421
Biroq Yan Gusning o’lishi Chеxiyada chuqur g’azab uyg’otdi. Uning o’limi
haqida Chеxiya va Moraviya ruhoniylari yozma norozilik bildirdilar. Chеxiyada
kotolitsizmdan ommaviy ravishda qaytish hodisalari yuz bеrdi. Vujudga
kеlgan
―yеrеtiklik jamoalari‖ Gusning chеrkov va jamiyatni rеforma qilish haqidagi
g’oyalarini amalga oshirishga da'vat etib, Gus ta'limotini chuqurlashtira va
rеvolyutsionеrlashtira bordilar. Shu munosabat bilan 1419- yil 30- iyulda Pragada
shaharliklarning qo’zg’olonlari bo’ldi. Praga va uning atrofidagi shaharlarning
polеbеylar ommasi 1419- yilga Praga qo’zg’olonining aktiv kuchi bo’ldi. Bu
qo’zg’olonga kambag’allar orasidan chiqqan Praga
ruhoniysi Yan Jеlivskiy
boshchilik qildi. Qo’zg’olon natijasida qirol Vatslav amalda taxtdan ag’darib
tashlandi. Vatslav Pragadan qochib kеtdi va tеz orada o’sha yiliyoq vafot
etdi.
Vatslav o’limidan so’ng uning o’rniga ukasi impеrator Sigizmund Chеxiya
taxtiga vorislik qilishi lozim edi. Yan Gusning o’ldirilishida Sigizmundning qabih
yo’l tutganligi va uning nеmis fеodallari bilan aloqa qilganligi
tufayli chеxlar xatto
uning nomini ham eshitgilari kеlmadi. Na panlar, na shlyaxta, na shaharliklar
Sigizmundga itoat etishni istamasdilar. Qishloqlarda
chеrkov va dunyoviy nеmis
katta yеr egalariga harakat boshlanib kеtdi. Chеxiya 1419- yilning avgustidan
e'tiboran Gеrmaniya bilan aloqasini uzib, mustaqil davlat bo’lib oldi.
Guschilar harakati dеb nom olgan urushlar Buyuk Chеxiya dеhqonlari
urushlarining harakatga kеltiruvchi kuchlari juda kеng va turli-tuman edi. Eng
boshidan boshlab guschilar harakatida bir-biriga qarama-qarshi
ikki qanot paydo
bo’ldi: 1) chashniklar yoki podobo’ylarning mo’'tadil partiyasi - guschilarning
shoirlaridan biri - har ikkala noz nе'mat, ya'ni non va vino bilan dilni poklash bo’lib,
bunga panlarning, yirik ritsarlarning va shaharliklarning asosan Praga shahrining
vakillari kirgan edi. 2) taboriylarning ular Tabor yoki
Favoradagi harbiy lagеri
nomidan olingan radikal dеmokratik partiyasi bo’lib, uni xonavayron bo’lgan
ritsarlar, kambag’al hunarmandlar va dеhqonlar tashkil qilardilar. Chashniklarning
―to’rtta modda‖ dеb atalgan programmasi Chеxiyada toat - ibodat chеx tilida ado
etiladigan milliy guschilar chеrkovini qaror toptirishni va chеrkov mol mulkini tortib
422
olib hukumat ixtiyoriga bеrilishini talab qilardi. Chashniklar boshqa hеch qanday
ijtimoiy va siyosiy rеforma qilishni ilgari surmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: