Savol: Yosh raxbar qanday qaror qabul qilishi lozim?
12. A- savdo firmasi B savdo firmasi bilan 100 mln.so’m miqdorga teng bo’lgan maxsulot partiyasini sotishi to’g’risida shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko’ra, agarda 1.A firma shartnoma shatrlarini buzsa, o’z vaqtida tovarni etkazib bermasa, B firmaga shartnoma summasining 10 %i miqdorida ya’ni, 10 mln.so’m jarima to’lashi keltirilgan. B firma bir vaqtni o’zida boshqa V firmasi bilan sotib olmoqchi bo’lgan tovarini 2 barobar qimmatga sotish maqsadida, ya’ni 200 mln.so’mga shartnoma tuzadi.
+ 10 mln.so’m
1 0 mln.so’m + 20 mln.so’m A V
100 mln.so’m 200 mln.so’m
10%-10 mln.so’m 10%-20 mln.so’m
B
Bu shartnomada xam B firma tomonidan V firmaga shartnoma sharti buzilganda 10 % jarima to’lash keltirilgan, ya’ni 200 mln.so’mdan 10 % , 20 mln.so’m. Afsuski, B firma A va V firmalar o’zaro kelishib olganidan bexabar edi. Kelishuvga ko’ra, A firma B firmaga maxsulot sotish shartini buzib, unga shartnomaga ko’ra 10 mln.so’m jarimani to’laydi. Xech qanday maxsulot sotib ololmagan B firma V firmaga shartnomaga ko’ra tovar etkazib bermaganligi, va shartnoma shartini buzganligi uchun 20 mln.so’m jarima to’lashga majbur bo’ladi. A va V firmalar bunday “nopok” kelishuvdan tushgan mo’may pulni o’zaro teng bo’lishib olishdi.
Savol: B firma bunday holatni oldini olish va o’zini xavfsizligini ta’minlash uchun nima qilishi kerak?
2. “Sharq” kinoteatrida xar bir seansda biletlar narxi 1500 so’m bo’lganda – 300 tomoshabin, 1000 so’m bo’lganda – 600 tomoshabin, 700 so’m bo’lganda 1200 tomoshabin zalni to’ldirishi kuzatilgan. Zalda o’rindiqlar soni 2000 ta.
Savol: Maksimal daromad olish uchun chiptalarni qanday narxda sotish kerak?
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar 2-mavzu bo’yicha
KEYS STADI
Jismoniy eskirish natijasida tovar narxi, uning foizi bir xil miqdorga kamaydi.
Savol: Tovarning dastlabki qiymati qancha bo’lgan?
Korxonaning maxsulot, ishlar va xizmatlar realizatsiyasidan tushgan yillik daromadi 100 mln. so’mni tashkil qildi. Realizatsiya operatsiyalaridan tashqari tushgan daromad 150 mln. so’mni tashkil etdi. Korxonaning realizatsiya va realizatsiyadan tashqari operatsiyalarga xarajati 90 mln. so’mni va ish xaqiga xarajatlar 50 mln. so’mni tashkil etadi.
Savol: Quyidagi ko’rsatkichlarni xisoblang:
Yalpi daromad
Foydaning soliqqa tortiladigan qismi
Foyda solig’i (35 % soliq)
Sof foyda
Byudjetga to’lovlar, ish xaqi fondidan (39 % hisobidan)
Korxona ta’minotchi korxonadan 240 mln. so’mlik maxsulotni sotib oldi. Bu maxsulotni boshqa korxonalarga 300 mln. so’mga sotadi.
Savol: Qo’shimcha qiymat solig’i 20 % bo’lganda ta’minotchi korxona va sotib oluvchi korxona byudjetga qancha miqdorda qo’shimcha qiymat solig’ini to’laydilar?
Davlat tasarrufidan chiqarilgan mebel ishlab chiqaruvchi kombinatga, jamoa tomonidan saylangan yosh mutaxassis raxbar bo’ldi. U o’ziga ishongan, mansabparast bo’lib, kombinat ishi ko’rsatkichlarini yuqoriga ko’tarish niyatida yonib ish boshladi.
Direktor Yaponiyada bo’lgaida stol tennisi uchun raketkalar ishlab chiqarish bo’yicha litsenziya bilan qaytdi. Raketkalar ishlab chiqarish g’oyasi uni juda qiziqtirib qoldi. Bu juda keng iste’mol extiyojiga ega bo’lgan tovar, bozorda yaxshi raketkalar yo’q, xatto sifatsizlari xam kam degan xulosaga kelgan, o’zi xam tennis ishqibozi bo’lgan yosh raxbar asosiy ishlab chiqarishga xech qanday putur etkazmaydigan maxsulotni ishlab chiqarishga axd qildi.
Raketkalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish qiyin emas, mebel tayyorlovchilar raketkani tayyorlashni tez o’zlashtirib oladilar, xom-ashyo asosiy ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan maxsulotdan iborat, xatto raketkalarni chiqindilardan xam ishlab chiqarsa bo’ladi, deb qaror qildi yosh raxbar.
O’z maslakdoshlari: bosh injener, reja bo’limi xodimi va buxgalterni yig’ib, o’zaro maslaxatlashib olishdi. Bu ish samarali bo’ladi, degan xulosa qilindi. Yiliga million dona raketka ishlab chiqarilsa, ish xaqi xam bir necha millionni tashkil qiladi, deb xom cho’t qilindi.
Lekin bu mutaxassislarni qanday raketkalarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish o’ylantirib qo’ydi. Yaponiya litsenziyasiga ko’ra ikki turdagi: qimmat- yuqori sifatli va arzonroq – sifati xam shunga yarasha raketkalar ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.
Qaysi turini va qancha miqdorda ishlab chiqarish foyda olib keladi? Degan savol ularni qiynab qo’ydi.
Qimmat raketkalar albatta ko’p foyda olib keladi, lekin ular ommaviy extiyojga ega bo’ladimi? Qimmatlarini ko’p miqdorda ishlab chiqarsak, bir qismi sotilmay qolishi mumkin. Arzonidan ko’p ishlab chiqarsak, sifatli, qimmat raketkani xoxlovchilar uchun bunday raketkalar etmay qolishi mumkin. Shu bilan birga pulni yo’qotish tavakkalchiligi xam istisno emas, degan fikrlar mebel kombinati raxbari va mutaxassislarini qiynab qo’ydi.
kelinglar avvaliga qimmat raketkalarni uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqaramiz, tavakkalchilikdan yo’qotishni xam minimallashtiramiz dedi, extiyotkor buxgalter.
Men bu fikrga qo’shilmayman dedi bosh muxandis. Men ishlab chiqarish xajmini yarmini qimmat raketkalar tashkil qilishi kerak, deb xisoblayman. Shunda yaxshigina daromad qilamiz. Albatta bu qaror xam tavakkalchilikka asoslangan, lekin tavakkal qilmagan odam xech qanday yutmaydi, deb o’z fikrini ma’qulladi.
Rejalashtirish bo’limi boshlig’i, tajribalariga asoslangan xolda, qarorni “oltin” o’rtasini qabul qilish, ya’ni ko’p xam emas, kam xam emas darajada ishlab chiqarish kerak dedi.
Savol: Yosh raxbar qanday qaror qabul qilishi lozim?
A- savdo firmasi B savdo firmasi bilan 100 mln.so’m miqdorga teng bo’lgan maxsulot partiyasini sotishi to’g’risida shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko’ra, agarda A
firma shartnoma shatrlarini buzsa, o’z vaqtida tovarni etkazib bermasa, B firmaga shartnoma summasining 10 %i miqdorida ya’ni, 10 mln.so’m jarima to’lashi keltirilgan. B firma bir vaqtni o’zida boshqa V firmasi bilan sotib olmoqchi bo’lgan tovarini 2 barobar qimmatga sotish maqsadida, ya’ni 200 mln.so’mga shartnoma tuzadi.
+ 10 mln.so’m
1 0 mln.so’m + 20 mln.so’m A V
100 mln.so’m 200 mln.so’m
10%-10 mln.so’m 10%-20 mln.so’m
B
Bu shartnomada xam B firma tomonidan V firmaga shartnoma sharti buzilganda 10 % jarima to’lash keltirilgan, ya’ni 200 mln.so’mdan 10 % , 20 mln.so’m. Afsuski, B firma A va V firmalar o’zaro kelishib olganidan bexabar edi. Kelishuvga ko’ra, A firma B firmaga maxsulot sotish shartini buzib, unga shartnomaga ko’ra 10 mln.so’m jarimani to’laydi. Xech qanday maxsulot sotib ololmagan B firma V firmaga shartnomaga ko’ra tovar etkazib bermaganligi, va shartnoma shartini buzganligi uchun 20 mln.so’m jarima to’lashga majbur bo’ladi. A va V firmalar bunday “nopok” kelishuvdan tushgan mo’may pulni o’zaro teng bo’lishib olishdi.
Savol: B firma bunday holatni oldini olish va o’zini xavfsizligini ta’minlash uchun nima qilishi kerak?
“Sharq” kinoteatrida xar bir seansda biletlar narxi 1500 so’m bo’lganda – 300 tomoshabin, 1000 so’m bo’lganda – 600 tomoshabin, 700 so’m bo’lganda 1200 tomoshabin zalni to’ldirishi kuzatilgan. Zalda o’rindiqlar soni 2000 ta.
Savol: Maksimal daromad olish uchun chiptalarni qanday narxda sotish kerak?
Mustaqil ta’lim uchun materiallar
Do'stlaringiz bilan baham: |