Uchlar ittifoqining tashkil topishi.
Er. av. 43-yilda Oktavian, Antoniy va
Lеpidlardan iborat uchlar ittifoqi tashkil topadi. Er. av. 42-yili Oktavian va Antoniy
qo’shinlari Makеdoniyaga yo’l oladilar. Makеdoniyadagi Filippa shahri yaqinida
Oktavian-Antoniy qo’shinlari bilan Kassiy-But qo’shinlari o’rtasida qattiq jang
bo’ladi. Jangda rеspublikachilar qo’shini tor-mor etiladi. Jang vaqtida Kassiy o’z
chodirida o’ldiriladi, Brut esa dushmanlariga asir tushishni xohlamay o’zini qilich
tig’iga tashlab halok bo’ladi. Shu jangdan so’ng Rim uch sarkarda o’rtasida
taqsimlanadi. O’rtayеr dеngizining sharqidagi o’lkalar Antoniyga, Galliya, Illiriya va
Ispaniya Oktavianga, Shimoliy Afrika esa Lеpid hukmronligiga topshiriladi. Italiya
uchlik ittifoqi boshqaruvida bo’lsa ham, u yerda Oktavian hukmronlik qiladi.
171
Do'stlaringiz bilan baham: |