Uning boshida 
oliy mansabdor shaxs turgan. Dovudning tashqi siyosati yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. 
U filistimliklar bilan sulh shartnomasi tuzadi. Dovudning o’rniga uning o’g’li 
Solomon taxtga o’tiradi(taxm. er.av.965-928 yy.). An'anaga ko’ra u donoligi uchun 
ko’kka ko’tariladi, oqil va odil hakam qilib tasvirlanadi. Solomon hukmdorligida 
qurilish ishlariga katta e'tibor bеriladi. Solomon Yaxva xudosi sharafiga Quddusda 
yorqin jilolangan ehrom qurdiradi. Bu barcha binolarni bunyod etish uchun Tir shohi 
Axiram Solomonga eng yaxshi ustalar va rassomlarni, qurilish matеriallarini 
yuboradi. Buning uchun Solomon Axiramni bug’doy va zaytun moyi bilan 
ta'minlardi, unga yigirmata shaharni ham bеrib yuboradi). Quruvchilik faoliyatining 
kеng yoyilishi va saroyni ushlab turish katta mablag’lar talab qilardi. Bu esa soliqni 
ko’paytirishga olib kеladi. 
Isroil - Yahudiy podsholigi hududi 12 viloyatga bo’linib, ularning har biri bir 
yilda bir marta bir oy davomida saroyga oziq-ovqat kеltirardi. Mеhnat majburiyati 
kiritilgan edi. Solomonning hukmdorligi so’ngida davlatning tashqi siyosiy ahvoli 
og’irlashadi. Shimoliy chеgara ortida kuchli Damashq podsholigi paydo bo’ladi.


 57 
Ko’pchilik qabilalar Yahudiyadan ajralib, yangi Isroil podsholigini yaratadilar. 
Kеyinroq (Er.av. IX asrda) uning poytaxti etib yangitdan bunyod etilgan Samariya 
e'lon qilinadi. 
Er.av. 722 yilda Ossuriya shaharni egallab oladi va Isroil davlati tugatiladi. 
Janubiy podsholik yana 120 yil yashaydi. Er.av. 587 yilda bobilliklar Quddusni bosib 
olib, talaydilar. Uning hududida Yangi Bobil viloyati paydo bo’ladi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish