Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti geografiya kafedrasi



Download 1,66 Mb.
bet120/165
Sana20.06.2022
Hajmi1,66 Mb.
#682402
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165
Bog'liq
O\'quv uslubiy majmua strategik menejment 2021 T (2)

mavzu KEYS STADI




  1. masala.

Sut sotuvchi mahsulotni ikkita yetkazib beruvchidan qabul qiladi. Har ikkisi ham miqdoran bir xil, lekin sifati 2 xil sut olib kelishdi. Shuning uchun ham sutning narxlari har xil, qimmat sut 1 litri 1 sh.p.b., arzoni esa 2 litri uchun shuncha. Shunda sotuvchi ikki sutni ham aralashtirib 3 litrini 2 sh.p.b. dan sotishga qaror qildi. Barcha sut sotib bo’linganidan so’ng sotuvchi pulni sanasa 50 sh.p.b. etmadi.Agar sutni aralashtirmasdan sotganida bu pul qancha chiqardi?
Savol: sotuvchi aralashmani sotayotganda har bir sutdan kancha yo’kotdi va qancha yutdi?
  1. masala.

Korxona rahbari xodimlaridan biriga inflyatsiya munosabati bilan oylik maosh oshirilishi uchun ikki variantni tavsiya etdi.

  1. variant: hozirga damdan boshlab yiliga 1200 sh.p.b. bo’lgan maosh yil bo’yi o’zgarmaydi. Keyingi yildan boshlab maosh 200 sh.p.b. oshib boradi.

  2. variant: shu damdan boshlab 1200 sh.p.b.dagi yillik maosh o’zgarmaydi. Xar yarim yillikning oxirida esa yillik maoshga 50 sh.p.b. teng mikdorda qo’shimcha pul qo’shiladi.

Savol: variantlardan qaysi biri xodim uchun qo’layroq?


  1. masala

Futbol uyinining chiptasi 2000 sum bo’lganida o’yingohga 30 mingta ishqiboz kelgan. Chipta bahosi 4500 so’mga ko’tarilganda ishqibozlarning soni 5 mingtaga kamaygan. Agarda talab funktsiyasi to’g’ri chiziq bo’lsa, bunda chipta bahosi 1000 sum bo’lsa, u holda o’yingohga qancha ishkibozlar kelishi mumkin (ming kishi hisobida)?
  1. masala

Korxonaning umumiy harajatlari(Ts, ming sum) bilan bir kunlik ishlab chiqarish hajmi(Q,dona xisobida) o’rtasidagi aloqadorlik quyidagi jadvalda keltirilgan:

Q

0

10

20

30

40

50

Ts

0

75

95

140

200

280

Korxona uzoq muddatli davrda tovarning bahosi qanday bo’lganida uni ishlab chiqarishni to’xtatadi?


  1. masala

Mukammal raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi firma bir yilda 1750 ming so’m o’rtacha o’zgaruvchan harajatlarda va 2500 ming so’m o’rtacha ishlab chiqarish harajatlarida 20 mingta telefon ishlab chiqaradi. Firma bozor bahosi 25,0 ming so’mga teng bo’lgan bir dona telefon ishlab chiqarsa qancha foyda olishi mumkin?


  1. masala

Poyabzalchilik korxonasi bir oylik ishlab chiqarish hajmi 1000 juft bo’lganda doimiy harajatlar 200 ming so’mga to’g’ri keladi. Agar mehnat yagona o’zgaruvchan omil bo’lsa, uning bir soatlik harajati 1250 so’mni tashkil qilsa, bir soatlik ishlab chiqarish hajmi 5 juft poyabzal bo’lsa, u holda o’rtacha ishlab chiqarish harajatlari va o’rtacha o’zgaruvchan ishlab chiqarish harajatlari qancha mikdorni tashkil etadi?
  1. masala

Bosmaxona reklama plakatlarini ishlab chiqarish uchun uchta xodim mehnatidan foydalanadi. O’rtacha mehnat mahsuli bir kunda 25 donaga to’g’ri keladi. Har bir xodimning bir kunlik ish haqi 600 so’mni va bir kunga to’g’ri keladigan doimiy harajatlar 1000 so’mni tashkil etadi. Bosmaxonaning o’rtacha o’zgaruvchan harajatlari qanday bo’ladi?


  1. masala

Quyidagi jadvalda ikki oy davomidagi iste’mol to’g’risidagi dalillar keltirilgan:




1-oy

2-oy

Birinchi ne’matlar bahosi

10

5

Ikkinchi ne’matlar bahosi

10

20

Birinchi ne’matlar sotib olindi

10

20

Ikkinchi ne’matlar sotib olindi

10

5

Bundan kelib chiqib qanday xulosaga kelish mumkin?


MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR

    1. Mavzu: “Diversifikatsiyalashning korporativ strategiyasi”

Mustaqil ta’lim uchun belgilangan (tavsiya etilgan) mavzular strategik boshqaruvning turli sohalarini qamrab olar ekan, albatta ularni o‘rganishda o‘ziga xos tarzda yondashish talab etiladi. Mustaqil ta’lim mavzulari mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim topshiriqlari bir necha ko‘rinishda (usulda) tayyorlanishi mumkin.




Mustaqil ishni tayyorlash usullari:

Reja (oddiy, murakkab) asosidagi konspekt:



Tezislar:

Xronologiya:

-jadvallar

-chizgilar

-hujjatli materiallar

-fotosuratlar

-turli so‘rovnomalar

-xaritalar

-diagrammalar

-grafiklar

-yozma yoki og‘zaki axborot

-atamalar lug‘ati (ilmiy, siyosiy, iqtisodiy,
harbiy tayanch tushunchalar)

-slaydlar

-axborot texnologiyalari asosida elektron ovozli namoyish va multimediya mahsuloti

-ijodiy ish

-referat

-ilmiy ish

Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash

Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har-xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan testlar tuzish topshiriladi.
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar, uni tuzish qonun-qoidalar, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, turli savollar tuzishda mavzuning munozarali holatlarini qanday amalga oshirish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Maslahat darslarida bajarilgan ishlarning holati va talabalarning javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlash, aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin).
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash

Talaba biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham mumkin (referativ xarakterda) maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlab topshirishi mumkin.


Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda internet va boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli ma’lumotlarni jamlaydi, tahlil qilishga zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar keltirib, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi. Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi.


Mavzu himoyasiga pedagogik texnologiyalarni joriy etish.

Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob’ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. Pedagogik texnologiya uchun pedagogik amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash, talaba kelgusi faoliyatida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash, ta’lim tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma’naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga yunaltirilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish, ta’limning natijasi va o‘zlashtirish darajasi, sifatini baholash mezonlariga mos ravishda talabaning bilim va malakalarni egallash sifatini ob’ektiv baholash uchun nazorat vazifalarini tayyorlash, darsda va darsdan tashqari o‘quvchiga beriladigan vazifalarni rejalashtirish va nihoyat mustaqil mashg‘ulotlarning tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish kabilar pedagogik texnologiyaning vazifalari hisoblanadi.


FSMU texnologiyasi: « Strategik menejment fanining shakllanishi»




-F- fikringizni bayon eting




-S- fikringiz bayoniga sabab
ko‘rsating




-M- ko‘rsatgan sababingizni
asoslovchi misol keltiring




-U- fikringizni
umumlashtiring



“Insert” metodi Metodning maqsadi:

Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni o‘zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod o‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi:


  1. Download 1,66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish